Научная статья на тему 'EZOP MASALLARINING TARBIYAVIY AHAMIYATI'

EZOP MASALLARINING TARBIYAVIY AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
56
89
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kalit so‘zlar: vatanparvarlik / do‘stga sadoqat / mehnatni sevish tarbiyaning individual shakli / axloqiy-psixologik xarakter / pedagogik va kasbiy mahorat. / Key words: patriotism / individual form of education / moral and psychological character / pedagogical and professional skills.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — D.M. Nosirova

KİRİSH: mazkur maqolada Ezop masallarida ilgari surilgan mehnatsevarlik, olijanoblik, do‘stlik g‘oyalari haqida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE EDUCATIONAL VALUE OF AEZOP’S FABLES

INTRODUCTION: this article reflets on the ideas of hard work, nobility, friendship, and honesty put forward in Aezop’s fables.

Текст научной работы на тему «EZOP MASALLARINING TARBIYAVIY AHAMIYATI»

Original peper

DOI: 10.24412/2992-9024-2024-2-62-70

© D.M. Nosirova1^_

1Buxoro davlat pedagogika instituti, Buxoro, O'zbekiston

Annotatsiya

KÏRÏSH: mazkur maqolada Ezop masallarida ilgari surilgan mehnatsevarlik, olijanoblik, do'stlik g'oyalari haqida fikr yuritiladi.

MAQSAD: fransuz va o'zbek adabiyoti namoyandalarining masallarini o'qish,mutolaa qilish va o'quvchilarni vatanparvarlik ,mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash shakllantirish.

MATERiALLAR VA METODLAR: tadqiqot olib borilayotgan fan va texnologiyalarni talabalarda qay darajada o'zlashtira olish va ularni bu fanni o'zlashtirishdagi qulayliklar va qiyinchiliklarni o'rganishdan keyingi ta'sir qilishini tahlil qilish uchun 5 ta ilmiy maqoladan iborat korpus yaratildi. Yig'ilgan maqolalar 2020-2023 yillar oralig'ida xalqaro va milliy akademik jurnallarda chop etilgan. Bu maqolalar tahlil qilindi va qiyosiy tahlil olindi.

MUHOKAMA VA NATiJALAR: yig'ilgan materiallar o'rganilish natijasida Ezop masallarining tarbiyaga ta'siri aniqlandi.O'quvchilarni vatanparvarlik,olijanoblik ruhida tarbiyalashning afzalliklari bo'yicha tahlil qilingan ilmiy maqolalarni tahlil qilib ulardagi tayanch tushunchalardan foydalanish ko'zda tutilgan. Ikkala o'rganish natijalari bo'yicha mualliflar o'quvchiga murojaat qilish va umumiy bilimlarga murojaat qilish orqali o'quvchi bilan muloqot qiladi, ammo o'quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bilan bog'lab yozilgan maqolalar o'quvchi e'tiborini faol ravishda yo'naltiradi va sharhlar orqali ularga bevosita murojaat qiladi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llagan holda o'quvchilarga masallarni o'qitish jarayonida bilim berish ularda ko'proq tassavvurni kengayishi va bilimni to'laqonli egallashga ko'maklashgan. Asosiy farq o'quvchiga to'g'ridan-to'g'ri murojaatlarda bo'lib, ular shaxsiy sharhlar va savollarda amalga oshiriladi.

XULOSA: tadqiqot natijalari muhim pedagogik ahamiyatga ega ilmiy maqolalar mualliflari tomonidan juda ko'p murojaat qilingan bo'lib, darsning g'oyaviy saviyasi o'quvchiga taqdim qilinadigan bilimlar hozirgi zamon dalillariga muvofiq va milliy xalq ma'rifatparvarligi nuqtai nazaridan bayon qilish, shu bilimlar orqali o'quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish tushuniladi. Dastlab, tarixiy materiallar tarkibida mavjud bo'lgan hikoya, afsona, ertak va masallardan o'rinli foydalanish talab etiladi. Bunga shu yoshdagi bolaning uyda va maktabda shug'ullanadigan asosiy faoliyati bo'lgan o'qish, muomala, o'yin, mehnat yordam beradi.

Kalit so'zlar: vatanparvarlik,do'stga sadoqat,mehnatni sevish tarbiyaning individual shakli, axloqiy-psixologik xarakter,pedagogik va kasbiy mahorat.

NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Iqtibos uchun: Nosirova D.M. Ezop masallarining tarbiyaviy ahamiyati // Inter education & global study. 2024. № 2. Б. 62-70. doi: 10.24412/2992-9024-2024-2-62-70

ВОСПИТАТЕЛЬНОЕ ЗНАЧЕНИЕ БАСЕН ЭЗОПА_

© Д.М. Насирова1^

1 Бухарский государственный педагогический институт, Бухара, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в данной статье рассматривается идеи трудолюбия благородства дружбы и честности, выдвинутые в баснях Эзопа.

ЦЕЛЬ: формирование у читателей чувства патриотизма,трудолюбия при чтении басен деятелей французской и узбекской литературы.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: с целью анализа того, в какой степени студенты могут освоить изучаемую науку и технику, а также влияние легкости и сложности освоения этой науки после обучения, создан корпус из 5 научных статей. Сборник статей 2020-2023 гг., опубликованный в международных и национальных изданиях академические журналы между годами. Эти статьи были проанализированы и получен сравнительный анализ.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: в результате исследования установлено что собранные материалы оказывают влияние на использование знаков участия Проанализированные научные статьи о преимуществах воспитания учащихся в духе патриотизма и благородства больше опираются на контингент притяжения чем на контингент притяжения статьи посвящены недостаткам современных компьютерных технологий результатах обучения авторы общаются с учащимся путем обращения к учащемуся и обращения к общим знаниям, но статьи, написанные в связи с воспитанием учащихся младших классов в духе патриотизма, привлекают внимание читателя, активно направляют и направляют его. обращается к ним напрямую через комментарии. Использование современных педагогических технологий, передача знаний в процессе обучения художественным произведениям учащихся младших классов помогла им расширить свое воображение и в полной мере усвоить знания. Основное отличие - в прямых обращениях к читателю, которые осуществляются в личных комментариях и вопросах.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: результаты исследования широко упоминаются авторами научных статей, имеющих важное педагогическое значение, понимают формирование научного мировоззрения у студентов. Прежде всего необходимо правильно использовать рассказы, легенды, сказания и притчи, содержащиеся в исторических материалах. Этому способствуют чтение, общение, игра и работа, которые являются основными занятиями ребенка этого возраста дома и в школе.

Ключевые слова: патриотизм, индивидуальная форма воспитания, морально-психологический облик, педагогическое и профессиональное мастерство.

Для цитирования: Насирова Д.М. Воспитательное значение басен Эзопа // Inter education & global study. 2024. № 2.С. 62 - 70. doi :10.24412/2992-9024-2024-2-62-70

THE EDUCATIONAL VALUE OF AEZOP'S FABLES

© Dilfuza.M.Nosirova1®

1Bukhara State Pedagogical Institute, Bukhara, Uzbekistan

Annotation

INTRODUCTION: this article reflets on the ideas of hard work, nobility, friendship, and honesty put forward in Aezop's fables.

AIM: to form a sense of patriotism and diligence among readers when reading the fables of figures of French and Uzbek literature.

MATERIALS AND METHODS: a corpus of 5 scientific articles was created in order to analyze the extent to which students can master the science and technology under study and the influence of the ease and difficulties in mastering this science after learning. Collected articles published in international and national academic journals between 20202023. These articles were analyzed and a comparative analysis was obtained.

DISCUSSION AND RESULTS: the results of the study revealed the influence of the collected materials on the use of participation symbols. scientific articles analyzing the advantages of patriotic education of elementary school students rely on a higher engagement contingent than articles focusing on the disadvantages of modern computer technology. In both learning outcomes, the authors communicate with the student by addressing the student and by referring to general knowledge, but the articles written in connection with the education of elementary school students in the spirit of patriotism draw the attention of the reader. actively directs and addresses them directly through comments. Using modern pedagogical technologies, imparting knowledge in the process of teaching artistic works to elementary school students helped them expand their imagination and fully acquire knowledge. The main difference is in direct appeals to the reader, which are carried out in personal comments and questions.

CONCLUSION: the results of the research have been widely referred to by the authors of scientific articles of important pedagogical value. formation of a scientific worldview in students is understood. First of all, it is necessary to make appropriate use of the stories, legends, tales and parables contained in the historical materials. This is helped by reading, dealing, playing, and working, which are the main activities of a child of this age at home and at school.

Key words: patriotism, individual form of education, moral and psychological character, pedagogical and professional skills.

