Научная статья на тему 'EPISTOLYAR MATNNI BILASIZ(MI?)'

EPISTOLYAR MATNNI BILASIZ(MI?) Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
104
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
epistolyar matn / maktub / epistolyar adabiyot / epistolografiya / epistolyar shakl / epistolyar roman.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Djakbarova Mahliyo Ibraximjonovna, Abdusayitova Aziza Sunnat Qizi

Ushbu maqolada epistolyar matn , epistolyar adabiyot, XVIII-XX asrlarda epistolyar janrdagi asarlar, epistolyar tushunchasi bilan bog‘liq muammolar, epistolyar romanni adabiyot janri sifatida aniqlanishi, hozirgi o‘zbek adabiyotida yaratilgan epistolyar asarlar va epistolyar matnni ona tili darsliklardagi o‘rni haqida bayon qilingan. Epistolyar matn Abdulla Qahhorning “O’tkan kunlar” asari asosida ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «EPISTOLYAR MATNNI BILASIZ(MI?)»

EPISTOLYAR MATNNI BILASIZ(MI?)

1Djakbarova Mahliyo Ibraximjonovna, 2Abdusayitova Aziza Sunnat qizi

1Ilmiy maslahatchi, Gumanitar fanlar kafedrasi o'qituvchisi 2SamDUKF, Pedagogika va tillarni o'qitish fakulteti, 1-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.8051911

Annotatsiya. Ushbu maqolada epistolyar matn , epistolyar adabiyot, XVIII-XX asrlarda epistolyar janrdagi asarlar, epistolyar tushunchasi bilan bog'liq muammolar, epistolyar romanni adabiyot janri sifatida aniqlanishi, hozirgi o'zbek adabiyotida yaratilgan epistolyar asarlar va epistolyar matnni ona tili darsliklardagi o'rni haqida bayon qilingan. Epistolyar matn Abdulla Qahhorning "O 'tkan kunlar" asari asosida ochib berilgan.

Kalit so'zlar: epistolyar matn, maktub, epistolyar adabiyot, epistolografiya, epistolyar shakl, epistolyar roman.

Insoniyatning ilmiy manbalarni avlodlarga meros qilib qoldirish uchun birdan-bir imkoniyat bu matn hisoblanadi. Til-imkoniyat, matn-natija. Matnlar har qanday ma'lumotlarni yozib olishga imkon beradigan yozma hujjatdir. Biroq uning mazmunini to'g'ri talqin qilish uchun har bir matnning turi va uning o'ziga xos xususiyatlarini tovg'ri baholay olish kerak. Demak, har bir matn o'ziga xos maqsadlar va tarkibiy xususiyatlarga ega bo'ladi va mana shu xususiyatlariga ko'ra filologiya fanlar doktori Nurboy Jabborov matnni 13 turga ajratgan va har bir matn turini ta'riflab, tahlil qilgan, misollar bilan fikrini asoslab bergan.

Ulardan biri bu epistolyar matn hisoblanadi. Bunda "epistol" (yunoncha - maktub, xat) degan ma'nolarni anglatadi va biz bundan "Epistolyar matn" xat, maktub ko'rinishida bo'lishini anglashimiz mumkin. Epistolyar matn odamlar o'rtasida o'rnatilgan xatlar yoki xabarlar ekanligi ma'lum. Maktubning maqsadi, biron sababga ko'ra to'g'ridan to'g'ri, ya'ni ovoz bilan aloqa qila olmaydigan ikki yoki undan ortiq odamlar o'rtasida aloqa o'rnatishdir. Xatlar vositasida matn mazmunini, insonning ruhiy kechinmalarini, syujet tarkibini aniqlab olish mumkin. Maktublar bayon hamda ko'rgazma elementlarini o'zida aks ettiradi. Yozma nutq epistolyar janrning obrazi deb qaraladi. Epistolyar matn o'z ichiga xatlar, maktublar va turli ko'rinishdagi yozishmalarni qamrab oladi. "Epistolyar janrdagi matnlarning asosiy kompozitsion qolipi ham mavjud, sana-murojaat-asosiy qism-xotima va ehtirom-imzo ko'rinishida bo'ladi"[Muhammedova.S, Saparniyozova.M. Matn lingvistikasi. 2011,103].

