Научная статья на тему 'FARG‘ONA VODIYSIDAGI ZAMONAVIY MILLATLARARO MUNOSABATLARGA TA’SIR ETUVCHI IJTIMOIY -IQTISODIY MUAMMOLAR'

FARG‘ONA VODIYSIDAGI ZAMONAVIY MILLATLARARO MUNOSABATLARGA TA’SIR ETUVCHI IJTIMOIY -IQTISODIY MUAMMOLAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
5
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Область наук
Ключевые слова
Farg‘ona vodiysi / millatlararo munosabatlar / ijtimoiy-iqtisodiy omillar / yer resurslarining cheklanganligi / suv resurslariga talabning ortishi / iqtisodiy o‘sish suratlaridagi farqlar. / Ferghana Valley / inter-ethnic relations / socio-economic factors / limited land resources / increased demand for water resources / differences in the picture of economic growth

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Raxmonali Begaliyevich Bekmirzayev

Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysidagi millatlararo munosabatlarga ta’sir etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy omillar ko‘rib chiqiladi va ularning mintaqaviy xavfsizlikdagi roli baholanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOCIO-ECONOMIC PROBLEMS AFFECTING MODERN INTER-ETHNIC RELATIONS IN THE FERGANA VALLEY

This article examines socio-economic factors affecting inter-ethnic relations in the Fergana Valley and evaluates their role in regional security.

Текст научной работы на тему «FARG‘ONA VODIYSIDAGI ZAMONAVIY MILLATLARARO MUNOSABATLARGA TA’SIR ETUVCHI IJTIMOIY -IQTISODIY MUAMMOLAR»

FARG'ONA VODIYSIDAGI ZAMONAVIY MILLATLARARO MUNOSABATLARGA TA'SIR ETUVCHI IJTIMOIY -IQTISODIY MUAMMOLAR Raxmonali Begaliyevich Bekmirzayev

Farg'ona davlat universiteti katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7933785

Annotatsiya: Ushbu maqolada Farg'ona vodiysidagi millatlararo munosabatlarga ta'sir etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy omillar ko'rib chiqiladi va ularning mintaqaviy xavfsizlikdagi roli baholanadi.

Kalit so'zlar: Farg'ona vodiysi, millatlararo munosabatlar, ijtimoiy-iqtisodiy omillar, yer resurslarining cheklanganligi, suv resurslariga talabning ortishi, iqtisodiy o'sish suratlaridagi farqlar.

SOCIO-ECONOMIC PROBLEMS AFFECTING MODERN INTER-ETHNIC RELATIONS IN THE FERGANA VALLEY

Abstract: This article examines socio-economic factors affecting inter-ethnic relations in the Fergana Valley and evaluates their role in regional security.

Key words: Ferghana Valley, inter-ethnic relations, socio-economic factors, limited land resources, increased demand for water resources, differences in the picture of economic growth.

СОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКИЕ ПРОБЛЕМЫ, ВЛИЯЮЩИЕ НА СОВРЕМЕННЫЕ МЕЖЭТНИЧЕСКИЕ ОТНОШЕНИЯ В ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЕ

Аннотация: В данной статье рассматриваются социально-экономические факторы, влияющие на межэтнические отношения в Ферганской долине, и оценивается их роль в региональной безопасности.

Ключевые слова: Ферганская долина, межэтнические отношения, социально-экономические факторы, ограниченность земельных ресурсов, повышенный спрос на водные ресурсы, различия в картине экономического роста.

KIRISH

Oxirgi yillarda xorijlik tadqiqotchilarning Farg'ona vodiysiga qiziqishlari ortib bormoqda va bu hududni Markaziy Osiyoning "porox solingan bochkasi" deb izohlashmoqda. Farg'ona vodiysi nafaqat o'zining geografik o'rni va tabiiy xususiyatlari, balki o'ziga xos madaniyat va aholining etnik tarkibi mavjudligi bilan ham O'rta Osiyoning o'ziga xos hududi hisoblanadi. Vodiy hududi shimolda, shimoli-sharqda va janubda tog' tizmalari bilan o'ralgan. Bunday tabiiy izolyatsiya ko'p jihatdan mintaqada alohida xo'jalik faoliyatining, xususan, vodiydan o'tgan savdo karvonlarining, alohida ijtimoiy muhitning shakllanishiga sabab bo'lgan. Binobarin, tabiiy to'siqlar tufayli vodiy qo'shni hududlarga nisbatan nisbatan tinch joy bo'lib, turmush darajasi boshqa hududlarga qaraganda birmuncha yuqori bo'lgan, bularning barchasi migratsiya jarayonlarining hal qiluvchi sababi bo'lgan.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYA

