Научная статья на тему 'FARG‘ONA TOSHKENT MAQOM YO‘LLARINING IJROCHILIGIGA BIR NAZAR'

FARG‘ONA TOSHKENT MAQOM YO‘LLARINING IJROCHILIGIGA BIR NAZAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
51
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Shashmaqom / Bayot / Dugohi Husayniy / Chorgoh / Shahnozi Gulyor / Saraxbor / ashula / kuy / usul

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Nodir Baxtiyorovich Zakirov

Ushbu maqolada Farg‘ona Toshkent maqom yo‘llari tarkibiga kiruvchi ayrim maqomlarning ijrochilik masalalariga to‘xtalib, tahlili keltirib o‘tiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FARG‘ONA TOSHKENT MAQOM YO‘LLARINING IJROCHILIGIGA BIR NAZAR»

FARG'ONA - TOSHKENT MAQOM YO'LLARINING IJROCHILIGIGA BIR

NAZAR

Nodir Baxtiyorovich Zakirov Yunus Rajabiy nomidagi O'zMMSI

Annotatsiya: Ushbu maqolada Farg'ona - Toshkent maqom yo'llari tarkibiga kiruvchi ayrim maqomlarning ijrochilik masalalariga to'xtalib, tahlili keltirib o'tiladi.

Kalit so'zlar: Shashmaqom, Bayot, Dugohi Husayniy, Chorgoh, Shahnozi Gulyor, Saraxbor, ashula, kuy, usul

A GLANCE AT THE PERFORMANCE OF FERGANA - TASHKENT

MAKOM WAYS

Nadir Bakhtiyorovich Zakirov UzNMAI named after Yunus Rajabi

Abstract: In this article, the executive issues of some statuses included in the Fragona-Tashkent status are discussed and analyzed.

Keywords: Shashmaqom, Bayot, Dugohi Hosseini, Chorgoh, Shahnazi Gulyor, Sarakhbor, song, melody, method

O'rta Osiyoning turli vodiylari va shaharlarida Shashmaqom sho'balari ta'siri ostida juda ko'p kuy va ashula yo'llari paydo bo'lgani haqida Yuqorida ham aytilgan edi. Shashmaqom yaratilgandan keyingi davrlarda Toshkent va Farg'ona vodiysida bir necha musiqa asarlari turkumi, Yuzlab kuy va ashulalar - maqomlarning ma'lum variantlari tarzida Yuzaga keldi. Bu hol, albatta, bastakorlikda maqom yo'llarini turli doyra usuliga tushirib, ularning kuy yoki ritmik variatsiyalarini ishlash uchun imkoniyatlar keng bo'lganining natijasidir.

Bunday maqomchasiga ishlangan musika asarlari orasida kuy qiyofasi va tuzilishidagi haraktsrli bslgilari nuqtai nazaridan uch maqom turkumi alohida ajralib turadi. Bu Toshkent Farg'ona maqom yo'llari - Bayot, Dugohi Husayniy, Chorgohdir. Ularning har biri oltitagacha shoxobchalarga ega, hamda raqamlar bilan bir-biridan ajratiladi. Masalan, Bayot I- II- III- IV-V, Chorgoh I- II- III- IV-V kabi nomlanadi. E'tiborli tomoni shuki, Toshkent, Farg'ona maqom yo'llari Shashmaqom ashula bo'limining birinchi va ikkinchn qismiga kirgan sho'balar Saraxbor. Nasr, Savt. Mo'g'ulcha kabi maqom sho'balaridagi tuzilish tartibida ishlangan, ya'ni ulardagi takt- ritm o'lchovi, doyra usuln, ashula yo'lining harakati, ularga xos she'r o'lcho- vi ham saklangan Masalan. Bayot I, Dugohi Husayniy I, Chorgoh I, yana

