Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA AHOLI TURMUSH DARAJASINI OSHIRISH, OILA MUSTAHKAMLIGINI TA’MINLASH SOHASIDAGI MODDIY VA PROTSESSUAL NORMALARNI TAKOMILLASHTIRISHGA QARATILGAN ISLOHOTLAR'

O‘ZBEKISTONDA AHOLI TURMUSH DARAJASINI OSHIRISH, OILA MUSTAHKAMLIGINI TA’MINLASH SOHASIDAGI MODDIY VA PROTSESSUAL NORMALARNI TAKOMILLASHTIRISHGA QARATILGAN ISLOHOTLAR Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
57
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
aholi / oila / xalqaro reyting / islohot / norma / indeks / huquq / strategiya

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — Ismоilоvа Xаyitxоn Mаxаmmаdjоnоvnа

Maqolada, O‘zbekistonda aholi turmush darajasini oshirish, oila mustahkamligini ta’minlash sohasidagi moddiy va protsessual normalarni takomillashtirish doirasida olib borilayotgan islohotlar bayon qilingan. O‘zbekistonning xalqaro reytinglarda ko‘rsatkichini ko‘tarish jarayonida Farg‘ona vodiysining o‘ziga hos jihatlari ilmiy manbaalar yordamida yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA AHOLI TURMUSH DARAJASINI OSHIRISH, OILA MUSTAHKAMLIGINI TA’MINLASH SOHASIDAGI MODDIY VA PROTSESSUAL NORMALARNI TAKOMILLASHTIRISHGA QARATILGAN ISLOHOTLAR»

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

O'ZBEKISTONDA AHOLI TURMUSH DARAJASINI OSHIRISH, OILA MUSTAHKAMLIGINI TA'MINLASH SOHASIDAGI MODDIY VA PROTSESSUAL NORMALARNI TAKOMILLASHTIRISHGA QARATILGAN ISLOHOTLAR Ismoilova Xayitxon Maxammadjonovna

Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti O'zbek tili va ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10144274

Annotatsiya. Maqolada, O'zbekistonda aholi turmush darajasini oshirish, oila mustahkamligini ta'minlash sohasidagi moddiy va protsessual normalarni takomillashtirish doirasida olib borilayotgan islohotlar bayon qilingan. O'zbekistonning xalqaro reytinglarda ko'rsatkichini ko'tarish jarayonida Farg'ona vodiysining o'ziga hos jihatlari ilmiy manbaalar yordamida yoritilgan.

Kalit so'zlar: aholi, oila, xalqaro reyting, islohot, norma, indeks, huquq, strategiya.

Аннотация. В статье описаны реформы, которые проводятся в рамках совершенствования материальных и процессуальных норм в сфере повышения уровня жизни населения в Узбекистане и обеспечения стабильности семьи. В процессе повышения индекса Узбекистана в международных рейтингах уникальные аспекты Ферганской долины были освещены с помощью научных источников.

Ключевые слова: население, семья, международный рейтинг, реформа, норма, индекс, закон, стратегия.

Abstract. The article describes the reforms that are being carried out as part of improving material and procedural norms in the field of improving the standard of living of the population in Uzbekistan and ensuring family stability. In the process of increasing Uzbekistan's index in international rankings, the unique aspects of the Fergana Valley were highlighted with the help of scientific sources.

Keywords: population, family, international rating, reform, norm, index, law, strategy.

Kirish: O'zbekiston mustaqillikka erishganidan so'ng har bir sohada jahon xamjamiyatida o'z o'rni va nufuziga ega bo'lib kelmoqda. Respublikada olib borilayotgan inson huquqlari himoyasini kafolatlash, aholi turmush darajasini oshirish sohasidagi moddiy va protsessual normalarni takomillashtirishga qaratilgan islohotlar O'zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi ko'rsatkichlari oshishiga sabab bo'lmoqda.

Shundan kelib chiqib, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-maydagi PQ-246-sonli "Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashda ilmiy salohiyat hamda amaliy faoliyat uyg'unligini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori e'lon qilindi. Qarorga asosan, ustuvor xalqaro reyting va indekslarning tarkibiy indikatorlari doirasida muntazam past baholanib kelinayotgan soha va tarmoqlarni jadal rivojlantirish bo'yicha o'rta va uzoq muddatli strategiyalar ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi.

Tadqiqotning usullari: O'zbekiston milliy rivojlanishning yangi davriga dadil qadam qo'ymoqda. Hayotimizning barcha jabhalarida ulkan o'zgarishlar yuz bermoqda. Bu yil aholimiz 36 milliondan oshdi. Har yili safimizga qariyb 900 ming yangi avlod qo'shilmoqda. O'zbekiston deb atalmish katta va inoq oilaning har bir a'zosi tinch va farovon hayot kechirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish yo'lida tinimsiz izlanyapmiz.

