BADIIY ASAR TAHLILI JARAYONIDA NUTQDA KAMCHILIGI BOR BOLALAR
BILAN ISHLASH 1Bakiyeva Hilola Sapayevna, 2Zayniddinova Muborak To'lagan qizi
1Nizomiy nomidagi TDPU pedagogika fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD).
2Nizomiy nomidagi TDPU ta'lim va tarbiya nazariyasi yo'nalishi 1-kurs magistranti 2Tel: +99894 145 87 08 e-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.10804767
Annotatsiya. Mazkur maqolada nutqida nuqsoni bo 'lgan bolalarni nutqini rivojlantirish usullarining samaradorligini baholash, o 'qish savodxonligi darslarida berilgan badiiy asarlarni taxlil qilish orqali ularning tovush talaffuzini yaxshilashga qaratilgan ish usullari va ularning sistematik bog 'lanishi keltirib o 'tilgan.
Kalit so'zlar: Nutq,tovush, idrok, diqqat, usul, ikki tillilik- duduqlik, analiz-sintez, patologiya.
Yangi O'zbekistonimizda olib borilayotgan yangi, keng qamrovli o'zgarishlarga nazar tashlasak, hukumatimiz tomonidan inson manfaatlarini k'ozlash va himoyalash jarayonida jamiyatimizning alohida yordamga muhtoj qatlamiga jiddiy e'tibor qaratib kelinayotganini kuzatamiz. Nutqida nuqsoni b'olgan bolalarni boshqa barcha bolalar bilan teng imkoniyatlarga ega b'olishini ta'minlash, ularning turmush faoliyatidagi cheklanishlarni bartaraf etish, t'olaqonli hayot kechirishlariga, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy turmushida faol qatnashishlariga, shuningdek, 'ozlarining fuqarolik burchlarini bajarishlariga imkon beradigan qulay shart-sharoitlar yaratish davlatimiz insonparvarlik siyosatining asosiy mazmunini tashkil etmoqda. Shundan kelib chiqqan holda, nutqida birlamchi kamchiligi bor boshlang'ich maktab o'quvchilar bilan ishlash jarayonini uzviy o'qish savodxonligi darslariga bog'lagan holda, ulardagi bu kamchilikni ijobiy tarafga ma'naviy ozuqa olish va talaffuzni ongli chiqarishga odatlantirish usullari orqali bartaraf etishga harakat qildik.
Nutqda kamchiligi bor bolalar bilan ishlash asosan defektologiya va logopediya yo'nalishlarining ish turiga mansub bo'lishiga qaramasdan, tilshunos olimlar bu kasallik til bo'limlarining Orfoepiya-adabiy talaffus me'yorlarini o'rganuvchi bo'limiga ham taalluqli ekanini qayd qilishgan."O'zbek tilining izohli lug'ati"da "nutq-tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi; so'zlovchining til vositalaridan foydalanish jarayoni va shu jarayonning hosilasidir",-deb ko'rsatiladi. Bundan xulosa qilish mumkinki, nutqda kamchiligi bor bolalar bilan ishlashda ularning adabiy til me'yorlariga qay darajada amal qilishi, sheva va badiiy tildan qay darajada foydalanishi, nutq uslublariga ko'ra so'z boyligi muhum ahamiyat kasb etadi.
