Научная статья на тему 'XITOY PRAGMATIZM FALSAFASIDA TRANSSENDENT DAOSIZM MUAMMOSINI HAL QILISH'

XITOY PRAGMATIZM FALSAFASIDA TRANSSENDENT DAOSIZM MUAMMOSINI HAL QILISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
75
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Pozitivizm / pragmatizm / transsendent falsafa / daosizm / Jon Dyui / Charlz Pirz / Hu Shi / transsendent dao / spekulyativ falsafa. / Positivism / pragmatism / transcendental philosophy / Taoism / John Dewey / Charles Pierce / Hu Shi / transcendental dao / speculative philosophy.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sulaymonov. Zufarali Baxtiyor O’G’Li

XIX asr oxiri – XX asr boshlarida pozitivizm tarmoqlarga bo’lina boshlagan, pragmatizm ulardan biri edi. Taxminan to’rtinchi may harakati davrida pragmatizm Xitoyga kirib kela boshlagan va ko’plab sohalarga o’z ta’sirini o’tkazgan. Ushbu jarayon boshidan to oxirigacha Hu Shi bilan bog’liq edi. Qachonlardir Hu Shi Dyuidan o’rganib pragmatizmning mohiyatini chuqur tushungan, ammo uni an’anaviy falsafa manbalari bilan birlashtirishga uringan. Pragmatizmning joriy etilishi bilan keyingisi unga ko’plab tuzatishlar kiritishga majbur etgan, bu esa pragmatizmning ayrim evrilishlariga sabab bo’lgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Solving the Problem of Transcendental Taoism in Chinese Philosophy of Pragmatism

In the late 19th and early 20th centuries, positivism began to divide into branches, and pragmatism was one of them. Around the time of the May Fourth Movement, pragmatism began to enter China and affected many areas. This process was associated with Hu Shi from beginning to end. Hu Shi once learned from Dewey a deep understanding of the essence of pragmatism, but tried to combine it with traditional philosophical sources. With the introduction of pragmatism, the latter was forced to make many adjustments to it, which led to some changes in pragmatism.

Текст научной работы на тему «XITOY PRAGMATIZM FALSAFASIDA TRANSSENDENT DAOSIZM MUAMMOSINI HAL QILISH»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

О

R

VOLUME 1 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423

XITOY PRAGMATIZM FALSAFASIDA TRANSSENDENT DAOSIZM

MUAMMOSINI HAL QILISH

Sulaymonov Zufarali Baxtiyor o'g'li

TDShU "Sharq falsafasi va madaniyati tarixi" yo'nalishi 2-bosqich magistranti

XIX asr oxiri - XX asr boshlarida pozitivizm tarmoqlarga bo 'lina boshlagan, pragmatizm ulardan biri edi. Taxminan to 'rtinchi may harakati davrida pragmatizm Xitoyga kirib kela boshlagan va ko'plab sohalarga o'z ta'sirini o'tkazgan. Ushbu jarayon boshidan to oxirigacha Hu Shi bilan bog'liq edi. Qachonlardir Hu Shi Dyuidan o 'rganib pragmatizmning mohiyatini chuqur tushungan, ammo uni an 'anaviy falsafa manbalari bilan birlashtirishga uringan. Pragmatizmning joriy etilishi bilan keyingisi unga ko'plab tuzatishlar kiritishga majbur etgan, bu esa pragmatizmning ayrim evrilishlariga sabab bo 'lgan.

Kalit so'zlar: Pozitivizm, pragmatizm, transsendent falsafa, daosizm, Jon Dyui, Charlz Pirz, Hu Shi, transsendent dao, spekulyativ falsafa.

In the late 19th and early 20th centuries, positivism began to divide into branches, and pragmatism was one of them. Around the time of the May Fourth Movement, pragmatism began to enter China and affected many areas. This process was associated with Hu Shi from beginning to end. Hu Shi once learned from Dewey a deep understanding of the essence of pragmatism, but tried to combine it with traditional philosophical sources. With the introduction of pragmatism, the latter was forced to make many adjustments to it, which led to some changes in pragmatism.