For citation: Dilfuza. M. Nosirova. (2024) 'The educational value of aezop's fables', Inter education & global study, (2), pp. 62 - 70. (In Uzbek). doi:10.24412/2992-9024-2024-2-62-70

Bugungi kunda ham o'zligini yo'qotmay rivojlanib borayotgan xalq og'zaki ijodlaridan masalchilik haqida fikr yuritmoqchimiz. Barchamizga ayon-ki, ertak, masal, topishmoqlar til o'rgatish avval og'zaki nutqni rivojlantirishga xizmat qiladi. Zero, xalq og'zaki ijodi bolalar hayotida alohida o'rin tutadi. Ular o'quvchilarga samarali tarbiyaviy ta'sir qilib,

© ¡ntereduglobalstudy.com

2024, EDITION 2

NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ma'naviy va axloqiy shakllanishlarida katta yordam ko'rsatadi. Xalq og'zaki ijodi milliy o'zlikni saqlashda, yoshlarni tarbiyalashda, muayyan g'oyalarni ruhiyatga singdirish katta ahamiyat kasb etadi. Boshlang'ich sinf tarbiya darslarida xalq og'zaki ijodi namunalaridan foydalanish jarayonining ishlab chiqilgan pedagogik-tashkiliy tuzilmasi (modeli)ni amaliyotda to'liq joriy etish orqali boshlang'ich sinflarda tashkil qilingan tarbiyaviy tadbir, mashg'ulotlar, oilaviy marosimlar natijasida pedagogik samaradorlikka erishiladi. Ushbu modelning amaliyotga tatbiq etilishi boshlang'ich sinf tarbiya darslarini xalq og'zaki ijodidan foydalanish tizimini takomillashtirishdagi ustuvor masalalarni ijobiy hal etishga olib keldi: - xalq og'zaki ijodidan foydalanib tarbiya darslarini takomillashtirishda falsafiy, psixologik, pedagogik, ijtimoiy yondashuvning mazmun mohiyatini anglashga erishiladi; - boshlang'ich sinf tarbiya darslarni takomillashtirishda xalq og'zaki ijodi namunalariga tayanish zarurligi asoslandi.Masal -axloqiy, satirik va kesatiq mazmunini kinoyaviy obrazlarda aks ettirgan aksariyat kichik she'riy, ba'zan nasriy asardir. Inson xarakteriga xos xususiyatlar masalda majoziy obrazlar - hayvonlar, jonivorlar va o'simliklar dunyosiga ko'chiriladi. Masallar majoziy xarakterdagi qisqa hikoyacha bo'lib, nasriy yoki she'riy shaklda yoziladi.Uning asosiy qahramonlari turli hayvonlar, narsa-buyumlardan iboratdir. Bular ramziy majoziy ma'noda qo'llanilib. insonlar fe'l atvoridagi turli xususiyatlarga ishora sifatida keltiriladi.Masallarning asosiy jihati shuki, ular to'liq ma'noda tarbiyaviy maqsadga yo'naltiriladi.Xalqimizning tarixi,uning urf odatlari,moddiy va ma'naviy boyliklari,barcha orzu istaklari yillar davomida yaratilgan ertaklarda saqlanib kelmoqda.Kishilar o'z orzu havaslarini yosh avlodlarda qoldiroshni va yaqqol ko'rishni istaydilar.Shu sababdan ham o'quvchilarga masallar,ertaklar,afsonalar o'qishga tavsiya qilinadi.Xalq og'zaki ijodi namunalaridan o'qigan bolalar qiyinchilikni yengishga,botir ,jasur bo'lishga intiladilar.O'qituvchilar yer yuzidagi barcha insonlarning men bir bo'lagiman,men o'xalqimga qilayotgan ishlarim bilan ularga munosib bo'lib ulg'ayishim kerak desalargina o'z xalqini munosib farzandlari bo'la oladilar.Masallar yosh avlodni ana shu ruhda tarbiyalaydigan baynalminal badiiy quroldir.