Defektologiya yo'nalishida nutq rivojlanmaganligining 3 turi mavjud bo'lib bu ham o'zga xos tarzda yosh davrlariga bo'linadi. Biz boshlang'ich maktab o'quvchilarining yosh davrlarini hisobga oladigan bo'lsak, bu nutq rivojlanmaganligining 2-bosqichiga to'g'ri keladi. Bu dastlabki keng qo'llaniladigan, odatdagi nutqning bo'lishi bilan xarakterlanadi. Bolalar oddiy jumlalardan foydalana biladilar, malum lug'at boyligiga ega bo'ladilar. Ular narsalar, hodisalar, alohida belgilar nomini ajrata oladilar. Lekin bunday bolalarda nutqning qo'pol darajada rivojlanmaganligi yaqqol ifodalangan bo'ladi. Ular ikki-uch so'zdan iborat gaplardan foydalanadilar. Lug'at boyligi shu yoshga mos keladigan normadan kam bo'ladi. Umumlashtiruvchi so'zlarni (mebel, kiyim, sabzavot, mevalar va boshqalarni) bilmasligi kuzatiladi. Harakat, belgini bildiruvchi so'zlardan foydalanishda qiyinchiliklar kuzatiladi, predmet nomini, rangini, shaklini, o'lchamini va boshqa belgilarini bilmaydilar. Eshitish va nutq bir-biri bilan chambarchas bog'liqdir, chunki bola
nutqining rivojlanishi uchun uning eshitish organining qobiliyati normal bo lishi kerak, ya'ni u eshitgan so'zlarini takrorlaydi, natijada uning nutqi rivojlanadi. Bolalarda nutq buzilishini yuzaga keltiruvchi sabablar ichida tashqi (ekzogen) va ichki (endogen) omillar, shuningdek, atrof-muhitning tashqi sharoitlari farq qilinadi.Biz taxlil qilmoqchi bo'lgan 2-darajali nutq buzilishida esa asosan tashqi(ekzogen) asosiy rol o'ynaydi. Psixik (shu bilan birga nutqiy) jarayonlarning shakllanishida biologik-ijtimoiy jarayonlarning birligi prinsipi - nutqiy sistemaning rivojlanishiga - nutqiy muhit, muomala, emotsional aloqa va boshqa faktorlarning ta'sirini aniqlash imkonini beradi. Eshitishi normal bo'lgan bolaning kar-saqov ota-ona qo'lida tarbiyalanishi, surunkali kasal bo'lib tez-tez kasalxonalarda davolanuvchi bolalarda nutqning rivojlanmay qolishi, oilada uzoq vaqt davom etuvchi ruhiy shikastlanish va ikki tillilik - bolada duduqlanishning yuzaga kelishiga sabab bo lishi, nuqtiy muhitning nutq rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatishiga misol bo'ladi.
Nutq kamchiligiga ega bolalarni tarbiyalash jarayonida ota-onalar va pedagoglar doimo o'z xulq-atvorni va o'zining mavqeyini anglash lozim. O'zaro rag'batlantirish, o'zaro hurmat, tartibni saqlash oila a'zolari o'rtasidagi o'zaro ta'sir nutq kamchiligiga ega bolalalarni psixogen reaktiv holatlar profilaktikasida jiddiy ro'l o'ynaydi. Nutqiy fikrlash, so'zlarning ma'nolari ,tushunchalar va mantiqiy jarayonlar asosida amalga oshiriladi. Bolalarda nutq patologiyasining bilish doirasining rivojlanishini o'rganuvchi tadqiqotchilar orasida L.S.Svetkaova, T.M.Pirsxalayshvili, E.M.Mastyukova, N.A.Chevelyeva, G.S.Syergevvalar idrokning turli ko'rinishlarini tadqiq qilganlar; G.S.Gumennaya xotira xususiyatlarini o'rgangan; O.N.Usanova, Yu.F.Gargusha, T.A.Fotekova diqqat-e'tiborni tadqiq qilishgan; I.T.Vlasenko, G.V.Guroves, L.R.Davidovich, L.A.Zaysyeva, V.A.Kovshikov, Yu.A.Elkin, O.N.Usanova fikrlash turlarining o'ziga xosligini o'rgangan; V.P.Gluxov tasaffurni tadqiq qilgan.
