Eraliyev A.
Samarqand iqtisodiyot va servis assistent o'qituvchisi
Isroilov D.
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasi
ERKIN IQTISODIY ZONALAR FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH VA INVESTITSIYALARNI JALB QILISH MASALALARI
Annotatsiya. Maqolada mamlakatni ijtimoiy iqtisodiy yuksalish uchun asosiy omil hisoblangan erkin iqtisodiy zonalar, ularning jozibadorligi va yuqori texnologiyali yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, hududlarni raqobatdosh va eksportga yo 'naltirilgan zamonaviy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni o 'zlashtirishgayanada faoljalb qilish, ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo 'l-transport, ijtimoiy infratuzilma va logistika xizmatlarini jadal rivojlantirishni ta 'minlash uchun to 'g'ridan-to 'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni kengaytirishning eng muhim omili sifatida erkin iqtisodiy zonalarni izchil rivojlantirish borasida yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, ayniqsa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, eksport salohiyatini oshirish diversifikatsion siyosatni kuchaytirish mintaqalar iqtisodiyotini barqarorligini va mamlakatimizdagi hozirgi holati yoritib berilgan.
Kalit so 'zlar: investitsiya, investitsion jozibadorlik, harakatlar strategiyasi, salohiyat, bozor konyukturasi, strategik dastur, iqtisodiy zona, sanoat zona.
Eraliyev A. assistant teacher Samarkand Institute of Economics and Service
Israilov D. student
Samarkand Institute of Economics and Service
ISSUES OF DEVELOPING THE ACTIVITY OF FREE ECONOMIC ZONES AND ATTRACTING INVESTMENTS
Abstract. In the article, free economic zones, which are considered the main factor for social and economic growth of the country, their attractiveness and the organization of new high-tech production facilities, more active involvement of regions in the development of production of competitive and export-oriented modern industrial products, production, engineering- more favorable conditions for the consistent development of free economic zones as the most important factor for expanding the attraction of foreign direct investments to ensure the rapid development of communication, road transport, social infrastructure and logistics services Creating, especially small business and private
entrepreneurship, increasing export potential, strengthening diversification policy, regional economy stability and the current situation in our country are highlighted.
Key words: investment, investment attractiveness, action strategy, potential, market situation, strategic program, economic zone, inustrial zone.
Kirish. Erkin iqtisodiy zonalar jahon iqtisodiyotining noyob rivojlanish shakliga aylandi va ko'plab mamlakatlarda keng tarqalgan. So'ngi 5 yil mobaynida rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda EIZlar tashkil etilishining faol o'sish tendensiyasi kuzatilmoqda. Bugungi kunda mavjud 5400 ta EIZlarning qariyb 1000 ga yaqin turli xil turdagi zonalari qayd etilgan muddatda tashkil etilgan bo'lib, yana 500 tasi 2021 va undan keyingi yillarda tashkil etish boskichidadir. Butun jahon eksport ishlab chiqarish zonalari assotsiatsiyasi ma'lumotlariga ko'ra, jahon savdosining 30% dan ortig'i erkin iqtisodiy zonalar orqali amalga oshiriladi. Erkin iqtisodiy zonalar eksport komponentini oshirish, xorijiy investitsiyalar oqimini ko'paytirish, import o'rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish orqali mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish vazifalarini muvaffaqiyatli hal etmoqda.
Adabiyotlar sharhi. Erkin iqtisodiy hududlar to'g'risidagi tushunchalar va ularning mazmunmohiyati borasida tadqiqotlar olib borgan xorijiy va mahalliy olimlarning ayrim fikrlari turlicha ekanligining guvohi bo'lamiz.
