Научная статья на тему '“ERKINLIK” TUSHUNCHASINING JINS KATEGORIYASIDA FARQLI TUSHUNILISHI'

“ERKINLIK” TUSHUNCHASINING JINS KATEGORIYASIDA FARQLI TUSHUNILISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“ERKINLIK” TUSHUNCHASINING JINS KATEGORIYASIDA FARQLI TUSHUNILISHI»

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqisGdiyGt^a^edagGgikajn^

"ERKINLIK" TUSHUNCHASINING JINS KATEGORIYASIDA

FARQLI TUSHUNILISHI

X. T. Buronova

O'zMU Jizzax filiali assistenti

I. Sh. Mamayusupova

O'zMU Jizzax filiali I bosqich talabasi, O'zbekiston

Sotsiolingvistik tadqiqot dasturi davomida yosh mutaxassis aniq sotsiolingvistik tadqiqot o'tkazishda qator qiyinchiliklarga duch keladi. Xususan, bu qiyinchiliklar quyidagi masalalarda kuzatiladi: kimdan ma'lumot olish; ma'lumot olishda qanday metodlardan foydalanish, ma'lumotlarni qanday ishlash, tahlil qilish va talqin qilish. Mazkur masalalarga javob topish uchun sotsiologlar bir qator tadqiqotlarning ishchi strategik rejalariga asoslangan dasturni taklif qilishadi. Tadqiqot dasturi ikki: metodologik va prosedura (yoki tashkiliy-texnik) bo'limdan tashkil topadi. Tadqiqotning metodologik asosi sifatida sotsiolingvistik tamoyillar va metodlar belgilanadi. Prosedura bo'limida tadqiqotning ikki xil strategik rejasi ishlab chiqiladi. Sotsiologiyada ular surishtirib biluvchi va tahliliy rejalar, deb nomlanadi. Tadqiqotning surishtirib bilish rejasiga quyidagilar kiradi:

1) tanlangan mavzu bo'yicha adabiyotlarni o'rganish;

2) tanlangan muammolarni sotsiolingvist olimlar bilan muhokama qilish, sotsiologlardan, shuningdek, tilshunoslardan maslahat olish;

3) aholini ro'yxatga olish bo'yicha statistik dalillar va boshqa tegishli ma'lumotlarni o'rganish;

4) dastlabki kuzatuvlarni o'tkazish va ishchi taxminlarni chiqarish;

5) ma'lumotni tahlil qilish usullarini tanlash.

Tadqiqotning tahliliy rejasi quyidagilardan tashkil topadi: sotsiolingvistik anketa, test yoki suhbatni ishlab chiqish; dastlabki tadqiqotlar o'tkazish; anketaning oxirgi variantini ishlab chiqish; tanlov turi va hajmini aniqlash; materialning haqqoniyligi va taqdimot borligini ta'minlash; anketa so'rovlarini o'tkazish; to'plangan ma'lumotlarni ishlab chiqish; olingan natijalarni tahlil qilish va bayon etish. Tadqiqot jarayonida esa quyidagi usullar qo'llaniladi: a) anketa so'rovnomalari (bilvosita va bevosita); b) suhbat usuli; d) kuzatish yoki bevosita kuzatish; e) statistik tahlil; f) korrelatsion tahlil. Sotsiolingvistik tadqiqot oldiga qo'yiladigan bunday shart-sharoitlar va rejani amalga oshirish o'z navbatida qator muhim masalalarni yechishni talab qiladi. Mazkur kuzatuvning muvaffaqiyatli chiqishi uchun k o'p vaqt

190

May 3, 2024

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqtisodiyot^a^edagogikajnstituti^^^^^^^

va kuch sarf qilinadi. Qator xorijlik tadqiqotchilar (masalan, Yevropa, Amerika maktablari) vaqt va kuchlardan unumli foydalanish uchun eng muhim savollarni (shu jumladan, sinov savollarini ham) oldindan tuzib olishni maslahat berishadi. Bu usul ilmiy tadqiqotning barcha bosqichlarida mavzuni shakllantirishdan tortib, to olingan ma'lumotlarni ishlash yoki ishni xulosa qilishda juda qo'l keladi.