Qadimgi Rim pedagogi M.F.Kventlian o'zini "notiq"-" tarbiyalovchi kishi" deb hisoblanganligi uchun ham bolaning nutqini o'zgarishiga, nutqda uchraydigan nuqsonlarga e'tibor berdi. U bolalarning nutqi yoshlik chog'idanoq sof bo'lishi uchun kurashdi va shu sababli bolani uyda tarbiyalamoq uchun olinadigan enaga va murabbiylarning talaffuzi yaxshi bo'lishi kerak,deb uqtiradi.Shuningdek, Kventlian musiqiy ta'lim berish masalasiga ham bolaning nutqini yaxshilash nuqtayi nazaridan qaradi.Musiqa va tilni o'rganish talaffuzning yaxshilashishiga yordam beradi, nutqning uslubini yaxshilaydi, uni ifodali nutqqa aylantiradi, deb aytadi.Nutq nuqsoniga ega bolalarda tovushlarni ajratishda qiyinchiliklar uchraydi, bu esa nutqning tovush tomonini rivojlanishiga o'z ta'sirini ko'rsatadi.Bular yana ikkilamchi nuqson sifatida tovushlarni talaffuz qilishga ham o'z ta'sirini ko'rsatadi.Bunday bolalar nutqidagi kamchiliklar, artikulyatsion apparat kamchiliklari asosida tovush talaffuz funksiyasi to'liq bajarilmasligi natijasida fonematik qabul qilishga birinchi o'rinda ta'sir qilib, uning shakllanishiga yo'l qo'ymaydi. Qanchalik tovushlarni talaffuz qilishda tayanch kam bo'lsa, shunchalik fonetik namunalarni shakllanishiga sharoit bo'ladi.Fonematik eshitishning shakllanishi to'g'ri bolaning nutq tomonlarini hammasiga ta'sir qiladi, bolaning umumiy rivojlanishiga bog'liq bo'ladi. Tadqiqot jarayonida quyidagi natijalar olindi: nutqi rivojlanmagan bolalarda bilimidagi kamchiliklar tafakkur jarayoni va natijalariga va o'z-o'zini tashkil qilishning buzilishiga ko'proq ta'sir qiladi. Ularda atrofdagilar to'g'risida yetarli hajmda ma'lumotlar bo'lmaydi, borliqdagi predmetlarning xususiyatlari va funksiyalari haqida, hodisalarning sabab-tergov aloqalarini o'rnatishda qiyinchiliklar tug'iladi Ilmiy
tushunchalar qatorida korreksiya atamasi bo'lib bu " -to'g'irlash, yumshatish, hayotga moslashtirish, hayotda o'z o'rinlarini topishiga ko'maklashish" degan ma'noni bildiradi. Badiiy asar tahlili jarayonida biz korreksion ishlardan foydalanmiz. Nutqda kamchiligi bor bolalar bilan o'tkaziladigan korreksion ish, birinchi navbatda hissiyot va irodalarni shakllantirish,
atrofdagilarga ijobiy xulqli munosabatni rivojlantirishga qaratiladi. Aksariyat hollarda bunday bolalar atrof-muhitni salbiy narsalarga to'la deb bilishadi, do'stlar orttirishdan qo'rqishadi. Bunday hollarda "O'qish savodxonligi" darsligida bunga doir bir necha mavzularda berilgan badiiy asarlar ularning dunyoqarashini butunlay o'zgartirib yuborishi mumkin. Masalan, 1-sinf "O'qish savodxonligi" darsligining 43-sahifasida berilgan "Sovg'a" hikoyasi, 2-sinf "O'qish savodxonligi" darsligining 22-sahifasida "Yer yuzining bezagi" mavzuda kichik ilmiy-ommabop maqola berilgan. Bu maqolada Samarqand shahri haqida ma'lumot berilgan bo'lib, bola bu orqali o'zida turli emotsional hissiyotlarni kechiradi. 3-sinf darsligining 42-sahifasida "Maqsadiga erishgan bolalar", 4-sinf darsligining 69 va 72-sahifalarida berilgan "Kitob va boylik", "Fazoga sayr" kabi kichik badiiy asalarlar bunday bolalarda atrofdagi voqea va hodisalarni ijobiy tushuncha bilan qabul qilish va uni ravon nutq bilan ifodalash uchun dasturilamal bo'ladi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Hikoya qilish bolalarning jumlalarni grammatik jihatdan to'g'ri tuzish, tovushlarni, qo'shimchalarni to'g'ri talaffuz etish, yoshiga mos darajada tasviriy vositalardan to'g'ri foydalana olishiga yordam berib boriladi. Bu jarayonda berilgan badiiy asar ularning yoshiga va nutqining buzilganlik darajasiga mos bo'lishi va asar tahlili shartlari bilan uzviy bog'langan bo'lishi kerak. Masalan,1-sinf "O'qish savodxonligi" darsligida berilgan "Sovg'a" hikoyasi bolalar yozuvchisi Erkin