Научная статья на тему 'ERON VA O‘ZBEKISTON IQTISODIY ALOQALARI'

ERON VA O‘ZBEKISTON IQTISODIY ALOQALARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Quljonov Ixtiyor

Ushbu tezis Eron va O‘zbekiston iqtisodiy aloqalari, ikki davlatning hamkorlikdan manfatlari ko‘zda tutilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ERON VA O‘ZBEKISTON IQTISODIY ALOQALARI»

ERON VA O'ZBEKISTON IQTISODIY ALOQALARI

Quljonov Ixtiyor Baxtiyor o'g'li

Toshkent Davlat Sharqshunoslik universiteti tyutori

Annotatsiya: Ushbu tezis Eron va O'zbekiston iqtisodiy aloqalari, ikki davlatning hamkorlikdan manfatlari ko'zda tutilgan.

O'zbekiston so'ngi vaqtlarda dunyo davlatlari, arab davlatlari va mintaqa davlatlari bilan munosabatlarga faol kirishmoqda hamda o'ziga yaqin bo'lgan Eron bilan ham aloqalarni mustahkamlamoqda. Sizda «nega aynan hozir», degan savol paydo bo'lishi mumkin. Bilamizki, Eron bir necha yillardan buyon izolyasiyada. 1979 yilda Eronda Islom inqilobi ro'y berganidan keyin Yevropa va AQSh bilan munosabatlar buzildi. Hozirda Eron sanksiyalar va iqtisodiy cheklovlar girdobida yashab kelmoqda. Bir tomondan bunga qoyil qolish kerak. Hamma davlatning ham iqtisodi bunga dosh bera olmaydi. Eron sanksiyalarga qaramay rivojlanmoqda. Bu tajribani o'rganish kerak. Qanday qilib bunday izolyasiya sharoitida rivojlanish mumkin? Siz bunga katta miqdordagi energiya resurslari sabab bo'lgan, deyishingiz mumkin. Lekin boshqa energiya resurslari bo'lgan davlatlarning hozirgi ahvolini ko'rib turibmiz. Misol uchun, Yaqin Sharq davlatlarining ayrimlari barqarorlikni saqlab qola olmadi. Eron bo'lsa, qanday qilib bo'lsa-da, barqarorlikni saqlab qolmoqda. Hatto, o'zining so'zini aytishga intilmoqda va butun dunyo Eronning siyosiy pozitsiyasini kuzatib boryapti. Umumiy manfaatlarimiz ko'p. Yana bir narsani aytish kerakki, Eron tashqi ko'rinishdan baquvvat davlat sifatida ko'ringani bilan uning aholisi ham, hukumati ham sanksiyalardan charchagan. Hozir Eron hukumati shu iqtisodiy cheklovlardan qutilish harakatida. Ammo Eron G'arbga emas, Sharqqa qarab intilmoqda. Eron rivojlanish bosqichining navbatdagi bosqichiga chiqishi uchun unga kuchli siyosiy o'yinchilar kerak. Hozirda bunga nomzodlar Rossiya va Xitoy bo'lib turibdi. Xitoyning «Bir kamar, bir yo'l» loyihasini qo'llab-quvvatlayotgan davlatlardan biri - bu Eron. Ayrim davlatlar bu loyihaga ehtiyotkorlik bilan qarayotgan bo'lsa, Eron bu loyihani tezlashtirish niyatida. Chunki bu loyiha

orqali Eronga yangi «kislorod» ochiladi va ushbu loyiha doirasida o'tkaziladigan temir yo'l Markaziy Osiyo orqali Eronga keladi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun ham bu loyiha juda muhim. Chunki O'zbekiston ham geografik nuqtai nazardan izolyasiyadagi mintaqada joylashgan. Bir dona mahsulotimizni chet elga eksport qilish uchun, kamida 2 ta davlatni bosib o'tishimiz lozim. Buni ustiga dengizga chiqish yo'limiz ham yo'q! Bizga eng yaqin dengiz portlari: Pokistondagi «Karachi» va Erondagi «Bender Abbas» portlari hisoblanadi.