ITFVE^^Hl 312 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

Shahnozi Gulyor (uning tuzilishi Yukoridagi maqom yo'llaridan farqlanadi, shuning uchun biz bir- biriga o'xshash maqom yo'llarini uchta deb oldik) Saraxborlar tartibida 'u ishlangan bo'lib, ularning takt-ritm o'ichovi h doyra usuli, ularga aytiladigan sherlar o'ichovi, ashula yo'lidagi kuy harakatlari Shashmaqomdagining o'zidir. Toshkent, Farg'onada mashhur bo'lgan bu maqom turkumlari asosan ashula yo'llaridan iborat bo'lib, ularda Shashmaqomdagi kabi cholg'u yo'llar uchramaydi. Lekin sozandalar bu ashula yo'llarini cholg'u asarlari sifatida ham ijro etib kelganlar. Bayot, Dugoxi Husayniy va Chorgoh yo'llari Shashmaqomning shu nomlar bilan atalgan sho'balari asosida yaratilgan bo'lib, Shahnozi Gulyor esa turli maqom sho'balari, ayniqsa Rost, Segoh maqomi sho'balari asosida Yuzaga kslgan. Bu musiqa asarlarining kuy jumlalari va harakati nuqtai nazaridan maqom yo'llariga taqqoslab ko'rilsa, ularning SHashmaqomga munosabati masalasini to'g'ri hal etish mumkin bo'ladi.

"Toshkent, Farg'onada mashhur bo'lgan juda ko'p maqom yo'llari Shashmaqom sho'balariga ashula jumlalarining ichki kuy harakatlari bilangina emas, balki shu jumlalarning yaxlit qiyofasi nuqtai nazardan mos kelishi mumkin. Bu maqom variantlarining Shashmaqom sho'balariga munosabatini ko'rsatish uchun ba'zi kuy qiyofasidagi o'xshash jihatlarini solishtirib chiqamiz. Bayot nomi Navo maqomidagi Talqin, Nasr sho'balarida va Ufar qismlarda uchraydi va Talqini Bayot, Nasri Bayot va Ufari Bayot deb ataladi. Toshkent, Farg'onada mashhur bo'lgan Bayot SHashmaqomdagi Bayot sho'balarining ma'lum varianti sifatida Yuzaga kelgan. Bunda Bayot sho'balarining doyra usuli Saraxborlardagi kabi soddalashtirilib, Bayot I deb atalgan. Masalan. Nasri Bayot bilan Bayot I ni olib qaraylik. Ularning boshlanish jumlalaridagi ikki xat ko'rinishi bir-biridan farq qiladi. Lekin Bayot I ning bu ikki xati ham Bayot sho'balari variatsiyasidir.

Toshkent, Farg'ona maqom yo'llaridan Chorgoh haqida ham shuni aytmoq mumkin. Chorgoh yo'llari ham bir-biridan raqamlar vositasi bilan, Chorgoh I-II- III-IV-V tartibida ajratiladi. Chorgoh nomi Shashmaqomda Dugoh maqomi- ning sho'balari, jumladan, Talqini Chorgoh, Nasri Chorgoh, Savti Chorgoh- larda uchraydi. Chorgoh I o'zining ulug'vorligi, yoqimliligi bilan Saraxbori Dugohning ma'lum kuy shakli sifatida Yuzaga kelgan. Saraxbori Dugohning kuy qiyofasi Chorgoh I da qisqartirilgan va u ma'lum o'zgarishlar bilan ishlangan. Bi- rinchi Chorgohda Saraxbori Dugohning doyra usuli, ijro sur'ati, unga mos keladigan she'r o'lchovi, asosan, saqlanib qolgan. Hofîzlar Chorgoh I ni so'zsiz aytiladigan cholg'u muqaddima (hang) bilan boshlaydilar.

Saraxbori Dugohning kuy yo'nalishi va harakati Chorgoh I da oxirigacha o'zgarmaydi, deb aytish mumkin. Uning miyonparda, dunasr va namudi, CHor- goh I da ham mavjuddir. Chorgoh I ning yaratilishida Dugoh maqomining boshqa sho'balari ham asos bo'lgan. Namudi Muxayyar Chorgoh I ning ancha puxta

rfccTii^^Bl 313 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

ishlangan katta avjida foydalanilgan (namudlar masalasi qismidagi Namudi Muxayyari Chorgohga qarang). Chorgoh I ning avjini Namudi Muxayyari Chorgoh bilan taqqoslab ko'rilsa, ular ma'lum o'zgarishlar bilan ishlangan bir-birining varianti ekani ravshan bo'ladi.