Malik tomonidan yozilgan. Yozuvchi tomonidan tasvirlanayotgan birliklar va nutq vositalarining badiiy asar matnidagi o'zaro bog'liqligi o'quvchining yosh davriga ham mos. Asardagi bosh g'oya bu - o'quvchilarni kitob sevishga, kitobxonlikka, kitobni boylikdan ustunlik jihatlarini ajratishga qaratilgan. Aniqlik va qisqalik asarning birinchi ustunligidir.Syujet rivoji asosida asar qahramonlarining yangi-yangi qirralari ochila boradi. Bosh qahramon Doniyorning tug'ilgan kuni uchun kelgan bitta kitob boshqa bolalar e'tiborini tortadi. Asar hikoya janrida yozilgan bo'lib, uni tahlil qilish jarayonida ko'chma ma'noli jumlalarni ham kuzatish va tahlil qilish mumkin. Masalan, "ko'zi kitobchaga tushdi", "diliga tugib qo'ydi" shu va shunga o'xshash ma'noviy jihatdan tahlil qilinadigan so'zlar nutqida kamchiligi bor bolalarni nutqini boyitishga yordam beradi. Yozuvchi asarni sodda va ravon tilda yozganligi sababli ikkitilli bolalar ham uni o'qish malakalarining sifatlaridan biri hisoblangan tez o'qish orqali ravon so'zlashga erishishlari mumkin. Tez o'qish me'yoriy tezlikda o'qish bo'lib, bunda o'qish sur'ati matnning mazmunini tushunishdan ajralib qolmasligi kerak. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, nutqida kamchiligi bor bolalar doimo o'qish turining birinchisi hisoblangan ovozli o'qish bilan shug'ullanishlari lozim. Bu ularda eshitish va talaffus malakalarini rivojlantiradi. Badiiy asarni tahlil qilishning birinchi bosqichida o'qituvchi hikoya qilish metodidan foydalanadi va bu bosqich sintez- matnni yaxlit idrok etishga yordam beradi. Ikkinchi bosqich bu analiz bosqichi. Bu bosqichda o'quvchi va o'qituvchi teng ishlaydi. Grafik ish uslubidan foydalanish nutqida kamchiligi bor bolalar uchun samarali usul hisoblanadi. Voqealar ketma-ketligi rasmlar orqali o'quvchi tomonidan hikoya qilinadi va bu ish turning natijasi o'quvchi xotirasi, diqqati va nutqini rivojlantiradi.
Xulosa qilib aytganda, tadqiqot jarayonida quyidagi natijalar olinadi: nutqi rivojlanmagan bolalarda bilimidagi kamchiliklar tafakkur jarayoni va natijalariga va o'z-o'zini tashkil qilishning buzilishiga chek qo'yiladi; ularda atrofdagilar to'g'risida yetarli hajmda ma'lumotlar to'plana boshlaydi, borliqdagi predmetlarning xususiyatlari va funksiyalari haqida fikr yuritadilar, ularni nomlashga qiziqadilar; talaffuzni shakllantirish ishi yakka tartibdagi (guruhli va frontal) mashg'ulotlarda amalga oshiriladi. Sanalganlar qatorida eng muhimi esa, bolaning bilish faoliyatini rivojlantirishda tarbiyachi va ota-onaning hamkorligini rivojlantirish ustuvor vazifa hisoblanadi.
REFERENCES
1. Matchonov.S, Bakiyeva.S, Gulyamova.X, Yo'ldosheva.Sh, Xolboyeva.G BOSHLANG'ICH SINFLARDA ONA TILI O'QITISH METODIKASI "Ishonchli hamkor" - 2021. -T.232b
2. Bakiyeva.H.S 4-SINF O'QISH DARSLARIDA ADABIY TAHLIL KO'NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH "Nodirabegim" - 2021. -T.48b
3. Ayupova M.Yu. LOGOPEDIYA. O'zbekiston faylasuflar Milliy jamiyati. T.: 2007y.
4. Nurkeldiyeva D.A., Ayupova M.Y.,Axmedova Z.M. "BARMOQLAR MASHQI VA LOGOPEDIK O'YINLAR". Toshkent "Yangi asr avlodi" 2007.
5. Po'latova P.M. MAXSUS PEDAGOGIKA (OLIGOFRENOPEDAGOGIKA). T.: G'ulom",2005y
6. Islomova, O. (2022). NUTQ BUZILISHLARI PSIXOPROFILAKTIKASIDA TURLI XIL PSIXOLOGIK O'YINLARNI TASHKIL ETISH. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 2(5). извлечено от https://ppmedu.jspi.uz/index.php/ppmedu/article/view/4821
7. Malikaxon Qodirova, МАШЕУЛОТЛАР ВА УЛАРНИНГ БОЛА ИДРОКИНИ ШАКЛЛАНИШИДАГИ А^АМИЯТИ , Журнал Педагогики и психологии в современном образовании: № 1 (2021): Zamonaviy ta'limda pedagogika va psixologiya fanlari
8. Aydarova.U, Azizova.N "1-sinf O'QISH SAVODXONLIGI" - Toshkent: "Novda Edutainment", 2023- 45b