Научная статья на тему 'FARG‘ONA VILOYATI SHAROITIDA MALINA YETISHTIRISHNING SAMARADORLIK KO‘RSATKICHLARI'

FARG‘ONA VILOYATI SHAROITIDA MALINA YETISHTIRISHNING SAMARADORLIK KO‘RSATKICHLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Malina / ko‘chat / hosil / rezavor meva / nav / ildiz / poya / ekish / sug‘orish / tos-shag‘al / oziqlantirish.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Rajavaliyeva Z.M., Akbarov R.F., Zakirova S.X.

Bugungi kunda malinaning Barnaul, Visluxa, Кимберг, Progress, Malboro каби navlar ekilib ulardan yuqori hosil olinishi yo‘lga qo‘yilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FARG‘ONA VILOYATI SHAROITIDA MALINA YETISHTIRISHNING SAMARADORLIK KO‘RSATKICHLARI»

FARG'ONA VILOYATI SHAROITIDA MALINA YETISHTIRISHNING SAMARADORLIK KO'RSATKICHLARI 1Rajavaliyeva Z.M., 2Akbarov R.F., 3Zakirova S.X.

1FarDU doktoranti 2FarDU o'qituvchisi 3Q.x.f.d., professori https://doi.org/10.5281/zenodo.11206548

Annotasiya. Bugungi kunda malinaning Barnaul, Visluxa, Кимберг, Progress, Malboro каби navlar ekilib ulardan yuqori hosil olinishi yo 'lga qo'yilgan.

Kalit so'zlar: Malina, ko'chat, hosil, rezavor meva, nav, ildiz, poya, ekish, sug'orish, tos-shag'al, oziqlantirish.

Аннотация. Сегодня высаживают такие сорта малины, как Барнаул, Вислуха, Кюмберг, Прогресс, Мальборо и получают от них высокий урожай.

Ключевые слова: Малина, рассада, урожай, ягода, сорт, корень, стебель, посадка, полив, гравий, подкормка.

Abstract. Today, varieties of raspberries such as Barnaul, Vislukha, Kiimberg, Progress, Malboro are planted and a high yield is obtained from them.

Keywords: Raspberry, seedling, crop, berry, variety, root, stem, planting, watering, gravel, feeding.

Kirish. Aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda agrar sohaning o'rni va ahamiyati kundan-kunga oshib bormoqda. Jumladan, mamlakatimizda ham mavjud resurs va imkoniyatlardan oqilona foydalanib, aholini qishloq xo'jalik mahsulotlari bilan kafolatli ta'minlash, hosildorlik va manfaatdorlikni yanada oshirish, sohaga ilm-fan yutuqlari hamda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish dolzarb masaladir.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-dekabrdagi «Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog'ini yanada rivojlantirish, sohada qo'shilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PQ-4549-son qarorida belgilangan vazifalar muhim strategik vazifalardan biri hisoblanadi. O'zbekistonda yetishtiriladigan sarxil meva-rezavor ekinlar ichida xo'jag'at (malina)ga aholi o'rtasida talab katta. Ular juda mazali, parhezbop taom bo'lib, qayta ishlash uchun juda yaxshi xomashyo ham hisoblanadi. Rezavor mevalar xushbo'y mazasi, tarkibida organizm uchun zarur bo'lgan vitaminlar va mineral tuzlarning ko'pligi hamda shifobaxsh xususiyatlari tufayli sevib iste'mol qilinadi. Tibbiyot nuqtai nazaridan ovqatlanish instituti tavsiyasiga ko'ra, odam bir yilda 92 kg meva va rezavor mevalar iste'mol qilishi kerak bo'lib, shundan 14,4 kilogrammi rezavor mevalarga, jumladan, xo'jag'at 3,8 kilogrammni tashkil etishi lozim.