Epistolyar adabiyotda so'z va gaplar obraz, manzara yaratishning o'ziga xos libosi, materialidir. Talantli yozuvchilarning qalami sehri ostida so'zlar hayotdagi narsa va hodisalarni inson ongida aniq tiklaydigan, gavdalantiradigan vositadir. Badiiy nutq faqat ko'chma ma'nodagi so'zlarning qo'llanilishidan iborat matn bo'lmay, majoziy vositalar badiiy nutqning o'ziga xos yordamchi vositasidir. Badiiy asarda leksik va frazeologik vositalarning obrazlar xatti-harakatini, ularning boshqa obrazlar bilan munosabatini ko'rsatishdagi roli hisoblanadi. "Epistolyar adabiyotga atoqli arboblarning madaniy tarixiy ahamiyatga ega bo'lgan yozishmalari ham kiradi. (masalan, Alisher Navoiyning "Munshoat" asari). Epistolyar adabiyot adabiy janr sifatida yunon va rim adabiyotida (Sitseron, Goratsiyning she'riy maktublari), shuningdek, Sharq adabiyotida keng tarqalgan".[O'zbekiston milliy ensiklopediyasi E harfi,2006,166].

Hozirgi adabiy tanqidda adabiyotda epistolyariya tushunchasining ta'rifi bilan bog'liq ko'plab muammolar mavjud. Asosiylaridan biri quyidagilar: "epistolyar adabiyot",

"epistolografiya", "epistolyar shakl" va "epistolyar roman" atamalarini farqlash. Epistolyar adabiyot deganda "keng kitobxonlarni jalb qilgan, dastlab badiiy adabiyot yoki publitsistik nasr sifatida yozilgan yoki keyinchalik talqin qilingan yozishmalar" tushuniladi. Epistolografiya - shaxsiy xatlarning turlari va turlarini o'rganuvchi yordamchi tarixiy fan hisoblanadi. Epistolyar shakl- bu shaxsiy xatlarning maxsus shakli bo'lib, u o'z fikrlarini jamoatchilikka ifoda etish vositasi sifatida ishlatiladi. Epistolyar roman tushunchasi yuqoridagilarga nisbatan aniqroq. Bu epistolyar shakldagi roman va shu bilan birga epistolyar syujetga ega bo'lgan roman, bu yerda qahramonlarning yozishmalarining hikoyasi harflar shaklida aytilgan, ularning har biri umuman romanning bir qismi sifatida ham "haqiqiy" xat (personajlar uchun), ham badiiy shakl (muallif uchun) bo'ladi. Epistolyar romanning kelib chiqishi haqida turli qarashlar mavjud bo'lib, ulardan biri quyidagicha: bu turdagi roman kundalik yozishmalardan badiiy yaxlitlik va badiiy adabiyotni izchil egallash orqali rivojlanadi.

Epistolyar matn shaklidagi asarlarni yozish, xususan, XVIII asrda Yevropada odat tusiga kira boshlagan. Masalan, S.Richardosning "Pamila", J.J.Russonning "Yulya yoki Yangi Elioza" va boshqalar. XIX asrda esa maktub tarzidagi adabiyot, asosan, tarixiy hikoya, oilaviy xronika tarzida rivoj topdi. (I.S.Turgenev, "Faust"; F.Dostoyeveskiy, "Faqir kishilar") Epistolyar adabiyot har doim muhim ahamiyatga ega bo'lgan. Epistolyar shakilning o'ziga xos mashhurligi, bu janrdan foydalanish tufayli tasvirlangan voqealarning haqiqiyligi va ishonchliligi oshganligi bilan izohlanadi. Epistolyar matn ya'ni maktublar ko'plab asarlarda uchraydi. Jumladan, A.Qodiriyning "O'tkan kunlar" romanining "Xiyonat" faslida ham ko'rishimiz mumkun. "Kumushbibi binti Mirzakarimboyga - zavji toshkandlik Otabek Yusufbek hoji o'g'lidan. Otangiz Toshkqandda ekan vaqtida men bu ishni ochmoqqa ogc irsing'an, to'g'risi, uyalg'an edim. Ma'lumingiz, Toshkanddan uylanganimdan so'ng yolg'iz boshimg'a ham Toshkanddan, ham Marg'ilondan ikki xotin ushlab turish og'irliq qila boshladi. Shuning uchun bu ikki xotinning birisidan kechishga to'g'ri kelib, nihoyat, turmishim uchun yengil va orzumga muvofiq bo'lg'an bir narsaga qaror berdim. Ul ham toshkandlik xotinim bilangina qolib, sizni taloq qilish edi. Maktubni olg' an kuningizdan boshlab o'zingizni mendan begona va nikohimdan tashqari hisoblasangiz bo'ladir. Manim bu taloq xatimni, albatta, shariat peshvolari shar 'iy hisoblab iddangiz bitish bilan sizga boshqa er qilmoqqa ixtiyor bersalar kerak. Otabek Yusufbek hoji o'g'li.

