Научная статья на тему 'KARTOSHKA ERTAPISHAR NAVLARI URUG’INING KO‘PAYISH KOEFFISIENTIGA EKISH USULLARINING TA’SIRI'

KARTOSHKA ERTAPISHAR NAVLARI URUG’INING KO‘PAYISH KOEFFISIENTIGA EKISH USULLARINING TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

64
33
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kartoshka / ertapishar navlari / asosiy ekin sifatida ekish / takroriy ekin ekish usuli / hosildorlik / urug‟ning ko‟payish koeffisienti

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Mamadali Kudratovich Lukov, Iroda Mamadaliyevna Lukova, Sohiba Toshmurodova

Maqolada Surxondaryo viloyati sharoitida asosiy ekin sifatida ertagi muddatda va yozda kuzgi bug„doy hosilidan bo„shagan yerda takroriy ekin sifatida ekish usulida 70x15; 70x20; 70x25; 70x30 sxemalarda ekilgan kartoshka Surxon-1 va Gala navlarining xosildorligi va urug‟ining ko‟payish koeffisienti haqida ma‟lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KARTOSHKA ERTAPISHAR NAVLARI URUG’INING KO‘PAYISH KOEFFISIENTIGA EKISH USULLARINING TA’SIRI»

KARTOSHKA ERTAPISHAR NAVLARI URUG'INING KO'PAYISH KOEFFISIENTIGA EKISH USULLARINING TA'SIRI

Mamadali Kudratovich Lukov

Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti dotsenti q.x.f.n

Iroda Mamadaliyevna Lukova

Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti katta o'qituvchisi

q.x.f.f.d.(PhD)

Sohiba Toshmurodova

Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti 2-bosqich magistranti

ANNOTATSIYA

Maqolada Surxondaryo viloyati sharoitida asosiy ekin sifatida ertagi muddatda va yozda kuzgi bug'doy hosilidan bo'shagan yerda takroriy ekin sifatida ekish usulida 70x15; 70x20; 70x25; 70x30 sxemalarda ekilgan kartoshka Surxon-1 va Gala navlarining xosildorligi va urug'ining ko'payish koeffisienti haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Kartoshka, ertapishar navlari, asosiy ekin sifatida ekish, takroriy ekin ekish usuli, hosildorlik, urug'ning ko'payish koeffisienti.

KIRISH

Surxondaryo viloyatining Termiz, Angor Sherobod va Qiziriq tumanlari sharoitida ertagi kartoshkaning xarid narxi yuqori bo'lganligi uchun uning hosili may oyining birinchi o'n kunligida sotuvga chiqariladi. Shu sababli tuganaklar to'liq yetilmasdan kovlab olinganligi uchun kartoshkadan yuqori xosil yetishtirilmaydi [ 8; 9 ;].. Bundan tashqari ertagi kartoshkaning gulllash fazasidan keyin tuganaklarning shakllanishi may va iyun oylariga mos keladi. Bu paytlar kunlik harorat 40 0S va undan yuqori bo'lishi kuzatiladi. Haroratning keskin oshishi hosildorlikning past bo'lishiga sabab bo'ladi.. Kartoshka 20-22 0S da yaxshi o'sib rivojlanadi va tuganaklar yaxshi shakllanadi [ 8; , 9;].

Surxondaryo viloyati sharoitida urug'lik kartoshka yetishtirishning samarali usuli, bu ertagi kartoshkaning tuganaklarini shu yilning o'zida takroriy ekin sifatida ekish hisoblanadi. [1; 6; 9;]. Bu viloyatda boshoqli don ekinlaridan bo'shagan maydonlar ko'pligini hisobga olganda, takroriy ekin sifatida kartoshka yetishtirishning imkoniyati juda

September, 2023 Multidisciplinary Scientific Journals

163

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

katta. Katta maydonlarga kartoshka ekish uchun albatta sifatli urug'lik talab etiladi. Kartoshka navlaridan yuqori hosil yetishtirish bilan bir vaqtda, ekiladigan navlar urug'ining (ko'p urug'lik chiqimiga) yuqori ko'payish koeffiitsiyentiga erishish hozirgi paytning asosiy vazifalaridan biridir [6].