Aynan biz ham sotsiolingvistik tadqiqot jarayonida jamiyatdagi ikki jins vakillari o'rtasida so'rovnoma o'tkazdik. So'rovnoma jins kategoriyasi doirasida-ayollar va erkaklar -o'rtasida olindi. Asosiy yosh oralig' i 17-19 yoshdagi shaxslar so'rovnomaning ixtiyoriy qatnashchilari bo'lishdi. Bunda asosiy masala sifatida ikki jins vakillari orasida erkinlik tushunchasining qay tarzda anglanilishi yoxud turlicha qabul qilishini olindi. So'rovnomada umumiy 100 nafar ko'ngilli ishtirokchilar qatnashishdi va ularning 50% qismi ayol va 50% qismi erkaklardan iborat edi. Tadqiqotning asosiy masalasiga to'xtalar ekanmiz, quyida so'rovnomaning asosiy savollari bilan tanishib chiqamiz:

So'rovnoma

1. Ismingiz:_

2. Yoshingiz:_

3. Sizningcha, erkinlik tushunchasini tushunish erkaklar va ayollarda har xilmi?

a) Xa

b) Yo'q

c) Bilmayman

4. Erkinlikni suiste'mol qilish ko'proq erkaklarda kuzatiladimi yoki ayollarda?

a) Erkaklarda

b) Ayollarda

c) Bilmayman

5. Ayollarning oiladagi erkinligini qaysi madaniyat ko'proq cheklaydi?

a) Huquqiy madaniyat

b) Diniy madaniyat

c) Bilmayman

6. Oilada barqaror munosabat o'rnatish uchun hal qiluvchi qaror kim tomonidan qabul qilinishi lozim?

a) Erkak tomonidan

b) Ayol tomonidan

c) O'zaro kelishuv

7. Nima uchun erkinlik tushunchasini erkaklar va ayollar har xil tushunishadi?

a) Chunki ongdagi barcha tushunchalarni anglashda jinsiy farqlanish muhim (erkak va ayol olamni har xil anglaydi)

191

May 3, 2024

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы

b) Har xil tushunishining tub sababi mentalitetga bo g' liq

c) Bilmayman

8. Inson xohishi bilan o'z erkini boshqa shaxs boshqaruviga berishi mumkinmi?

a) Ha

b) Yo'q

c) Bilmayman

9. Erkinlikni tartibga olish kerak deb o'ylaysizmi yoki, aksincha, uni himoya qilish kerak deb o'ylaysizmi?

a) Tartibga solish kerak

b) Himoya qilish kerak

c) Bilmasam

10. Erkak va ayollarda barcha masalalarda erkinlik tushunchasi bir xil amalda bo'lsa bu holat salbiy oqibatlarga olib keladimi yoki ijobiy?

a) Salbiy

b) Ijobiy

c) Bilmayman

11. Erkinlik so'zining asl mohiyatini kim ko'proq tushunadi?

a) Ayol

b) Erkak

c) Inson

12. O'zingizni to'laqonli erkin inson deya olasizmi?

a) Ha

b) Yoq

c) Qisman

Endi esa savollar asosida qatnashchilarning javoblariga to'xtalamiz. Birinchi savol shundan iborat: erkinlik tushunchasini tushunish erkaklar va ayollarda har xilmi? "HA" javobini tanlagan ayollar 74% ni, erkaklar esa 68% ni tashkil etdi. 22% ayollar va 28% erkaklar esa "Yo'q" variantini belgilashgan. "Bilmayman" javobini esa ayollarda ham, erkaklarda ham 4% dan tanlashgan.

Erkinlikni suiste'mol qilish ko'proq erkaklarda kuzatiladimi yoki ayollarda? Bu savolga esa 36% ayollar va 16% erkaklar "Erkaklarda", 32% ayollar va 50% erkaklar "Ayollarda" degan variantni tanlashgan. Ammo 32% ayollar va 34% erkaklar "Bilmayman" negizidagi neytral javobni berishgan.

Navbatdagi masala esa ayollarning oiladagi erkinligini qaysi madaniyat ko'proq cheklashi haqida. Bunda "Huquqiy madaniyat" ni ko'rsatgan ayollar 26%, erkaklar esa 34%. "Diniy madaniyat" bo'yicha esa ayollar 46% va erkaklar 38% ni

192

May 3, 2024

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqtisodiyot^a^edagogikajnstituti^^^^^^^

tashkil etadi. Bundan farqli ravishda esa "Bilmayman" javobi ikkala jins vakillarida ham bir xil ko'rsatkichda belgilangan, ya'ni 28%dan iborat.

So'rovnomaning keyingi savoli esa shundan iborat: oilada barqaror munosabat o'rnatish uchun hal qiluvchi qaror kim tomonidan qabul qilinishi lozim. Bunda asosan, erkak, ayol va o'zaro kelishuv singari masalalar ilgari suriladigan bo'lsa, 46% ayollar va 68% erkaklar "Erkak tomonidan", 54% ayollar va 28% erkaklar esa "O'zaro kelishuv" variantlarini tanlagan bo'lsa, ammo 4% erkak va 0% ayol esa "Ayollar tomonidan" fikrini ilgari surishgan ekan.