"Chorgoh II zsa taronalarinpg takt ritm o'lchovi doyra usuliga tushirilgan Savti Chorgoh shoxobchalarining varianti bo'lib, bunda namud tushirib qoldirilgan. Chorgoh III ashula yo'lini yaxlit holda Savti Chorgoh tarkibida uchratish mumkin. Chorgoh III da Savti Chorgohning takt-ritm o'lchovi va doyra usuli buzilgan, noaniq shaklda soddalashtirilgan bo'lib, u ashula davomida o'zgarib turadi. Fikrimizcha, dastlab bu ham Bayot III dagi kabi Savt doyra usulida ijro etilgan bo'lsa kerak. Chunki Chorgoh III ning ashula jumlalari, kuy harakati Savti Chorgohdan farq etmaydi. Uning tarkibiy unsurlari ham Savti Chorgoh yo'lining o'ziga mos keladi. Savti Chorgoh (a) bilan Chorgoh III (b) doyra usulini taqqoslab ko'rilsa ham ularning farqi bilinadi:

а)

■ spr pmrr 1

б)

P J £./CJ" [J* LÍ 1

Chorgoh III da takt-ritm o'lchovi muqaddima va cholg'u naqoratlari uchun, h va h lar zsa asosiy ashula yo'liga jo'r bo'ladi. Bu narsa Chorgoh III ning muqaddima va cholg'u naqarotlarida Savti Chorgoh doyra usuli saqlanib qolganligini ko'rsatadi. Ashula yo'lida esa usul butunlay o'zgargan"1.

Ashula davomida kuy harakatining yo'nalishi va umuman ashula yo'li Savti Chorgoh va Chorgoh III da bir xil desa bo'ladi. Faqat doyra usuli sur'ati Chorgoh III da ancha tezlashtirilgan va Savti Chorgohdagi katga avj - Namudi Muxayyar tushirib qoldirilgan. Chorgohning IV-V-IV shoxobchalari kuy mavzui jihatidan bir-birining ritmik variatsiyasi hisoblanadi. Uning IV shoxobchasi Qashqarcha doyra usulida bo'lib, uning katta avjida zsa Chorgohning ma'lum ko'rinishi foydalanilgan. Chorgohning, ayniqsa, oxirgi shoxobchasi harakterlidir. Bunda Ufar doyra usulidan foydalanilgan bo'lib, uning sur'ati ancha sustlashtirilgan va bu ashula yo'li hofizlarning ijro uslubiga moslash- tirilgan holda Shashmaqom sho'balaridan qisqartirilib olingan, degan xulosaga kelish mumkin.

Toshkent, Farg'onada mashhur bo'lgan maqomlarning yana biri Dugohi Husayniydir. Bu Dugoh maqomining sho'balaridan - Husayniyi Dugoh asosida Yuzaga kelgan bo'lib, uning SHashmaqomdagi variantida hech qanday ta- ronalar

1 H.Pa^aôoB. Ma^OM^ap. TomKem\, 2006. (289-290 ôeraap).

rTcTTii^^Bl 314 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

uchramaydi. Dugohi Husayniy Toshkent, Farg'ona variantida esa, Dugoh maqomidagi boshqa sho'balardan ham foydalanilgan. Dugohi Husay- niyda ham Shashmaqom Nasr yo'llaridan hisoblangan Husayniyning doyra usuli o'zgartirilib, Saraxbor usuliga tushirilgan.