Shu yuqoridagilarni hisobga olganda ertagi ekin sifatida ekilgan kartoshka ertapishar navlarining yangi tuganaklarini boshoqli don ekinlaridan bo'shagan yerlarda takroriy ekin sifatida ekish va ulardan mo'l hosil va urug'ning yuqori ko'payish koeffisientiga erishish dolzarb masala hisoblanadi.

Ilmiy tadqiqotlarni bajarishda ikkita dala tajribasi qo'ildi. Dala tajribalari Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutining o'quv tajriba xo'jaligi yerlarida o'tkazildi. Birinchi dala tajriba asosiy ekin sifatida 10-mart muddatda, ikkinchi dala tajriba boshoqli don ekinlaridan bo'shagan ang'izli yerda 10-iyul muddatida ekildi. Cho'l qumoqli och tusli bo'z tuproqli, mexanik tarkibi yengil qumoqli, sizot suvining sathi 12-14 m. Oziq moddalar bilan juda kam ta'minlangan. Tajribada ob'ekt sifatida ertapishar "Surxon-1" va "Gala" navlarining 2 reproduksiyali urug'ligidan foydalanildi. Urug'lik (50-55 g.kattalikda) tuganaknaklar qo'lda taxtadan tayyorlangan maxsus shablon orqali 70x15; 70x20; 70x25; 70x30sm. sxemalarda ekildi. Nazorat sifatida 70x15 sxemasi qabul Umum Rossiya kartoshkachilik ITI (1985- yil) O'zbekiston Paxtachilik ITI (2007-yil) va umum qabul qilingan metodlardan foydalanildi [3; 4; 5].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Asosiy ekin sifatida va takroriy ekish usulida o'stirilgan kartoshka navlari ekish sxemalari bo'yicha tup qalinligi har xil,-95,2;, 71,4; 57,1; 47,6 ming/ga tupni tashkil etdi. Ekish sxemasining o'zgarishi bilan hosildorlik va undagi urug'lik chiqimining miqdori o'zgarish kuzatildi. O'rganilgan (1-jadval) ma'lumotlar ko'rsatishicha asosiy ekin sifatida ertagi kartoshkaning hosildorligi Surxon -1 navida o'rtacha 23,4 t/ga dan 26,1 t/ga va Gala navida o'rtacha hosil 28,5 t/ga. dan 32,5 t/ga.

Keyingi 70x25 va 70x30 ekish sxemalarida hosildorlik oshmaganligi aniqlandi. Katta ekish 70x25 va 70x30 sm. sxemalarida hosildan tovar hosilning ulushi (95,8 va

96,5 %) yuqori ko'rsatkichlarda bo'lsada, umumiy hosildan urug'ning chiqimi miqdori(4,1-7,7t/ga) va ko'payish koefffitsenti (13,7-26%) 70x20 sm. ekish sxemasiga nisbatan kam bo'ldi.

September, 2023

1-jadval

Asosiy ekin sifatida har xil ekish sxemasida o'stirilgan kartoshka ertapishar navlarining hosildorligi va urug'iningko'payish koeffitsiyenti

Ekish sxemasism Tup qalinligi, ming/ga O'rtach a hosil, t/ga Tovar hosil Urug'bop hosil Ekish me yori, t/ga Urug'ni ko'payish koeffisiye nti