Keywords: Positivism, pragmatism, transcendental philosophy, Taoism, John Dewey, Charles Pierce, Hu Shi, transcendental dao, speculative philosophy.

В конце 19 - начале 20 вв. Позитивизм стал делиться на ветви, и прагматизм был одним из них. Примерно во времена «Движения четвертого мая» прагматизм начал проникать в Китай и затронул многие районы. Этот процесс от начала до конца был связан с Ху Ши. Ху Ши однажды научился у Дьюи глубокому пониманию сути прагматизма, но попытался объединить его с традиционными философскими источниками. С введением прагматизма последний был вынужден внести в него множество корректировок, что привело к некоторым изменениям в прагматизме.

Ilmiy rahbari f.f.d., prof. Izzetova E. M.

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова: позитивизм, прагматизм, трансцендентальная философия, даосизм, Джон Дьюи, Чарльз Пирс, Ху Ши, трансцендентальное дао, спекулятивная философия.

KIRISH

Pozitivizmning tarmog'i sifatida pragmatizm transsendentlik - ko'rinib turgan olamning an'anaviy falsafiy muammolari (metafizik deb ataluvchi narsaga) borasida chetlashtirilgan va uzoqlashtirilgan mavqega ega. Pragmatizm asoschisi Pirsda mana bunday g'oya paydo bo'la boshlagan: "ontologik metafizik fikrlar, agar behuda be'manilik bo'lmasa, boshqa so'zlar bilan ta'riflovchi so'zdir, so'z esa boshqa so'zlar bilan ta'riflanadi, ammo haqiqiy konsepsiyaga erishib bo'lmaydi. Bu - mutlaq be'mani narsa. Bu holatda pragmatitsizm (faoliyatining so'ngi damlarida Pirs pragmatizmni shunaqa deb nomlagan) o'ziga xos aniq pozitivizm hisoblanadi".1 Pirsning yuqorida bayon etilgan qarashlari pragmatizmning falsafadagi asosiy g'oyasini belgilab bergan. Keyingi bosqichdagi evolyutsion taraqqiyotda amaliy falsafaning shakllanishida u doimiy ravishda kengayib, rivojlanib boradi. Masalan, Jeym qayta-qayta takrorlaganki: "Bu (pragmatizm) barcha tomondagi yechimlar befoyda savollar va metafizik mavhumlikni unkor etishda pozitivzmga mos keladi"2 Boshqa pozitivizm maktablari kabi pragmatizm metafizikani chetga surib tashlaydi, u, avvalo, an'anaviy spekulyativ falsafa hisoblanadi. Ular metafizikaning mohiyati to'g'risidagi kuzatilayotgan empirik isbotlar va gumonlardan chekinishga qarshi chiqqanlar, falsafiy fikrlar empiric dalillar bilan bog'lanishi, asossiz bo'lmasligini talab qilganlar. Umuman olganda, transcendent falsafiy spekulyatsiyalar ko'pincha osongina metafizikaga yorib kiradi: Aflotunning konseptual olami, Gegelning mutlaq konsepsiyasi asosan erkin empirik dalillarning aql-idrokka asoslangan tuzilmasidan kelib chiqadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Pragmatizmning metafizik mavhumligini inkor etish ma'lum ma'noda ushbu spekulyativ falsafaga qarshi ziddi zahar hisoblanadi. Ammo, shuni ham ham ta'kidlash joizki, pragmatizmning an'anaviy metafizikadan voz kechishi fenomenologiyaga, uning mantiqiy nuqtayi nazariga asoslangan, shu bois azaldan u o'ziga xos nazariy kamchiliklarga ega. Dyuining quyidagi keltirgan dalillaridan buni ko'rish qiyin emas: "Pragmatizm reallik konsepsiyasining asosiy xususiyati shundaki,

1 Pierce C.S. The Collected Papers of Charles Sanders Pierce, edited by Charles Hardshorne and Paul Weiss, Vol.5 Harvard: The Belknap Press of Harvard University Press, 1978. - P.282.

2 (AQSh) Jeyms. Pragmatizm/Chen Yuylun, Sun Juyxe tarjimasi. Pekin: Shan'u inshu guan nashriyoti, 1979. B.30.