"Dugohi Husayniyning Shashmaqomdagi va Toshkent, Farg'onada ijro etiladigan turlarini taqqoslab ko'rilsa, ularning ashula yo'li har qancha farqli bo'lmasin, kuy yo'nalishi, jumlalari bir xil asosga ega. Dugohi Husayniyning shoxobchalari Bayot, Chorgoh maqomlaridagi kabi bir-biridan sonlar bilan ajratiladi va Dugohi Husayniy I.-II-III-IV-V-VI deb Yuritiladi. Uning ashula yo'llarida Dugoh maqomining sho'balari qatorida taronalari ham foydalanilgan. Dugohi Husayniyning shoxobchalari ishlanish tartibi nuqtai nazaridan Bayot va Chorgoh yo'llariga o'xshaydi. Dugohi Husayniy I Saraxbor usulida, uning ikkinchisi Savt (buzilgan), keyingi shoxobchalari Qashqarcha doyra usulida ijro egiladi. Dugohn Husayniyning Ufari bo'lsa, Navo maqomining Ufari Bayotiga va uning Toshkent, Farg'ona variantidagi IV-V Bayot yo'llariga o'xshaydi. Dugohi Husay- niyning hamma shoxobchalari xalqning eng sevimli ashula yo'llaridandir. Dugohi Husayniy va umuman Dugoh maqomining qismlari xalq orasida surnay yo'llari shaklida ham mashhur bo'lgan: Surnay Dugosi, Mushkiloti Dugoh, Samoyi Dugoh kabilar shular jumlasidandir. Toshkent, Farg'ona maqom yo'llaridan yana biri SH ahnozi Gulyor bo'lib, o'z tuzilishi bilan mazkur maqomlardan butunlay farqlanadi. Bunday nom musiqa nazariyasiga oid eski risolalarda uchrasada, SHashmaqomda bu ibo- ra bilan atalgan sho'balar yo'q. Lekin Shahnozi Gulyor maqomlarning turli sho'balari tarkibidagi ashula jumlalarini, ayniqsa, Rost va Segoh ma- qomlarining yo'llarini eslatadi. Shahnozi Gulyorning asosiy ashula yo'li Gulyor, ikkinchisi Shahnoz, uchinchisi Chapandozi Gulyor, to'rtinchisi Ushshoq, beshinchisi Ufari Gulyor nomlari bilan mashhurdir.Ularning Gulyor qismi Saraxbor doyra usulida. Shahnoz esa o'zbek-tojik musiqasiga xos murakkab takt-ritm o'lchovida ijro etilib, doyra usulp quyidagichadir (II- III taktdagi usul ashula davomida qaytarilavera- di, I takt esa faqat uning boshlanishidagina bir marta chalinadi)"2.

MyKag£HMacFçia acooift i^tf fif.ua a

1 « Lr r PJ ' Lf L! J 1 r P ts J :

Chapandozi Gulyor Chapandoz doyra usulida, Ushshoq- Saraxbor, Ufari Gulyor esa Ufarlar doyra usulida ijro etiladi. Shahnozi Gulyor shoxobchalari tuzilishi nuqtai nazaridan Bayot, Chorgoh, Dugohi Husayniy shoxobchalarining doyra usuli va kuy qiyofasidan tubdan farq qiladi. SHunday qilib, Toshkent, Farg'ona maqom yo'llaridan Bayot, Dugohi Husayniy va Chorgoh Shashmaqomning shu nomlar bilan

2 H.Pa^aôoB. Ma^OM^ap. TomKern\, 2006. (293-6eT).

rfccTii^^Bl 315 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

ataladigan sho'balari asosida yaratilgan. Shahnozi Gulyor esa turli maqomlar sho'balari, xususan, Rost va Segoh maqomlari asosida Yuzaga kelgan deyish mumkin. Shunisi harakterliki, Yuqorida aytilgan to'rt maqom yo'llaridagi har bir ashula yo'li - Bayot I, Chorgoh I, Dugohi Husayniy I va Gulyor SHashmaqom- dagi Saraxborlarning doyra usuli, takt-ritm o'lchovi va ularga aytiladi- gan she'r o'lchovlariga mos keladi. Toshkent, Farg'ona maqom yo'llarining ikkinchi qismlari esa maqom sho'balarining taronalari doyra usuli va takt-ritm o'lchovida bo'ladi. Bu maqomlarning qolgan qismlari ko'pincha Shashmaqomning Savt va Mo'g'ulchalariga o'xshaydi va ularning doyra usullari Qashqarcha va Ufarlari kabidir. Bayot, Chorgoh, Dugohi Husayniy yaxlit holda olib qaralsa, ularning tuzilishida doyra usuli nuqtai nazardan qandaydir bir tamoyiliga asos- langanligini ko'rish mumkin. Shahnozi Gulyor shoxobchalarining birinchi va ikkinchisidan tashqari hamma qolganlarida bu tamoyil saqlanmagan. Uning oxiriga kiritilgan Ushshoq yo'li esa Shahnozga tasodifiy kiritilgan, chunki u Saraxbor uslubida ishlangan. Shahnozi Gulyor va uning shoxobchalari tuzilish jihatidan Bayot, Chorgoh, Dugohi Husayniylardan tubdan farq qilar ekan, bularni to'rt maqom sifatida alohida qilib, maqomlar guruhidan ajratib qarash to'g'ri bo'lmaydi.