Eron biz uchun juda muhim! Tasavvur qiling, bizni iqtisodiyotimiz juda kuchayib ketdi. Hamma narsani ishlab chiqarsak, lekin uni tashqariga sota olmasak, iqtisod o'z-o'zidan qulaydi. Shuning uchun, biz ishlab chiqarishni kuchaytirish barobarida, uni chetga sotish infrastrukturasini ham o'ylab ketishimiz kerak. Bu masalada Turkmaniston orqali Eronga chiqish biz uchun eng qulay yo'l. Biroq Eronda bu masalada bir qancha muammolar bor. Masalan, Eronning mashhur bo'lgan 2 ta porti asosan dengizga mo'ljallangan. Ya'ni, dengizdan mahsulotlarni qabul qilib, yana dengizga chiqarib yuboradi. Eronning quruqlik infrastrukturasi yaxshi rivojlanmagan. Shuning uchun Eron Xitoyning loyihasi orqali o'zidagi temir yo'l va avtomobil yo'llarini shakllantirib, quruqlikdagi logistikani rivojlantirmoqchi. Ikki mamlakat o'rtasida transportkommunikatsiya, neftkimyo, bank, bojxona, farmatsevtika, uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va giyohvand moddalarning noqonuniy tarqatilishiga qarshi kurash sohalarida keng hamkorlik yo'lga qo'yilgan. Hoz. kunda O'zbekiston va Eron munosabatlarining shartnomaviyhuquqiy asosini 50 dan ortiq hujjat tashkil etadi. O'zbekiston Respublikasi va Eron o'rtasida savdoiqtisodiy sohadagi o'zaro manfaatli hamkorlikning tamoyil va yo'nalishlarini belgilab beruvchi bir qator davlatlararo va hukumatlararo shartnomalar hamda idoralararo hujjatlar imzolangan. Ikki tomonlama munosabatlar „Savdoiqtisodiy aloqalar to'g'risida", „Sarmoyalarni o'zaro rag'batlantirish va himoya qilish", „Ikki tomonlama soliqqa tortishdan qochish va olingan foyda va kapitalga solinadigan soliqlar haqida ma'lumot bilan almashish to'g'risida"gi shartnoma va qator hukumatlararo memorandumlar bilan tartibga solinadi. 2004-yil yakuniga ko'ra,

O'zbekiston va Eron o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 370 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Eron O'zbekistondan paxta tolasi, rangli metall va undan yasalgan buyumlar, qora metall va metall buyumlar, mineral yoqilg'i, neft va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlar, mexanik stanoklar, xizmatlar, o'g'it, kimyoviy shtapel tolalari va hokazo oladi va O'zbekistonga bog'dorchilik mahsulotlari, o'simlik va hayvon yog'i, poyabzal, kimyoviy ip, kir yuvish vositalari, gilam va gilam mahsulotlari, plastmassa va undan tayyorlangan buyumlar, xizmatlar, to'qimachilik hamda organik kimyoviy mahsulotlar, kofe, choy, shirinlik va doridarmon yuboradi. 1993-yilning 18-oktyabr da imzolangan hujjat asosida O'zbekiston Respublikasi va Eron Islom Respublikasi o'rtasida Savdoiqtisodiy va ilmiytexnikaviy hamkorlik bo'yicha hukumatlararo komissiya tashkil etilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Fayzullayev S.A. Eron Islom Respublikasi tashqi siyosatining konseptual asoslari va yo'nalishlari // Oriental Journal of Sosial Sciences Volume 3, No. 05. Issue 05, 2023.

2. Fayzullayev S.A. Eron Islom Respublikasi tashqi siyosatining ustuvorliklari // Sharqshunoslar anjumani. - Toshkent: TDSHU, 2023. - 17-son. - B. 238-244.

3. Fayzullaev S. Sanction Policy in the Transformation of Modern International Relations: The Example of Iran, The Third International Conference on Peace and Conflict Resolution (ICPCR) -Tehran: University of Tehran, 2021.

4. Shavkat Mirziyoyev 2021-yil 5-aprel kuni mamlakatda amaliy tashrif bilan bo'lib turgan Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarifni qabul qildi. Uchrashuvda O'zbekiston bilan Eron o'rtasidagi siyosiy, savdoiqtisodiy, investisiyaviy, transport-logistika va boshqa sohalardagi hamkorlikning bugungi ahvoli va ularni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinganm.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.