Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects
Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqisGdiyGt^a^edagGgikajn^
BUXORO VILOYATI DAVLAT ARXIVINING TASHKIL ETILISHI
M. Eshonov
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika o'qituvchisi, O'zbekiston
Madaniy merosimizni, o'tmish qadriyatlarimizni keng va har tomonlama o'rganish, hozirgi milliy ma'naviyatimizning chuqur tarixiy ildizlarini, shakllanish bosqichlari va xususiyatlarini ochib berish zarurdir. Bu esa, o'z navbatida, milliy g'urur, tariximiz, o'tmish avlodlar xizmatiga hurmat - e'tiborni, xalq mehnatiga, vatanga sevgi tuyg'usini shakllantirish, yangi jamiyatimizning to'g'ri rivojini, kelajagini oqilona belgilash, yuksak demokratik davlat qurish uchun xizmar qiladi. Shu o'rinda Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevninng Islom sivilizatsiyasi markazining ochilishida bildirgan fikrlarini keltirishni joiz topdim."Hamma o'z tarixini uiuglaydi. Lekin,bizning mamlakatimizdek boy tarix, bobolarimizdek buyuk allomalar hech qayerda yo'q. Bu merosni chuqur o'rganishimiz, xalqimizga, dunyoga yetkaza bilishimiz kerak1.
Buxoroda arxiv tashkilotining tashkil etilishi hududda sho'ro tuzumining o'rnatilishi bilan bog'liq hisoblanadi. 1925-yil oxirida Zarafshon, Toshkent, Samarqand, Farg'onada viloyat arxiv byurolari va 1926-yillar boshida Xorazm, Qashqadaryo va Surxandaryoda viloyat arxiv byurosi tashkil qilindi. 1927-yil okrug maqomi berilishi munosabati bilan viloyat arxiv byurolari okrug nomi bilan qayta nomlandi. O'zbekiston SSR Markaziy Ijroya Komitetining 1935-yil 21-dekabrda qabul qilgan qaroriga ko'ra Samarqand, Buxoro, Farg'onadan tashqari hamma shahar va tumanlarda shahar va tuman arxivlari tashkil qilindi. O'zbekiston SSR Markaziy Arxiv Boshqarmasi (MAB)dan O'zbekiston SSR Markaziy Davlat Arxivi o'zining Samarqand, Buxoro, Farg'ona b o'limlari bilan ajralib chiqdi. Buxoro viloyat Davlat arxivi 1925-yilda Zarafshon viloyat arxiv byurosi sifatida tashkil topgan bo'lib, 1927-yilda Buxoro okrug arxiv byurosiga aylantirilgan. Buxoroda dastlab arxiv ishini y o'lga q o'yish uchun asosiy hujjatlar bazasi b o'lib, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi, Zarafshon viloyati, Buxoro okrugi va Buxoro viloyati ijroya q o'mitalarining hujjatlari xizmat qilgan. XX asrning 20-yillarida Buxoroda arxiv ishi masalalarida talaygina muammolarning bo'lganligini mavzuga oid xujjatlarda ko'rish mumkin. Bu kabi muammolarning b o'lishiga qaramay Buxoro arxivchilari ishga nisbatan munosabatni hech ham susaytirmaganlar. Faqatgina muassasalar tomonidan topshiriladigan hujjatlar bilan chegaralanmay, boshqa turdagi tarixiy ahamiyatga ega hujjatlarni
https://oz.sputniknews.uz/20181221/Mirziev-mamlakatimizdagidek-boy-tarikh-bobolarimizdek-buyuk-allomalar-ech-aerda-y-10320541. html
May 3, 2024
467
Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects
Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqisGdiyGt^a^edagGgikajn^
arxivga jalb qilishga harakat qilganlar. Bunga arxiv rahbari Haydarovning MABga yozgan 1928-yilgi xatini misol qilib keltirishimiz mumkin. Bunda shunday deyiladi: "Arxiv Byuro Okrug ijroq o'rni tashabbusi bilan barcha fotografiya, tipografiya namunalarini Buxkomstarisga, bosma nashrlar va fotosuratlarni Ozod Buxoro gazetasi tahririyatiga ro'yxatga olishni taklif qilgandi. 1938-yilning 15-yanvarida Buxoro viloyatining tashkil qilinishi hududdagi arxivishiga ham o'z ta'sirini o'tkazmay qolmadi. Arxiv ishida sodir b o'lgan sezilarli o'zgarishlar birinchilardan bo'lib kadrlar sohasida b o'ldi. Ilgarilari viloyat arxivida ikkitadan ortiq xodim ishlamagan bo'lsa, endilikda ularning soni sekin-astalik bilan ortib, ularga t o'lanadigan maosh ham k o'tarila boshlagan. Bu o'zgarishlar albatta, arxiv ishi va hujjatlar saqlovini yaxshilash uchun ijobiy xizmat qilgan. Chunki ilgari birgina inspektor yoki rahbarning bir o'zi barcha yumushlarni ya'ni hujjatlarni qabul qilish, tartibga solish, ularga ilmiy-texnik ishlov berish, aholiga va tashkilotlarga ma'lumotnomalar berish singari ishlarini o'zi bajarishiga t o'g'ri kelgan. Buning ustiga arxivda xo'jalik ishlarni bajaradigan xodimlar - qorovul, xizmatchi kabilar mavjud bo'lmagan. Bu esa o'z navbatida ishga salbiy ta'sir qilgan. 1938-yildan boshlab bu borada sezilarli ishlar qilingan1.