Rezavor ekinlar tez hosilga kirishi hamda muttasil har yili meva berishi bilan ajralib turadi. Ularni bachkisidan, novdalarini parxesh qilib, tuplarini bir necha bo'laklarga bo'lib ko'paytirish mumkin, bu davriy xususiyatga ega emas. Xo'jag'at ko'pgina navlarining bir yillik shoxlari yozning ikkinchi yarmidan boshlab, kech kuzgacha yaxshi hosil beradi. Bugun respublikamizda foydali va erta hosilga kiruvchi rezavor mevalarga bo'lgan talab ortmoqda. O'rta Osiyo, Sharqiy Sibir, Uzoq Sharq, AQSH va Yevropa davlatlarida keng tarqalgan malina o'simligi respublikamizning ayrim tumanlarida yetishtirib kelinmoqda. Mamlakatimizda bugungi kunda yetishtirilayotgan rezavor mevalardan biri bo'lmish malinaning Barnaul, Visluxa, Kimberg,

Progress, Malboro navlari, shu bilan birga chet eldan polsha va turkiyadan olib kelingan yangi navlar ekilib ulardan yuqori hosil olinishi yo'lga qo'yilgan.

Tadqiqot maqsadi: Mazkur maqolamizda yurtimizda parvarish qilinayotgan malina o'simligining yangi serhosil navlarini ajratib olish, sug 'orish rejimini to'g'ri tashkillash maqsadida amalga oshirayotgan ilmiy-amaliy tadqiqotlarimizning boshlang'ich ma'lumotlarini yoritishni o'rinli deb bildik.

Tadqiqot ashyosi: Xo'jag'at(malina)ning mahalliylashgan Malbro, Kimberg, Barnaul, Visluxa navlariga xos bo'lgan meva vazni, o'simlikni bo'yi, o'sish ko'rsatkichlarini aks ettiruvchi sug'orish rejimini talab darajasida tashkillash ma'lumotlar ushbu tadqiqotning ashyosi hisoblanadi va natijalar olingan ko'rsatkichlar asosida belgilanadi.

Tadqiqot amalga oshirilgan joy: Ushbu tadqiqotlar Farg'ona viloyati Farg'ona tumani aholi tomorqa xo'jaliklari va Farg'ona tumani Novkent qishlog'ida joylashgan Farg'ona davlat universiteti va Vengriyaning qishloq xo'jaligi va hayotiy fanlar universiteti ilmiy loyihalar markazida amalga oshirildi.

Tadqiqotni o'tkazish uslublari: Mazkur tadqiqotlarni olib borishda xo'jag'at(malina)ning mahalliylashgan Malbro, Kimberg, Barnaul, Visluxa naviga xos bo'lgan mevani tashqi ko'rinishi, o'simlikning bo'yiga, chilpish natijasiga qarab bir necha guruhga ajratildi va ular orasidan eng yirik hamda tashqi ko'rinishiga ko'ra aynan bir xil bo'lgan namunalari saralab olindi. Namunalar uch qaytariqda maxsus torozida o'lchanib, vazni aniqlandi. Ma'lumotlarga matematik statistik ishlov berish B.A.Dospexov uslubi bo'yicha (M. 1985) amalga oshirildi. Natijalar qiyosiy tahlil qilindi.

Natijalar: Ilmiy loyihalar markazida 2024 yil mart oyida 0.05 ga maydonda yangi malinazor barpo etilgan bo'lib, ushbu maydonda avvalom bor malinazor barpo etish uchun yerni ekishga tayyorlash ishlari amalga oshirildi.

1-rasm. Yerni ekishga tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda

Yerni ekishga tayyorlash ishlari 2024 yil fevral oyini birinchi o'n kunligida amalga oshirildi. Bunda avvalom bor 2023 yil kuz faslida yer ag'darib xaydalgan holatda bo'lib, 2024 yil fevral oyini birinchi o'n kunligida yer chizellandi, ekin maydoni begona o'tlardan tozalandi, 0,05