Bu borada iqtisodchi olim, D.Y.Xujamkulov erkin iqtisodiy hududlarning mazmuni, maqsadi, me"yoriy-huquqiy asoslari, tasnifiy jihatlari, erkin iqtisodiy hududlarda investitsiya muhiti va logistika infratuzilmasi, bojxona rasmiylashtiruvi, erkin iqtisodiy hududlar faoliyatining rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar tajribalari, offshor hududlar hamda O„zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarning rivojlanish xususiyatlari ko'rib chiqilgan va tahlil qilingan.Shuningdek, P.V. Pavlov Maxsus hududiy subektlarni tashkil etishi, faoliyat ko'rsatishi va faoliyatini tugatish sohasidagi jamoat munosabatlarini tartibga soluvchi xuquqiy normalarni birlashtiradigan mustaqil muassasadir. A.V. Vaxabov fikricha, Erkin iqtisodiy zona - bu davlatda qabul qilingan xo'jalik faoliyatining tartibiga nisbatan imtiyozli soliq rejimi qo'llaniladigan geografik hudud. Boshqacha qilib aytganda, bu milliy iqtisodiy makonning bir qismi bo'lib, u yerda uning boshqa qismlarida ishlamaydigan malum imtiyozlar tizimi qo'llaniladi va bu hududda davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvi kamayadi. J.I.Karimqulov fikricha, Erkin iqtisodiy hududlar deganda, muayyan iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda kengaytirilgan mustaqillikka, boshqaruvning maxsus rejimi va investorlar iqtisodiy faoliyati uchun qulay sharoitlarga ega bo'lgan hududni tushunish mumkin. Fikrimizcha ushbu umumiy ta'rif, jahon amalyotida uchraydigan turli xil va shakllardagi erkin iqtisodiy hududlar va ularga berilgan ta'riflarni bitta umumiy qatorda joylashtirish imkonini beradi.
Tadqiqot metodologiyasi. Maqolada tizimli yondashuv, qiyosiy tahlil, umumlashtirish, tahlil qilish, sintez qilish va prognozlashtirish usullari qo'llanilgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi. Mamlakatimiz hududlarining ishlab chiqarish, resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta'minlash, transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishda erkin iqtisodiy zonalarning alohida o'rni bor. Hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasida 24 ta maxsus iqtisodiy zonalar (MIZ) mavjud bo'lib, ulardan 23 tasi sanoat, 1 tasi qishloq xo'jaligi ixtisoslashgan.2008-yildan 2022-yilgacha bo'lgan davrda maxsus iqtisodiy zonalar hududlarida 3,2 milliard dollarlik jami 604 ta loyihalar amalga oshirildi. Umumiy summadan 896,9 mln dollarni to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar tashkil etadi. Loyihalar hisobiga 55 mingga yaqin yangi ish o'rinlari yaratildi. Ushbu loyihalarning eng yirigi Angren EIZ (1038,2 mln dollarlik 84 ta loyiha), "Navoiy»EIZ (495,0 mln dollarlik 73 ta loyiha), "Urgut" EIZ (335,9 mln dollarlik 77 ta loyiha), va "Qo'qon»EIZda (280,2 mln dollarlik 84 ta loyiha) amalga oshirildi.Ko'rib chiqilayotgan davrda EIZ ishtirokchi korxonalar 13,7 trln so'mlik 500 turdan ortiq sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarib, 283,1 mln dollarlik mahsulotlarni eksport qildilar, 2022-yildagi ko'rsatkichga nisbatan 114 foizga oshdi.Erkin iqtisodiy zonalar rivojlanishini tartibga soluvchi me'yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish bo'yicha keng ko'lamli ishlar olib borildi. Xususan, "Maxsus iqtisodiy zonalar to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Hujjat bilan EIZlarni yaratish, ular faoliyat ko'rsatishining muddatini uzaytirish va tugatish, chegaralarini o'zgartirish tartibi belgilandi hamda ularni boshqarish tizimi, shuningdek, EIZ ishtirokchilarini ro'yxatdan o'tkazish tartibi qayta ko'rib chiqildi.Bundan tashqari, hujjatda EIZ hududida infratuzilma obyektlarini qurish yoki qayta ta'mirlash ishlari markazlashtirilgan hamda nomarkazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtirilishi mumkinligi nazarda tutilgan.EIZlarni zarur infratuzilma bilan ta'minlash ularning samarali ishlashi va yangi investorlar va tadbirkorlarni o'z hududlarida loyihalarni amalga oshirishga jalb qilishning asosiy omili hisoblanadi. Shu munosabat bilan, 2023 yilda mavjud EIZni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash bo'yicha ishlarni bajarish uchun 847 mlrd so'm ajratish rejalashtirilgan.Xususan, bu EIZdagi investitsiya faoliyatining ijobiy prognozlari bilan bog'liq. 2023-yilda Respublikaning erkin iqtisodiy zonalarida qiymati 983,6 mln dollarlik 86 ta yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Ushbu loyihalarni amalga oshirish natijasida 128 yangi turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish yo'lga qo'yiladi va 13 ta ming yangi ish o'rinlari yaratiladi.