Ko'hna Sharq adabiyotida ham majoziy shaklda, ya'ni turli hayvonlar tilidan tarbiyaviy ahamiyatga molik hikoyachalar keltirish tajribasi qadim Hind adabiyotining nodir namunalari bo'lgan «Panchatantra», «Kalila va Dimna» kabi asarlar tarkibida uchraydi. Bu asarlar ham dunyoning ko'pgina tillariga taijima qilinib, yaratilishiga turtki bergan.Masalchilikning eng yaxshi namunalari o'zbek adabiyotida ham mavjud ekanini ta'kidlab,avvalo Ezopmasallarida hikoyat va hikmatlarda o'xshagan ibratli maqol va matallar o'zbek xalqi hayotida ,uning kundalik turmushida, so'zlashuv nutqida doimiy uchraydigan hodisaligini eslatish lozim.Ezop masallaridan kelib chiqadigan xulosalar aks etgan qator maqollar va hikmatli iboralar ota-bobolarimiz tomonidan azal -azaldan aytib kelinganini anglatuvchi namunalar keltirilsa ,mavzu yanada qiziqroq yoritiladi.Buning sababi shundaki ,ko'tarilgan masala va mavzular insonlarga birdek xos bo'lgan xususiyatlardir.Shuning uchun ham Sharq,jumladan,o'zbek mutafakkir shiru adiblari maxsus ''Pandnoma'',''Odobnoma''lar yaratib,bu asarlar maktab -madrasalarimizda alohida o'quv qo'llanma bo'lib xizmat qilgan.Shu o'rinda o'qituvchi majoziy shakldagi ibratli hikoyatlarning eng sara namunalari ulug' bobokalonimiz Akisher Navoiy hazratlarining ''Xamsa ''asaridagi birinchi doston ''Hayratul-abror''(Yaxshi kunlarning hayratlanishi)da va maxsus shu yo'nalishda yaratilgan

NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

''Lison ut-tayr" (Qushlar tili) dostonida uchrashini alohida aytib o'tishi lozim.Shu bilan birga XVIII asr oxiri-XIX asr oshlarida yashab o'tgan Muhammad Sharif Gulxaniy ham «Zarbulmasal» nomli asari bilan o'zbek adabiyotida masalchilik rivojiga ulkan hissa qo'shgani, XX asrda Hamza Hakimzoda Niyoziy, Yamin Qurbon, Sami Abduqahhor, Muxtor Xudoyqulov kabi shoirlar ijodida masal janrining yaxshi namunalari uchrashiga oid misollar keltirilsa, mavzu ancha keng ochiladi.Shundan so'ng Ezopning yana ''Bo'ri bilan Laylak'V'Eshak bilan baqalar'ï'Ustiga tuz yuklangan eshak'',''Burgut ,zag'cha va cho'pon''nomli masallari tahlil etiladi.''Darslikdagi bunday tahliliy materiallardan to'la foydalanish mumkin.Masallardagi do'stu dushmanning farqiga borish,qiyinchilikka duch kelganda uni yengib o'tishga harakat qilish,hiylakorlik qilaman,deb sharmanda bo'lmaslik , sabrli,qanoatli bo'lishga,''Bizni ko'rib shukur qilish,birni ko'rib fikr qilish''haqidagi maqollarni hamisha yodda tutish,behuda chiranmaslik,har bir inson o'z o'rni va haddini bilishi kerakligi haqidagi pand-u o'gitlar ibratli tarzda bayon etilganiga oid masalalar bayon qilinadi.O'qituvchi ana shu tahlil va xulosalarni mustahkamlash uchun turli tasviriy vositalar ,ko'rgazmali qurollardan foydalansa, teatr va kino asarlariga murojaat etsa, mavzuning keng o'zlashtirilishiga erishishi aniq. Cho'pon echkilarini yaylovga qo'yib yubordi. Bir payt qarasa, echkilari yovvoyi echkilar bilan o'tlashib yuribdi: xursand bo'ldi-yu kech kirgach hammasini o'zining g'origa qamadi. Ertasiga havo buzuqligi tufayli echkilarni odatdagidek yaylovga olib chiqolmadi: g'ordayoq boqishga to'g'ri keldi. Cho'pon o'zining echkilariga nomigagina o'lmagunday yem solgani holda, qo'lga o'rgatib olish niyatida yovvoyi echkilarga mo'l-ko'lqilib to'kdi. Ertasi, havo yurishib ketgach, echkilar tog'ga qarab ura qochdilar.Cho'pon ularni yaxshilikni bilmaydigan nonko'rlar, deya koyishga o'tdi: '' Axir men sizlarni o'zimning echkilarimdanda yaxshiroq boqmadimmi?'' Yovviyi echkilar aytdilar: '' Shuning uchun ham sendan nariroq yurishimiz ma'qul ko'rindi-da. Bizlar kechagina senga yo'liqqandik, sen esa bizni o'zingning eski echkilaringdan-da yaxshiroq boqding. Demak, ertaga yana yangilar kelib qo'shilsa, unda ularni bizlardan afzalroq ko'rarkansan-da?!''Alqissa, yangi do'stlarni eskilarda afzal tutuvchilar bilan do'stlashishga shoshilmang, zero yana yangi do'stlarni orttirganda siz ham eskilardan bo'lib qolasiz.Siz ham o'z do'stlaringiz, yaqinlaringiz haqida o'ylab ko'ring. Shu bilan birga o'zingizni do'stlarga munosabatingizni yaxshi tushunib oling. Do'stlik degan so'z bilan sadoqat, do'stga sodiqlik tushunchasi doimo yonma-yon kelmog'i lozim. Inson hayoti davomida juda ko'p qaltis vaziyatlarga tushishi, turli sinovlarga duch kelishi mumkin. Ana shunday sharoitda faqat o'z manfaatini o'ylab, sizni yolg'iz tashlab ketadigan yoki boshqa odamlarni do'st tutib ketadiganlardan nariroq bo'lgan ma'qul.