ga maydonga fevral oyini ikkinchi o'n kunligida yangi tabiiy chirimagan holda 3-3.5 tonna mahalliy o'g'it (go'ng) solindi, mart oyini birinchi o'n kunligida yer qayta chizellanib 60 li sxemada malina ko'chatlarini ekish uchun agat olindi. Mart oyini ikkinchi o'n kunligida 2024 yil 26 mart kuni 0,05 ga maydonga 120x30x1, 120x25x1, 120x40x1 sxemada malina ko'chatlari o'tkazildi. Bunda umumiy 0,05 ga maydonga 1100 dona malina ko'chatlari o'tkazildi. Ko'chat o'tkazilgandan so'ng ekin agati qayta ishlanib 27 mart kuni birlamchi sug'orish ishlari amalga oshirildi. Bunda 0,05 ga maydonni birlamchi sug'orish uchun 2 soat vaqt sarflangan bo'lib, bunda 2 soat davomida 36000 l/s suv sarflandi yoki umumiy holda 36 m3/ga suv sarflandi.

2-rasm. Farg'ona davlat universiteti va Vengriyaning qishloq xo'jaligi va hayotiy fanlar universiteti ilmiy loyihalar markazida yangi barpo qilingan malinazorda sug'orish tizimini joriy etilishi

Tajriba maydonchasida suvni oqim tezligi va sarflangan suv miqdori o'rganildi. Bunda 3 ta variantda suvni sarfi kuzatildi.

Buni uchun avvalom bor ekin maydoniga berilayotgan suv miqdorini aniqlashda turli o'lchamdagi polietilen trubalardan foydalanildi. Bunda polietilen trubalardan oqib o'tayotgan muv miqdori o'rganilganda oqim tezligi 0,1 l/s, 0,12 l/s, 0,17 l/s miqdorida olindi. Bunda umumiy holda 0,1 l/s li birinchi variantda suv oqimi kuzatilganda 1 m masofaga 8 litr, ikkinchi 0,12 l/s variantda 1 m masofaga 5,7 litr, 0,17 l/s uchinchi variantda 1 m masofani sug'orish uchun 7,6 litr suv sarflandi.

Ekin maydonini sug'orish uchun sarflangan suv miqdori

T/r Variantlar soni Agatga berilayotgan suv l/s Agat uzunligi Suvni agat oxiriga yetib borish uchun ketgan vaqt sek. Umumiy sarflangan suv l/s 1 metrga sarflangan suv miqdori litr

1 1 0,1 40 2400 240 6

2 2 0,12 40 1920 230,4 5,76

3 3 0,17 40 1800 306 7,65

Shu bilan bir qatorda suvni sarfi va agatda oqayotgan suv tezligi bevosita joyni nishablilik darajasiga ham bog'liqligini ko'rsatdi. Mazkur tajriba variantida nishablik bevosita 0,05-0,3 ga tengligi munosabati bilan oqim tezligi yuqori bo'ldi. Agar nishablilik darajasi 0,02-0,005 bo'lsa bunda oqim tezligi past bo'lishligi va shu bilan bir qatorda ketadigan suv miqdori yuqori bo'lishligi bilan izohlash mumkin.

Ekin maydonini sug'orish bilan bir qatorda tadqiq etilayotgan xo'jag'at(malina)ning mahalliylashgan Malbro, Kimberg, Barnaul, Visluxa naviga xos bo'lgan mevani tashqi ko'rinishi, o'simlikning bo'yiga, chilpish natijasiga qarab bir necha guruhga ajratildi va ular orasidan eng yirik hamda tashqi ko'rinishiga ko'ra aynan bir xil bo'lgan namunalari saralab olindi.

Namunalar uch qaytariqda amalga oshirildi. Sanab ajratib olingan 100 dona mevaning vazni ko'rsatkichlari uch takrorda o'lchanib, o'rganilganida birinchi takrorda malinaning Malbro navida 100 dona mevaning vazni 203-205 grni 1 ta mevaning vazni esa o'rtacha 2,03-2,06 gr. ko'rsatkichlarni aks ettirgan bo'lsa, ikkinchi va uchinchi takrorlarda 2,07 hamda 2,1 gr ko'rsatkichli ma'lumotlarning aks etgani kuzatilgan.

