Научная статья на тему 'ESHITISHDA VA AQLIY RIVOJLANISHIDA NUQSONI BO'LGAN BOLALARNI O'QITISH'

ESHITISHDA VA AQLIY RIVOJLANISHIDA NUQSONI BO'LGAN BOLALARNI O'QITISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
105
37
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kar va zaif eshituvchilar maktabi / tibbiy-pedagogik komissiya / yordamchi sinf / savodga o'rgatish / daktil nutqqa o'rgatish / nutqni rivojlantirish / kar oligofren bolalar / korreksiya / differensial.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Olimova Nodirabegim Ibrohimjon Qizi, Sulaymonova Shahnoza Alisher Qizi

Eshitishida va aqliy rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarni o'qitish xususiyatlari, eshitishda va aqliy rivojlanishida muammosi bo'lgan bolalar ta'lim va tarbiyasining tashkil etilishi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ESHITISHDA VA AQLIY RIVOJLANISHIDA NUQSONI BO'LGAN BOLALARNI O'QITISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

ESHITISHDA VA AQLIY RIVOJLANISHIDA NUQSONI BO'LGAN BOLALARNI

O'QITISH

1Olimova Nodirabegim Ibrohimjon Qizi, 2Sulaymonova Shahnoza Alisher qizi

1 Fargona davlat universiteti Maktabgacha talim kafedrasi maxsus pedagogika yo'nalishi

o'qituvchisi

2Farg'ona davlat universiteti, Maktabgacha ta'lim kafedrasi Maxsus pedagogika( surdopedagogika) yo'nalishi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11046838

Annotatsiya. Eshitishida va aqliy rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarni o'qitish xususiyatlari, eshitishda va aqliy rivojlanishida muammosi bo'lgan bolalar ta'lim va tarbiyasining tashkil etilishi.

Kalit so'zlar: kar va zaif eshituvchilar maktabi, tibbiy-pedagogik komissiya, yordamchi sinf, savodga o'rgatish, daktil nutqqa o'rgatish, nutqni rivojlantirish, kar oligofren bolalar, korreksiya, differensial.

Eshitishida va aqliy rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar kar va zaif eshituvchilar maktabida ta'lim oladilar. Bolalarga yordamchi sinflarga yo'llanma beriladi. Yo'llanma berishdan oldin 2 ta hujjat aniqlanishi kerak. Bular kar va zaif eshituvchilar maktabi tuzilishi va bolalarni maktabga qabul qilish tartibi, tibbiy-pedagogik komissiya hujjati bo'lishi lozim. Kar va zaif eshituvchilar maktabiga " kar va eshituvchi oligofren debil daraja" dagi bolalar qabul qilinadi.

Yordamchi sinf o'quvchilari 5-7 ta, tarbiya guruhida 10-14 ta boladan iborat bo'ladi. Ularning ta'lim mundarijasi 2 ta hujjatdan iborat: o'quv rejasi va dasturidan. Ta'limning asosiy maqsadi kar va zaif eshituvchi aqli zaif bolalarni hayotga tayyorlash, mehnatga, o'z ehtiyojlarini qondirishga o'rgatishdan iborat. O'quv jarayoni 2 ta masaladan iborat: kar va zaif eshituvchilar maktabi oldiga qo'yiladigan maqsad nutqni korreksiyalash va rivojlantirish, ularning bilish faoliyatini korreksiyalash va rivojlantirish.

Yordamchi sinflar o'quv rejasi 9 yil ta'limdan iborat. Bu 9 yil ichida bolalar ona tili, matematika va boshqa fanlar boshlang'ich tushunchasini o'rganadilar. Kar bolalar maktabi yordamchi sinflarida ushbu fanlar o'qitiladi: ona tili, matematika, tabiatshunoslik, geografiya, tarix, jismoniy tarbiya, tasviriy san'at va mehnat. Rejaga " ijtimoiy mo'ljal" fani ham kiritilgan. Kasbga yo'naltirish kar va aqli zaif bolalarga hayotga moslashishga yordam beradi.

" Savodga o'rgatish" (1-sinf), " Daktil nutqqa o'rgatish" (1-sinf), " Eshituv idrokini rivojlantirish va o'qitish" (1-4-sinflar), " Nutqni rivojlantirish" (2-4-sinflar)," Husnixat" (2-4-sinflar).Savodga o'rgatishdan oldin og'zaki-daktil qo'llashga o'rgatiladi. Alifbo bilan ishlash o'qitishning 2-yarim yilligida olib boriladi. Nutqning rivojlanishi bolalarning o'z faoliyatlari jarayonida rivojlanib boradi. Dastlab olib kel, ber, kel kabi shakllardan foydalaniladi. Keyin so'roq gaplarni idrok qilib ularga javob berish o'rgatiladi. Atrofdagilar bilan muomala orqali nutqning og'zaki, daktil va yozma shakllaridan foydalanishadi.

" Ijtimoiy-maishiy yo'naltirish" darsi ham o'ziga xos. Bu fanning vazifasi: o'quvchilarda o'ziga xizmat qilish ko'nikmalarini shakllantirish, uy ishlarini bajarish, atrof-muhitga to'g'ri munosabatda bo'lish. Bular : " shaxsiy gigiyena", " ovqatlanish", "kiyim va oyoq kiyim", " tibbiy yordam" va boshqalar.

