Научная статья на тему 'ESHITISHIDA NUQSONI BO’LGAN BOLALAR VA KASALLIKNING KELIB CHIQISH SABABLARI'

ESHITISHIDA NUQSONI BO’LGAN BOLALAR VA KASALLIKNING KELIB CHIQISH SABABLARI Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
22
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Nutq eshituv / idrok / eshituv analizatori / analizator / fonematik eshitish / tovushlar talaffuzi / logoped.

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Zebo Davlatovna Hasanova, Inoyatova Dilnora Ilhomovna

Ushbu maqola orqali eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarning kasallik tarixi. Karlar va qisman kar bo’lib qolgan bolalar.eshitishida nuqsoni bor bolalarning nutqini rivojlantirish, nutqni harakatga keltiruvchi analizator eshituv analizatori bilan mahkam bog‘langan holda ishlaydi, eshituv analizatorining rivojlanish darajasi esa ko‘p jihatdan talaffuzga bog‘liq. Bola nutqining o‘sib borishi tovushlar talaffuzini kabi tomonlarini rivojlantirish usullari haqida ma’lumotlar yoritib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ESHITISHIDA NUQSONI BO’LGAN BOLALAR VA KASALLIKNING KELIB CHIQISH SABABLARI»

YANGI O'ZBEKISTON TALABALARI AXBOROTNOMASI

www.in-academy.uz

ESHITISHIDA NUQSONI BO'LGAN BOLALAR VA KASALLIKNING KELIB CHIQISH SABABLARI

Zebo Davlatovna Hasanova

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti "Metrologiya va standartlashtirish" kefedrasi p.f.f.d. phD, dotsenti Inoyatova Dilnora Ilhomovna

Osiyo xalqaro universiteti "Pedgogika va psixologiya" yo'nalishi magistri

ARTICLE INFO ABSTRACT

Ushbu maqola orqali eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarning kasalhk tarixi. Karlar va qisman kar bo'lib qolgan bolalar.eshitishida nuqsoni bor bolalarning nutqini rivojlantirish, nutqni harakatga keltiruvchi analizator eshituv analizatori bilan mahkam bog'langan holda ishlaydi, eshituv analizatorining rivojlanish darajasi esa ko'p jihatdan talaffUzga bog'liq. Bola nutqining o'sib borishi tovushlar talaffuzini kabi tomonlarini rivojlantirish usullari haqida ma'lumotlar yoritib o'tilgan.

Bola tug'ilganidan boshlab uning barcha sezgi organlari rivojlana boshlaydi. Sezgi organlari orqali bola tashqi muhitda bo'layotgan voqea-hodisalarni anglaydi va tushuna boshlaydi shu orali bolada ko'nikma paydo bo'laveradi. Tashqi muhitdan informatsiya ola boshlaydi. Inson tashqi muhitdagi informatsiyani ko'rish orqali oladi. Ko'rish bu insonning birinchi o'rinda turuvchi sezgi ko'rgani. Bola tug'ilganidan boshlab 10-11 kunligidan dunyoni oq qora fonda ko'ra boshlaydi. 40 kun o'tgandan so'ng boshqa ranglarni ham anglay boshlaydi. Ikkinchi o'rinda eshitish organi turadi. Eshitish orqali bolada tushuncha paydo bo'ladi. Bolalar 1 yoshga to'lar- to'lmas dada, aya, xola kabi ochiq bo'g'inli so'zlarni eshitib taqlid orqali ayta boshlaydi[1,2].

Bolaning nutqini rivojlantirish uchun to'liq eshitish juda muhimdir. Kichkina bola eshitish yordamida tilning eng murakkab tizimini egallaydi; talaffuz qobiliyatlarini egallaydi; juda ko'p sonli so'zlarning tovush tarkibini, ulardan foydalanishni o'rganadi, so'zlarning grammatik o'zgarishlarida va jumlalarni qurishda mavjud bo'lgan ma'noni tushunishni o'rganadi[3,4].

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi «2017-2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori asosida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017- yil 19-iyuldagi «Maktabgacha ta'lim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish to'g'risida»gi qarorida «Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta'lim muassasasi to'g'risida»gi nizomda eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarni bilish imkoniyatlariga muvofiq tarbiyalash, nuqsonlarini korreksiyalash, imkoniyatiga

Qabul qilindi: 08-yanvar 2024 yil Ma'qullandi: 15-yanvar 2024 yil Nashr qilindi: 18-yanvar 2024 yil

KEY WORDS

Nutq eshituv, idrok, eshituv analizatori, analizator, fonematik eshitish, tovushlar talaffuzi, logoped.

muvofiq maktab ta'limiga tayyorlash, jamiyatda moslashuviga ko'maklashish talablarlari qo'yilgan.