Shu bilan birga Visluxa navida 100 dona mevaning vazni 190-203 grni 1 ta dona mevaning vazni esa o'rtacha 1,9-2,03 gr. ko'rsatkichlarni aks ettirgan bo'lsa, ikkinchi va uchinchi takrorlarda 2,01 hamda 2,04 gr ko'rsatkichli ma'lumotlarning aks etgani kuzatilgan. Shuningdek, Kimberg navida 100 dona mevaning vazni 130-160 grni 1 ta dona mevaning vazni esa o'rtacha 1,3-1,7 gr. ko'rsatkichlarni aks ettirgan bo'lsa, ikkinchi va uchinchi takrorlarda 1,5 hamda 1,8 gr ko'rsatkichli ma'lumotlarning aks etgani kuzatilgan

Umumiy o'rtacha ko'rsatkich esa 130-240 gr. ni tashkil etgani aniqlandi. O'rganilgan belgi ko'rsatkichi bo'yicha populyatsiyaning o'zgaruvchanlik ko'lami qaytariqlar bo'yicha 1,5 dan 2,04 foizgacha kuzatilib, o'rtacha 1,64 foizda ekanligi aniqlangan.

Yuqorida keltirilgan ma'lumotlarga tayanib xulosa qiladigan bo'lsak, malinaning respublikamiz dehqonlari tomonidan mahalliylashtirilgan "Malbro" naviga xos bo'lgan meva tashqi ko'rinishiga qarab saralash va fenotiplash asosida ajratib olingan namunalarining yuz ta meva vazni ko'rsatkichlari ushbu tadqiqotlar davom ettirilgan taqdirda xo'jag'at(malina)ning kelgusida yanada serhosil navlarini yaratish imkonini beradi. Shu bilan birga ekin maydonini sug'orishda bevosita ekin maydonini joylashish holatidan, maydonni nishablilik darajasidan kelib chiqib suv sarfini 0,5 l/s dan 0,1 l/s gacha kamaytirish oirqali ekin maydoniga beriladigan suv sarfini 20-25 foizga qisqartirish mumkin.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, rezavor mevalilar hosildorligini oshirish hamda yuqori

sifatli meva olish uchun navlarni tanlash va agrotexnikani qo'llashdan tashqari, o'simliklarni

kasallik va zararkunandalardan himoya qilish tadbirlarini vaqtida o'tkazish katta ahamiyatga ega.

REFERENCES

1. Abdullayev R.M, Abdullayeva R.H. Rezavor mevalar etishtirish. T., 2021.

2. I.T.Normuratov, D.U.Janakova, E.T.Berdiev. Rezavor mevachilik. O'quv- qo'llanma. T.2020

3. Rajametov Sh va boshqalar. Meva, rezavor meva va tok ko'chatzorlarini tashkil qilish (o'quv qo'llanma). Birlashgan millatlar tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO). T.2018.

4. S.Zakirova, R.Akbarov, N.Qodirova. Changes of the mobile forms of phosphorus in sands under influence of fertilizers. «European Science Review #3-4 2020.

5. С.Закирова, Р.Акбаров, С.Исмаилова, Ш.Парпиева Улучшение плородие галечниковых почв в Ферганской долине. Наука сегодня теоретические и практические аспекты. Материалы международной научно-практической конференции 25 декабря 2020 г. Вологда 2020.

6. S.Zakirova, R.Akbarov, X.M.Madaminova, D.Sh.Muxtorjonova. Farg'ona viloyatining och tusli tosh-shag'alli bo'z tuproqlarda malina yetishtirish. Научные импульс. Международный современные научно-практические журнал. Москва 2023.

7. S.X.Zakirova, Z.M.Rajavaliyeva. Och tusli tosh-shag'alli bo'z tuproqlarda malina yetishtirish usullari (Farg'ona tumani misolida). International scientific journal science and innovation special issue "Actual issues of agricultural development: problems and solutions", June 2023.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.