Ezop insonlar tabiatidagi tuban illatlarni, yaramas xususiyatlarni juda aniq anglab, lo'ndagina majoziy voqea asosida uning mohiyatini ko'rsatib beradi. Quruq safsata yoki pand-nasihat bilan emas, aynan bo'lishi, uchrashi mumkin bo'lgan hayotiy hodisani shartli -ramziy hikoyat vositasida katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bir shaklda ifoda etadi.Ezop masallarini insonlardagi barcha yuksak va chirkin xususiyatlarni mujassam etgan ibratnoma deb atash mumkin.

Shuningdek,timsollarning kinoyaviy xarakterda bo'lishidan tashqari, kulgili savol-javob ham masal tili va uslubi uchun xarakterlidir. Ko'pincha masalning kirish qismida, ba'zan pirovardida qissadan hissa - ibratli xulosa chiqariladi. Buyuk masalchi Ezop

NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

masallarining qahramonlari asosan oddiy odamlar(dehqon), hisoblanadi.Ular yashagan davr bizdan qanchalik uzoq bo'lmasin, asarlari va ularning g'oyasi bugungi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan ya'ni yashashda davom etmoqda. Insoniyat shu hayotda yashar va qanday qilib to'g'ri, xotirjam, baxtli hayot kechirish mumkin degan savolga javob izlar ekan bu ikki ijodkorning dono fikrlariga, asarlariga qayta-qayta murojaat qilaveradi.Ezopning 'MKM YPTOk BA AMMK"masali bizga bolaligimizni eslatuvchi chuqur ma'noga ega masaldir.O'qish kitobida berilgan ushbu masalda do'stlik, hamjihatlik, do'stga sadoqat,o'rtoqlik kabi insoniy xislatlar gavdalangan bo'lib bolalikdan yaxshi taasurot qoldirgan.

Ezop masallari g'oyaviy jihatdan tushkunlik va umidsizlik ruhida yozilgan, personajlari (asosan, hayvonlar) o'ta shartli, voqealar ixcham bayon qilingan; tili sodda, jonli tilga yaqin. Ezop masallari syujeti Yevropa masalchiligi syujetining asosini tashkil etgan. Lotin masalchisi Fedr (1-asr) va yunon masalchisi Babriy (2-asr)dan tortib J. Lafonten va I. A. Krilovgacha Ezop masallari syujetini davrga moslab ijodiy rivojlantirganlar.