1-rasm: Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarning nutqini shakllantirish metodik

sxemasi

Surdupedagogika- bu fan eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarni o'rganuvchi fan. Nutq -murakkab ruhiy faoliyatdir. U ruhiy jarayonlarning tarkib topishiga va bolaning umuman barkamol bo'lib o'sishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Nutq eshituv organlari vositasi bilan idrok etishga asoslangan bo'lib, atrofdagilarga taqlid etish yo'li bilan rivojlanib boradi[5]. Og'zaki nutqning shakllanishida eshituv analizatori, nutqni harakatga keltiruvchi analizator ishtirok etadi. Nutqni harakatga keltiruvchi analizator eshituv analizatori bilan mahkam bog'langan holda ishlaydi, eshituv analizatorining rivojlanish darajasi esa ko'p jihatdan talaffuzga bog'liq. Bola nutqining o'sib borishi tovushlar talaffuzi, fiziologik va fonematik eshitishning kamol topib borish darajasi bilangina xarakterlanib qolmay, balki eng muhimi - o'z nutqi va atrofdagilar nutqidagi so'zlarning tuzilishini, tovush tarkibini farqlay olish qobiliyati bilan ham xarakterlanadi[6]. So'z tarkibini anglab olishdan iborat bu qobiliyat grammatik va leksik komponentlarning rivojlanishida ham muhim ahamiyatga ega. Logopedlar asosan bolada nuqtni shakllantirishga harakat qiladi. Eshitishida nuqsoni bor bolalar ham kar va qisman karlarga bo'linadi[7].

N. Neyman eshitish chastotalari maydoni yordamida qabul qilishiga ko'ra 4 ga bo'ladi:

1. chastotani qabul qiladiganlar 150-250 Gk bu bolalar bironta tovushni eshitmaydi.

2.125-250-500 Gk chastotani qabul qiladi. A va U harflarini ajrata oladilar.

3.125-250-500-1000 Gk 3-4 unlilarni ajrata oladi.

4.125-2000 Gk yaqin va uzoq bo'lmagan gaplarni eshitadi. Tanish gap va so'z, unli va undoshni ajrata oladi.

Darajalarga bo'ladigan bo'lsak 3 ta darajaga bo'linadi:

1 darajali 50 Dbdan oshmaydi. 1 metrdan oshiqroq masofadagi so'z va tovush

balandligidagi gaplarni ajrata oladi[8].

2 125-8000 Gk darajali 70 Dbdan 1 metrdab kamroq masofada eshitadi.

3.3-darajali 73 Dbdan gap so'zlar yetib borishi qiyinlashadi.

2-rasm: Chastotani qabul qilish sxemasi

25 Dbdan eshitishi yo'qola boshlaydi. 85-90 Db karlikka olib keladi.

Eshitishida nuqsoni bor bolalarning kasalligining kelib chiqish sabablari:

Eshitish buzilishlari bolalarda turli infeksion kasalliklar oqibatida yuzaga keladi. Meningit, skormotika, otit, gripp kasalliklarini infeksion-yuqumli kasalliklar qatoriga kiritish mumkin[9]. Eshitish buzilishlari ichki, o'rta, tashqi quloqlarni shikastlanishi natijasida yuzaga keladi. Ichki quloq va quloq nervi shkastlangan bo'lsa, ko'pholatlarda karlik, agar o'rta qo'loq shikastlangan bo'lsa eshitish pasayishi kuzatiladi. Maktab davrida ovoz tassurotlarining yuqori chastotasi ham eshitishning yuqori chastotasi ham eshitish qobiliyatini pasayishiga olib kelishi mumkin. Bolada eshitish nuqsoni yuzaga kelishga xomiladorlikni noqulay davom etishi, onaning virusli kasalliklari ham muhim rol o'ynaydi. Eshitish buzilishi sabablari eshitish sezgilarini tug'ma deformatsiyasi, eshitish nervining atrofi, ximik zaxarlanish, tug'ish davridagi travmalar, mexanik travmalar, kuchli ovoz ta'sirotlarining akustik ta'siroti bo'lishi mumkin. Eshitish buzilish o'rta qo'loqni o'tkir shamollashi oqibatida yuzaga kelishi mumkin. Eshitishning qat'iy buzilishi burun va halqum (adenoid, xronik shamollashish) kasalliklari natijasida ham kuzatiladi[10]WBu kasalliklar chaqaloqlik chog'ida jiddiy xavf soladi. Eshitish pasayishiga ta'sir qiluvchi omillar orasida ototopsik preporatlar asosan antibiotiklar muhim o'ringa egadir.

Eshituv funksiyasi buzilishi asosan chaqaloqlik davrida ko'p uchraydi. L.V.Neylan eshitish buzilishlari 70 %ni bolaning 2-3 yoshlarda kuzatilishini e'tirof etib o'tadi. Bola hayotining keyingi yillarida eshitishni pasayishi kam kuzatiladi.

