Научная статья на тему 'O’ZBEKISTON BILAN POKISTON O’RTASIDAGI IQTISODIY ALOQALAR'

O’ZBEKISTON BILAN POKISTON O’RTASIDAGI IQTISODIY ALOQALAR Текст научной статьи по специальности «Прочие сельскохозяйственные науки»

CC BY
174
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
eksport / import / iqtisodiyot / o’sish dinamikasi / sanoat xom-ashyolari / iste’mol savatcha / qishloq xo’jaligi / savdo bitimi / tovar va xizmatlar almashinuvi / hamkorlik / iqtisodiy oqibat / logistik markaz.

Аннотация научной статьи по прочим сельскохозяйственным наукам, автор научной работы — Toxirov A.T., Sodiqova F.J, Nasriddinov D.Z

Maqolada O'zbekiston hamda Pokistonning o’zaro savdo-sotiq munosabatlari, ularning o’sish tendensiyalari, ushbu davlatlarning turli xil omillar tufayli bir-biriga ta’siri, kelajakda rejalashtirilayotgan hamkorliklar va investitsiya oqimini shakllantirish o’rganib chiqilgan. Shu bilan bir qatorda Pokiston bilan hamkorlik qilishning bizga nisbatan afzalliklari haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTON BILAN POKISTON O’RTASIDAGI IQTISODIY ALOQALAR»

O'ZBEKISTON BILAN POKISTON O'RTASIDAGI IQTISODIY ALOQALAR 1Toxirov A.T., 2Sodiqova F.J, 3Nasriddinov D.Z

1 TKTI, "SIM" kafedrasi k.o'qit.

2,3Talabalar, B21-16U MNT gr. TKTI, "SIM" kafedrasi +998943923833,

+998936060766 https://doi.org/10.5281/zenodo.8051229

Annotatsiya. Maqolada O'zbekiston hamda Pokistonning o'zaro savdo-sotiq munosabatlari, ularning o'sish tendensiyalari, ushbu davlatlarning turli xil omillar tufayli bir-biriga ta'siri, kelajakda rejalashtirilayotgan hamkorliklar va investitsiya oqimini shakllantirish o'rganib chiqilgan. Shu bilan bir qatorda Pokiston bilan hamkorlik qilishning bizga nisbatan afzalliklari haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: eksport, import, iqtisodiyot, o'sish dinamikasi, sanoat xom-ashyolari, iste 'mol savatcha, qishloq xo'jaligi, savdo bitimi, tovar va xizmatlar almashinuvi, hamkorlik, iqtisodiy oqibat, logistik markaz.

O'zbekiston hozirgi kunda ham iqtisodiy, ham madaniy jihatdan rivojlanish maqsadida tashqi davlatlar bilan ikkala tomon uchun manfaatli bo'lgan aloqalar o'rnatishga harakat qilmoqda. Bulardan biri sifatida Pokiston bilan bo'layotgan munosabatlarni misol keltirish mumkin. Ikki davlat o'rtasidagi munosabatlar 1991-yilda O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng o'rnatildi. Pokiston O'zbekiston mustaqilligini birinchilardan bo'lib tan oldi hamda bugungi kunda O'zbekiston va Pokiston poytaxtlarida ikki davlat elchixonalari faoliyat yuritib, o'zaro hamkorlikning izchil rivojiga ko'maklashmoqda. Shuningdek, mamlakatlar parlamentlarida do'stlik guruhlari tashkil etilgan, turli darajadagi siyosiy muloqotlar muntazam olib borilmoqda. Albatta, Pokiston bilan ko'p qirrali o'zaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama kengaytirish bugungi kunda o'z rivojlanishining yangi tarixiy bosqichida bo'lgan O'zbekiston manfaatlariga mos keladi.

Pokiston Markaziy Osiyo davlatlariga dengizga chiqish uchun eng qisqa yo'llardan birini taklif qilmoqda. Bundan tashqari, amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan Trans-Afg'on transport yo'lagi Markaziy Osiyoni dengizlarga olib chiqadi hamda u Hindistonga kirish eshigi bo'lish imkoniyatiga ham ega. Markaziy Osiyo davlatlari bilan Pokiston o'rtasida o'tmishdan beri amalga oshirishga harakat qilingan TAPI, TAP va CASA 1000 kabi turli loyihalar mavjud. Bu esa Pokiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari o'rtasidagi o'zaro munosabatlar har ikki tomon uchun ham birdek manfaatli ekanligini bildiradi.

