Научная статья на тему 'GLOBAL IQTISODIY TRANSPORT VA TRANZIT YOʻLAKLARI INTEGRATSIYASI (OʻZBEKISTON VA POKISTON HAMKORLIGI MISOLIDA)'

GLOBAL IQTISODIY TRANSPORT VA TRANZIT YOʻLAKLARI INTEGRATSIYASI (OʻZBEKISTON VA POKISTON HAMKORLIGI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

116
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «GLOBAL IQTISODIY TRANSPORT VA TRANZIT YOʻLAKLARI INTEGRATSIYASI (OʻZBEKISTON VA POKISTON HAMKORLIGI MISOLIDA)»

^^pecialists^n^heFieldoimÊamÊpmÊm

GLOBAL IQTISODIY TRANSPORT VA TRANZIT YO'LAKLARI INTEGRATSIYASI (O'ZBEKISTON VA POKISTON HAMKORLIGI

MISOLIDA)

J. Z. Eshqulov, X. J. Olimov

Toshkent davlat transport universiteti talabalari eshqulovj avohir707@gmail .com

B. E. Yuldoshev

Ilmiy rahbar, Toshkent davlat transport universiteti dotsenti

Jahonning dengiz bandargohlariga chiqish, mahsulotlar raqobatdoshligini saqlab qolish uchun yangidan-yangi muqobil transport yo'laklarini barpo etish O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosatdagi ustuvor vazifalardan biridir. Shu maqsadda 2021 yil 2 fevral kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Transafg'on temir yo'lini qurish loyihasi bo'yicha Toshkentda uch tomonlama ishchi guruhning birinchi yig'ilishida ishtirok etish uchun yurtimizga kelgan Afg'oniston Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Muhammad Hanif Atmar va Prezident Administratsiyasi rahbari Muhammad Shokir Korgar hamda Pokiston Islom Respublikasi Bosh vazirning maslahatchisi Abdul Razzoq Dovudni qabul qildi. Muloqatlar markazida, shubhasiz, Afg'oniston orqali Markaziy va Janubiy Osiyoni eng qisqa yo'l bilan bog'laydigan, Pokistonning dengiz portlariga chiqishni hamda ularning infratuzilmasini samarali ishga solinishini ta'minlaydigan temir yo'l qurish loyihasi muhokama qilindi.[2. "Xalq so'zi", 2021 yil, 12 fevral, № 31] Uchrashuvda davlatimiz rahbari O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga yo'llangan Murojaatnomasida Markaziy Osiyoni Hind okeani bilan bog'laydigan Trans-afg'on transport yo'lagini barpo etish borasida dastlabki amaliy qadamlar tashlangani haqida to'xtalib, ushbu loyihaga halqaro moliya tashkilotlari tomonidan 4,8 milliard dollar jalb qilinishi kutilayotganini ta'kidlab o'tdi.[1. 2020. 30 dekabr]

O'zbekistonning okeanga to'g'ridan-to'g'ri chiqishga imkoni yo'q va dunyoda bunday davlatlar soni 44 tani tashkil qiladi. Ammo, ularning 42 tasi bir mamlakat chegarasidan o'tsa, keyingisi okean, O'zbekiston esa buning uchun ikki mamlakat hududini bosib o'tishi lozim. Okeanga chiqish uchun esa eng yaqin yo'l, bu -Afg'oniston orqalidir. Shu ma'noda, bugungi kunda yaqin qo'shnimiz bilan har tomonlama aloqalarni rivojlantirish, bu zaminda tinchlik va barqarorlikning ta'minlanishidan O'zbekiston

April 21-22

765

^^pecialists^n^heFieldoimÊamÊpmÊm

to'laqonli manfaatdordir. E'tiborlisi, O'zbekiston sa'y-harakati bilan keyingi to'rt yilda Markaziy va Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari o'rtasida yaxshi qo'shinchilik, o'zaro ishonch, do'stlik hamda hurmat muhiti shakllandi. Maqsad - mintaqamizning global iqtisodiy, transport va tranzit yo'laklariga chuqur integratsiyasini ta'minlashdir. Bu boradagi amaliy ishlar allaqachon boshlanib, O'zbekiston mintaqada iqtisodiy integratsiya jarayonlariga Afg'onistonni keng jalb etish maqsadida "Surxon-Puli Xumri" elektr uzatish tarmog'i, Mozori-Sharifdan Hind okeani portlariga chiqadigan temir yo'l qurilishi kabi loyihalarni amalga oshirishga kirishdi.

