Научная статья на тему 'FARG‘ONA VILOYAT MUSIQALI DRAMA TEATRIDA AKTYORLIK IZLANISHLARI'

FARG‘ONA VILOYAT MUSIQALI DRAMA TEATRIDA AKTYORLIK IZLANISHLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
63
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
drama teatri / repertuar / spektakl / rejissyor / aktyor / teatr truppasi / sahna / ma’naviy-ma’rifiy

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — M.Sottiyeva

O‘zbek milliy teatr san’ati asrlar davomida shakllanib, sayqallanib, rivojlanib kelayotgan san’at turidir. Respublikamizda bir qancha teatrlar mavjud bo‘lib, ular o‘z tarixiga, o‘ziga xos repertuar va o‘ziga xos ijodiy jamoaga ega. Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi Fargʻona viloyat musiqali drama teatri ham respublikamizning otaxon teatrlaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada Fargʻona viloyat musiqali drama teatrining tarixi, asoschilari, boy adabiy repertuari va ijodiy jamoasi hamda hozirgi davrdagi ijodiy jarayoni haqida m’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FARG‘ONA VILOYAT MUSIQALI DRAMA TEATRIDA AKTYORLIK IZLANISHLARI»

FARG'ONA VILOYAT MUSIQALI DRAMA TEATRIDA AKTYORLIK

IZLANISHLARI

M.Sottiyeva

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: O'zbek milliy teatr san'ati asrlar davomida shakllanib, sayqallanib, rivojlanib kelayotgan san'at turidir. Respublikamizda bir qancha teatrlar mavjud bo'lib, ular o'z tarixiga, o'ziga xos repertuar va o'ziga xos ijodiy jamoaga ega. Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi Farg'ona viloyat musiqali drama teatri ham respublikamizning otaxon teatrlaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada Farg'ona viloyat musiqali drama teatrining tarixi, asoschilari, boy adabiy repertuari va ijodiy jamoasi hamda hozirgi davrdagi ijodiy jarayoni haqida m'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: drama teatri, repertuar, spektakl, rejissyor, aktyor, teatr truppasi, sahna, ma'naviy-ma'rifiy

ACTING RESEARCH IN FERGANA REGIONAL MUSICAL DRAMA

THEATER

M.Sottiyeva

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: Uzbek national theater art is an art form that has been formed, refined and developed for centuries. There are several theaters in our republic, they have their own history, their own repertoire and their own creative team. The Fergana Regional Musical Drama Theater named after Yusufjan Kuyen Shakarjonov is considered one of the father's theaters of our republic. This article provides information about the history, founders, rich literary repertoire and creative team of the Fergana regional musical drama theater, as well as the current creative process.

Keywords: drama theater, repertoire, performance, director, actor, theater troupe, stage, spiritual and educational

Ma'lumki, o'zbek milliy teatr san'ati ming yillik tarixga ega. XX asrning boshlarida O'zbekistonda ma'rifatparvarlik teatri vujudga keldi va tez rivoj topa boshladi. Turkiston xalqlari hayotida muhim ahamiyatga ega bo'lgan ma'rifatparvarlik teatrining tashkilotchilari- taraqqiyparvar o'zbek ziyolilari Mahmudxo'ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Mannon Uyg'ur va boshqalar bo'ldilar. Bu jadidchilarning sa'y-harakatlari bilan o'lkamizda san'at, adabiyot, maorif va madaniyat shakllanib, taraqqiy eta boshladi. Yurtimizning Qo'qon, Andijon, Toshkent, Buxoro kabi shaharlarida

havaskor artistlardan tashkil topgan teatr truppalari tashkil etildi. 20-30- yillarga kelib respublikamizning ko'plab shaharlari singari Farg'ona vodiysi shaharlarida ham teatrlar soni ko'paya boshladi.

1930-yilda tashkil topgan Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi Farg'ona viloyat musiqali drama va komediya teatri - O'zbekistonning ko'hna teatrlaridan biridir. Teatrning tashkil etilishida Mamadali Haydarov, Soli Ahmedovlarning hissasi katta. 1933-yil Marg'ilon teatr truppasi ham Farg'ona teatriga birlashtirildi. Muhammad Tojizoda bosh rejisse yetib tayinlandi. B.Po'latov, M.Olimova, M.Qoriyeva, S.Qosimov, L.Sarimsoqova, S.Saidova, A.Rahmonov, Ya.Mamatxonov kabilar teatrning dastlabki ijodkorlaridir.