1091

unda reallikning umumiy nazariyasi haqida o'ylashning keragi yo'q".3 "Reallining umumiy nazariyasi" deb atalgan narsa nafaqat transsendent metafizikaga, balki falsafaning asosiy muammolariga nisbatan umumiy qarashga ham taaluqli. Bu yerda pragmatism, aftidan, muammoni inkor etmoqda, unga muvofiq, falsafiy tafakkur (shu jumladan, reallikni tadqiq etish va falsafaning asosiy muammolarini hal qilish) ilmiy kuzatuvlarga va empiric dalillarga asoslanishi lozim, biroq u nazariy tafakkur jarayoni sifatida ham namoyon bo'ladi. Agar biz emipirik dalillarga asoslanib muntazam ravishda empirik dalillarga qaytaverish falsafiy sabsatavozlikni chetlab o'tish uchun zarur shart hisoblanadi desak, nazariy tafakkur falsafa tomonidan tajribaning cheklanganligini yengib o'tishga va fenomenal darajadan zarur darajaga doimiy ravishda ko'tarilishga imkon beradi, olamni(mohiyatni) keng qamrovda chuqurroq tushunishni ta'minlaydi. Pragmatizm falsafani tajriba fenomeni bilan cheklab, bu bilan umumiy reallikni o'rnatish imkonini inkor etadi. Mohiyatan bu metafizikadan voz kechishni, so'ngra dunyoqarashning falsafiy funksiyasini yo'q qilishni anglatadi.

Pragmatizmning yuqorida tilga olingan nuqtayi nazari asosan Xu Shi tomonidan qabul qilingan. Uning fikriga ko'ra, Jon Dyui tomonidan an'anaviy falsafiy muammolarni hal qilish falsafa tarixida inqilob hisoblanadi. "Dyui - falsafa tarixida buyuk inqilobchi. Nima uchun? Chunki u Yum va Kant davridan beri Yevropada mavjud bo'lgan falsafaning asosiy muammolarini barcha ularni muhokama qilishdan ma'no yo'q deb o'ylagan vaqtda hisobdan chiqarib tashladi" 4 Dyui bilan solishtirganda Xu Shi bergan baho ma'lum ma'noda metafizikaning pragmatizm bilan nazariy ma'noda mustahkamlanishiga ancha ochiq ishora qiladi. Ammo, umuman olganda, Xu Shi nega falsafaning asosiy muammolari hisobdan chiqarilishi kerakligi borasida boshqa dalil keltirmaydi. Uning holatida ushbu mavzu nuqtayi nazar sifatida o'zining tafakkuri uchun boshlang'ich nuqta hisoblanadi. Yuqorida bayon etilganlardan Xu Shi an'anaviy metafizikani o'rganib chiqqanligi ayon bo'ladi. Xu Shi fikricha, an'anviy xitoy falsafasida daosizm dunyoqarishi metafizika namoyondasi hisoblanadi.

Daosizm daoning tabiiy rivojlanishi yordamida barcha mavjudotning paydo bo'lishini tushuntirishga urinadi va daoni moddiylashtirish g'oyasiga ega. Bunday tafakkur "dao" - bu narsa... agar dao nimadur bo'lsa, oddiy inson aqlida u "qudratli osmon" va "xudo" bilan katta farqqa ega bo'lmaydi deb xato o'ylaydi. Xudo va

3 Dewey J., A. W. Moore, et al. Creative intelligence: Essays in the Pragmatic Attitude. - New York: Henry Holt and Company, 1917. - P.55.