YANGILANAYOTGAN O'ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA IQTISODIY FANLARNI

O'QITISHNING DOLZARB MASALALARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI _16-iyun, 2023- yil_

O'zbekiston Respublikasi mamlakatlar kesimida tovar va xizmatlar eksporti ro'yxatiga nazar tashlasak, oxirgi 5 yil davomida asosan o'sish tendensiyada bo'lganini ko'rish mumkin. Ayniqsa, 2021-yil biz Pokistonga qilgan eksportimiz maksimal ko'rsatgichga erishgani, ya'ni 130,072 million AQSH dollarni tashkil etgani yaqqol ko'rinib turibdi. Ushbu eksport qilingan mahsulotlar statistikasini quyidagicha keltirish mumkin:_

Mahsulot nomi Qiymati ($)

Sabzavotlar va mevalar 17.53 mln

Paxta 9.26 mln

Sanoat xom-ashyolari 6.98 mln

Qurilish mollari 3.12 mln

Plastmassalar 318.55 ming

Temir va po'lat buyumlar 105.33 ming

Jadvaldan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Pokistondan oladigan asosiy daromadimiz bu meva hamda sabzavotlardan iborat. Keyingi o'rinlarda paxta, sanoat xom-ashyolari hamda qurilish mollari turadi. 2022-yilda ham shu mahsulotlar pokistonliklar tomonidan bizdan eng ko'p import qilgan tovarlar hisoblanadi. Umumiy savdo aylanmasiga e'tibor beradigan bo'lsak Pokiston asosiy eksport hamkorimiz hisoblanmaydi. Ya'ni bu davlat bilan nisbatan kam savdo qilamiz. Bu esa o'z navbatida shunday xulosa beradiki, bu davlat bilan eksportimiz sekinlashishi yoki amalda to'xtashi iste'molchilarimiz yoki eksportiyorlarimizga katta ta'sir qilmay di. Albatta, maxsus omil egalari bundan mustasno. Xususan, jadvaldan xulosa qildikki mamlakatimiz Pokistonga meva-sabzavodlar eksport qiladi. Statistika agentligini bergan ma'lumotlariga ko'ra bu davlatga meva-sabzavot eksportimiz stabil emasligi bilan bir qatorda nisbatan kam qismini tashkil etmoqda, ya'ni 8.8% ulushga egalik qilib, davlatlar kesimida to'rtinchi o'rinda qayd etilgan. Boshqacha aytganda, umumiy hisobda bu toifadagi tovarlarni eksport qiluvchilar uchun eksportning to'xtab qolishi ba'zi hududlarni inobatga olmaganda u qadar qo'rqinchli emas va deyarli sezishmaydi. Meva-sabzavotdan tashqari Pokistonga to'qimachilik mahsulotlarini ham eksport qilamiz. Pokistonga bu turdagi mahsulotlar eksporti umumiy ekportimizning atigi 0.5% qismini tashkil etadi xolos. Bu degani, Pokistonga to'qimachilik mahsulotlarimiz eksportining ham to'xtab qolishi amalda sezilmaydi. Ko'rish mumkinki, Pokistonga eksportimiz boshqa davlatlarnikiga nisbatan ancha kam.

Bizning Pokiston davlatidan importimiz haqida gap ketar ekan, o'sish dinamikasi yillar davomida bir xil tempda bo'lmaganini ko'rish mumkin. Bunga oddiygina misol sifatida oxirgi 5 yillikni quyidagi jadval ko'rinishida keltirishimiz mumkin.