O'zbekistonda aholi turmush darajasini yaxshilash, inson kamoloti borasida olib borilayotgan islohotlar xalqaro hamjamiyatda e'tirof etib kelinmoqda. 2005 yil Andijon voqealari,

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

2010 yil O'sh voqealari dunyo hamjamiyatining diqqatini tortdi. O'sh voqealari yuz bergan og'ir vaziyatlarda O'zbekistonga qo'shni davlatlardan minglab odamlar boshpana va yordam so'rab keldilar. Mana shunday vaziyatda ayollar, yosh bolalar, keksalar, bemorlarga yordam ko'rsatilganligi, insonparvarlik islohotlarining amaliy na'munsi ekanligini Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan ta'kidlandi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevralda "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947 sonli Farmoni e'lon qilindi. Strategiya besh yo'nalishdan iborat bo'lib, to'rtinchi yo'nalishi Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari etib belgilandi. Ushbu yo'nalishda, aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish, aholini ijtimoiy himoya qilish va sog'liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy-joylar barpo etish bo'yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta'minlovchi yo'l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish, ta'lim va fan sohasini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish kabi masalalarni rivojlantirish ko'zda tutilgan. Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish bo'yicha O'zbekistonda keng ko'lamli islohotlar amalga oshirildi. Aholi turmush-darajasi, ijtimoiy soha, ta'lim, yoshlar masalalarida ijobiy o'zgarishlar sodir bo'ldi. Jumladan aholining hayot sharoitlarini yaxshilash maqsadida eskirgan uylarda yashab kelayotgan fuqarolar va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj fuqarolarning yashash sharoitlarini imtiyozli shartlarda ipateka kreditlari ajratildi hamda shahar va qishloqlarda arzon uylar qurilib, muhtoj oilalarga topshirildi.

O'zbekistonda olib borilayotgan bu boradagi keng ko'lamli islohotlar samarasi Respublikaning eng aholisi zij bo'lgan Farg'ona vodiysi uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Geograf tadqiqotchilar fikriga ko'ra Farg'ona vodiysi (Farg'ona, Andijon, Namangan viloyatlari) Markaziy Osiyodagi eng aholi zich joylashgan xudud hisoblanib, aholi yashash sharoitlari uchun doimiy uy-joy masalalari dolzarb bo'lib xisoblangan.

Shunga qaramay vodiy inson yashash ehtiyojlari uchun barcha imkoniyatlari mavjud hudud hisoblanadi. Vodiy yarim cho'ldan tashkil topgan bo'lsada, unumdor yerlarga ham ega. Samarali sug'orish tizimi, keng uzum dalalari, paxta sanoati, ekin maydonlari, jumladan; devzira, keng tarqalgan mahalliy guruch, achchiq qalampir, xusaini uzumi, sazan baliqlari, ipakchilik, yo'llar va hiyobonlar, keng dalalarni qoplagan tutlar, tog'larida archa, do'lana kabi xo'jalik mahsulotlari inson hayoti uchun zarur bo'lgan qulay sharoitni yaratadi. Mintaqada guruch va qo'y go'shtidan taomlar o'zgacha xolda tayyorlanadi. Qo'qondagi baland g'ildirakli aravalar vodiy tarixida o'ziga xos o'rin olgan.

Shu nuqtai nazardan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning mintaqaga tashrifi va bu hududda olib borayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy sohalardagi faoliyatlari bugun xudud aholisi turmush-darajasini yaxshilanishiga sabab bo'lmoqda. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Andijon, Farg'ona, Namangan viloyatlariga tashriflari va mintaqa muammolarini bartaraf etishga qaratilgan sa'yi xarakatlari sabab aholi turmush-darajasi, oilaviy muammolarning bartaraf etilishiga sabab bo'lmoqda.

Natijalar: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Har bir oila-tadbirkor" dasturini hamda Namangan viloyatidagi kichik sanoat zonalarini rivojlantirishni moliyalashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida, "Yangi Andijon" shahrini barpo etish ishlarini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to'g'risida, Namangan shahrida "Yangi Namangan shaharchasi" zamonaviy ishbilarmonlik markazi va turar joylar kompleksini barpo etish chora-

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

tadbirlari to'g'risidagi kabi Prezident Qarorlari hozirgi Farg'ona vodiysi oila urf-odatlari va qadriyatlarini mustahkamlashga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar sirasiga kiradi.

Andijon viloyati og'ir uy-joy maishiy sharoitlarda yashayotgan va boquvchisini yo'qatayotgan ayollarni uy-joy bilan ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risidagi, Andijon viloyatida xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash, ular o'rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi, 2021-2022 yillarda Namangan viloyatidagi mahallalarning ixtisoslashuvidan kelib chiqib ularni qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida, 2022-2026 yillarda Andijon viloyati hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida, bir qator Vazirlar Mahkamasi qarorlari Farg'ona vodiysi oilaviy munosabatlarini mustahkamlash, aholi turmush-tarzini yaxshilash, kambag'allikni qisqartirish, oila urf-odat va qadriyatlarini saqlab qolishga hizmat qilmoqda.