Nima uchun erkinlik tushunchasini erkaklar va ayollar turlicha tushunishadi degan savolga esa quyidagi natija qayd etilgan. "Jinsiy farqlanishninng muhimligi" ni 40% ayol va 30% erkak tanlagan bo'lsa, "Mentalitetga bog' liq" degan variantni esa 44% ayollar va 34% erkaklar belgilashgan. " Bilmayman" javobini esa 16% ayol va 36% erkak jins vakillari tanlashgan.

Inson o'z xohishi bilan o'z erkini boshqa shaxs boshqaruviga berishi mumkinmi? Bu savol uchun eng ko'p "Yo'q" javobi berilgan, yani 58% ayollar va 54% erkaklar. 40% ayollar va 34% erkaklar "Ha" javobini berishgan bo'lsa, "Bilmayman" javobini 2% ayol va 12% erkaklar tanlashgan.

Erkinlik to'g'risidagi so'rovnomamiz davomida ishtirokchilar uchun quyidagi savol ham berilgan edi. Erkinlikni tartibga solish kerak deb o'ylaysizmi, yoki uni himoya qilish kerakmi? "Tartibga solish kerak" fikriga qo'shiluvchilar 46% ayolni va 56% erkakni tashkil etgan bo'lsa, 44% ayol va 34% erkak esa "Himoya qilish kerak" degan fikrni qo'llab quvvatlashgan. Aksariyat holatlardagi singari "Bilmasam" javobini har ikkala jins vakillari teng ravishda 10% dan belgilagan.

Navbatdagi savol, erkak va ayollarda barcha masalalarda erkinlik tushunchasi bir xil amalda bo'lsa, bu holat salbiy oqibatlarga olib keladimi yoki ijobiymi? Ayollarda "Salbiy" va "Bilmayman" javoblariga 32% dan bir xil javob berilgan bo'lsa, "Ijobiy" variantini tanlagan ishtirokchilar 36% ni tashkil etgan. Biroq bu holat erkaklar orasida turlicha talqin etilgan. "Salbiy" javobini 42%, "Ijobiy" javobini 34%, "Bilmayman" javobini esa 24% ishtirokchilar tanlashgan.

Erkinlik so'zining asl mohiyatini kim ko'proq tushunadi? "Ayol","Erkak","Inson" degan variantlar berilgan bo'lsa, 62% ayollar va 46% erkaklar "Inson"ni, 8% ayol va 50% erkak esa "Erkak" va 30% ayol bilan 4% erkaklar esa "Ayol" degan fikrlarni belgilashgan.

So'rovnomaning so'nggi qismi "Siz o'zingizni to'laqonli erkin inson deb hisoblaysizmi", degan eng muhim va ahamiyatli savoliga 48% ayollar va 70% erkaklar "HA" javobini, 22% va 10% da esa ayollar va erkaklar "YO'Q" variantiga

193

May 3, 2024

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqtisodiyot^a^edagogikajnstituti^^^^^^^

to'xtalishgan. Bu savol uchun "Qisman" fikriga qo'shilgan ayollar 30% bo'lgan bo'lsa, erkaklar 20% ni tashkil etdi.

Yuqoridagi so'rovnomadan kelib chiqib shuni xulosa sifatida aytish mumkinki, har qanday tushuncha singari erkinlik tushunchasi ham erkak va ayollarda turli xil anglangan va unga turlicha yondashilgan. So'rovnomaga ikki turdagi jinsning aynan bir xil yoshdagi vakillari tanlab olinganligi uning to'laqonli shaffof natija olinganligini ta'minlaydi. Har qanday sotsiolingvistik tadqiqot singari bu tadqiqot ham yana bir bor tushunchalarning nafaqat, yosh va millat, aksincha, jinsiy farqlanishini ko'rsatib berdi.

References / Adabiyotlar

1. D.Elova, G.Safarova /Sotsiolingvistika/ Sotsiolingvistik tadqiqot dasturi/ (2022)

2. Беликов В,И, и Крысин Л,П, Сотциолингвистика. -М., 2001

3. Buronova X., Aliqulova S.(2023). O'zbek badiiy asarlarida ekzotizmlarning qo'llanish xususiyati. Журнал иностранных языков и лингвистики, 5(5). извлечено от https://fll.jdpu.uz/index.php/fll/article/view/7752

4. Xolida B. "Quyun izlari yohud ogahiy" romanida tarixiy shaxslar ismlarining funksional-semantik xususiyatlari haqida. International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 454-460. (2023).

5. Буронова Х. Erkin Samandarning "Quyun izlari yohud Ogahiy" romanida toponimlarning funksional-semantik xususiyatlari. Информатика и инженерные технологии, 1(2), 610-614. (2023).

194

May 3, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.