327

YANGILANAYOTGAN O'ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA IQTISODIY FANLARNI

O'QITISHNING DOLZARB MASALALARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI _16-iyun, 2023- yil_

Jadvalni tahlil qilib biz oxirgi yillarda tovar ayirboshlash hajmi, ayniqsa import 2021-yilda mahsulot soni bo'yicha (3 ta) ham, umumiy qiymati bo'yicha (51.499 mln$) ham 2022 -yildan ko'ra ancha past bo'lgan, ya'ni import qilingan mahsulot turi deyarli 20 barobarga oshgan, ularning umumiy bahosi esa 2 barobarga oshib, 110.76 million AQSh dollarini tashkil etgan. Umuman olganda Pokistondan importimizning umumiy importimizdagi ulushi judayam kichkina ko'rinishi bilan juda ko'p oziq-ovqat tovarlari import qilamiz. 2022-yilda oziq-ovqat mahsulotlari importida Pokiston top 5 mamlakat bo'lgani ham bu mamlakat asosiy oziq -ovqat "ta'minotchimiz" ekanligini bildiradi. Bunga misol qilib, iste'mol savatchamizdagi asosiy oziq -ovqat mahsulotlarimiz aynan shu davlatdan kirib kelishini aytish mumkin. Pokiston O'zbekistonga eng ko'p kartoshka eksport qilayotgan davlat hisoblanib, import qilingan kartoshkaning qariyb 70%i birgina Pokistonga to'g'ri kelganini alohida takidlab o'tish lozim. Bundan tashqari, Pokistondan qiymati 8.3 mln AQSH dollariga teng bo'lgan 35.9 ming tonna mandarin import qilingan bo'lib, umumiy mandarin importimizning 84.3%i aynan shu davlatga to'g'ri keladi. Bu kabi mahsulotlar importining bunday keskin oshishiga importga bo'lgan cheklovlar hamda QQSning vaqtincha olib tashlanishi asosiy sabab bo'lgan. Ko'rinib turibdiki, Pokiston bilan savdomiz umumiy savdo ulushida juda kichik bo'lishiga qaramasdan, ba'zi turdagi tovarlar importida bu davlatga kuchli bog'langanmiz. Pokiston qishloq xo'jaligidagi har qanday beqarorlik, bu mahsulotlar importining kamayishi yoki to'xtashi O'zbekiston uchun to'g'ridan-to'g'ri ta'sir ko'rsatib, ichki bozorda kutilmagan narx o'sishlariga sabab bo'lishi mumkin.

Ammo Pokistondagi asosiy eksportyor davlatlar ro'yxatiga qarasak, O'zbekiston hattoki top 20 talikka ham kirmaydi. Pokiston eksporti tarixan g'arbiy iqtisodlarga, Xitoy va Fors ko'rfazi hamkorlik kengashi mintaqasiga moyil bo'lgan. Biroq, hozirda mamlakat eksportni diversifikatsiya qilish maqsadida yangi eksport bozorlarini, jumladan, Markaziy Osiyo respublikalari hamda Janubiy Afrika mintaqasi bilan savdo-sotiq munosabatlarini kengaytirishga intilmoqda. Pokistonning sobiq bosh vaziri Imron Xon ta'kidlab o'tganidek, bu davlat Markaziy Osiyoni butun dunyo bilan bog'lash va savdo mazkaziga aylanish uchun ulkan salohiyatga ega. Xususan, O'zbekiston uchun Arab dengiziga hamda Hind okeaniga eng qisqa, eng oson va

iqtisodiy ulanish yo'li bo'lib xizmat qiladi. Kengroq qilib aytaydigan bo'lsak, Termiz-Mozori Sharif-Kobul-Peshovar temiryo'li qurilishi Pokistonni Markaziy Osiyo bilan bog'laydigan, O'zbekistonni Karachi, Gvadar va Qosim portlariga olib chiqaydigan eng yaqin, arzon va xavfsiz yo'lak yaratadi. Mutaxassislarning fikricha bu temiryo'l katta potensialga ega bo'lib, mintaqal ar rivojiga ulkan hissa qo'shadi. Hisob-kitoblarga ko'ra Transafg'on temiryo'li loyihasini amalga oshirish orqali yuk tashish vaqti va narxining 30-40 %ga qisqartirish ko'zda tutilgan. Biz uchun janubiy yo'nalishdagi logistika va transport masalasida Pokistonning o'rni sezilarli darajada katta. Hozirgi kunda, Pokistonning portilarini shimoliy yo'nalishlar transport xarajatlari va vaqti bilan taqqoslaganda biz uchun 15%ga samaraliroq hisoblanishi, bu yo'nalishining ahamiyatini yanada ochib beradi. Nafaqat O'zbekiston, balki Markaziy Osiyo mamlakatlari o'z yoqilg'i-energetika resurslarini import qilish uchun transport yo'laklariga muhtoj. Pokistonda esa energiya ehtiyojlari va muammolar kun sayin ortib bormoqda. Biroq, Pokiston uchun Markaziy Osiyo mintaqasi transport yo'laklari orqali katta iqtisodiy va siyosiy foyda olish mumkin bo'lgan mavjud yangi bozor bo'lsa-da, Afg'oniston bilan bog'liq harbiy-siyosiy vaziyat omili Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo-iqtisodiy maqsadlarni amalga oshirishda o'z ta'sirini ko'rsatib kelmoqda. Buning oldini olish maqsadida mamlakatlar Afg'oniston masalasini hal qilishda birinchilardan bo'lib harakat qilishmoqda.