Xalqning oddiy ashula yo'llaridan kam farqlanadigan Savt va Mo'g'ulcha kabi sho'balar maqomlarning mashhur bo'lishida katta ahamiyat kasb etdi. Natijada Buxoro, Samarqand, Xorazm, Toshkent, Farg'ona vodiysi, Xo'jand bastakorlari tomonidan maqom uslubida yangi-yangi cholg'u va ashula yo'llari yaratildi. Ajam, Miskin, Nasrulloyi, Chapandozi Bayot, Mirza Davlat, Suvora, Mushkiloti Dugoh, Patnisaki Segohi va Chorgohi, Cho'li Iroq, Kurd, Payrav asar kabi Yuzlab mashhur cholg'u yo'llari, Ushshoq, Abdurahmonbegi, Guluzorim, Toshkent Irog'i, M ustazod, Suvora, Feruz, Qo'shchinor, Farg'ona Nasrullosi kabi ko'plab kuy va ashula yo'llari maqom sho'balari asosida yuzaga keldi.

Bu cholg'u va ashula yo'llarining kuy harakati, jumlalari, kuy va ashula qiyofasi, ritmik asoslari maqom qismlaridan farq qilmaydi. Hatto bu variantlarning nomlanishida ham o'zlari mansub bo'lgan maqom sho'balaridagi atamalardan foydalanilgan. Ayniqsa, bunday cholg'u yo'llarining xona va bozgo'y kabi jumlalardan tuzilganligi, maqom lad tovushqatorlari, doyra usuli, kuy harakati nuqtai nazaridan bir-biriga mos kelishi, ularning maqom sho'balarining ma'lum variantlari ekanidan darak beradi. Bularning ko'pchiligi maqomlardagi kabi bir nechadan shoxobchalarga ega. Ba'zi maqom yo'llarining turli variantlari Yuzaga kelishi bilan ularning hammasi ham eshituvchilarning sevimli ashulalari bo'lib qoldi.

Shuning uchun ham maqomlar asosida yaratilgan bu cholg'u va ashula yo'llari keng xalq ommasi o'rtasida mashhur bo'lib kelmoqda va o'zbek-tojik xalqlari musiqa madaniyati tarixida alohida ahamiyatga ega. Shashmaqom variantlarining ko'plab yaratilganligi maqomlar o'z navbatida xalq musiqa ijodiyotiga salmoqli ta'sir

ncTTÜ^^Bl 316 ISSN 2181-063X/lmpact Factor 4.047 (SJIF 2021)

ko'rsatganidan dalolat beradi. Maqom yo'llarini o'zbek-tojik xalqlari musiqa boyliklari bilan bog'liq holda chuqurroq o'rganish, maqomlarning ikkala xalq musiqa merosida qanchalik katta ahamiyatga egaligini to'g'ri tushunib olishga yordam beradi, shu bilan birga, gullab-yashnayotgan o'zbek-tojik musiqa madaniyatining yanada taraqqiy ettirish uchun zarur bo'lgan musiqa-madaniy manbalardan biri -Shashmaqom kuy asoslaridan to'g'ri foydalanish yo'llarini ochishga imkon beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. H. Pa^aôoB. MaspMnap. TomKeHT 2006 hhh.

2. H.Pa^aôoB. MaKOMnap Macanacnra gonp.Y3CCP ^aBnar ôagHHH agaônëT HampnëTH, TomKeHT 1963.

3. HôpoxHMOB O. OepraHO - TamKeHTCKHe MaKOMM. «roHecKO»,TamKeHT 2006.

317

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.