Mashhur masalchining "Dehqon va uning bolalari" masalida mehnatsevarlik, halol mehnat qilish haqidagi g'oyalar ilgari suriladi.Ota o'z farzandlariga kelajakda yaxshi hayot surish uchun astoydil tinimsiz mehnat qilish, izlanish kerakligini uqtiradi. ''DEHQON VA UNING O'G'ILLARI'' asarida esa ahillik, totuvlik naqadar qudratli ekanligi, nizoyu nifoq shu qadar zaifdir deyiladi. Axir, ayrilgan ozar, birlashgan o'zar, deb bekorga aytmaganlar-ku. Ushbu masaldagi asosiy xulosa masal oxirida berilgan qissadan hissada, ya'ni otabobolarimiz yaratib, bizga nasihat sifatida qoldirgan "Bo'linganni bo'ri yer" hikmatida o'z ifodasini topgan.''Delfin bilan maymun'',''Echki va Podachi ''masallarining asosiy jihatlari shuki, ular to'liq ma'noda tarbiyaviy maqsadga yo'naltirilgan va voqealar ixcham bayon qilingan.Mazkur asarni eshitmagan yoki o'qimagan o'zbek o'zbek kitobxoni bo'lmasa kerak.Unda xalqimizning ijodiy-badiiy dahosi,fantaziyasi tafakkur tarzi tarrzi yaqqol aks etgan. Odatda mashhur hikoyani darsda o'rganish o'qituvchi uchun oson tuyulishi mumkin. Quyidagi Yovvoyi echkilar bilan cho'pon masalida ch'pon echkilarini yaylovga qo'yib yubordi.Bir payt qarasa,echkilari yovvoyi echkilar bilan o'tlashib yuribdi.Ertasiga havo buzuqligi tufayli echkilarni odatdagidek yaylovga olib chidolmadi.Cho'pon o'zining echkilariga nomigagina-o'lmagunday yem solgani holda,qo'lga o'rgatib olish niyatiga yovvoyi echkilarga mo'l-ko'l qilib to'kdi.Ertasi ,havo yurishib ketgach,echkilar tog'ga qarab ura qochdilar.Cho'pon ularni yaxshilikni bilmaydigan nonko'rlar,deya koyishga tushdi.Alqissa,yangi do'stlarni eskilardan afzal tutuvchilar bilan do'stlashishga shoshilmang,zero yana yangi do'stlar orttirganda siz ham eskilardan bo'lib qolasiz.Do'stlik degan so'zbilan sadoqat,do'stga sodiqliktushunchasi doimo yanma-yon kelmog'I lozim.Inson hayoti davomida juda qaltis vaziyatlarga tushishi,turli sinovlarga duch kelishi mumkin.Ana shunday sharoitda faqat o'z manfaatini o'ylab,Sizni yolg'iz tashlab ketadigan yoki boshqa odamlarni d'st tutib ketadiganlardan nariroq bo'lgan ma'qul.Ezop insonlar tabiatidagi tuban illatlarni ,yaramas xususiyatlarni juda aniq anglab,lo'ndagina majoziy voqea asosida uningmohiyatini ko'rsatib beradi.Quruq safsata yoki pand-nasihat bilan emas,aynan bo'lishi,uchrashi mumkin bo'lgan hayotiy shartli-ramziy hikoyat vositasida kata

NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

tarbiyaviy ahamiyatga ega bir shaklda ifoda etadi.Ezop masallarini insonlardagi barcha yuksak va chirkin xususiyatlarni mujassam etgan ibratnoma deb atash mumkin.

"Dehqon va uning bolalari" masalida vaqt qazosi yetib qolganini sezgan bir keksa dehqon o'zidan keyin bolalarining yaxshi mirishkor dehqon bo'lib, yaxshi hayot kechirishlarini xohlabdida, ularni o'z qoshiga chorlab shunday debdi: "Bolalarim, bog'imizdagi toklarning tagiga men xazina ko'mganman".Chol qazo qilibdi, o'g'illari uni dafn etib kelib, darhol belkurak va ketmonlar bilan butun bog'ni kovlab,chopib chiqishibdi, ammo hech qanday xazina topmabdilar. Vale yaxshi ishlov berilgan toklar ko'z ko'rib, quloq eshitmagan bemisl mo'l hosil keltiribdi.Ushbu masalda mehnat orqali hamma narsaga erishish mumkinligini, mehnatning mevasi-odamlar uchun xazina ekanligini anglashimiz mumkin va bolalarni, kitobxonlarni mehnatga da'vat etadi."Qurbaqalar" masalida ikkita qurbaqa o'z maskanlari bo'lmish ko'lmakda suv qurib qolganidan keyin boshqa suvli yerni qidirib yo'lga tushadilar. Mana ular bir quduq oldiga keladilar: shunda birinchi qurbaqa: "Kel, tezroq quduqqa sakrab tushaqolaylik-o'ylab o'tiramizmi?" deydi. Lekin ikkinchi qurbaqa homrohiga javoban shunday deydi: " Bordiyu bu yerda ham suv qolmasa, quduq ichidan qanday chiqamiz?" deya mulohaza qiladi. Masalni o'qishda bolalar qurbaqa timsoliga tanqidiy nazar bilan yondashadilar, agar o'zining hayotida biron-bir shunday holat-voqea yuz bersa, uni boshqa takrorlamaslikka o'rganadilar. Masalning, avvalo, ixchamliligi, tilining qisqa va lo'ndaligi, soddaligi, o'tkirligi va xalqchilligi bola hissiyotiga qattiq ta'sir qiladi.