t/ga % t/ga %

Surxon 1 navi

70 x15 (nazorat) 95,2 23,4 21,8 93,2 18,8 77,1 5,2 3,6

70x20 71,4 27,1 25,6 94,5 17,4 64,2 3,9 4,5

70x25 57,1 26,3 25,2 95,8 13,3 50,5 3,1 4,3

70x30 47,6 25,5 24,6 96,5 9,7 38,2 2,6 3,7

EKF05=1,4 2,2 t/ga

Gala navi

70x15 (nazorat) 95,2 28,5 26,8 94,1 19,9 69,8 5,2 3,8

70x20 71,4 31,1 29,7 95,5 18,2 58,5 3,9 4,7

70x25 57,1 32,5 31,3 96,3 13,4 41,3 3,1 4,3

70x30 47,6 29,4 28,5 96,9 10,1 34,4 2,6 3,9

EKFq5=1,3 -2,3 t/ga

Sababi katta (70x25 va 70x30 sm) ekish sxemalarida o'stirilgan kartoshkaning yirik tuganaklari ko'p bo'ldi. 1- jadval ma'lumotlari ko'rsatishicha urug'ning ko'payish koeffitsenti bo'yicha eng yuqori ko'rsatgichlar (4,5) Surxon-1 navida va (4,7) Gala navida 71x20 ekish sxemasida o'stirilganda kuzatildi

70x15 sm. sxemada o'stirilgan kartoshkaning urug'lik chiqimi ko'p (77-70 %) bo'ldi. Biroq bu sxemasida ekish meyori yuqori (5,2t /ga.) bo'lib, ko'p urug' sarflanganligi sababli, urug'ning ko'payish koeffitsenti 70x20 ekish sxemasiga nisbatan (0,8-0,9 kattalikda) kam bo'lganligi aniqlandi

September, 2023 Multidisciplinary Scientific Journals

165

2-jadval

Takroriy ekin sifatida har xil ekish sxemasida o'stirilgan kartoshka ertapishar navlarining

hosildorligi va urug'ining ko'payish koeffitsiyenti

Ekish tsxemasi Tup qalinligi ming/ga O'rtacha hosil, t/ga Tovar hosil t/ga Urug'bop hosil Ekish meyori, t/ga Urug'ning ko'payish koeffisiyenti

t/ga % t/ga %

Surxon-1 navi

70x15 (nazorat) 95,2 21,6 19,1 88,6 18,0 83,2 5,2 3,7

70x20 71,4 26,3 24,2 92,1 18,5 70,5 3,9 4,8

70x25 57,1 25,1 23,5 94,0 14,3 56,8 3,1 4,6

70x30 47,6 24,4 23,2 95,1 9,9 44,3 2,6 3,8

EKF05=1, 1 - 2,2 t/ga

Gala navi

70x15 (nazora) 95,2 24,5 20,6 91,5 19,9 81,1 5,2 3,8

70x20 71,4 28,4 24,5 93,3 19,6 69,0 3,9 5,0

70x25 57,1 27,2 25,5 95,4 15,7 57,7 3,1 5,1

70x30 47,6 27,5 26, 5 96,3 10,4 38,0 2,6 4,0

EKF05=1, 0 - 2,0 t/ga

Ertapishar Surxon-1 va Gala navlarining yozda yig'ishtirilgan yangi tuganaklarini boshoqli don ekinlaridan keyin takroriy ekin sifatida ekib 24,4- 27,5t/ga hosil yetishtirish mumkinligi aniqlandi.

Takroriy ekish usulida o'stirilgan kartoshkaning ertapishar navlari turli ekish sxemalarida o'stirilganda tovar, urug'bop hosil chiqimi va ko'payish koeffitsiyentining o'zgarishi aniqlandi (2jadval) Gala navi bo'yicha olingan ma'lumotlar Surxon -1 navidan olingan ma'lumotlarga o'xshash bo'ldi. Ekish sxemalari bo'yicha o'rtacha hosil 21-28 s/ga. ni tashkil etib, yuqori tovar va urug'bop hosil 70x20 sm sxemada ekilganda yetishtirildi Takroriy ekin sifatida o'stirilgan Gala navining hosildorligi Surxon-1 naviga nisbatan 2,9 va 3,1 t/ga yuqori bo'lishi aniqlandi. Urug'lik chiqimi va ko'payish koeffitsiyenti bo'yicha katta farqlanish kuzatilmadi.

September, 2023 Multidisciplinary Scientific Journals

166

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

Surxondaryo viloyatining Sherobod vohasiga oid:- Sherobod, Termiz va boshqa tumanlari sharoitlarida asosiy ekin sifatida o'stiraladigan kartoshkadan va boshoqli don ekinlaridan bo'shagan yerlardan yangi tuganaklarni takroriy ekish usulida o'stiriladigan kartoshkadan mo'l hosil urug'ning yuqori ko'payish koeffitsiyentiga erishish uchun ertapishar Surxon-1 va Gala navlarini 7ox20 sm sxemada ekish yoki 71,4 ming/ga tup qalinlikda o'stirish maqsadga muvofiq.

