Научная статья на тему 'MUSIQALI TEATRNING RIVOJLANISH TARIXI'

MUSIQALI TEATRNING RIVOJLANISH TARIXI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
49
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
aktyor / obraz / ichki-psixik / psixofizik / xatti-harakat / musiqali drama / talqin / mahorat / rol / ijro / teatr / sahna / kechinma sanʼat / qayta gavdalantirish / pyesa / rejissyor / pafos

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Gulmira Tolibjonova, Nilufar Usmonova

Maqolada teatr san’ati O‘zbekistonga XX asrning ulkan kashfiyoti sifatida kirib kelgan bo‘lsa, uning bir tarmog‘i musiqali drama teatri chin ma’noda xalqimiz milliy an’analari davomchisi bo‘lib qoldi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUSIQALI TEATRNING RIVOJLANISH TARIXI»

MUSIQALI TEATRNING RIVOJLANISH TARIXI

Gulmira Tolibjonova Nilufar Usmonova

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Maqolada teatr san'ati O'zbekistonga XX asrning ulkan kashfiyoti sifatida kirib kelgan bo'lsa, uning bir tarmog'i musiqali drama teatri chin ma'noda xalqimiz milliy an'analari davomchisi bo'lib qoldi.

Kalit so'zlar: aktyor, obraz, ichki-psixik, psixofizik, xatti-harakat, musiqali drama, talqin, mahorat, rol, ijro, teatr, sahna, kechinma san'at, qayta gavdalantirish, pyesa, rejissyor, pafos

HISTORY OF MUSICAL THEATER DEVELOPMENT

Gulmira Tolibjonova Nilufar Usmanova

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: In the article, the art of theater entered Uzbekistan as a great discovery of the 20th century, and one of its branches, the musical drama theater, remained the successor of the national traditions of our people.

Keywords: actor, image, inner-psychic, psychophysical, behavior, musical drama, interpretation, skill, role, performance, theater, scene, experiential art, re-embodiment, play, director, pathos

XX asrning 20-30 yillariga kelib, mamlakatimizda xalq teatri an'analariga tayangan musiqali drama janri vujudga keldi. O'sha davrdagi yetakchi teatr truppasi rahbari Mannon Uyg'ur teatrimiz tarixida ilk marotaba ushbu janrga qo'l urdi. Bu paytda milliy dramaturgiya sust rivojlangani bois teatr repertuarini asosan tarjima asarlar egallagan edi. Sahnada oddiy xalq turmush tarzini namoyish etadigan pyesalarga ehtiyoj tug'iladi. 1920 yilda Mannon Uyg'ur tomonidan sahnalashtirilgan G'ulom Zafariyning "Halima" pyesasi sahna va tomoshabin bilan aloqani mustahkamlashda muhim qadam bo'ldi. Shundan so'ng rejissyor ushbu janrda Xurshid asarlari asosida "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun" spektakllarini sahnalashtirdi. Har uchchala spektakl o'z davrida shuhrat shohsupalariga chiqdi va ayni paytda o'zbek musiqali dramasining shakllanishiga asos bo'ldi.

Musiqali drama janriga bo'lgan ehtiyoj ortib borgani sabab 1929 yilda Muhiddin Qori Yoqubov truppasi asosida "O'zbek davlat musiqali teatri" tashkil topdi. Shundan

musiqali drama janri professional xarakter kasb eta boshladi. "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun" spektakllaridan tashqari "O'rtoqlar", "Gulsara" musiqali dramalar muvaffaqiyatli sahnalashtirildi. Ushbu teatr 1939 yilda "O'zbek davlat opera va balet teatri"ga aylangani bois, shu yili Toshkent shahrida satira va komediya teatri tashkil qilinib, 1940 yilda O'zbek davlat musiqali drama va komediya teatri sifatida qayta tuzildi va teatrga Muqimiy nomi berildi. Tarixiy tarqqiyot jarayonida shakllanib,mana shunday ko'rinishga kelgan musiqali teatrimiz rivojiga milliy an'analar asosida milliy ijrochilikni kamolga yetkazgan aktyorlar buyuk xizmat ko'rsatdilar.Bu davrda ushbu badiiy jamoaga mashhur komik aktyor Mirshohid Miroqilov, keyinroq yetuk bastakor To'xtasin Jalilovlar rahbarlik qildilar. Endi teatrga kuchli ovozga va dramatik holatga kira oladigan layoqatga ega ijrochi aktyorlar kerak edi. Shu bois Hamza nomli akademik drama teatridan Mariya Kuznesova, O'zbek davlat musiqali teatridan Maryam Yoqubova, "Yosh tomoshabinlar teatri"dan Omina Fayozovalar; Samarqand teatridan Abdurauf Boltayev, Namangan teatridan Sobir Rahmonov, Andijon teatridan Soyib Xo'jayev, Abbos Bakirovlar Muqimiy teatri jamoasiga kelib qo'shildilar. O'z navbatida teatrga tajribali aktyorlar bilan bir qatorda asta-sekin Anvar Yusupov, Mirvali Mirtolipov, Zuhra Shermatova, Muharram Ermatova, Turg'un Zohidov va Mahmudjon G'ofurovlar kirib keldilar.

Bugun esa ana shunday buyuk ustozlarning munosib shogirdlari mazkur dargohda mehnat qilib kelmoqdalar.

