Научная статья на тему 'FARG’ONA VILOYATI SHAROITIDA ERTANGI KARTOSHKANING URUG’LIK VAZNI VA EKISH SXEMASINI UNING O’SISH VA RIVOJLANISHIGA TA’SIRI.'

FARG’ONA VILOYATI SHAROITIDA ERTANGI KARTOSHKANING URUG’LIK VAZNI VA EKISH SXEMASINI UNING O’SISH VA RIVOJLANISHIGA TA’SIRI. Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
3
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kartoshka / tugunak / uruglik / ekish muddatlari / ko’chat qalinligi / asosiy poyalar / ekish sxemasi / ekish chuqurligi / o’simlik / maydon / sug’orish / ekish.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — J.J.Qodirov, Yoqubova.F.M

Ertangi kartoshkadan mo’l va sifatli hosil olishda ekish sxemalari bilan bir qatorda urug’lik tugunaklarini vazni va ularni to’g’ri joylashtirish kata ahamiyatga ega.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FARG’ONA VILOYATI SHAROITIDA ERTANGI KARTOSHKANING URUG’LIK VAZNI VA EKISH SXEMASINI UNING O’SISH VA RIVOJLANISHIGA TA’SIRI.»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL SCIENCE AND INNOVATION

SPECIAL ISSUE April 6, 2024

FARG'ONA VILOYATI SHAROITIDA ERTANGI KARTOSHKANING URUG'LIK VAZNI VA EKISH SXEMASINI UNING O'SISH VA RIVOJLANISHIGA TA'SIRI.

J.J.Qodirov, 2Yoqubova.F.M

1q.x.f.n dotsent, 2FarDU 4-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10933012

Annotatsiya. Ertangi kartoshkadan mo'l va sifatli hosil olishda ekish sxemalari bilan bir qatorda urug'lik tugunaklarini vazni va ularni to'g'ri joylashtirish kata ahamiyatga ega.

Kalit so'zlar: Kartoshka, tugunak, uruglik, ekish muddatlari, ko'chat qalinligi, asosiy poyalar, ekish sxemasi, ekish chuqurligi, o'simlik, maydon, sug'orish, ekish.

Аннотация. Наряду со схемой посадки, для получения богатого и качественного урожая от завтрашнего картофеля важен вес семенных клубеньков и правильность их размещения.

Abstract. Along with the planting scheme, to obtain a rich and high-quality harvest from tomorrow 's potatoes, the weight of the seed nodules and the correct placement are important.

Kartoshka -ituzumguldoshlilar oilasiga masub bo'lib, Solianum (tuberozum) oilsiga mansub.

Uning vatani Janubiy amerika bo'lib ,hozirgi kunda dunyoning 156 dan ortiq mamlakatida dexqonchiligida uning 3 mingdan ortiq navlari foydalaniladi. Kartoshka asosiy qishloq xo'jalik ekinlaridan biri bo'lib, u dunyo dehqonchiligida bug'doy sholi va makkajo'xoridan so'ng to'rtinchi o'rinda turadi. Oziq ovqat sifatida non mahsulotlari kabi keng ishlatilishi sababli xalq tilida uning "ikkinchi non" deb ham yuritiladi.

Kartoshka oziq-ovqat va yem-xashak sifatida, shuningdek, kraxmal, spirt, gyukoza, dekstrin va boshqa mahsulotlar olishda xom ashyo sifatida ishlatiladi. Kartoshka tuganagi tarkibida 75-80% suv, 23.7% quruq modda, shu jumladan, 17.5% kraxmal, 1-2% oqsil, 0.5% qand moddasi, 1% mineral tuzlar, B, B2, B6, S, RR, D vitaminlari va provitamin A (karotin), po'stida esa zaharli modda - solonin bor.