4 Xu Shi. Huaynan knyazi kitobi. Shanxay: Simyue shuydan, 1931. - B.29-30.

1092

qudratli osmondan hech narsasi bilan farq qilmaydigan dao transsendent mohiyatdan o'zga narsa emas. Transsendant daodan koinot paydo bo'lgan, bu o'ziga xos spekulyativ struktura hisoblanadi. Bunday metafizik dunyoqarash hayotga tatbiq etilgan vaqtda benihiyo halokatli bo'ladi. "Bunday noxolis xulosa chiqarish daoni qadrlaydigan va haqiqatni mensimaydigan dunyoqarashni keltirib chiqaradi. Bu benihoya halokatli va mutlaq asossiz".5

XULOSA

Xu Shining an'anaviy falsafani yuqoridagidek tanqid qilishi faqat metafizikadan yaqqol voz kechish ma'nosiga ega emas. Daodan "metafizik mohiyat" sifatida voz kechish, ayni damda, qudratli osmondan, Xudodan, samoviy oliy qonunlardan va boshqa yot obyektlardan (aslida, Xu Shi buni bir necha marta boshqa joylarda ham takrorlagan) voz kechishni anglatadi, shunday qilib, bu aqidaparastlik kishanlarini ham uzib tashlash talabini o'z ichiga oladi. Transsendent dao bilan maqsad sari intilgan ruhni ushlab turish to'liq bartaraf etilmagan bir sharoitda avvalgidek samoviy oliy tamoyillar izlarini ko'rish mumkin, bunday talab, shubhasiz, asriy ahamiyatga ega edi. Tafakkur yo'lini tahlil qilsak, Xu Shi va Amerika pragmatizmi bir-biridan farqlanadi. Agar Amerika pragmatizmi sinalmagan falsafadan voz kechib, asosan, falsafaning eng muhim muammolarini bartaraf etsa, Xu Shi fikri xulosaning dastlabki shart-sharoithisoblanadi; ushbu tafakkurni turli shakllari ortida ancha chuqur farqlar mavjud: Xushida transsendent spekulyativ falsafani inkor qilish an'anadan ozod etuvchi, aniqlik kirituvchi mazmunga ega.

Agar boshqa nuqtayi nazardan qarasak, Xu Shi tomonidan metafizikaning inkor etilishi boshqa ahamiyatga ega ekanligini ko'rish qiyin emas. Zamonaviy Xitoy falsafasi zamonaviy va qadimiy Xitoy va G'arbning o'zaro birlashishi natijasida bir yo'sinda rivojlangan. Bir tomondan, hali ham an'anadagi muhim hayotiy omillar g'arb fani va demokratiyasi bilan doimiy ravishda tutashgan, boshqa tomondan, an'anaga kerak bo'lmagan narsalar yangisiga o'xshagan avvalgi shakliga qaytib, ko'pincha g'arb ilmining salbiy tomonlari bilan qo'shilib ketgan.

REFERENCES

1. Pierce C.S. The Collected Papers of Charles Sanders Pierce, edited by Charles Hardshorne and Paul Weiss, Vol.5 Harvard: The Belknap Press of Harvard University Press, 1978. - P.282.

2. Jeyms. Pragmatizm/Chen Yuylun, Sun Juyxe tarjimasi. Pekin: Shan'u inshu guan nashriyoti, 1979. B.30.

5 Xu Shi. Huaynan knyazi kitobi. Shanxay: Simyue shuydan, 1931. - B.32.

1093

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

R

VOLUME 1 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423

3. Dewey J., A. W. Moore, et al. Creative intelligence: Essays in the Pragmatic Attitude. - New York: Henry Holt and Company, 1917. - P.55.

4. Xu Shi. Huaynan knyazi kitobi. Shanxay: Simyue shuydan, 1931. - B.29-30.

5. O'G'Li, S. Z. B. (2021). HU SHINING IJODIY FAOLIYATINING ASOSIY BOSQICHLARI VA FALSAFIY QARASHLARINING SHAKLLANISHI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(2).

6. Sulaymonov, J. B. (2021). XITOY BUDDAVIYLIGI TA'LIMOTIDA BORLIQ VA BILISH MUAMMOLARINING QO 'YILISHI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(Special Issue 1), 572-579.

7. Akmalova, P. D. (2019). The concept of moral personality development in creativity of thinkers of central asia. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 9(1), 135-141.

8. nynaroBa, fl. A. (2021). КОНOУЦHHЦH.ПHКflA HHCOH MYAMMOCHHHHr TA.^HHH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1 (Special Issue 1), 547-555.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.