Научная статья на тему 'FALSAFA TARIXI FAN SIFATIDA'

FALSAFA TARIXI FAN SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1600
75
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
falsafa / falsafa tarixi / falsafa predmeti / gilozoizm / animatism / animism / antropomorfizm / urug‘chilik sotsiomorfizmi. / philosophy / history of philosophy / subject of philosophy / hylozoism / animatism / animism / anthropomorphism / tribal sociomorphism.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — To‘Rayev, Haydarali

Falsafa tarixi o‘zida falsafiy fikr taraqqiyotini aks ettiradi. U falsafaning dunyoqarash shakli sifatida qanday paydo bo‘lgani, uning muammolari, asosiy tushunchalari va prinsiplarining qanday shakllanganligi va mazmunan boyib borgani, qanday yo‘nalishlarda taraqqiy etgani, bu taraqqiyot tendensiyalari nimalarda ifodalanishini tushuntiradi. Maqolada falsafa tarixining alohida fan ekanligi haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HISTORY OF PHILOSOPHY AS A SCIENCE

The history of philosophy reflects the development of philosophical thought. It explains how philosophy arose as a form of worldview, how its problems, basic concepts and principles were formed and enriched with content, in what directions it developed and what are these development trends. The article deals with the history of philosophy as a separate science.

Текст научной работы на тему «FALSAFA TARIXI FAN SIFATIDA»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

FALSAFA TARIXI FAN SIFATIDA

To'rayev Haydarali

Andijon mashinasozlik instituti Gumanitar fanlar" kafedrasi katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Falsafa tarixi o'zida falsafiy fikr taraqqiyotini aks ettiradi. U falsafaning dunyoqarash shakli sifatida qanday paydo bo'lgani, uning muammolari, asosiy tushunchalari va prinsiplarining qanday shakllanganligi va mazmunan boyib borgani, qanday yo'nalishlarda taraqqiy etgani, bu taraqqiyot tendensiyalari nimalarda ifodalanishini tushuntiradi. Maqolada falsafa tarixining alohida fan ekanligi haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: falsafa, falsafa tarixi, falsafa predmeti, gilozoizm, animatism, animism, antropomorfizm, urug'chilik sotsiomorfizmi.

История философии отражает развитие философской мысли. Объясняется, как возникла философия как форма мировоззрения, как формировались и обогащались содержанием ее проблемы, основные понятия и принципы, в каких направлениях она развивалась и каковы эти тенденции развития. В статье рассматривается история философии как отдельной науки.

Ключевые слова: философия, история философии, предмет философии, гилозоизм, аниматизм, анимизм, антропоморфизм, племенной социоморфизм.

The history of philosophy reflects the development of philosophical thought. It explains how philosophy arose as a form of worldview, how its problems, basic concepts and principles were formed and enriched with content, in what directions it developed and what are these development trends. The article deals with the history of philosophy as a separate science.

Key words: philosophy, history of philosophy, subject of philosophy, hylozoism, animatism, animism, anthropomorphism, tribal sociomorphism.

Falsafa va falsafa tarixining o'zaro munosabati tarixiylik va mantiqiylikning birligi prinsipi asosida olib qaraladigan bo'lsa, bitta fanning ikki qirrasiga o'xshaydi: kelib chiqish va rivojlanish tarixi nuqtayi nazaridan olib o'rganilsa - u falsafa tarixi, taraqqiyoti davomida shakllangan fundamental muammolar, tushunchalar, g'oyalar,

1025

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

prinsiplaming sintezlangan, umumlashtirilgan, zamonaviy ruhda talqin etilgan, mantiqiy tizimga solib bayon qilingani esa nazariy sistema yoki falsafa nazariyasidir

Lekin bu holat, ayni paytda, falsafa tarixining predmeti, asosiy masalalarini aniqlashni, uni umumnazariy falsafa predmeti, muammolari, prinsiplaridan "chegaralashni" taqozo etadi. Buning uchun tafakkur taraqqiyoti, unga xos bo'lgan xususiyatlar, qonuniyatlarga, dunyoqarashning shakllanishi va evolyutsiyasi tendensiyalariga murojaat qilish lozim. Zero, falsafa predmeti, uning muammolari, fundamental tushunchalari va prinsiplari bilish, tafakkur taraqqiyoti davomida shakllana borib, turli tarixiy davrlarda jamiyat oldida turgan va hal qilinishi lozim vazifalar bilan bog'liq ravishda o'zgarishlarga uchragan. Aynan mana shu jarayon falsafa tarixini hosil qiladi, uning predmeti va muammolarini "yaratadi"