Dexqonchilikda urug'lik sifatida kartoshka vegitativ organ tuganakdan keng foydalaniladi . Tuganak poyaning yer ostki o'zgargan qismi bo'lib, unda kurtaklar ketma-ket spiral bo'lib joylashgan bo'lib , ushbu kurtaklardan kugusida o'simta o'sish hisobiga yangi avlod o'simlik hosil bo'ladi .Kartoshka yetishtirishda urug'likning ko'payish darajasi boshqa qishloq xo'jaligi ekinlaridan nisbatan past (8-9-10) bu uning vegitativ organ tuganakdan ko'payishiga bo'liq. Kartoshka tuganaklarining hajmini uning o'sishi rivojlanishi va hosildorligiga tasirini o'rganish maqsadida biz tajribada 3xil vazindagi ; 1-40gr lik 2- 60gr 3- 80 gr o'rtacha vazindagi urug'lik kartoshkalarni 70x15,70x20,70x25,70x30, sxemalarda ekilishini urug'lik vazniga bog'lig'ligini Farg'ona shaxar Bexzod fermer xo'jaligida dala tajribasi sifatida o'rgandik.Tajribalarimiz natijasi birinchi jadvalda ko'rinib turibdiki yirik tugunaklar (80 gr )li tugunaklar 10-12 sm chuqurlikda ekilgan bo'lsada 40 gr li tugunaklarga nisbatan o'rtacha 6 kun erta unib chiqganligi va o'rtacha bir tubdagi poyalar soni 2,7 ga nisbatan 4.3 bo'lib yirik tugunaklar ekilganda 1.7 dona ko'p xosil bo'lgani aniqlandi. Xuddi shunday o'xshash natija asosiy poya uzunligida ham namoyon bo'ldi yani 1-variantimizda asosiy poya uzunligi o'rtacha 42 sm bo'lgan bo'lsa 3-variyantimizda bu ko'rsatkich 59 sm bo'lganligi aniqlandi. 40 gr li tugunaklarni ekkanimizda ekish sxemasiga qarab o'rtacha 1 ga yerda ko'chatlar soni 95 000 dan 57 000 gacha bo'lib urug'lik sarfi esa 3800 - 2856 gacha sarflanganligi, yirik 80 gr li tugunaklar ekilganda esa ko'chatlar soni 57 000 dan 41 000 donagacha bo'lib urug' sarfi har gektarga 4560 dan 3760 kg ni tashkil etdi. Bunda ko'rinib

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL SCIENCE AND INNOVATION

SPECIAL ISSUE April 6, 2024

turibdiki yirik tugunaklarni ekilishi urug' sarfini 30-40 % gacha yuqori bo'lishini tamin etadi. Eng yaxshi urug'lik esa 60 gm li tugunaklarni ekilganda kuzatib bunda o'simlik poyalar soni uzunligi va eng asosiysi iqtisodiy tomondan urug' sarfi ham 3420 dan 2856 kg gacha bo'lganligi va eng yahshi ekish sxemasi 70x30, 70x25 bo'lganligi ko'rinib turibdi.Xulosa qilib shuni aytish mumkinki ertangi kartoshkadan barvaqt va mo'l xosil olishda 60 gr vazindagi urug'lik tugunaklarni 70x25, 70x30 sxemalarida va yirik tugunaklarni 70x30 va 70x35 sm sxemada ekilganda barvaqt nihol olish va kartoshka o'simligini o'sishi va rivojlanishi uchun yaxshi imkonyat xisoblanadi.

1-jadval

Kartoshka urug'lik tugunaklarni vazni ekish sxemasini uning o'sish va rivojlanishiga

tasiri.

Urug' Ekish Ekin Ko'chat 1 ga Unib O'rtacha Asosiy

lik Sxemasi chuq qalinligi sarflan chiqish bir poya

vazni. urligi 1gr ming gan kuni. tupdagi uzunligi

dona urug'li poyalar

k soni

miqdor

iga\ kg

70x15 6.7 95 3800 kg 25 2.7 42

70x20 71.4 2856 kg

40 gr 70x25 57 2280 kg

70x20 8-10 71.4 4284 kg 22 3.6 51

60gr 70x25 57 3420 kg

70x30 47.6 2856 kg

80gr 70x25 10-12 57 4560 kg 19 4.3 659

70x30 47.6 3808 kg

70x35 47 3760 kg

REFERENCES

1. Azimov B.J., Azimov B.B. Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilikda tajribalar o'tkazish metodikasi.-Toshkent. "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi", 2002. -B.217.

2. Ostonaqulov T.E., Zuev V.I., Qodirxo'jaev O.K. Mevachilik va sabzavotchilik (Sabzavotchilik). Darslik. Toshkent.. 2019. -B.552.

3. Ostonaqulov T.E. O'zbekistonda tuganakmevali ekinlar. Toshkent.2020. -B.324.

4. Ostonaqulov T.E. Kartoshka yetishtirish. Toshkent. Agrobank. 2021.-B.96.

5. Ostonaqulov T.E. Kartoshkachilik. Toshkent.2023. -B.320.

6. O'zbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya etilgan ekinlar Davlat reestri. Toshkent, 2022.-B.103.

7. Metodika issledovaniy po kulture kartofelya (VNIIKX). Moskva.1967

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.