Qulay tabiiy sharoitlar Farg'ona vodiysida aholi zichligi Markaziy Osiyo mintaqasining boshqa hududlariga nisbatan yuqori bo'lishiga olib keldi (1 kv.km ga 360 kishi). Farg'ona vodiysida aholi zichligi Qirg'izistonga nisbatan 12 barobar, Qozog'istonga qaraganda 56 barobar ko'p. [1]

Farg'ona vodiysi hududi uchta respublika o'rtasida milliy hududiy chegaralanishlar oqibatida taqsimlangan: markaziy viloyatlar O'zbekistonga tegishli va aynan shu yerda respublika aholisining uchdan bir qismi yashaydi, qolgan ikki "chegara" yo'nalishi bo'yicha mos ravishda

tojiklar (shuningdek, Farg'ona vodiysida aholining uchdan bir qismi) va qirg'izlar (mamlakat aholisining qariyb yarmi). Bundan tashqari, aholining demografik o'sish sur'ati juda yuqori bo'lib, yillik 2 foizdan dan ortiq. [2] BMT tahlilchilariga ko'ra, 21- asr oxiriga kelib Markaziy Osiyoda "demografik sakrash" kutilmoqda.

Shunday qilib, demografik vaziyat Farg'ona vodiysining cheklangan resurslari va boshqa muammolari sharoitida vaziyatni og'irlashtirib yuborishi mumkin deb muhokama qilinmoqda, bu esa Tojikiston, O'zbekiston va Qirg'izistonda ziddiyatlar salohiyatini oshiradi va bu hududdan tashqariga ham chiqishi mumkin. Aholi zichligi, o'z navbatida, resurslarning yetishmasligiga, ekin maydonlari, yaylovlar va suv resurslarining cheklanishiga olib keladi: chunki aholining asosiy qismi qishloq xo'jaligi bilan shug'ullanadi. Shu nuqtai nazardan, mabjud rasmiy davlatlar o'rtasidagi suv resurslari bilan bog'liq masalalar dolzarb ekanligini ta'kidlab o'tish joiz.

Aholi zichligi ham ishsizlikka sababi bo'lishi mumkin, bu mehnat migratsiyasi natijasida mintaqada nizolar darajasining oshishi kabi hodisalarni keltirib chiqaradi. Farg'ona vodiysida kambag'allik chegarasida yashovchi aholining ulushi 40 foizga etadi.[3] Buni aholining mintaqadagi xorijiy mehnat migratsiyasiga chiqib ketishining yuqori sur'ati ham tasdiqlaydi.

Farg'ona vodiysidagi demografik vaziyatning yana bir xavfli oqibati aholining asosiy qismini 15 yoshdan 24 yoshgacha bo'lgan yoshlar tashkil etishi, albatta, keskin qarama-qarshiliklarning sabablaridan biri hisoblanadi. "Sivilizatsiyalar to'qnashuvi" asarida Semyuel Xantington, "yoshlar norozilik, beqarorlik, islohot va inqilob timsoli", deb bejiz ta'kidlamaganligini tushunib yetish qiyin emas. Migratsiya va ishsizlik sharq jamiyati uchun ilgari xos bo'lmagan muammolarning - ajralishlar sonining ko'payishi, to'liq bo'lmagan oilalar, migratsiya oqimida jinslar bo'yicha nomutanosiblik paydo bo'lishining sabablariga aylanadi. [4]

Farg'ona vodiysining yana bir muammosi ko'chish bilan bog'liq ekspansiya (ползучая экспансия) kabi hodisaning paydo bo'lishi edi. Bu hodisa mintaqadagi etnik vaziyatning o'zgarishini aks ettiradi, masalan, etnik tojiklar va Tojikiston Respublikasi fuqarolari qirg'iz qishloqlariga ko'chib o'tganda, ya'ni boshqa davlat aholisi yashaydigan hududlar paydo bo'lib, mahalliy aholidan etnik kelib chiqishi bilan farqlanadi.

Shuningdek, ijtimoiy tuzum muammolari hududda yashovchi xalqlarning turmush tarzidagi farqlarni o'z ichiga olishi kerak. Farg'ona vodiysi aholisining etnik tarkibi juda xilma-xildir. Albatta, har bir xalqning o'z madaniyati, tili bor. Masalan, tojiklar eroniyzabon aholi bo'lib, shuning uchun turkiyzabon xalqlar sifatida o'zbek va qirg'izlardan farq qiladi. Shu bilan birga, qirg'izlar va o'zbeklarning turmush tarzida ham farq bor, ular turli darajada islomlashgan, biri o'troq, ikkinchisi ko'shmanchi hayot tarziga moslashgan xarakterga egadir.

