Научная статья на тему 'FARGʼONA VILOYATIDA ARXIV ORGANLARINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI TARIXI'

FARGʼONA VILOYATIDA ARXIV ORGANLARINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI TARIXI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
28
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O'zSSR Ichki ishlar xalq komissariati Arxiv bo‘limi / Farg‘ona viloyat davlat arxivi / SSSR Markaziy arxiv boshqarmasi / Fargʼona okrugi arxiv byurosi / Fargʼona viloyat Davlat arxivi / Archive Department of the People's Commissariat of Internal Affairs of the UZSSR / State Archives of Fergana Region / Central Archive Department of the USSR / Archives Bureau of Fergana Region / State Archives of Fergana Region

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Xolboyev Mirzabek Karimjon O’g’li

MaqoladaFargʼona viloyatida arxiv ishi tashkil etilishi, viloyat arxivlari faoliyati, boshqaruvi, qimmatli materiallar haqida qisqacha ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE DEVELOPMENT OF THE FORMATION OF ARCHIVAL BODIES IN THE FERGANA REGION

The article provides brief information about the organization of archival work in Fergana region, the activities and management of regional archives, valuable materials

Текст научной работы на тему «FARGʼONA VILOYATIDA ARXIV ORGANLARINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI TARIXI»

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center IF = 8.165 www.in-academy.uz

К*

I: J irâsr

EURASIAN JOURNAL OF

sss-

THE DEVELOPMENT OF THE FORMATION OF ARCHIVAL BODIES IN THE FERGANA REGION

Xolboyev Mirzabek Karimjon o'g'li

Namangan State University Teacher of the Faculty of Social Sciences Tel:936717176 e-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.13902031

ARTICLE INFO

ABSTRACT

The article provides brief information about the organization of archival work in Fergana region, the activities and management of regional archives, valuable materials.

Received: 03rd October 2024 Accepted: 07th October 2024 Online: 08th October 2024

KEYWORDS Archive Department of the People's Commissariat of Internal Affairs of the UZSSR, State Archives of Fergana Region, Central Archive Department of the USSR, Archives Bureau of Fergana Region, State Archives of Fergana Region.

СТАНОВЛЕНИЕ И РАЗВИТИЕ АРХИВНЫХ ОРГАНОВ В ФЕРГАНСКОЙ

ОБЛАСТИ

Холбоев Мирзабек Каримжон угли

Наманганский государственный университет Преподаватель факультета социалных наук Тел:936717176 e-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.13902031

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 03rd October 2024 Accepted: 07th October 2024 Online: 08th October 2024

KEYWORDS Архивный отдел НКВД УЗССР, Государственный архив Ферганской области,

Центральное архивное

управление СССР, Архивное бюро Ферганской области, Государственный архив Ферганской области.

В статье представлены краткие сведения о развитии архивного дела в Ферганской области, деятельности и управлении областными архивами, ценные материалы.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center IF = 8.165 www.in-academy.uz

FARG'ONA VILOYATIDA ARXIV ORGANLARINING SHAKLLANISHI VA

RIVOJLANISHI TARIXI

Xolboyev Mirzabek Karimjon o'g'li

Namangan davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti o'qituvchisi Tel:936717176 e-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.13902031

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 03rd October 2024 Accepted: 07th October 2024 Online: 08th October 2024

KEYWORDS O'zSSR Ichki ishlar xalq komissariati Arxiv bo'Umi, Farg'ona viloyat davlat arxivi, SSSR Markaziy arxiv boshqarmasi, Farg'ona okrugi arxiv byurosi, Farg'ona viloyat Davlat arxivi.

Maqolada Farg'ona viloyatida arxiv ishi tashkil etilishi, viloyat arxivlari faoliyati, boshqaruvi, qimmatli materiallar haqida qisqacha ma'lumotlar berilgan.

Barcha davrlarda O'zbekistonning asosiy shaharlaridan biri, o'ziga xos tarixga ega Farg'ona viloyatining muhim tarixiy hujjatlarini saqlovchi Farg'ona viloyati davlat arxivi tashkil etilishi XX asrning boshlariga to'g'ri keladi. Dastlab vodiy hududlari hujjatlarini saqlanishini ta'minlash, ularda ish yuritish tizimini boshqarish Farg'ona viloyatidan boshlanganligiga tarix guvoh.

