Научная статья на тему 'IJTIMOIY FALSAFA'

IJTIMOIY FALSAFA Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
911
52
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ijtimoiy falsafa / tafakkur / jamiyat / materialistik talqin / social philosophy / contemplation / society / materialistic interpretation.

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Arislanbayeva, Zoya Ernazarovna

Ijtimoiy falsafa — falsafa fanining jamiyat va uning taraqqiyoti qonuniyatlarini oʻrganuvchi sohasi. Ijtimoiy falsafa insonlarning amaliy faoliyati va ular oʻrtasidagi ijtimoiy munosabatlarni ham tahlil qiladi. Insonlar turli faoliyatlari jarayonida oʻz hayotlari uchun zarur boʻlgan moddiy va maʼnaviy neʼmatlarni, ijtimoiy muhitni yaratadilar va bu jarayonda oʻzaro turli munosabatlar oʻrnatadilar. Anglaganingizdek, ushbu maqolada ijtimoiy falsafa xususida so'z yuritildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOCIAL PHILOSOPHY

Social philosophy is a branch of philosophy that studies the laws of society and its development. Social philosophy also analyzes the practical activities of people and the social relations between them. In the course of their various activities, human beings create the material and spiritual goods and social environment necessary for their lives, and in the process they establish various relationships with each other. As you can see, this article is about social philosophy.

Текст научной работы на тему «IJTIMOIY FALSAFA»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 10

educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

IJTIMOIY FALSAFA

Arislanbayeva Zoya Ernazarovna

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti "Ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi dotsenti, falsafa fanlari nomzodi

ANNOTATSIYA

Ijtimoiy falsafa — falsafa fanining jamiyat va uning taraqqiyoti qonuniyatlarini o 'rganuvchi sohasi. Ijtimoiy falsafa insonlarning amaliy faoliyati va ular o 'rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni ham tahlil qiladi. Insonlar turli faoliyatlari jarayonida o z hayotlari uchun zarur bo'lgan moddiy va ma'naviy ne'matlarni, ijtimoiy muhitni yaratadilar va bu jarayonda o'zaro turli munosabatlar o'rnatadilar. Anglaganingizdek, ushbu maqolada ijtimoiy falsafa xususida so'z yuritildi.

Kalit so'zlar: ijtimoiy falsafa; tafakkur; jamiyat; materialistik talqin.

SOCIAL PHILOSOPHY

Arislanbayeva Zoya Ernazarovna

Uzbek State Institute of Arts and Culture, Associate Professor of "Social Sciences and Humanities", Candidate of Philosophical Sciences

ABSTRACT

Social philosophy is a branch of philosophy that studies the laws of society and its development. Social philosophy also analyzes the practical activities of people and the social relations between them. In the course of their various activities, human beings create the material and spiritual goods and social environment necessary for their lives, and in the process they establish various relationships with each other. As you can see, this article is about social philosophy.

Keywords: social philosophy; contemplation; society; materialistic interpretation.

СОЦИАЛЬНАЯ ФИЛОСОФИЯ

Арисланбаева Зоя Эрназаровна

Доцент кафедры социальных и гуманитарных наук Узбекского государственного института искусств и культуры, кандидат философских наук.

АННОТАЦИЯ

Социальная философия - это раздел философии, изучающий законы общества и его развития. Социальная философия также анализирует практическую деятельность людей и социальные отношения между ними. В

Scientific Journal Impact Factor

О

ходе своей разнообразной деятельности люди создают материальные и духовные блага и социальную среду, необходимые для их жизни, и в процессе они устанавливают различные отношения друг с другом. Как видите, эта статья о социальной философии.

Ключевые слова: социальная философия; созерцание; общество; материалистическая интерпретация.