Farg'ona vodiysi Markaziy Osiyoning markazida joylashgan, deyish mumkin. Vodiy mintaqa tarixi va madaniyatiga beqiyos hissa qo'shgan. Farg'ona vodiysidagi jarayonlar atrofdagi viloyatlar va mamlakatlarga katta ta'sir ko'rsatadi. Farg'ona vodiysi butun Markaziy Osiyodagi eng yirik bozorni tashkil etishi, qadimdan Buyuk ipak yo'li orqali savdo karvonlarini o'tishi bu omillarni yanada kuchaytiradi. "O'rta Osiyoning eng qadimiy tarixiy-etnografik mintaqalaridan biri bo'lgan Farg'ona vodiysi hamisha o'zining etnik mozaikaligi va og'ir ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli bilan ajralib turadi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida mintaqada kapitalizm shakllangan davrda vodiyda o'zbeklar, tojiklar, qirg'izlar, uyg'urlar, O'rta Osiyo yahudiylari tatarlar va boshqalar yashaganligi haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Muhokama: Farg'ona vodiysining o'ziga hos geografik joylashuvi, turli davrlardagi bosqinchilik harakatlari, turli siyosiy jarayonlar, aholining o'ziga xos an'analari borligi sabab xalqaro olimlar, geograflar, ilmiy tadqiqotchilar diqqatini tortgan.

Farg'ona vodiysi qadimdan hozirgi davrgacha xalqaro olimlar va siysatchilar tomonidan o'rganilib kelinmoqda. Lekin olib borilgan tadqiqotlar har doim ham real voqelikni ifolamaganligi, turli geostrategik, diniy xulosalar mavjudligi aniqlangan. Jumladan Chor Rossiyasi mustamlakasi davrida Qo'qon honligini o'rganish bo'yicha, tilshunos olimlar, psihologlar, siyosatchilar, geograflar ekspeditsiya va ilmiy tadqiqot ishlarini olib borganlar.

Lekin shunga qaramay vodiyning o'ziga hos milliy qadriyat va urf-oatlari hozirgacha saqlanib qolgan. Vodiy hayotida oila munosabatlari alohida ahamiyatga ega bo'lib kelgan. Oilada ota-ona va farzandlar, er-xotin munosabatlari, qarindoshlik masalalari hamma davrlarda muqaddas rishta sifatida e'zozlangan. Vodiy aholisining ijtimoiy munosabatlari, milliy qadriyatlari, oila munosabatlari haqida tarixdan ko'plab manbaalar keltirilgan.

Xulosa: O'zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo'lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o'rnini yaxshilash maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini takomillashtirish, jamiyatni demokratlashtirish, ilg'or xalqaro tajribaga asoslangan davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlarni amalga oshirish bo'yicha tashabbuslarni ilgari surilmoqda.

2023 yil 30 paprelda umumxalq referendumi asosida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi. Konstitutsiyada qatiy belgilangan oila tushunchasi Farg'ona vodiysining oila munosabatlarini mustahkamlash, oila urf-odat va qadriyatlarini saqlab qolishda muhim qonun hisoblanadi.

Hususan Konstitutsiyaning 76-moddasida Oila jamiyatning asosiy bo'g'inidir hamda u jamiyat va davlat muhofazasidadir.

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

Nikoh O'zbekiston xalqining an'anaviy oilaviy qadriyatlariga, nikohlanuvchilarning ixtiyoriy roziligiga va teng huquqliligiga asoslanadi deya belgilab qo'yildi. O'zbek xalqining hususan, Farg'ona vodiysi axolisining an'anaviy oila qadriyatlariga asosan, nikoh ikki jins vakillari; yigit va qiz o'rtasida ular roziligi asosida tuziladi.

Yangi tahrirdagi konstitutsiyaga asosan, xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar. Davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarini ta'minlaydi, Davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanishni, vatanparvarlik va Vatanga bo'lgan mehr-muhabbat tuyg'ularini shakllantirish to'g'risida g'amxo'rlik qiladi deya qatiy normalar belgilandi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga kiritilgan ushbu normalar, bugungi G'arb madaniyatini kirib kelishi va oila an'analari buzilishining oldi olinishini ta'minlaydi.

Olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar Farg'ona vodiysi aholisi turmush-tarzida ham mug'im ahamiyat kasb etmoqda. vodiy aholisining turmush darajalari, yashash sharoitlari keskin ravishda yaxshilanib borayotganligi ma'lum.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

2. Sh.M.Mirziyoev "Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz" Toshkent 0'zbekiston-2017. 448-6

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasi Toshkent-2022

4. Gubaeva Stella Sitdiqovna "Farg'ona vodiysi" LAP LAMBERT Akademik Publishing GmbH& Co.Kg Germany 2012 261b

5. Ismoilova, H. M. (2023). The conceptual thoughts and ideas, reforms, their essence and significance in Uzbekistan expressed in the address of the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoev to the Oliy Majlis and the people of Uzbekistan. American journal of interdisciplinary research and development, 13, 65-68.

6. President.uz

7. Lex.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.