Manbaa: https://www.southasiainvestor.com/2016/11/pakistans-choice-of-regional-

economic.html

Yuqoridagi rasmdan xulosa qilishimiz mumkinki, Pokiston portlari nafaqat O'zbekiston uchun ahamiyatli, balki, butun mintaqa davlatlari uchun o'ziga xos ahamiyat kasb etib, asosiy logistik xabga aylanib bormoqda. Iqtisodiy hamkorlik ko'lamida yangi o'sish nuqtalari paydo bo'lmoqda. So'nggi besh yilda O'zbekistonda Pokiston kapitali ishtirokidagi qo'shma va xorijiy korxonalar soni qariyb olti barobarga ko'payib 207 tani tashkil qildi.

Mamlakatlar xalqaro maydonda bir-birini o'zaro qo'llab-quvvatlab, BMT, ShHT va Islom hamkorlik tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlar doirasida faol hamkorlik qilmoqda. Hozirgi paytda aloqalarni yaxshilash maqsadida ikkala mamlakat muzokaralar olib bormoqda. 2023-yil 24-fevral kuni Toshkent shahrida "Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo'yicha Pokiston-O'zbekiston hukumatlararo komissiyasining sakkizinchi yig'ilishi" bo'lib o'tdi. Ikkala davlat Tovar va xizmatlar almashinuvini rag'batlantirish uchun bir milliard savdo bitimini imzoladi. Uchrashuvda ikki vazir turli sohalarda, jumladan, sarmoya, bank, energetika, turizm, transport va tabiiy resurslar kabi sohalarda ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni muhokama qildi. Bayonotda qo'shimcha qilinishicha, tomonlar ikki tomonlama investitsiya salohiyatidan foydalanilmaganini ham ta'kidladilar. IGC texnologiya, innovatsiyalar va iqtisodiy sheriklik orqali barqaror rivojlanishni ta'minlash uchun ikki mamlakat o'rtasidagi yaqin hamkorlik muhimligini tan oldi. Uchrashuvda tomonlar komissiyaning to'qqizinchi yig'ilishini kelasi yili Pokistonda o'tkazishga kelishib oldilar. Xulosa

Oxirgi yillarda Pokiston bilan iqtisodiy munosabatlarimiz jadal rivojlanmoqda. Bu deyarli barcha sohalarda ko'rina boshlagan. Lekin, shunga qaramay mamlakatlar hali ham bir -birining asosiy savdo hamkorlari darajasida emaslar, ammo, alohida tovarlar hamda alohida iste'molchilar nuqtai nazarida judayam bog'liqdirlar. Shuni ta'kidlash o'rinliki, mamlakatlarning iqtisodiy manfaatlari bir biriga to'la mos keladi hamda ikki mamlakatda ham hozirgi savdo hajmini bir necha barobar oshirish potensiali borligi, kelajakda savdo munosabatlarimizdagi kutilmalar faqat ijobiy tomonda rivojlanishiga ishonch beradi.

REFERENCES

1. A.V.Vaxabov D.A.Tadjibayeva Sh.X.Xadjibakiyeva Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar.- T.: Baktria press, 2015.

2. https://www.uzdaily.uz/en/post/73705

3. https://thesvi.org/growing-pakistan-uzbekistan-relations/

4. https://tradingeconomics.com/pakistan/exports/uzbekistan

5. https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/merchandise-trade-2

6. https://www.gazeta.uz/oz/2022/06/06/import/

7. https://t.me/Mirkonomika/1698

8. https://www.arabnews.com/

9. https://www.southasiainvestor.com/2016/11/pakistans-choice-of-regional-economic.html

10. https://moluch.ru/archive/270/61997/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.