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ijtimoiy hayot, mafkuraviy muhit bilan taqozo etiladigan falsafiy fikrlar rivoji bilishga xos bo'lgan qonuniyatlarga bo'ysunadi. Uni ifodalovchi mantiqiy vositalardan biri abstraklikdan konkretlikka qarab ko'tarilish prinsipidan iborat. Falsafiy dunyoqarashdan avval mifologiya va old falsafaning paydo bo'lishi, ularning falsafiy muammolaming shakllanishiga ko'rsatgan ta'siri buni tasdiqlaydi.

Bilish tarixi shundan guvohlik beradiki, ibtidoiy ongga xos bo'lgan subyekt va obyektni keskin farqlamaslik, masalan, olamni obrazli idrok etish, uni jonlantirishga (gilozoizm), ruhlantirishga (animatizm), dunyo binosining qismlarini jonli deb hisoblashga moyillik (animizm), shuningdek, tabiat bodisalarini insonga o'xshatish (antropomorfizm), tabiiy jarayonlar munosabatini urug'chilik munosabatlariga qiyos qilish (urug'chilik sotsiomorfizmi), mantiqiy fikrlashning deyarli yo'qligi dunyoqarashning, shu jumladan, falsafiy dunyoqarashning boshlanish nuqtasi bo'lgan inson - olam munosabati masalasining qo'yilishiga imkon bermagan. Bunda ibtidoiy ong shaklini sotsioantropomorfik dunyoqarash deb hisoblash va uning asosiy xususiyatini mantiqiy fikr yuritishda deb emas, balki emotsional-assotsiativ xayol surishda deb bilish ustuvordir [2, 7-11]. Mazkur xususiyatlar muayyan darajada mifologiyada va ilk diniy tasavvurlarda o'z ifodasini topadi. Lekin, ayni paytda, ularda ibtidoiy ajdodimizning olamni va o'z-o'zini bilishga bo'lgan intilishi ham kuzatiladi. Uni hissiyot bilan tafakkur o'rtasidagi bilish hodisasi deb tavsiflash mumltin.

Mifologiyaning mohiyati va bilishda tutgan o'rniga nisbatan turli qarashlar mavjud. Xususan, ba'zi tadqiqodchilar mifologiyani borliqni tushuntirish usuli deb hisoblasa, boshqalari uni ibtidoiy ajdodlarimizning olamni va o'z-o'zini bilishga

[1].

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

bo'lgan intilishi deb biladilar. Bizningcha, keyingi qarash haqiqatga yaqinroq bo'lsa kerak. Aks holda mifologiyani dunyoqarash tipi sifatida tavsiflab bo'lmaydi. Mavjud adabiyotlarda, ayniqsa, o'quv adabiyotlarida uni dunyoqarash shakli deb hisoblashadi.

Lekin, shuni ham e'tiborga olish kerakki, bilish faqat sof subyektiv tajriba emas, balki obyektivlikka tayanadigan, haqiqatga intilish, uni egallashni nazarda tutadigan jarayondir. Shunday ekan, borliq qonuniyatlarini bilish, ulardan amaliyotda, kundalik hayotda foydalanishga bo'lgan ehtiyoj ertami-kechmi bilish faoliyatini miflar, afsonalar to'qish jarayoni doirasidan chiqishga, uning sferasini kengaytirishga olib keladi. Mifdan fanga, falsafaga, ya'ni, dunyoqarashning boshqa shakllariga o'tish sodir bo'ladi. Bu jarayonda muhim oraliq bo'g'in vazifasini old falsafa va parafalsafa bajaradi.

Old falsafa - rivojlangan mifologiya va ilmiy bilimlar kurtaklari yig'indisi bo'lib, falsafaning paydo bo'lishiga shart-sharoit yaratgan. U "shakllanayotgan falsafa o'zagini, parafalsafa esa - qobig'ini tashkil etadi. Agar mazkur o'zak, yadro yo'q bo'lsa, parafalsafa old falsafa shaklida, ichida yadro paydo bo'ladigan qobiq ko'rinishida bo'ladi [3, 21]".