Falsafa odam va olam taraqqiyotining eng umumiy qonunlari, insonning olamdagi o'rni to'g'risidagi fandir. Falsafa «Olam nima?» «Olam qanday?» «Uni bilish mumkinmi?» kabi savollarga javob izlash jarayonida eng qadimiy davrlardan boshlab shakllandi. Ma'lumki, jamiyat o'zaro ijtimoiy munosabatlarda bo'lgan insonlardan tashkil topadi. Insonlarning turli faoliyati ular ijtimoiy hayotining asosiy mazmunini tashkil etadi va jamiyat taraqqiyotini belgilaydi. Ijtimoiy falsafa insonlar faoliyati va ijtimoiy munosabatlarining obyektiv va subyektiv tomonlarini tahlil qiladi. Ijtimoiy falsafaning asosiy masalasi — insonlarning ongi, tafakkuri, borligi, turmushidir. Bu, bir tomondan, ularning maqsadlari, iqtisodiy, siyosiy, axloqiy mo'ljallarini, ikkinchi tomondan, ular hayoti va faoliyatining obyektiv shart-sharoitlarining o'zaro bog'liqligini o'z ichiga oladi. Jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini idealistik yoki materialistik talqin qilish mumkin. Idealistik nazariya jamiyatdagi barcha o'zgarishlarning sababchisi insonlarning ongi yoki dunyoviy ruh deb tushuntiradi. Unga ko'ra, jamiyatda insonlar ongli ravishda faoliyat ko'rsatadilar, chunki ular biron-bir ish qilishdan oldin uni o'z onglarida, tafakkurlarida o'z maqsadlari va uning mohiyatini aqlan tasavvur qiladilar. Ya'ni, bajaradigan ishlari, faoliyatlarining g'oyaviy, aqliy rejasi uning amaliy natijasidan oldin tuziladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ijtimoiy falsafa jamiyat haqidagi falsafiy bilimlar tizimi sifatida falsafa fanidan kеlib chiqqan. Agar falsafa olam va odam munosabatlari tahlili bilan shug'ullansa, ijtimoiy falsafa jamiyat va inson munosabatlarini tadqiq etadi. Agar falsafa olam, uning mohiyati, qonuniyatlari to'g'risidagi fan bo'lsa, ijtimoiy falsafa olamning tarkibiy qismi bo'lgan jamiyat haqidagi falsafiy bilimlar tizimi hisoblanadi. Ijtimoiy falsafa falsafa fani bag'ridan o'sib chiqqan. Uni falsafiy ta'limotlarning o'ziga xos ko'rinishi sifatida tahlil qilmoq lozim. Ijtimoiy falsafa ontologiya, gnosеologiya, mеtodologiya, antropologiya ta'limotlari bilan bеvosita bog'liq, u shu ta'limotlarning jamiyatga izchil tatbiq etilishining natijasi va mahsuli hisoblanadi. Ijtimoiy falsafa borliq falsafasi, antologiya ta'limoti bilan bеvosita bog'liq ravishda shakllangan.

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

Falsafa borliqni bir butun yaxlit olam sifatida olib o'rgandi. Ijtimoiy falsafa borliqning o'ziga xos ko'rinishi, ijtimoiy borliq, uning mohiyati, qonuniyatlarini aks ettirishdir.