«Muqimiy» nomidagi o'zbek davlat musiqali teatrida namoyish etilayotgan asarlar insonlar ko'ngliga ezgulik urug'ini sochish, ularni ogohlikka chaqirish va ma'naviy tarbiyalash mavzularida sahnalashtirilmoqda Teatr faoliyatidagi yutuqlar, ayniqsa, mustaqillik yillaridan keyin yaratilgan ko'plab asarlar o'zining g'oyaviy jihatdan yangiligi, mavzularning dolzarbligi va ijrodagi tabiiyligi bilan yanada qimmatlidir. Ayniqsa, «Otabek va Kumush» (dr: J.Jabborov, rej: R.Ma'diyev, 2007 yil), «To'da» (dr: N.Qobil, rej: M.Azizov, 2005 yil), «Oy onam qaynonam» (dr: N.Abbosxon, rej: B.Nazarov, 2009 yil, «Asl hazina» (dr: Sh.Mahkamov, rej:

A.Farmonov, 2011 yil), «Toshkentning nozanin malikasi» (dr: H.Muhammad, rej: R.Ma'diyev, 2006 yil), «Jaydari kelin» (dr: N.Abbosxon, rej: B.Nazarov, 2004 yil), «Super qaynona» (dr: S.Imomov, rej: M.Otajonov, 1999 yil), «Garovdagi muhabbat» (dr: R.Avazov, rej: B.Nazarov, 2011 yil), «Mehr nuri» (dr: X.Xursandov, rej:

B.Nazarov, 2013 yil) kabi qator spektakllar fikrimizning dalili bo'la oladi.

Teatrda har gal tomoshabinlarga yangi asar namoyish etilar ekan, uning har tomonlama mukammal bo'lishiga ahamiyat qaratiladi. Ayniqsa, yaratilajak spektaklning mavzusi, unda ilgari surilgan g'oya, janr va shakliga alohida e'tibor beriladi. Shuning uchun ham mazkur dargohda sahnalashtirilayotgan asarlarning aksariyat qismi haqiqatda ham yangicha yondashuv va g'oyat dolzarbligi bilan

qimmatlidir. Dramaturg yaratgan asar va undagi voqyealar professional aktyorlar ijrosida tomoshabinlar qalbiga kirib boradi.

"Musiqali dramaning musiqiy sahnaviy san'atning boshqa turlari bilan qon-qardoshligini rad etmasdan, o'z mavzusi, o'z tili borligini inkor etib bo'lmaydi. Musiqali drama badiiy asar g'oyasini ochishning musiqiy-vokal, raqs-plastik usullarini izladi, o'zining ichki qonuniyatlarini ishlab chiqdi. U faol izlanishda bo'ldi, yangi-yangi tajribalarni sinab ko'rdi, sahna san'atining u yohud bu janriga moslashdi, yaratuvchanlik vazifasini muvaffaqiyat bilan bajardi. Sintez mexanizmi yangidan yangi talqin muqobillarini yuzaga keltirib, yangi g'oyalar va ishlanmalarning tug'ilishiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi"1.

O'zbek musiqali dramasi noyob xodisa sifatida talqin qilinar ekan, u o'z tabiyatiga ega bo'lgan holda, ijodiy izlanishlardan holi emas. Teatr istiqboli yo'lida ijodiy doirasini yanada kengaytiradi, milliy an'analar hamda ilg'or jaxon tajribalari bilan boyitiladi. Musiqali drama janrining hozirgi ahvoli, uning kelajakdagi taraqqiyotiga aloqador ba'zi muammolarini yechish, qachon va qanday hal etilishi, birinchi galda teatr, dramaturg va kompozitorga, ularning hamkorligiga, xalqimiz sevgan bu janr taqdiriga qanchalik munosabat bildirishlariga bog'liq.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Qo'qon teatri. https:uz.m. Wikipediya.org. / wiki.

2. Abdullayeva M. Dramatik teatr va kinoda aktyorlik mahorati. "Tafakkur qanoti" nashriyoti. Toshkent. 2014. 174 b.

3. Abdullayeva M. Sahna - mahorat maktabi. "Chashma print" nashriyoti Toshkent. 2011. 156 b.

4. Abdullayeva M. Rejissura. "Adabiyot uchqunlari" nashriyoti. Toshkent. 2016. 178 b.

5. Stanislavskiy K.S. Aktyorning o'z ustida ishlashi. (T. Xo'jayev tarjimasi) Toshkent. - "Yangi avlod", 2017. 256 b.

6. Usmanov R. Rejissura. "Fan". Toshkent. 1997. 148 b.

7. Mahmudov J. Aktyorlik mahorati. O'quv qo'llanma. Toshkent. 2005. 224 b.

8. G. Muxamedova, R. Usnatov "Aktyorlik mahorati" «Navro'z» nashriyoti-Toshkent - 2020

9. M. Umarov "Milliy teatr va Mannon Uyg'ur estetikasi" "Musiqa" nashriyoti Toshkent - 2006

10. Sh. Usmonov "Sahna harakati va jangi" "Navro'z Nashriyoti" Toshkent -

2014

11. Sh. Usmonov "Ritmika - Plastika" - o'quv qo'llanma Toshkent — 2020

12. M.Umarov. Mannon Uyg'ur estetikasi - T.: Musiqa, 2007. 117 bet

1 M.A.X,aMHgoBa. Camar acap^apn rax^H^n, raH^ngu Ba rapFH6n.T.2009 hhïï. 131-6eT

riTTTÜ^^H] 255 ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

13. O'zbekiston halq artisti M.Ixtiyorova bilan suxbat. 2015 yil.

14. O'zbekiston xalq artisti M.Ixtiyorova bilan suxbat. 2015 yil.

15. O.Rizayev. Nabi Rahimov - T.: G'.G'ulom, 1997. 5 bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.