Erkin iqtisodiy zonalar hududida imtiyoz va preferensiyalar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.10.2016 yildagi PF-4853-son Farmonida erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchi korxonalari quyidagilardan:
> yer solig'i, daromad solig'i, yuridik shaxslar mulk solig'i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig'i, mikrofîrmalar va
kichik korxonalar uchun yagona soliq to'lovi, shuningdek, Respublika yo'l jamg'armasi va O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi ta'lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg'armasiga majburiy ajratmalaridan;
> bo'shab qoladigan mablag'larni yangi korxonalarni tashkil etish, shuningdek, mavjud ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash, rekonstruksiya qilish va texnik, texnologik qayta jihozlash, kengaytirish, ishlab chiqarish binolarini qurish, o'z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun zarur xom ashyo va materiallar xarid qilishga maqsadli yo'naltirgan holda o'z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kiriladigan uskunalar, xom ashyo, materiallar hamda butlovchi buyumlarni, mahsulot eksport qilinganda vujudga keladigan qo'shilgan qiymat solig'ining manfiy summasi qaytarilmasligi huquqi bilan bojxona to'lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig'imlaridan tashqari);
> mamlakatimizda ishlab chiqarilmaydigan va loyihalarni amalga oshirish doirasida O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi «Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi»DUKning tovarlar ro'yxatini kompleks ekspertiza qilish natijalari bo'yicha ijobiy xulosasi bo'lgan taqdirda chetdan keltiriladigan qurilish materiallarini bojxona to'lovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yig'imlari bundan mustasno);.
EIZda imtiyozlar kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab 3 yildan 10 yil muddatgacha, jumladan:
❖ 300 ming AQSH dollaridan 3 million AQSH dollarigacha hajmdagi investitsiyalar — 3 yil muddatga;
❖ 3 million AQSH dollaridan 5 million AQSH dollarigacha hajmdagi investitsiyalar — 5 yil muddatga;
❖ 5 million AQSH dollaridan 10 million AQSH dollarigacha hajmdagi investitsiyalar — 7 yil muddatga;
❖ 10 million va undan ko'p AQSH dollari hajmidagi investitsiyalar so'nggi 5 yilda amaldagi stavkalardan 50 foiz kam hajmdagi daromad solig'i va yagona soliq to'lovi stavkalari qo'llangan holda — 10 yil muddatga beriladi.
❖ EIZda ishtirok etayotgan korxonalar erkin iqtisodiy zonalar faoliyati davomida eksportga yo'naltiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun olib kelinadigan xom ashyo, material va butlovchi buyumlar uchun bojxona to'lovlari to'lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yig'imlaridan tashqari) ozod etiladi.
❖ Davlat erkin iqtisodiy zonalarning qatnashchilarining muhnadislik-kommunikatsiya tarmoqlarga, ularni ishlab chiqarish maydonchalariga o'z vaqtida tutashtirgan holda, kafolatli ulanishini ta'minlaydi
Xulosa va takliflar.
Erkin iqtisodiy zonalar asosiy mohiyati mintaqani jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun ichki va tashqi kapitalni, istiqbolli texnologiyalar va boshqaruvga oid tajribalarni jalb etish maqsadida tuziladigan, aniq belgilangan
ma'muriy chegaralari va alohida huquqiy tartiboti bo'lgan maxsus ajratilgan hududlarni anglatadi. O'zbekiston sharoita EIZlar tashkil qilishga bo'lgan xarakatlar va hozirgi kundagi istiqbolli rejalar juda muhim ahamiyat kasb etadi. O'zbekistonning iqtisodiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda va ayrim nozik jihatlarni hisobga olgan holda EIZlarning tashkil etilishi kelajakdagi yutuqlarga podevor bo'lib xizmat qiladi. EIZlar tashkil qilishdan turli mamlakatlar turlicha maqasadlarni ko'zlaydilar. EIZni tashkil etishdan ko'zlangan asosiy maqsadlar quyidagicha:
✓mamlakat iqtisodiyotiga chet el investitsiyasini jalb etish, ayniqsa to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay imkoniyat;
✓ chet el investorlari ishtirokida mamlakat tadbirkorlari faoliyatini yo'lga qo'yish va oqibatda tovar va xizmatlar eksporti hajmini oshirish;
✓mamlakatningichkibozorigayuqorisifatlimahsulotlarvaxizmatlar, yangitexnikava texnologiyalarning kirib kelishi va tadbiq qilinishini ta'minlash;
Jahon xo'jaligida maxsus iqtisodiy hududlarning shakllanishi, ya'ni tashkil qilish va jahon xo'jaligida maxsus iqtisodiy hududlar faoliyatini rivojlantirish orqali tarqqiyotga erishish va milliy iqtisodiyot yuksalishida tashqi savdo-sotiq siyosatini ilmiy nuqtai nazardan tadqiq etish, uning ijobiy tomonlarini umumlashtirish asosida O'zbekistonda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil qilish va uni rivojlantirish istiqbollari, hamda maxsus iqtisodiy hududlarlarni tashkil etishdagi jahon tajribasidan O'zbekistonda foydalanish imkoniyatlari borasida quydiagi takliflarni bildirib o'taman: EIZlardagi xalaro intermodal logistik habning imkoniyatlarini yanada kengaytirish va hududning sanoat ishlab chiqarish hududida jahon standardlariga javob beradigan va raqobatga dosh beradigan eksport mahsulotlarini ishlab chiqarish, hamda import o'rnini bosuvchi tovarlarni ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish eng ustivor vazifalardan hisoblanadi.EIZ dasturlarining samara berishi o'z-o'zidan kompleks rivojlanish uchun turtki beradi. Chunki hududni tashkil etishining bevosita foydalaridan tashqari, bilvosita foydalari ham mavjud. Shu sababdan eng katta e'tibor aynan mana shu zonalarni tez va sifatli ravishda tashkil qilish hamda uning faoliyatini kengaytirish yo'lidagi sa'y-xarakatlarga qaratilishi lozim.
O'zbekistonga to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va EIZlarning faoliyatini rivojalantirish bo'yicha quyidagi yo'nalishlar muhim hisoblanadi:
❖ soliq mexanizmini yanada yengillashtirish (Soliq stavkalarini pasaytirish, ba'zi faoliyat turlari uchun soliq stavkasini kamaytirish)
❖ moliya-kredit mexanizmini yaxshilash (MIZ rezidentlari uchun davlat tomonidan subsidiyalar ajratish, MIZ rezidentlari uchun kredit foiz stavkalarini pasaytirish)
❖ logistika tizimini rivojlantirish va modernizatsiya qilish;
❖ EIZ rezidentlari uchun imtiyoz muddatini uzaytirish;
❖ eksport bilan bog'liq munosabatlarda davlat tomonidan yordam ko'rsatish.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
1. Xujamkulov D.Y. Erkin iqtisodiy hududlar. Darslik. -T.: IQTISODIYOT, 2019. - 408 b.
2. J.R. Zaynalov, S.S.Aliyeva,N.X.Ruzibayeva.Darslik/Investitsiya,2020-480 b.
3. Karimqulov J.I. Erkin iqtisodiy hududlarga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rivojlantirish yo'nalishlari. Iqt. fan. dok. ilm. dar. olish uchun yoz. diss. avtoref. - T.: BMA, 2019. - 13 b.
4. Вахабов А.В. Хожибакиев Ш.Х., Муминов Н.Г. Инностранные инвестиции. Учебное пособие. - Т.: Молия, 2010. -С.180
5. Пулатов, Х. (2024). САВДО КОРХОНАЛАРИДА ЧЕГИРМАЛАР ХИСОБИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ. Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2(4), 485-491.
6. Пулатов, Х. (2024). САВДО КОРХОНАЛАРИДА ЧЕГИРМАЛАР ХИСОБИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ. Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2(4), 485-491.
7. Пулатов, Х. У. (2023). САВДО КОРХОНАЛАРНИ СОЛИВДА ТОРТИШДАГИ МУАММОЛАР. Экономика и социум, (6-2 (109)), 925-927.
8. Shirinov, U. (2023). IMPROVING SEGMENT ANALYSIS IN COMMUNICATION ENTERPRISES. The Journal of Economics, Finance and Innovation, 211-217.
9. Уразов, К. Б., & Ширинов, У. А. (2023). ХИЗМАТЛАР СОХДСИ СУБЪЕКТЛАРИДА БУХГАЛТЕРИЯ ХДСОБИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШНИНГ АСОСИЙ ЙУНАЛИШЛАРИ. Экономика и социум, (6-2 (109)), 1025-1028.