Falsafa tarixini o'rganish to'g'risidagi amerikalik faylasuf F.Koplston mulohazalari ham e'tiborga loyiqdir [4, 2-9]. Uning ta'kidlashicha, o'tmishdagi turli falsafiy sistemalar - bu faqat antikvar relikviyalar xolos, butkul falsafa tarixi "ma'naviy jihatdan rad etilgan va o'lik sistemalardir, har bir keyingi sistema avvalgisini yo'q qilgan va ko'mib tashlagan", deb e'tiroz bildirishlari mumkin. Gegel fikricha, falsafa tarixi o'tmishga murojaat qilar ekan, yaxlit falsafiy jarayon doirasidan chetga cbiqmaydi. Falsafa tarixini o'rganishga kirishar ekanmiz, oldimizda falsafiy fikr evolyutsiyasini bayon etish, "uning qanday vujudga kelgani va qanday qilib o'zini yaratganini" ko'rsatish vazifasi turadi. Mana shu ma'noda falsafa tarixi "falsafaning o'z-o'zini yaratish tarixi"dan iborat va faqat o'z ildizlarini topa bilsagina, mavjud bo'la oladi va borlig'ini namoyon qila oladi. Uningcha, turli falsafiy sistemalar falsafa binosini quruvchi qismlardir. Shu sababli, falsafa tarixi ichida falsafaning o 'zi bilan ish ko'ramiz. Buyuk nemis faylasufi masalaning yana boshqa bir tomoniga e'tiborini qaratadi: falsafa tarixi - bu bilish tarixi va demak, insonning o'z-o'zini anglash tarixidir; u inson tabiati, mohiyatiga ko'ra, begona bo'lgan narsalarning emas, balki uning o'zining shakllanishi tarixidir. Boshqacha aytganda, falsafaning tarixiy taraqqiyoti insonning, uning ma'naviy dunyosining paydo bo'lishi va rivojlanishi tarixidir.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 6

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Mazkur holat falsafaning dunyoqarash shakli, inson ma'naviy hayotining muhim tarkibiy elementi sifatida mifologiya ta'sirida hamda ilmiy tasavvurlar, masalan, matematika, astronomiya, fizika, tibbiyot va shu kabilarga oid bilimlar bilan uzviy bog'liq holda shakllanganidan dalolat beradi. Falsafiy fikrning keyingi rivoji, uning tarixini esa inson dunyoqarashining kengaya borishi, mafkuraning rivoji, ma'naviyatning yuksalishi ko'rsatkichi bo'lgan, deyishimiz mumkin.

REFERENCES

1. Ойчерман Т.И. Философия как история философии. - М.: Владос, 2006.

2. Лосев A.H. История античной философии. - М.: Мысль, 1989.

3. Чанышен А.Н. Курс лекций по древней философии. - М.: Высшая школа, 1981.

4. Copleston F. History of philosophy. Vol. l. - New York-London-Toronto-Sydney Auckland, 2003.

5. Saloydinov, S. Q. (2021). Paxta tozalash zavodlarida energiya sarfini kamaytirishning texnik-iqtisodiy mexanizmini yaratish. "Academic research in educational sciences", 2(9), 886-889. https://doi.org/10.24412/2181-1385-2021-9-886-889

6. Saloydinov, S. Q. (2021). Creation of feasibility studies to reduce energy costs in ginneries. "Экономика и социум", 9(88), 147-149.

7. Caлойдинов, C. К. (2021). Образовательные кредиты в Узбекистане. Экономика и социум", 12(91), 470-472.

8. Caлойдинов, C. К. (2021). Спрос на рынке дифференцированных продуктов. "Экономика и социум", 12(91), 473-476.

9. Салойдинов, С. К. (2022). С паровой турбиной 471 МВт на Талимарджанской ТЭЦ расчет электрических режимов при максимальной зимней нагрузке. "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", Special issue, 116-121.

10. Сaрдoржoн Кодиржон Ynm Сaлoйдинoв. (2022). Иннoвaциoннoе решение для получения 6rorasa. "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", 2(3), 280-285. https://doi.org/10.24412/2181-2454-2022-3-280-285.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.