Yillar davomida ketma-ket sahnalashtirilgan "Halima", "Arshin mol olon", "Yondiramiz", "Nomus va muhabbat", "Gulsara", "Rustam", "Platon Krechet" kabi spektakllar bilan teatr o'z mavqeini mustahkamladi. Teatr repertuari rang-barang mavzularga alohida e'tibor berdi. "Ikki boyga bir malay" (K.Goldoni), "Malikai Turandot" (K.Gotssi), "Uylanish" (N.Gogol), "Nomus" (G.Mdivani) kabi tarjima asarlar sahnaga qo'yildi. Shuningdek, teatr jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan Alisher Navoiyning "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun" asarlar ham tomoshabinlar mehrini qozona oldi. Ilk bor Farg'ona teatrida sahnalashtirilgan "Tohir va Zuxra" (S.Abdulla; T.Jalilov) spektakli musiqali drama rivojida muhim ahamiyatga ega bo'ldi.

Teatrning birinchi 10 yilligida M.Haydarov asosiy ijodiy siymo bo'lib, uning ustozligida S.Ahmedov, S.Qosimov, A.Rahmonovlar rejissyor sifatida yetildilar. S.Saidova, Ya.Mamatxonov, F.Xo'jayeva, Yu.Oripov, A.Yunatonov kabi iste'dodli aktyorlar va G'. Toshmatov, Z.Haydarov, G'.Hotamov kabi sozanda va bastakorlar tarbiya topdilar.

Ushbu teatrda ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda yuqori va shirali ovozga ega bo'lgan aktyorlarning yetishuvi xalqqa yaqin musiqali dramalarni tubdan qayta talqin etish imkonini berdi: "Layli va Majnun", "Gulsara", "Nurxon", "Tohir va Zuhra" va boshqa o'tmish va shaxslarga qiziqish natijasi o'laroq "Alisher Navoiy", "Muqimiy" spektakllari yuzaga keldi.

Yangi yaratilgan musiqali dramalar orasida "Alpomish", "Ravshan va Zulxumor", "Qumrining murodi" teatrga katta muvaffaqiyat keltirdi. Zamonaviy mavzuda "Shohi so'zana", "Og'riq tishlar", "Yurak sirlari", jahon mumtoz asarlaridan "Aybsiz aybdorlar", "Makr va muhabbat" sahnalashtirildi. 60-yillar teatr repertuari "Togajiyanlar", "Toshbolta oshiq", "Meli xobbonu Nabi tovon", "Tobutdan tovush", "Oy tutilgan tunda" kabi spektakllar bilan boyidi. 1966-yil ilk bor Farg'ona teatrida kuyilgan "Gul va Navro'z" (S.Abdulla, M.Muxamedov; T.Jalilov) spektaklidan boshlab musiqali drama yo'nalishida keskin ko'tarilish boshlandi. Bu yillar X.Qozoqova, F.Baratova, J.Oxunov, T.Qrdirov, K.Ahmedova, X.Hojinabiyeva,

Q.Hotamova kabi aktyorlar, bosh dirijyor D.Jalilov, sozandalardan M.Murtazoyev, M.G'iyosov, Y.Ergashev kabi va iste'dodli rassom G'oyibovlar yetakchilik qildilar.

1970-yil teatrga bosh rejissyor bo'lib kelgan N.Otaboyev diqqatini ijtimoiy ko'lami keng asarlarga qaratdi: "Parvoz" (Uyg'un), "Revizor" (N.Gogol), "Qandala" (V.Mayakovskiy), "O'tgan kunlar" (A.Qodiriy), "Muxtor vakil" (N.Yusufiy) va boshqa shular jumlasidan. "To'ylar muborak" (O'.Hoshimov), "To'ydan keyin tomosha" (Shukrullo), "Oq buloq parizodi" (M. Mirzayeva), "Hokimi mutlaq" (M. Karim) singari spektakllarni 3. Madaliyev sahnalashtirdi.