Boshlang'ich sinf tarbiya darsalarida xalq og'zaki ijodidan bolalarga topishmoq aytish, uning javobini topish va xulosalar chiqarish, o'quvchilarni faqatgina o'sha aytilayotgan topishmoqning javobini topish uchun harakat qilishidagina emas, balki bolalar o'rtasida bir-biriga mehr, do'stlik, o'rtoqlik, hamjihat bo'lib harakat qilish kerakligi haqida fikrlar bildirilgan.

Ayni paytda, o'qish,tarbiya darslarida xalq og'zaki ijodi namunalari vositasida tarbiyalashga yo'naltirilgan pedagogik jarayonlarni takomillashtirishda boshlang'ich sinf pedagog-tarbiyachilari tomonidan bolalarni tarbiyasida amalga oshiriladigan ishlarning mazmun-mohiyati va yo'nalishiga ko'ra rejalashtirish va tashkil qilish funksiyalari quyidagi jarayonlarda amalga oshiriladi: - maqsadi, vazifasi va shakliga ko'ra xalq og'zaki ijodi turlaridan foydalanish uchun mashg'ulot va uchrashuv, suhbat jarayonlarini rejalashtirish va loyihalashtirish; - modellashtirish, ya'ni tashkil qilinadigan pedagogik jarayonlarda xalq og'zaki ijodidan foydalanishda o'quvchilar uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratish va ularning imkoniyatlarini inobatga olgan holda faolligini ta'minlash bo'yicha vazifalarni oldindan belgilash; - yaratilgan shart-sharoitlar va mavjud vaziyatlarga ko'ra tarbiya darslarini tashkil etilishini nazorat qilish, ibrat, namuna ko'rsatish, tahlil qilish va ob'ektiv baholash asosida rag'batlantirish.

Masallarda biz har qanday ishga kirishishimizdan oldin qilmoqchi bo'lgan ishimizni puxta mulohaza qilib ko'rmog'imiz lozimligini anglab yetishimiz mumkin."Ho'kizlar va aravaning o'qi" masalida bir juft Ho'kiz yuk ortilgan aravani tortib borardi, aravaning o'qi esa tinmay g'ijirlardi. Shunda Ho'kizlar boshlarini o'girib dedilar: "Ey o'q! Axir butun og'ir yukni tortib ketayotgan bizlarku, sen nega ingraysan?" Bu masallarning

NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

qahramonlari ham hayvonlar: buzoqcha, chumoli, tipratikan, toshbaqa, chayon. Majoziy qahramonlarni tanlashda ham yozuvchi har bir hayvonning xususiyatidan kelib chiqadi. Masalan, buzoqchalar arqondan bo'shatib yuborilsa, shataloq otib, uzoq-uzoqlarga ketib qoladi. Qaysar buzoqcha ham to'dasidan ajralib, bo'riga duch keladi, ya'ni ko'ngilsiz voqea yuz beradi. Buzoqcha orqali onasidan uzoqlashib ketgan bolalar, vatanidan yiroqda turli kulfatlarga duch kelayotgan kishilar nazarda tutilgan. "Chumoli va Tipratikan" masalidagi majoziy qahramonlar ham aslida jamiyatimiz a'zolaridir. Chumoli hayotdagi halol, pok, to'g'riso'z insonlar bo'lsa, tipratikan o'g'ri, qallob birovning ustidan kuladigan kishilar timsolidir. "O'jar Toshbaqa" masalidagi Toshbaqa hayotdagi o'jar, qaysar, o'z bilganidan qolmaydigan, ko'ngli tusaganini qiladiganlar timsolidir. Boshlang'ich sinflarda masalni o'rganayotganda bolalarni masalni ifodali o'qishga va uning mazmunini qisqa, ba'zan bir necha so'z bilan aytib berishga, ayrim qatnashuvchilarning xarakterli xususiyatlarini aniqlab, o'zaro qiyoslashga o'rgatish muhim ahamiyatga ega. Ushbu masalda ba'zi odamlar ham shunaqaligini, ter to'kib ishlaydiganlar boshqayu, ular o'zlarini ishlayverib qiynalib ketgandek qilib ko'rsatadiganlarni anglab olishimiz mumkin.Ko'rib turganimizdek, Ezop masallari hayotiyligi bilan odamlarning fazilatu nuqsonlari, qusur -kamchiliklari, noto'g'ri xatti harakatlarini aniq ko'rsatib berib olgani, ma'naviy ibrati bilan hozir ham o'z ahamiyatini to'la saqlab kelmoqda.Vatan va vatanparvarlik tarbiyasi haqida tushuncha, boshlang'ich sinf o'quvchilarini vatanpavarlik ruhida tarbiyalashning milliy, tarixiy asoslari.Vatanparvarlik tuyg'usi kishining o'z Vatani va uning tabiatiga, xalqiga, xalqining o'tmishdagi va hozirgi qahramonligiga, tili va san'atiga bo'lgan otashin muhabbatini ifodalaydi.Qadim zamonlardan buyon xalqning o'z Vataniga muhabbati qo'shiqlarda, ertaklarda va sharq mutafakkirlarimizning nodir asarlarida tarannum etib kelinadi. Vatanga muhabbat tuyg'usi insonlarni har doim mehnat qahramonligiga, xalqning baxt- saodati uchun kurashga undaydi. ''Asalari boquvchi odam'' masala ham juda ibratli, mazmunli asar hisoblanadi.Asalarichi ancha yillar mobaynida bor mehrini bag'ishlab ,tinimsiz mehnat qilib asalarilarni boqadi.Ammo,xo'jalik egasining mehnatiga yarasha asalarilar uni chaqib ketishadi,Qissadan hissa shuki, do'st bilan dushmanni farqiga bormaydigan ba'zi insonlarga atagan.Ya'ni sadoqatli do'stni qadriga yetish,ardoqlash, mehnatini e'zozlash lozimligi uqtiriladi.Ba'zi insonlar haqiqiy do'stlikni qadriga yetmay uni o'zlaridan itaradilar va uzoqlashadilar.Do'st bilan dushmanni farqiga yetmay ,ajrata olamaydilar.Ko'pincha,maktab yoshidagi bolajonlar bu masalni ko'proq o'qishadi,uning qahramonlaridan o'rnak olishadi, yaxshi taasurotga ega bo'lishadi.

Ezop masallarining dunyoda ko'plab tillarga tarjima qilinishi ham be'jizga emas, albatta. Masallar yosh avlodni o'sib ulg'ayishida axloqiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lib ularning o'qishlari va kelajakda yaxshi ,yetuk inson bo'lib gavdalanishida muhim omil bo'lib xizmat qiladi.Shu bilan birga, ularning kitobxonlik doirasini ham kengaytiradi. Xulosa qilib aytganda, masallar va hikmatli so'zlar o'sib kelayotgan yosh avlodni yetuk ,mukammal inson sifatida voyaga yetishishiga xizmat qiladi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xapkimiz bilan birga kuramiz. -Toshkent, O'zbekiston, 2017. - 488 b.

2. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik Uzbekistan davlatini birgalikda barpo etamiz. - Toshkent, O'zbekiston, 2016. - 56 b.

3. Ezop masallari.T:G'G'ulomov nomidagi nashiryot matbaa ijodiy uyi, 2010

4. N.Hatamov, B.Sarimsaqov. Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o'zbekcha izohli lug'ati.T:"O'qituvchi",1989.

5. Q.Mirhamedov "Ezop masallari" tarjimasi

6. Abdultoa Q., Safarova R. va b. Boshlang'ich ta'lim davlat ta'lim standarti. Boshlang'ich ta'limi, 6-son. -T.: - 1998. - B. 9-6.

7. Ahmedov S. va boshq. Adabiyot. 5-sinf uchun darslik. - Toshkent: "Sharq", 2014. - 174.

8. «Bir qalpoq oltin». «Cho'lpon» nashriyoti, Toshkent, 1995 y

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

Nosirova Dilfuza Mustafoyevna .o'qituvchi [Носирова Дилфуза Мустафоевна,

ук,итувчи], [Dilfuza.M.Nosirova, teacher]; manzil: O'zbekiston, 117036, Buxoro, Namozgoh ko'chasi, 5/57 [адрес: Узбекистан, 117036, Бухара, улица Намозгох, 5/57.], [address: Uzbekistan, 117036, Bukhara, Namozgoh Street, 5'57.]; mexrigiyouktamova@gmail.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.