13-jazvo,1265-yil, Toshkand''[Qodiriy.A. O'tkan kunlar. 2009,171]. Ushbu maktubdan ham shuni yaqqol anglashimiz mumkinki, asarlardagi epistolyar matnlar muhim ahamiyatga ega, chunki yozuvchi aynan mana shu maktublar ko'rinishida voqealar rivojini va asarning kulminatsion qismini ochib berishda unumli darajada foydalanishlari mumkin. Bugungi kunga kelib asarlarda epistolyar matn va aynan epistolyar adabiyot ko'rinishidagi asarlar ham ortib bormoqda, xususan, hozirgi o'zbek adabiyotida epistolyar shaklda O.Yoqubov, O'.Hoshimov, A.Ibrohimov kabi yozuvchilar unumli foydalanishgan. Jumladan, Abduqahhor Ibrohimovning "Uyqu kelmas kechalar" romani boshdan oxirigacha shu janrda yozilgan va o'z o'quvchilariga ega. Shuningdek, hozirgi payda Epistolyar adabiyotning she'riy maktublar, murojaatnoma, ochiq xat (asosan, adabiy tanqidchilikda) kabi shakllari ham mavjud. Hozirgi kunda ham bu janrda asarlar yaratilib kelinmoqda.

Ona tili darslarida ham epistolyar matnlar tahlilini amalga oshirish orqali o'quvchilarda maktub yozish, so'z tanlash san'ati bo'yicha bilim va ko'nikmalarni

shakllantirib borish mumkin. Jumladan, amaldagi 7-sinf "Ona tili" darsligida Aziz Nesinning "G'aroyib bolalar" asaridan Zaynab Yolqirning sinfdoshi Ahmadga yozgan maktubi keltirilgan. Unda Zaynabning Istanbuldan Anqaraga ko'chib kelgani, otasining yangi ish joyi va yangi do'stlari haqidagi taassurotlari aks etgan. Bu kabi maktublar tahlil qilinganda, o'quvchilarda mustaqil epistolyar matn yaratish ko'nikmasi shakllanadi. Uyga topshiriq sifatida uzoqdagi qarindoshiga yoki do'stiga maktub yozish vazifasi beriladi. Bu orqali o'quvchining epistolyar matnni mustaqil yarata olish kompetensiyasi baholanadi.

Xulosa o'rnida aytish joizki, adabiyotda mavjud bo'lgan epistolyar matn ko'rinishini aynan ona tili darslarida ham o'quvchilarga o'rgatish zarur. Chunki nafaqat o'quvchilarda, balki jamiyatda yashayotgan shaxslarda ham maktub yozish bo'yicha ko'nikma yetarlicha mavjud emas. Buning sabablari esa turlicha ulardan biri - bu ijtimoiy tarmoqlarda matnlar va maktublar yozishda turli qisqartma shakildagi belgilardan foydalanish hisoblanadi. Ona tili darsliklariga o'quvchilarda ijobiy maktub yozish ko'nikmalarini shakllantirish maqsadida epistolyar matnlarni olib kirish hamda darsliklardagi mashq va topshiriqlarni shu asosda ishlab chiqishni yanada takomillashtirish zarur. Bu orqali o'quvchilarda matn yozish ko'nikmasi va uni og'zaki bayon qilish orqali nutq madaniyati ham shakllanib boradi.

REFERENCES

1. Muhammedova S. Saparniyozova M. Matn lingvistikasi.- Toshkent: 2011.-B.117.

2. O'zbekiston milliy ensiklopediya E harfi. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti. - Toshkent: 2006.- B.283.

3. Abdulla Qodiriy. O'tkan kunlar. Navro'z nashriyoti. Toshkent: 2019.-B.400.

4. Azimova I, Mavlonova K, Quronov S, Shokir Tursun, Hakimova N, Siddiqov M. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik. Toshkent:2022.- B.128.

5. https://gigafox.ru.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.