80-yillardan avj ola boshlagan milliy uyg'onish, o'zlikni anglash Farg'ona teatrida ham o'z aksini topdi. Teatrda malakali, iste'dodli aktyorlar soni ko'payishi uning repurtuarini boyishi va xalq e'tirofiga sazovor bo'lishiga olib keldi. Bu davrga kelib, teatrning bosh rejissyori O.Salimov tomonidan Ch.Aytmatov asari asosida "Sohil bo'ylab chopayotgan olapar" nomli ilk spektaklidayoq, uning ijtimoiy muammolarni keskin ifoda etishlik xususiyati ko'zga tashlandi. Ifoda shaklining oddiyligi va ma'no ko'lamining kengligi shu rejissyor sahnalashtirgan "Temir xotin" (Sh. Boshbekov) spetaklida namoyon bo'ldi. Mazkur spektakl O'rta Osiyo va Qozog'iston teatr festivalida oliy mukofotga sazovor bo'ldi va shu spektaklda Qo'chqor rolini ijro etgan M.Yusupov "eng yaxshi erkak roli" mukofoti bilan taqdirlandi.

O.Salimov tomonidan sahnalashtirilgan "Jafoga vafo" (Alp Jamol), "Qog'oz qayiqchalar" (I.Tursunov), "Qo'ng'irokli yolg'onchi" (A.Obidjon) spektakllari teatr mavqeini baland ko'tarib, tomoshabinlar olqishiga sazovor bo'ldi. Ajoyib-g'aroyib sarguzasht, samimiy yumor, oddiylik, so'z bilan harakat, musiqiy va plastik vositalarning o'zaro uyg'unligi Hamza asari asosida sahnalashtirilgan "Toshkentga sayohat" spektaklining keng dovrug' taratishiga sabab bo'ldi.

Istiqlol davri ijod erkinligi tufayli dunyoga kelgan qator original spektakllarda Farg'ona teatrining hayotiy voqelikka yondashuvi o'ziga xos tarzda namoyon bo'ldi.

90-yillarda Farg'ona teatriga ajoyib aktyor va rejissyor M.Yusupov rahbarlik qilgan. U haqida T.Bayandiev, M.Ahmadjonov va X.Ikromovlarning "O'zbek teatrida milliy g'oya talqini" kitobida shunday fikrlar bildirilgan: "M.Yusupov izlanuvchan ijodkor sifatida o'zi sahnalashtirgan spektakllarida bugungi kun muammo va tashvishlari, siyosiy va ijtimoiy masalalari, xalq ma'naviyati, mustaqillik va milliy g'oyalarni tarannum etishga, tomoshabinlar ruhiyatini boyitishga harakat qildi."[1] O'tmish tarixi bilan faxrlanish tuyg'usi sahna temurnomasiga hissa bo'lib qo'shilgan "Amir Temur va To'xtamishxon" (T.Mirzo), Al-Farg'oniyga qaratilgan "Osmonga sig'magan muhabbat" (Y.Sulaymon), "Parijga sayohat" (Molyer pyesasi, Sh.Boshbekov tabdili), "Kampir topaymi, dadajon" (A.Xursandov), "Baxt o'g'risi" (I.Tursunov), "Tikansiz tipratikonlar" (Sh.Boshbekov), "Tuzoq" (R.Tom) va boshqa teatrning so'nggi yillardagi eng yaxshi spektakllaridir. S.Ahmedov, Yo.Hotamova,

X.Ikromov, S.Hakimov, I.Sultonov, M.Shomurodova, R.Xolbekov, Q.Xudoynazarov, A.Ishoqov, rejissyor M.G'ulomov, dirijyor A.Umarov va kabi istedodli, yetakchi ijodkorlar ijod qilib, teatrning ravnaqiga salmoqli hissa qo'shdilar.

Teatr jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan spektakllar mavzusi o'z dolzarbligi, tarbiyaviy va ma'naviy-ma'rifiyligi bilan ahamiyatlidir. Sahnalashtirilgan har qaysi asar hayotiy va falsafiy mohiyat kasb etadi.