Yozda yangi kovlangan tuganaklar takroriy ekilgan maydonda Surxon -1 navidan 70x15 ekish sxemasida 21,6t/ga,., 70x25 sxemada 25,1 t/ga va 70x30 sxemada 24,4 t/ga yetishtirilib, eng yuqori hosil (26,3t/ga) 70x20 sxemada ekilganda yetishtirildi. Shuningdek urug'bop hosil va urug'ning ko'payish koeefitsenti bo'yicha eng yuqori ko'rsatkichlar 70x20 semada ekilganda kuzatildi. Nazorat variant (70x15) ga nisbatan 70x20 sm ekish sxemasida tovar hosil 5,1 t/ga va urug'bop hosil 0,5tga va urug'ning ko'payish koefitsiyenti 0,5 kattalik yuqori bo'ldi.

REFERENCES

1. Abdukarimov D.T. Ranniy kartofel. - T.: 1987. - S. 22-101.

2. Atabayeva X.N., Xudoyqulov J.B. O'simlikshunoslik. Toshkent. 2018. - B. 259282.

3. Ботиров, А. Э., Бойжонов, У. М., & Рустамова, Г. А. (2022). ШАФТОЛИНИНГ ТУРЛИ НАВЛАРИНИ КАСАЛЛИК ЗАРАРКУНАНДАЛАРГА КАРШИ ЧИДАМЛИЛИГИНИ УРГАНИШНИНГ ИЛМИИ АСОСЛАРИ. Academic research in educational sciences, 3(7), 176-182.

4. Ботиров, А. Э., Бойжонов, У. М., & Рустамова, Г. А. (2022). ШАФТОЛИНИНГ ТУРЛИ НАВЛАРИНИ КАСАЛЛИК ЗАРАРКУНАНДАЛАРГА ^АРШИ ЧИДАМЛИЛИГИНИ УРГАНИШНИНГ ИЛМИИ АСОСЛАРИ. Academic research in educational sciences, 3(7), 176-182.

5. Бойжонов, У. Урмон Мирзохидов, Гулрабо Рустамова, & Алишер Ботиров (2022). САМАРКАНД ИЛМИЙ ТАЖРИБА СТАНЦИЯСИ КОЛЛЕКЦИЯ МАЙДОНЛАРИДАГИ ИСТЩБОЛЛИ УРИК НАВЛАРИДА ФЕНОФАЗАЛАРНИ УТИШ МУДДАТЛАРИ. Academic research in educational sciences, 3, 287-292.

6. Hamzayev A.X. O'zbekistonning janubida ertagi va ikkihosilli ekinlar sifatida kartoshka o'stirish texnologiyasi. Avt. dok. diss. Toshkent, 2016. - B. 84.

7. Kasimova N.Z. Urojaynost i kachestvo klubney kartofelya

XULOSA

raznix grupp skorospelosti ot priyomov texnologii virashevaniya v

September, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

usloviyax Srednogo Urala. Avtoref. kand.diss. Yekaterinburg. 2009. - S. 21.

8. Molyavko A.A. Gustota posadki i massa klubney / A.A. Molyavko // J. Kartofel i ovoshi. - 1984. №4. - S. 21.

9. Ostonaqulov T.E. Kartoshka yetishtirish. Toshkent. 2021. - B. 96.

10. Ostonaqulov T.E. O'zbekistonda tuganakmevali ekinlar. Monografiya.

11. Ostonaqulov T.E., Ismoyilov A.I. Urug'lik kartoshka chiqimi va ko'payish koeffitsiyentiga ekish sxemalarining ta'siri. AGRO ILM jurnali, T., 2018. - B. 49.

12. Zuyev V.I., Qodirxo'jayev O., Bo'riyev H.CH., Azimov B.B. Kartoshkachilik. -T., 2005. - B. 336.

September, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.