Turkiston Respublikasi Markaziy Ijroiya Komiteti Sovetining 1920 yil 29 maydagi № 301-sonli Arxiv ishini tashkil etish va markazlashtirish haqidagi Dekretiga muvofiq Arxiv ishi bo'yicha Markaziy Boshqarmaning Farg'ona viloyati bo'yicha Boshqarmasi tashkil etilgan. Shahar ijroiya qo'mitasi huzuridagi arxiv ijroiya qo'mitasi zimmasida bo'lishi kerakligi belgilangan . Bundan tashqari, Markaziy ijroiya qo'mitasining 1922 yil 16 maydagi 61-sonli farmoni bilan belgilangan muassasalarning eski yillardagi hujjatlari Farg'ona shahridagi (Зеленая 11) Davlat arxiv fondiga topshirilishi shart edi. Arxivlar Turkrespublika Xalq Komissarlari Kengashining 1921-yil 25-yanvardagi qarorining 5-bandiga asosan muassasa hisobidan olib o'tkazilishi kerak. Markaziy arxiv ishi boshqarmasi muassasalardagi eski hujjatlarning xavfsizligi uchun javobgarlikni hududiy arxivlarga yuklashini qayd etadi [3, - B. 26.]. Yani hujjatlarni bir joyda to'plash ishlari boshlangan davr edi. Muassasalardagi arxivlar, shuningdek, Ijroiya qo'mitasidagi arxivlar, agar shtatlarida maxsus arxivchi bo'lmasa, muassasa ichidan bevosita xizmat vazifalaridan ozod etmasdan, muassasa tarkibidan tayinlangan shaxsning javobgarligi ostida bo'lishi kerak. Belgilangan shaxslarga arxivni saqlash uchun to'lov alohida amalga oshirilmaydi va arxivning o'zi muassasa ishining ishlab chiqarish rejasiga kiritilishi kerak. Shu bilan birga, arxiv uchun mas'ul bo'lgan shaxs uning yaxlitligi uchun mas'uliyatni muassasa rahbaridan olib tashlamaydi.

1923 yil 19 noyabrda 4180-sonli aloqa xati bilan Bosh arxiv boshqarmasi Farg'ona okrugi Skobelev shahridagi sobiq viloyat hokimiyati binolarini hech qanday harbiy qismlar va

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center IF = 8.165 www.in-academy.uz

muassasalar bilan egallamaslikni, balki Farg'ona Revkom va Ijroiya qo'mitasining mandatiga ega bo'lgan vakolatli Bosh arxiv boshqarmasini to'liq ixtiyorida qoldirishni so'radi. Hozirgi vaqtda binoning bir qismini brigada kurslari egallab turibdi, ular Bosh arxiv boshqarmasining iltimosiga binoan binolarni bo'shatish kerakligi haqida ogohlantirilishi kerak, chunki binolarning yetishmasligi Bosh arxiv boshqarmasini barcha arxiv materiallarini bir joyga jamlash imkoniyatidan mahrum qiladi [4, - B. 58.].

1925 yil oxirida viloyat arxiv fondlari to'g'risidagi nizomni hisobga olgan holda Farg'ona, Samarqand, Toshkent, Zarafshon viloyatlarida, 1926 yil boshida esa Xorazm, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida arxiv byurolari tashkil etildi. Keyinchalik, viloyatlarni tumanlarga aylantirish bilan bog'liq holda, viloyat arxiv byurolari tuman deb o'zgartirildi. Bir viloyat negizida ikki tuman - Farg'ona va Andijon tumanlari tashkil etilgan holda, O'zSSR Markaziy qo'mitasining 1927 yil 6 apreldagi qarori bilan arxiv fondlarining ajralmasligini ta'minlash uchun doiralararo arxiv byuro tashkil etildi [1, - B. 67.].