O'zSSR yuqori soveti 1938-yil 14-aprelda "Rayon arxivlari, qishloq sovetlari, kolxozlar, sovxozlardagi arxiv materiallarini tartibga solish va to'g'ri saqlash to'g'risida"gi qarorni qabul qilgan. Ushbu qarorning ijrosini tekshirish maqsadida Viloyat Arxiv Boshqarmasi boshqaruvchisi Axadov 1939-yil may oyida Buxoro viloyatining qator tumanlariga xizmat safari bilan tashrif buyuradi.
O'zSSR yuqori soveti 1938-yil 14-aprelda "Rayon arxivlari, qishloq sovetlari, kolxozlar, sovxozlardagi arxiv materiallarini tartibga solish va to'g'ri saqlash to'g'risida"gi qarorni qabul qilgan. Ushbu qarorning ijrosini tekshirish maqsadida Viloyat Arxiv Boshqarmasi boshqaruvchisi Axadov 1939-may oyida Buxoro viloyatining qator tumanlariga xizmat safari bilan tashrif buyuradi. Shu yilning 20-may kunida tekshirishlar natijasi bo'yicha doklad yozgan. Uning dokladida aytilishicha - Shofirkon, G'ijduvon, Kogon, Sverdlov va Buxoro viloyatidagi boshqa qator rayonlar O'zSSR MIKning bir necha martalik ogohlantirishlari va arxiv b o'limi boshqarmasi xodimlarining tashrif buyurishlariga qaramasdan O'zSSR yuqori soveti prizidiumining qarorini bajarmaganlar va shu kunga qadar ham rayon arxivlari tuzilmagan, ularga hech qanday mablag' ajratilmagan .
Agar arxiv tashkil topgan dastlabki davrlarga qaraydigan bo'lsak, uning og'ir ahvolda ish boshlaganini ko'rishimiz mumkin. O'zbekiston Milliy Arxivining R-400
1 Dilrabo Shomurodovna Murodova. The importance of historical sources of the bukhara regional state archive in studying the history of Uzbekistan. Look to the past. 2020, vol. 5, issue 3, pp.56-60
2 Buxoro VDA, f-15, 1-ro'yxat, 9 ish, 8-varaq. (Bukhara regional state archive, f-15, list 1, 9 works, 8 pages
May 3, 2024
468
Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects
Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqtisodiyot^a^edagogikajnstituti^^^^^^^
fondida saqlanayotgan hujjatlar bunga guvohlik beradi. O'zSSR MABning 1926 -yilgi hisobotida aytilishicha sobiq Buxoro viloyati(oblasti) va TojikistonASSRda arxiv ishi yaxshi yo'lga qo'yilmagan. Eski Buxoroda Zarafshon arxiv byurosi sifatida arxiv organlari tashkil etilgan edi, lekin bu organ ishchilarining to'liq tasniflanmaganligi, sharoitning yomonligi, mablag' yo'qligidan hujjatlarni tartibga solinmaganligi uchun MAB ularni O'zMABga topshirishni lozim biladi. O'zMABda ularni saqlash, tartibga solish ishlari olib boriladi. Bu hujjatlar sobiq Buxoro Respublikasining tugatilgan muassasalari hujjatlari bo'lib, ular mutlaqo tartibsiz holda saqlangan. Bir qismini Toshkentga yuborish kerak edi. Birinchi navbatda yuqori ilmiy qimmatga ega bo'lgan hujjatlar - Nozirlar Kengashi, Harbiy Nozirlik, Xo'jalik Nozirligi hujjatlari, bundan tashqari diplomatik hujjatlar va sobiq Buxoro Amiri arxivi topshirilishi ko'zda tutilgan1. Ko'rinib turibdiki arxiv fondlari anchagina "boy" bo'lgan.
Bugungi kunda BVDAda hujjatlarning elektron nusxalarini yaratish sektori mavjud bo'lib, unda ikki nafar arxiv xodimi faoliyat yuritadi.1668 ta saqlov birligidan iborat bu sektorda jami 368.977 ta hujjat kadr bo'lgan. 2017-yildan boshlab viloyat arxivida Infokiosk o'rnatilgan bo'lib, unda BVDAning Nizomi, Shaxsiy tarkib hujjatlari to'grisida, fondlar to'grisida malumotlar kiritilgan. Bu esa arxivga tashrif buyuruvchi fuqarolar uchun qulay imkoniyatlar yaratilganligini ko'rsatadi. Bugungi kunda BVDAning filiallari 12 tani tashkil etaadi. BVDA materiallari bugungi kunda Buxoroning XX asr tarixini o'rganishda muhim manba bo'lib xizmat qiladi.
References / Adabiyotlar
1. https://oz.sputniknews.uz/20181221/Mirziev-mamlakatimizdagidek-boy-tarikh-bobolarimizdek -buyuk-allomalar-ech-aerda-y-10320541.html
2. Dilrabo Shomurodovna Murodova. The importance of historical sources of the Bukhara regional state archive in studying the history of Uzbekistan. Look to the past. 2020, vol. 5, issue 3, pp.56-60
3. Buxoro VDA, f-15, 1-r o'yxat, 9 ish, 8-varaq. (Bukhara regional state archive, f-15, list 1, 9 works, 8 pages
4. Fayzullayev Sh.N., Klichev O.A. Buxoro arxiv ishi tarixi. - Buxoro: "Durdona" nashriyoti, 2015. -B.17.
1 Fayzullayev Sh.N., Klichev O.A. Buxoro arxiv ishi tarixi. - Buxoro: "Durdona" nashriyoti, 2015. -B. 17.
469
^_May 3, 2024
International Scientific and Practical Conference
https://tipi.uz/