Farg'ona vodiysidagi nizolarning keskinlashuviga diniy omilning ta'sirini ham e'tibordan chetda qoldirmaslik kerak. So'nggi 20-30 yil ichida sovet davridagi ateistik kayfiyatdan keyin aholining islomlashuvining yangi to'lqini yuz berdi. Aholi o'rtasida islomiy an'analar va islom davlatini barpo etish g'oyalari paydo bo'lmoqda [5]. Bu 80-yillarda tasvirlangan ikkinchi avlodning indigenizatsiyalashtirish deb ataladigan ko'rinishlaridan biridir. XX asrda ingliz sotsiologi Ronald Dor Yaponiyada xuddi shunday hodisani o'rganib chiqqan. S.Hantington "XX asrning saksoninchi va to'qsoninchi yillarida g'arbdan tashqari dunyoda indigenizatsiya masalasi kun tartibida bo'lganini" qayd etadi.

Ikkinchi avlodning indigenizatsiyalashishi (bu holda, bu ko'p yillik sovetlashtirishga javobtariqasida) o'z madaniyatiga qaytishda, masalan, dunyoviy hayot tarzida tashqaridan kiritilgan ma'lum bir madaniy ko'rinish sifatida namoyon bo'lganlarning o'rniga diniy-milliy qiyofaga yo'naltirish, ilgari unutilgan an'analarga qaytish demakdir. Bu ko'pincha jamiyat ichida

ham, dunyoviy turmush tarzini va o'z qadriyatlarini joriy etgan tashqi sub'ektlar bilan munosabatlarda ziddiyatlarga olib keladi.

TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA

Avval aytib o'tganimizdek, Farg'ona vodiysi aholisining asosiy qismi dehqonchilik bilan shug'ullanadi. Viloyat aholisining haddan tashqari ko'pligi tufayli esa yer resurslarining keskin tanqisligi kuzatilmoqda. SSSR parchalanishi bilan mintaqaning ko'p qismida mashhur bo'lgan sanoat ishlab chiqarish darajasi keskin pasayib ketdi. Iqtisodiy sohadagi qarama-qarshiliklar yashirin iqtisodiyot va korruptsiya kabi jiddiy muammolar bilan ham bog'liqdir. Masalan, Qora-Suv (Qirg'iziston) shahridagi bozor qadimdan Buyuk Ipak yo'lining savdo yo'lida qulay iqtisodiy mavqega ega bo'lib, hozirda mintaqadagi eng yirik savdo bazasi hisoblanadi. Bu shahar orqali muhim yo'l arteriyalari o'tadi: Bishkek — O'sh — Urumchi avtomobil yo'li va Jalolobod — Andijon temir yo'li. Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, oylik bozor aylanmasi 200 million dollardan ortiq, norasmiy ma'lumotlarga ko'ra (soya bozor aylanmasi) esa ikki barobar ko'pdir.[6] Tojikistonda so'nggi yillarda sanoati rivojlangan "Shimol" va agrar "Janub" o'rtasida ichki iqtisodiy "ziddiyat" yuzaga kelgan. Sovet hokimiyati yillarida vodiyda yaratilgan barcha sanoat korxonalari asosan O'zbekiston hududida joylashtirilgan. Bu bir tomondan, vodiyning hukmron doiralaridagi o'zgarishlar va hokimiyatlarning etnik-mintaqaviy elitalar o'rtasida qayta taqsimlanishi bilan bog'liq bo'lgan siyosiy -iqtisodiy boshqaruv bilan bog'liq muammolarda yaqqol namoyon bo'lmoqda.

Yuqorida aytilganlarning barchasidan Farg'ona vodiysida iqtisodiy izolyatsiya qilish tendentsiyasi emas, balki ushbu hududda erkin iqtisodiy zona tashkil etish bo'yicha takliflar mintaqadagi barcha davlatlarning istiqboli uchun foydali ekanligini haqida xulosa chiqarish mumkin. [7]

XULOSA

Farg'ona vodiysidagi bugungi zamonaviy millatlararo munosabatlardagi muammolarni tahlil qilish maqsad bu borada o'z fikr-mulohazalarini bildirgan xorijiy tadqiqotchi-mutaxassislarning fikr-mulohazalari, istiqbolli tahlillari va qiziqishlari asosida mavjud muammolarni chuqurroq o'rganishdan iborat edi. Mavjud muammolarni aniqlash va ularning Markaziy Osiyo mintaqasi uchun xavf tug'dirishiga yo'l qo'ymaslik kerak. Ko'p millatli Farg'ona vodiysidagi etnosentrik omil bugungi kunning eng murakkab va dolzarb masalalaridan biridir. Etnik-hududiy muammolar, resurslar, lingvistik, ekologik, demografik, migratsiya va boshqa mintaqaviy muammolar etnomadaniy munosabatlar darajasini ham belgilab beradi va belgilab bermoqda.

FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Bekmirzaev, R. B. (2021). Factors affecting nation-building relationships in Fergana Valley. Asian Journal of Multidimensional Research , 10 (11), 122-125.

2. Rudov, G. A. Ferghana Valley: causes of crisis phenomena and ways to neutralize them / / Obozrevatel - Observer . - 2014. - No. 11.

3. Bekmirzaev, R. B. (2021). Factors affecting nation-building relationships in Fergana Valley. Asian Journal of Multidimensional Research , 10 (11), 122-125.

4. Rudov, G. A. Ferghana Valley: causes of crisis phenomena and ways to neutralize them / / Obozrevatel - Observer . - 2014. - No. 11.

5. Dobaev, I. P. Islamic radicalism: socio-philosophical analysis. South Russian review. Rostov-on-Don, Publisher: SKNTS VSH. - 2002. - No. 7)

6. Trofimov, D. To the question of ethnoterritorial and border problems in Central Asia // Central Asia and the Caucasus. - 2002. - No. 1. -S. 60-71.

7. Olimov, M. Olimova, S. K. Khudzhent: between Ferghana and Tajikistan // Bulletin of Eurasia. - 1998. - No. 1-2.

8. Bekmirzaev, R. B. (2022). Socio-Economic Causes Of Ethnic Conflicts In The Ferghana Valley. American Journal Of Social Sciences And Humanity Research, 2(06), 135-138.

9. Bekmirzaev, R. B. (2022). Historical And Political Problems Of The Ferghana Valley. Asian Journal Of Multidimensional Research, 11(6), 104-106.

10. Жураев, Х. П., Бекмирзаев, Р. Б., & Юсупов, Ж. (2022). ЧОР РОССИЯСИНИНГ ТУРКИСТОНГА АХ,ОЛИНИ КУЧИРИШ СИЁСАТИДА ЕР БИЛАН БОГЛЩ МУАММОЛАРНИНГ ^АЛ ЭТИЛИШИ. IJTIMOIYFANLARDA INNOVASIYA ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(11), 54-59.

11. Bekmirzaev, R. B. (2022). Interpretation of inter-ethnic relations in the Ferghana Valley from political aspects. The Peerian Journal, 12, 31-34.

12. Begalievich, B. R. (2022). Inter-ethnic conflicts in the south of the Kyrgyz Republic. Eurasian Research Bulletin, 14, 51-56.

13. Bekmirzaev, R. B. (2022). INTER-ETHNIC RELATIONS AND SOCIAL PROBLEMS IN FERGHANA VALLEY. ResearchJet Journal of Analysis and Inventions, 3(11), 34-40.

14. Бекмирзаев, Р. (2022). Yangi O 'zbekistonda millatlararo totuvlik va dinlararo bag 'rikenglikni mustahkamlashning huquqiy asoslarini yaratilishi. Актуальные проблемы истории Узбекистана, 1(1), 585-593.

15. Khusanov, S. (2022). Historiography of the problem of record keeping and archival affairs of the Khiva khanate in the XIX-early XX centuries. Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities, 12(6), 93-98.

16. Khusanov, S. (2022). Khiva madrasahs. Asian Journal of Multidimensional Research, 11(6), 107-111.

17. Khusanov, S. (2021). Qozikhona and religious rule in khiva khanate in the beginning of xix-xx centuries. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(12), 758-763.

18. Xusanovich, X. S. (2022). XIVA XONLIGIDA XIX-XX ASRNING BIRINCHI CHORAGIGA QADAR DAVRIDA ARXIV ISHI VA UNING O 'RGANILISHI. Research Focus, 1(3), 94-98.

19. Каримова, Г. (2022). МАЪНАВИЯТ ВА МИЛЛИЙ ТАРБИЯ. Экономика и социум, (3-2 (94)), 612-615.

20. Бекмирзаев Р.Б., & Рустамов С.А. (2023). МУСУЛЬМАНСКИЕ ГЕОГРАФЫ (ИБН БАТТУТА). Экономика и социум, (1-2 (104)), 172-175.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.