O'zSSR Markaziy Ijroiya Qo'mitasi, Farg'ona viloyati Ijroiya qo'mitasi Prezidiumining 1925-yil 30-iyundagi buyrug'iga ko'ra hududlarni rayonlashtirishda ma'muriy apparat organlarini arxivlar bilan ta'minlash kerakligi qayd etiladi. Hozirgi vaqtda mavjud bo'lgan viloyat Arxiv byurosi u joylashgan okrugning Arxbyurosi sifatida qoldiriladi. Tuman ijroiya qo'mitasining rayonlashtirish natijasida yangi tashkil etilgan shtat tarkibiga tuman arxiv byurosi xodimlari kiritilishi shart. Tuman ijroiya qo'mitalari xodimlarida arxiv ishi bo'yicha instruktor bo'lishi shartligi belgilangan [6,-B. 37.]. Arxiv mmanbalarining guvohlik berishicha yangi hududlar tashkil topishi bilanoq ularda arxivlar joriy etish masalasi aytib o'tiladi, biroq bu barcha hududlarda to'liq oxiriga yetkizilmay qoladi. Bunga sabab bino yo'qligi, mutaxasis bilan ta'minlanmaganligi yoki ularga maosh ajratilmaganligi, ayrimlarida esa hujjatlarga e'tiborsiz bo'lganliklari sabab bo'ladi.

Farg'ona viloyatida arxiv ishini tashkil etilishida asosiy muammolardan biri hujjatlar saqloviga mos bo'lgan bino bilan ta'minlash edi. Bu masalada Bosh arxiv Markaziy boshqarmasi tomonidan bir nechta tavsiyalar beriladi. Xususan, arxivga qaysi bino berilishi rejalashtirilganligi, u yirik fond saqlovini birlashtirish uchun mo'ljallanganmi va yangi binolar 1382-songa buyruqdagi qo'yilgan shartlarga javob beradimi yoki yo'qmi kabi masalalar bor edi. O'zSSR Bosh arxiv boshqarmasining Farg'ona viloyati bo'yicha komissari sifatida Viloyat ijroiya qo'mitasining 48-sonli qarorini bajarishda men belgilagan shartlarning bandlariga ham qat'iy amal qilishingizni va tushunmovchiliklar bo'lsa, zudlik bilan menga xabar berishingizni taklif qilaman deb Arxiv ishi Markaziy boshqarmasi boshlig'i Ivanov tomonidan xat yuboriladi Farg'ona okrugiga [5, - B. 23.].

1927 yilda Arxiv byurosi Farg'ona va Andijon hududining hududlararo Davlat arxivi deb o'zgartirildi. 1930-1937 yillarda Farg'ona shahrida Markaziy arxiv Boshqarmasining Farg'ona viloyat bo'limi tashkil etilib, faoliyat yuritgan.

1938 yilda O'zSSR Markaziy Arxiv Boshqarmasining Farg'ona viloyat bo'limi tashkil etilgan bo'lib, unga 1940 yilda hamma arxiv bo'limlari respublika Ichki ishlar xalq komissarlari Boshqarmasi ixtiyoriga o'tkazilib, viloyat davlat arxivlari tashkil etilgan. Farg'ona viloyat davlat arxivi 1939 yil 23 apreldagi SSSR NKVDning UNKVD viloyatlari arxiv bo'limlarini tashkil etish to'g'risidagi № 208-sonli buyrug'iga muvofiq tashkil etilgan. 1940 yildan boshlab Farg'ona viloyat UNKVD arxiv bo'limi tashkil etilgan. So'ngra, viloyat arxiv boshqarmasi viloyat davlat

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center IF = 8.165 www.in-academy.uz

arxiviga aylantirilgan.1946 yil Farg'ona viloyat davlat arxivi UKVD Farg'ona viloyat bo'yicha arxiv bo'limi, 1957 yil Farg'ona viloyat davlat arxivi Farg'ona oblispolkom UVD arxiv bo'limi nomi ostida faoliyat yuritgan [2, - B. 430.].