Kar oligofren bolalar karlar maktabining, ba'zan yordamchi maktabning darsliklaridan foydalanishadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

Kar oligofrenlarning nuqsoni asosan dars vaqtida korreksiyalanadi. Matematik amallarni, tushunchalarni tushuntirish orqali bolalarning bilim faoliyati korreksiyalab boriladi. Bolalarga ularning xususiyatlarini inobatga olgan holda yakka yoki differensial yondashiladi.

Bunday bolalarni ko'proq mehnatga jalb etish kerak. Maxsus maktablarda mehnat ta'limi muhim o'rin egallaydi. Bolalarni 4-sinfdan boshlab o'zlari bajara oladigan mehnat turiga yo'naltirish kerak. Keyinchalik u shu mehnati yoki kasbi orqali o'z ehtiyojlarini qondira olishi kerak. Ularga tarbiya berish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Tarbiya orqali bolaga ijtimoiylashish, o'zini anglash va o'ziga, atrofdagilarga to'g'ri baho berish va yaxshi sifatlar o'rgatiladi.

Aqliy rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar psixologiyasi sog'lom rivojlanayotgan bolalar psixologiyadan farq qiladi. Aqli zaif bolalarning diqqati tarqoq va idrok qilishi juda sust bo'ladi. Aqli zaiflikni yo'q qilib bo'lmaydi, to'g'ri uni davolash mumkin lekin butunlay yo'q qilib bo'lmaydi. Bunday nuqsonga ega bolalarni ertaroq aniqlab ularda korreksion va pedagogik mashg'ulotlarni olib borish kerak. Bu jarayonda ulardagi ikkilamchi va mujassamlashgan nuqsonlar aniqlanib ularning oldi olinadi. Ularda ijtimoiy hayotga moslashtirish va o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish ko'nikmalari shakllantiriladi. Aqli zaif bolalarda xotira sust bo'ladi lekin bu degani unda xotira yo'q degani emas. Bunday bolalarning xotirasini rivojlantirish qayta-qayta takrorlash asosida korreksiyalanib boradi.

Eshitishi buzilgan bola hech qachon o'zi mustaqil ravishda nutqni egallay olmaydi. Agar bunday bola mahsus sharoitda maxsus yondoshish va maxsus uslublar bilan o'qitilmasa soqov bo'lib qoladi. Eshitmaydigan bola axborotni eshitish apparati analizatorining ishtiroksiz oladi u hamma narsalarni predmetlar, voqea va hodisalarni ko'rgani holda ular haqida hech qanday informatsiya olish imkoni yo'q. Bu esa o'z navbatida ikkilamchi nuqsonlarni keltirib chiqaradi. Karlik tufayli bolada ikkilamchi nuqsonlar vujudga keladi ya'ni soqollik ruhiy rivojlanishining orqada qolishi va hokazo. Chunki bu ikkilamchi nuqsonlar eshitmaslik tufayli vujudga keladi, barcha psixik jarayon, tafakkur, xotira, idrok, diqqat va butun bilish jarayoniga ta'sir qiladi.

Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarning ta'lim-tarbiya jarayoniga quyidagi vazifalar qamrab olingan:

- ular uchun munosib shart-sharoitlarni yaratish;

- jismonan baquvvat, aqlan, ma'naviy-axloqiy komil shaxs sifatida shakllantirish.

Ikkilamchi nuqsonlarini korreksiyalash. Ushbu vazifa o'z ichiga to'rtta maqsadni qamrab

oladi:

bolalarning og'zaki nutqini shakllantirish;

eshitish qobiliyatini rivojlantirish;

harakat kamchiliklarini bartaraf etish;

ijtimoiy hayotga moslashgan, pedagogik-psi-xologik jihatdan maktab ta'limiga tayyorlash.

Bunday bolalarning nutqini rivojlantirish murakkab jarayondir. Og'zaki nutqning shakllanishida eshituv analizatori - nutqini harakatga keltiruvchi analizatorlar ishtirok etadi. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarning og'zaki nutqini shakllantirish yo'llari muntazam o'rganib borilishi shart. Ya'ni, eshitish qobiliyatini shakllantirish, psixologik, korreksion pedagogik jihatdan tayyorgarlik, lug'at boyligini oshirish lozim.

Og'zaki nutqni shakllantirishda ta'limiy o'yinlar va didaktik materiallardan foydalanish maqsadga muvofiq. Bu orqali bolalarning lug'at boyligi oshadi, og'zaki nutqi shakllanadi, saqlangan eshitish qoldig'i rivojlanadi. Surdopedagog va tarbiyachining to'g'ri va aniq tashkil

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

etilgan hamkorligi guruhda ijobiy rivojlantiruvchi muhit yaratib, ta'lim-tarbiya jarayonining muvaffaqiyatini ta'minlaydi.

Yurtimizda innovatsion texnologiyalarga katta e'tibor qaratilmoqda. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar tarbiyasida ham innovatsion ta'lim joriy etish bo'yicha qator ishlarni amalga oshirish, ular uchun turli xil dasturlar yaratish, AKTlar asosida mashg'ulotlar o'tish, zamon talabiga mos mashg'ulot ishlanmalari yaratish kerak.

REFERENCES

1. Maxsus pedagogika ( surdopedagogika). Darslik. - Toshkent :"INNOVATSION ZIYO", 2020. - 255 - 291 BETLAR. D. A. Nazarova, Z. N. Mamarajabova

2. https://uzsd.uz/eshitish-imkonidan-cheklangan-bola-talim-olish-imkonidan-cheklangan-emas/

3. 37671_maxsus pedagogika majmua.2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.