Mamlakatimizning faol tashqi siyosati tufayli O'zbekiston barcha davlatlar bilan o'zaro manfaatli va do'stona aloqalarni yo'lga qo'ymoqda. Jumladan, mazkur jarayonda O'zbekiston hamda Pokiston munosabatlarini ko'rishimiz mumkin. So'ngi yillarda savdo va investitsiya hamkorligida sezilarli o'sish kuzatilmoqda. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, Pokistonning jug'rofiy joylashuvi O'zbekistonga Arab dengiziga chiqish uchun qisqa yo'nalishni taqdim etadi. Pokiston orqali savdo qilish O'zbekiston uchun dengizga chiqishning eng samarali usuli hisoblanadi. Xuddi shunday, Markaziy Osiyo bozorlari bilan savdo munosabatlarini kengaytirishga xizmat qiladigan aloqalarni o'rnatish Pokistonning asosiy maqsadlaridan biridir. Bu boradagi qator takliflar faol ko'rib chiqilmoqda. O'zbekiston va Pokiston o'rtasidagi diplomatik munosabatlar 1992 yil 10 mayda o'rnatilgan. Turli darajadagi siyosiy muloqatlar muntazamlik kasb etgan. Uni izchil rivojlantirish, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar bo'yicha yondoshuvlarni muvofiqlashtirib borish imkonini bermoqda. O'zbekistonning ulkan iqtisodiy salohiyati, geostrategik o'rni, rivojlangan infratuzilmasi Pokiston uchun muhim ahamiyatga ega. Pokiston mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlashdagi o'rni, dengiz portlariga chiqish imkoniyati, yirik bozori bilan O'zbekiston uchun istiqbollidir. Ikki mamlakat xalqaro maydonda bir-birini qo'llab-quvvatlab kelmoqda. Shanxay xamkorlik tashkilotiga Pokistonning qabul qilinishi mamlakatlarimizning o'zaro va ko'p tomonlama hamkorligini rivojlantirishda yana bir muhim omil bo'ladi desak xato qilmaymiz. Keyingi yi llarda davlatimiz tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyat uchun barcha zarur imkoniyat va zaxiralar yaratilyapti. Natijada Pokistondagi salohiyatli importchilar bilan ko'p qirrali hamda uzoq muddatli munosabatlarning yangi davri boshlandi, desak, mubolag'a bo'lmaydi. Misol uchun, 2018 yildan beri ikki mamlakat o'rtasida faol biznes aloqalarining yanada kenggayishi va o'zaro manfaatli tijoriy operatsiyalar salmog'i ortishi bosqichi kuzatilmoqda. Birgina pandemiya davridagi 2020 yilni hisobga olmaganda, 2019 yili

April 21-22

766

^^pecialists^n^heFieldoimeSmePmem

Pokistonga mamlakatimiz eksporti hajmi 220 foiz o'sdi. Yurtimizda keyingi ikki-uch yilda qishloq xo'jaligi sohasida klasterlar tashkil etishga alohida kirishilganidan barchamiz yaxshi xabardormiz. Bunday ezgu tashabbus fermer xo'jaliklari faoliyatining kuchayishiga turtki berishi barobarida, yuqori sifatli meva-sabzavot mahsulotlarini katta miqdorda eksport qilishga sharoit yaratyapti. Masalan, Pokiston bozorlarida yurtimizda yetishtirilgan mahsulotlarga talab ortmoqda. Natijada birgina 2018 yilda ushbu mamlakatga 22,2 million AQSH dollarlik, ya'ni 30 ming tonna meva-sabzavot sotildi. Qolaversa, Pokiston mamlakatimizdan meva-sabzavot mahsulotlarini import qiluvchi yirik davlatlar o'ntaligidan 7-o'rindan joy oldi. Qishloq xo'jaligi mahsulotlari eksportini yanada kengaytirish maqsadida 2018-2020 yillarda yurtimizda Pokiston ishtirokida yigirmadan ortiq savdo kompaniyalari va agrofirmalar tashkil qilindi. Hozir ular O'zbekiston meva-sabzavotlarini Janubiy Osiyo mamlakatlariga yetkazish, shuningdek, Pokistonning Karachi porti orqali Fors ko'rfaziga olib chiqish bilan shug'ullanmoqda.

Yangi temir yo'l loyihasining ishga tushishi imkoniyatlarimizni yanada oshiradi. Pokiston O'zbekistonning Termiz shahridan atigi 665 kilometr uzoqlikda joylashganligini ta'kidlash lozim. Bu masofa Pokistonning Lohar va Karachi shaharlari orasidagi masofadan kamroqdir. Qolaversa, Pokistonning Karachi hamda Gvadaru dengiz portlari bor. Bu o'zbekistonliklar uchun jahon bozoriga maqbul yo'lni ochib beradi. Shuningdek, Pokiston tomoni Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalarni yaxshilash maqsadida mintaqa bozorlariga yiliga bir necha milliard dollarlik tayyor mahsulotlar -dori-darmon, kiyim-kechak hamda guruch va shakar eksport qilish imkoniyatiga ega. Bu o'rinda mintaqa davlatlariga bir necha million dollarlik kredit berishga ham tayyorligini bildirmoqda.