O'zbekiston SSR Vazirlar Kengashi KPSS XXII syezdining kommunistik qurilishda fanning roli to'g'risidagi qarorlari nuqtai nazaridan arxiv muassasalarining ahamiyati ortib borayotganini qayd etadi. Shu bilan birga, Respublika davlat arxivlari faoliyatini tashkil etishda jiddiy kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Qoraqalpog'iston ASSR Vazirlar Kengashi va viloyat ijroiya qo'mitalari huzuridagi, shu bilan birga, kichik tumanlardagi davlat arxivlarida jiddiy muammolar ko'zga tashlandi. Jumladan, muassasa arxivlarini davlat saqlashiga qabul qilish va ularni monitoring qilish masalalari, qimmatli hujjatlarga qayta ishlov berish tartibga solinmagan. Ko'pgina idoraviy arxivlar binolar va malakali kadrlar bilan ta'minlanmagan, ularning faoliyati talabga javob bermasligini hisobga olgan holda Respublikaning bir nechta hududlarida tumanlararo arxivlar tashkil etildi. 1962-yilda Farg'ona vodiysida quyidagi arxivlarga asos solindi:

Andijon viloyati bo'yicha:

1. Izboskan tumanlararo davlat arxivi:

Izboskan, Norin, Paxtaobod

2. Qo'rg'ontepa tumani davlat arxivi:

Jalaquduq, Ilichev, Qo'rg'ontepa, Xo'jaobod.

3. Lenin (Asaka) tumanlararo davlat arxivi:

Lenin (Asaka), Andijon, Oltinko'l, Marhamat.

4. Shahrixon tumanlararo davlat arxivi:

Shahrixon, Bo'z, Baliqchi, Moskva, Xaldivonbek, Chinobod.

5. Chust tumanlararo davlat arxivi:

Chust, Kosonsoy, To'raqo'rg'on.

Farg'ona viloyati bo'yicha:

1. Qo'qon tumanlararo davlat arxivi

Bag'dod, Kirov (Beshariq), Qo'qon, Leningrad (Uchko'prik), Pop, O'zbekiston, Frunze (Dang'ara).

2. Marg'ilon tumanlararo davlat arxivi

Oltiariq, Oxunboboev (Qo'shtepa), Quva, Quybishev, Marg'ilon.

3. Farg'ona tuman-shahar davlat arxivi [7, - B. 8-10.]. Yuqoridagi arxivlarni tashkil etishdan asosiy maqsad mavjud muammolarni har bir hududning o'zida bartaraf etish va ularda hudud bo'yicha hujjatlar ahamiyatini oshirish bo'lgan. Ikkinchi tomondan esa fuqarolarga tegishli hujjatlarni ajratish, bu orqali turli so'rovlarni asosiy arxivlardan kamaytirish bo'ladi.

Xulosa o'rnida Farg'ona viloyatida arxiv muassasalari joriy etilishining mamalakat tarixida ijobiy o'zgarish bo'lganligini ko'rishimiz mumkin. Biroq, bu arxivlar va ulardagi hujjatlar asosan markaz manfaatlari va yuqori lavozimli shaxslar uchun hizmat qilgani salbiy tomonlarini ko'rsatib beradi. Nima bo'lganda ham arxivlar joriy etilishi o'lka tarixshunosligi va manbashunosligini yangi bosqichga olib chiqa oldi. O'z vaqtida bo'lmasa ham, keying davlar uchun muhim hujjatlarning saqlanishi foydadan xoli emas. Farg'ona viloyati arxivlarida kadrlar masalasida, moddiy texnik ta'minotda yildan-yilga o'zgarishlar qilindi. Yangi tashkil etilgan tuman va shaharlarda ham arxiv muassasalarini joriy etishga e'tibor chetda qolmadi.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center IF = 8.165 www.in-academy.uz

References:

1. Исакова М. Становление и развитие архивного дела в Узбекистане / - Т.: Университет, 2012. 204 c.

2. Yusupov U., Aliyev A. O'zbekiston arxivlari. - Toshkent.:Tasvir, 2021. - 496 b.

3. Farg'ona viloyat davlat arxivi, 4-fond. 1-ro'yxat. 15-ish. 26-varaq

4. Farg'ona viloyat davlat arxivi, 4-fond. 1-ro'yxat. 15-ish. 58-varaq

5. Farg'ona viloyat davlat arxivi, 4-fond. 1-ro'yxat. 17-ish. 23-varaq

6. Farg'ona viloyat davlat arxivi, 4-fond. 1-ro'yxat. 17-ish. 37-varaq

7. Farg'ona viloyati davlat arxivi. 1124-fond. 7-ro'yxat, 1050-ish, 8-10-varaqlar .

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.