Eshitishda nuqsoni mavjud bolalar ta'lim - tarbiyasida tushurib qoldirilgan yillar, yuqori sinflarida konpensatsiya qilinaolmaydi, buzulishlarni bartaraf qilinishi uchun uzoq muddat, kuch talab etadi. Ruxiy rivojlanish jarayonida birlamchi va ikkilamchi buzulishlar o'rtasidagi iarxik munosabatlar buzuladi. Ta'lim jarayonidagi dastlabki to'siq - bu birlamchi nuqson sanaladi. Keyingi bosqichlarda psixik rivojlanishi buzulishdagi ikkilamchi nuqsonlar bolaning ijtimoiy adaptatsiyasiga to'sqinlik qila boshlaydi[11]. Buzilishlarning barcha tiplarida bolaning ruxiy rivojlanishida o'ziga xos qonun - qoidalarni tasniflash mumkin (B.I.Lubovskiy). Buzulishning barcha tiplarida ma'lumotni qabul qilish, qayta ishlash, saqlash va qo'llash qobiliyatini pastligikuzatiladi.

Xulosa qilib, eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalarni ruhiy tuzilishlarini bartaraf etish, uning birlamchi nuqsonni ikkilamchi va uchlamchi nuqsonni yuzaga keltirilganligi maxsus tashkil etilgan ta'lim tarbiya jarayonida amalga oshadi. Eshitishida nuqsoni bor bolalarga gapirishni qisman bo'lsada logopedlar o'rgatadi. Ortikulyatsion apparat bilan qo'l baravar ishlaydi. So'ngra bola qiynalmasdan asta sekin gapirishni yo'lga quyishi mumkin.

Adabiyotlar:

YANGI OZBEKISTON TALABALARI AXBOROTNOMASI

www.in-academy.uz

1. Hasanova, Z., & Inoyatova, D. (2023). THE ROLE OF INFORMATION TECHNOLOGY IN THE PREPARATION OF HEARING IMPAIRED CHILDREN FOR SCHOOL EDUCATION. International Bulletin of Engineering and Technology, 3(6), 198-202.

2. Хасанова, З. Д. (2014). РАЗВИТИЕ ЭТИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ У БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ ПОСРЕДСТВОМ АРТ-ПЕДАГОГИКИ. The Way of Science, 36.

3. Abdurasulovich, K. J., Abdurasulovich, K. O., Yangiboevich, K. M., Anvarovich, A. A., & Xolmurodovich, G. A. (2020). Opportunities and results to increase the effectiveness of multimedia teaching in higher education. Journal of Critical Reviews, 7(14), 89-93.

4. Хужжиев, М. Я. (2020). Возможности повышения эффективности мультимедиа в процессе урока. Universum: психология и образование, (1 (67)).

5. Mamurjon Yangiboyevich Khujjiyev, Azam Anvarovich Alimov, Zayniddin Rashidovich Khujanazarov, Azizjon Kaimovich Khojiev/Effect Of Cognitive-Visual Aids In Improving The Quality Of Teaching The Special Subjects/ European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. 8 No. 11, 2020 Part II ISSN 2056-5852

6. Maxmudovich, X. M., Kuchkorovich, J. A., & Xo'Jjiyev, M. (2021). Technology of using E-learning modeling programs in teaching special subjects in professional education. Psychology and Education Journal, 58(1), 5403-5411.

7. Abdurasulovich, K. J., Anvarovich, A. A., Mamatkulovich, Y. U., Yangiboevich, K., & Sobirovna, M. M. (2020). The advantages of the methodology of preparing students for innovative activity on the basis of visual teaching of special disciplines. Journal of Critical Reviews, 7(14), 12441251.

8. Abdirahim o'g'li, Q. Z., & Salomovna, K. S. (2023). METHODS FOR DETERMINING DEFECT LEVELS FOR LABORATORY DEVICES. Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan, 1(9), 645-651.

9. Таиров, Б. Б., Хужжиев, М. Я., & Угли, К. З. А. (2023). ПРОГРАММНО-МЕТОДИЧЕСКИЕ ВОЗМОЖНОСТИ ОБУЧЕНИЯ НА ОСНОВЕ КОГНИТИВНО-ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОГО ПОДХОДА В ПОДГОТОВКЕ ИНЖЕНЕРОВ-ТЕХНИКОВ. Universum: технические науки, (5-2 (110)), 2936.

10. Anvarovich, A. A., Djurayevna, T. G., & Gulomovna, M. M. THE ROLE AND SIGNIFICANCE OF USING THE VISUAL-COGNITIVE APPROACH IN HIGHER EDUCATION.

11. TAMOYILLARI, B. A. O. D. MASOFAVIY TA'LIM ORQALI UMUMKASBIY VA IXTISOSLIK FANLARINI KOGNITIV-VIZUAL YONDASHISH ORQALI, TALABALAR

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.