Pokiston va O'zbekiston o'rtasidagi o'zaro kelishuvlarni amalga oshirish uchun Afg'onistonda tinchlik o'rnatishda muhim rol o'ynaydi. Darhaqiqat, Toshkentning Afg'onistondagi siyosati avval boshdan Qobul bilan "jadal iqtisodiy hamkorlik", transport va logistika loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish, shuningdek, mamlakatning ta'lim dasturlarini kengaytirish muammolariga asoslangan edi. Prezidentimizning Afg'oniston muammosini hal qilishga innovatsion yondashuvi Afg'onistonda tinchlik va barqarorlikni o'rnatish strategiyasini ilgari surishga yordam beradi. Toshkent xalqaro manfaatdor tomonlar bilan hamkorlik qiladi hamda iqtisodiyot, logistika, ta'lim sohalarda turli loyihalarni taklif etadi. Hatto Afg'oniston xukumati bilan "Tolibon" harakati o'rtasida muzokaralar uyushtirish istiqbolarnini ko'rib chiqmoqda. O'zbekistonning ushbu sohadagi noyob yutuqlaridan biri infratuzilma, energetika

April 21-22

767

va savdo-sotiqni rivojlantirishga qaratilgan Afg'oniston bilan iqtisodiy integratsiyaning mavjudligidir. O'zbekiston Afg'onistonga gumanitar yordamni yetkazib berish uchun Termiz shahrida bojxona punktini ochdi. Mozori-Sharif -Qobul uchastkasida mamlakatning Shimoli bilan Janubi o'rtasida uzluksiz aloqani ta'minlash uchun 11 ta ko'prik qurdi. Hayraton-Mozori-Sharif temir yo'li Osiyo taraqqiyot banki ko'magida qurildi. Shuningdek, O'zbekiston Transafg'on transport yo'lagi loyihasi doirasida Mozori-Sharif - Hirot temir yo'lini qurishga katta qiziqish bildirdi. Bundan tashqari, Toshkent Afg'onistonga elektr energiyasining yetakchi yetkazib beruvchisiga aylandi. Shuningdek, 2018 yil mart oyida Afg'oniston bo'yicha yirik xalqaro konferensiya Toshkentda o'tkazilganligi afg'onlararo muzokaralarni qayta boshlash uchun platforma bo'ldi va muammolarni diplomatiya orqali hal qilishga urindi.

Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda Osiyo va Yevropa o'rtasidagi qit'alararo savdo yuklarining 90 foizi dengiz orqali tashilmoqda. Dengizga chiqish imkoniga ega bo'lmagan rivojlanayotgan davlatlar eksport daromadlarining taxminan 18 foizini transport xizmatlari uchun sarflaydi, rivojlangan davlatlarda esa bu qiymat 9 foizni tashkil qiladi. BMTning Savdo va taraqqiyot bo'yicha konferensiyasi (YUNKTAD) mutaxassislarining ma'lumotlariga ko'ra, Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun transport harajatlari ko'pincha import qilinadigan tovarlar qiymatining 60 foizigacha yetadi. Bu esa so'ngi paytlarda Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari xalqaro ahamiyatga molik bo'lgan transport imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi sa'y-harakatlarni jadallashtirishga turtki bermoqda. Mintaqa davlatlari o'zining siyosiy, iqtisodiy va boshqa vazifalarini amalga oshirishga to'laqonli ko'mak bera oladigan transport tizimini shakllantirishga intilmoqda. Bundan tashqari, boshqa mamlakatlarning shu kabi kommunikatsiyalari bilan uyg'un holdagi integratsiyalashgan keng qamrovli transport tarmog'i xalqaro, shuningdek, transport yuklarini tashish imkonini beradi. Bu esa byudjedga tushumlar bazasining kengaytirish uchun qo'shimcha imkoniyat demakdir. Mozori-Sharif - Qobul -Peshovar temir yo'lining qurilishi Janubiy Osiyo va Yevropa qit'asi o'rtasida Markaziy Osiyo orqali yuk tashish muddati hamda sarf-harajatlarini kengaytiradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi "O'zbekiston ovozi", 2020 yil 30 dekabr, №47.

2. Mintaqalararo savdo, madaniy va ilmiy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning yangi bosqichi. "Xalq so'zi", 2021 yil, 12 fevral, № 31.

April 21-22

768

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.