Falsafiy bilimlarning rivojlanib, chuqurlashib borishi oqibatida psixologiya, formal mantiq, etika, estetika kabi fanlar ajralib chiqqan. Ayni vaqtda falsafaning jamiyat, insonga bevosita daxldor muammolari va bu muammolar doirasida erishilgan ilmiy bilimlar ijtimoiy falsafaning shakllanishiga sababchi bo'lgan. Ijtimoiy falsafa o'rganish obyekti - jamiyat. Ijtimoiy falsafa kishilik jamiyatining mohiyati, kelib chiqishi, tarkibi haqida bahs yuritadi. Ijtimoiy falsafa jamiyat haqidagi eng umumiy bilimlar, tushunchalar majmui bo'lishi bilan bir qatorda ijtimoiy rivojlanish yo'lida kelib chiqadigan muammolarni oqilona hal etish, jamiyat istiqbolini oldindan ko'rish imkonini beradi. Ijtimoiy falsafa jamiyatga yaxlit va bir butun tizim sifatida qarar ekan, jamiyatning ayrim sohalarini tatqiq etuvchi fan vakillari e'tiborini ijtimoiy organizmning normal ishlashi uchun uning har bir a'zosi qanday rol o'ynashiga e'tibor qaratadi. Ijtimoiy falsafa jamiyatni kishilarning o'ziga xos uyushuvidan iborat ijtimoiy organizm, deb biladi va shu asosida jamiyatning eng kichik subatami - inson ekanligiga diqqatni qaratadi. Kishilik jamiyati va insonning kelib chiqishi, insonning jamiyatga munosabati, uning jamiyatdagi o'rni ijtimoiy falsafa tatqiq etadigan eng muhim muammolaridan biridir. Ijtimoiy falsafa jamiyat va insonni uzluksiz o'zgarib, rivojlanib boruvchi tizim sifatida o'rganadi va ijtimoiy taraqqiyotning mazmun-mohiyati, shakl va ko'rinishlari, ijtimoiy taraqqiyot qonunlari to'g'risida bahs yuritadi. Ijtimoiy falsafa doirasidagi eng muhim muammo - jamiyatni bilish muammosidir. Ijtimoiy falsafa jamiyatda kechadigan ijtimoiy voqea va jarayonlarni ilmiy bilishning metodologik asoslarni ishlab chiqadi.

Ijtimoiy falsafaning asosiy tushunchalari deganda «jamiyat», «inson», «borliq», «ijtimoiy ong», «ijtimoiy munosabat», «ijtimoiy ishlab chiqarish», «ijtimoiy jarayon», «madaniyat», «ma'naviyat», «qadriyat», «obyektiv shart-sharoit», «sivilizatsiya», «subyektiv omillar», «manfaat», «shaxs», «oila, tadrijiy rivojlanishi», «iqtisodiy hayot», «ijtimoiy-siyosiy hayot» kabilar nazarda tutiladi. Ijtimoiy falsafaning fan darajasiga ko'tarilishida G'arb falsafasining yirik vakili, fransuz faylasufi Ognest Kantning o'ziga xos o'rni bor. Uning qarashlarida jamiyatning falsafiy tahlili alohida o'rin tutadi. Kant o'zining «Pozitiv falsafa kursi» kitobida jamiyatni murakkab tuzilishga ega tafakkur shakllari vositasida rivojlanib boruvchi organizm, deb hisoblaydi. Uning fikricha, fan va falsafa jamiyat qonunlarini bilib olish kerak. U jamiyat taraqqiyotini ilm taraqqiyoti bilan bog'laydi va jamiyat pozitiv ilmlar asosida qayta quriladi, deb hisoblaydi.

Scientific Journal Impact Factor

о

XULOSA

Ijtimoiy falsafaning nazariy vazifasi ijtimoiy taraqqiyot jarayonining mohiyati, mazmuni va yo'nalishini asoslab beradi. Uslubiy vazifasi ijtimoiy hayotdagi ayrim hodisa va jarayonlarni turli ijtimoiy fanlar tomonidan tadqiq etishda uning qonuniyatlaridan foydalanishdan iborat. Ijtimoiy falsafaning oldindan aytish vazifasi jamiyat, uning ayrim tomonlari taraqqiyoti, inson faoliyatining yaqin va bo'lajak oqibatlarini oldindan aytib berishdan iborat. Ijtimoiy falsafaning mazkur vazifalari falsafiy tafakkur nazariyasi va uslubini egallagan har bir inson ongining takomillashuvida namoyon bo'ladi. Falsafiy tafakkur esa jamiyat taraqqiyotidagi ijtimoiy hodisalarni anglash va amaliy vazifalarni hal qilishning muhim vositasidir.

REFERENCES

1. Bilish falsafasi. — T:. "O'zbekiston" NMIU. 2005.

2. Алексеев П. В. Социальная философия. Москва. 2013.

3. To'rayev B. O. Falsafa tarixiga kirish. Samarqand. 2010.

4. Falsafa asoslari. — Toshkent. "Universitet". 2015.

5. Крапивенский С. Социальная философия. Москва. " Владос". 2011.

6. Choriyev A. Inson falsafasi. Toshkent. 2006.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.