Hozir ham Farg'ona musiqali teatrida xalqimizning taniqli va talantli ijodkorlari samarali ijod qilib kelmoqdalar. Teatr jamoasida Yo.Hotamova, I.Jalilov, F.Vahobova, M.Yusupov kabi xalq artistlari, teatr san'atining yetuk namoyandalari xalqimizga manzur bo'ladigan sahna asarlarini tomoshabinlar e'tiboriga taqdim etmoqda. Jumladan, "Ot mingan ayol", "Zebuniso", "O'tkan kunlar", " Zaharli tomchi", "Baxtiyor gadolar" kabi ko'plab spektakllar sahnalashtirilgan.

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, Farg'ona musiqali teatri Respublikamizdagi uzoq yillik tajribaga ega bo'lgan, yetuk teatrlardan biridir. Teatr tashkil bo'lgan ilk kunlardan boshlab to hozirgi kungacha teatr jamoasi tomoshabinlarga minglab turli mavzulardagi sahna asarlarini taqdim etgan. Ular xoh tarixiy, xoh ijtimoiy, xoh falsafiy mavzularda bo'lsin o'zining tarbiyaviy, ma'naviy-ma'rifiy ahamiyatga ega ekanligi bilan xalq orasida katta shuhrat qozongan. Bugungi kunda ham Farg'ona musiqali teatri o'zining tomoshabiniga, sevimli muhlislariga ega.

Teatrda sahnalashtirilgan spektaklllar nafaqat viloyatda yoki respublikamizda, balki qo'shni davlatlarda ham namoyish etilib, teatr nufuzini, san'atini butun dunyoga tanilishiga o'z hissasiini qo'shmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. T.Bayandiev, M.Ahmadjonov, X.Ikromov. "O'zbek teatrida milliy g'oya talqini". T.; 2009. 88-bet.

2. M.Qodirov. O'zbek teatri tarixi. T.; 2003.

3. M.Rahmonov. O'zbek teatri tarixi. T.; 1968.

4. Nazarov, A. (2022). TV Adaptation of the Theatrical Play. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 1(5), 264-266.

5. Madaminov, O. (2023). AKTYORLIK MAHORATI MAKTABLARIDA PROFESSIONAL AKTYORLIK MAKTABLARI: QO 'G 'IRCHOQ TEATR TOMOSHALARIGA ZAMONAVIY YONDASHUV. Oriental Art and Culture, 4(3), 48-53.

6. Madaminov, O. (2023). Expression of Aesthetic Education and National Values in Performance Works. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 2(6), 127-130.

7. Fazlieva, L. (2023). The Importance of Choreography in Staging Performances. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 2(4), 67-70.

8. Fazliyeva, L. (2023, May). CHOREOGRAPHY AS AN IMPORTANT COMPONENT OF THE PERFORMANCE. In International Conference on Research Identity, Value and Ethics (pp. 121-123).

9. Фазлиева, Л. (2023). СПЕЦИФИКА УЧЕБНО-ПРАКТИЧЕСКОГО ПРОЦЕССА В ХОРЕОГРАФИЧЕСКОМ ОБРАЗОВАНИИ УЗБЕКИСТАНА. Oriental Art and Culture, 4(1), 386-390.

10. Otabek, A. (2022). PERFORMANCE BY RAHMONJON POLATOV ACTOR OF THE KOKAND MUSICAL DRAMA THEATER. International Journal of Intellectual Cultural Heritage, 2(2), 116-120.

11. oglu Anvarov, O. R., & Usmanov, S. (2023). Pathway of Teaching in Art (Modern Styles). INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 2(6), 85-88.

12. Anvarov, O. R. O. G. L., & Usmonov, S. Y. (2023). BADIIY OBRAZ YARATISHDA O 'ZIGA HOS YONDASHUV (MAHORATLI AKTYOR BAXROMJON RAHIMOV MISOLIDA). Oriental Art and Culture, 4(1), 420-426.

13. Otabek, A., & Yo'lchiboyevich, U. S. (2022). QO'QON SHAHAR MUSIQALI DRAMA TEATRI AKTYORI RAXMONJON PO'LATOVNING IJRO TALQINI. Oriental Art and Culture, 3(1), 197-206.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.