Научная статья на тему 'YANGI O‘ZBEK VA CHET ADABIYOTI DAVRIDA YARATILGAN ASARLARDAGI MAKTUB VA XATLARNING TADQIQI'

YANGI O‘ZBEK VA CHET ADABIYOTI DAVRIDA YARATILGAN ASARLARDAGI MAKTUB VA XATLARNING TADQIQI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

253
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xat / maktub / adabiyot / asar / janr. / letter / letter / literature / work / genre

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Susanna Atamovna Mamadaliyeva

Xat va maktub insoniyatning ilk ixtirolaridan biri bo'lib, u yozuv paydo bo'lganidan beri insoniy muloqotning asosiy turi bo'lib xizmat qilgan va xizmat qilmoqda.Jamiyat uchun ma'lum bir qiziqish yoki ahamiyatga ega bo'lgan maktublar jamoatchilikni qiziqtiradigan xatlar sifatida baholanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Letter was one of the first inventions of mankind; it has served and continues to serve as the main type of human communication since the advent of writing. Letters of some interest or importance to society are rated as letters of public interest.

Текст научной работы на тему «YANGI O‘ZBEK VA CHET ADABIYOTI DAVRIDA YARATILGAN ASARLARDAGI MAKTUB VA XATLARNING TADQIQI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-580-584

YANGI O'ZBEK VA CHET ADABIYOTI DAVRIDA YARATILGAN ASARLARDAGI MAKTUB VA XATLARNING TADQIQI

Susanna Atamovna Mamadaliyeva

Qarshi davlat universiteti o' qituvchisi

ANNOTATSIYA

Xat va maktub insoniyatning ilk ixtirolaridan biri bo'lib, u yozuv paydo bo'lganidan beri insoniy muloqotning asosiy turi bo'lib xizmat qilgan va xizmat qilmoqda.Jamiyat uchun ma'lum bir qiziqish yoki ahamiyatga ega bo'lgan maktublar jamoatchilikni qiziqtiradigan xatlar sifatida baholanadi.

Kalit so'zlar: xat, maktub, adabiyot, asar, janr.

ABSTRACT

Letter was one of the first inventions of mankind; it has served and continues to serve as the main type of human communication since the advent of writing. Letters of some interest or importance to society are rated as letters of public interest.

Keywords: letter, letter, literature, work, genre.

KIRISH

Xat va maktublarni davrning suvratlari desa boladi. Buyuk fransuz adibi Stendalning "Adabiyot katta yo'lda sudrab ketilayotgan ulkan ko'zgudir" degan ta'birini jinday tahrir qilishga botinsak, maktublar katta yo'lda sudrab ketilayotgan ko'zgudir, deya o'zgartirilsa xato bo'lmas. Har bir maktubda udumlar, odamlarning kundalik turmushi, biron xalqning o'ziga xosligi aks etmay qolmaydi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Shu ma'noda XIX asr rus yozuvchilarining maktublari ayniqsa diqqatga sazovordir. Ular nafaqat mutaxassislar, manbashunos va tarixshunoslarni, balki oddiy o'quvchilarni ham qiziqtiradi. Dostoyevskiy va Tolstoy, Gersen va Turgenev, Chexov va Gorkiylarning adabiy-badiiy merosi orasida roman va hikoyalari bilan maktublarining ham baravar qiziqib o'qilishi bejiz e mas. Chunki ularda har qanday badiiy asarga xos to'qima, o'ylab topilgan syujetlar, badiiy obrazlar emas, chinakam hayot nafasi ufurib turadi, mualliflarning shaxsiy hayotiga aloqador tafsilotlar, ularning oddiy quvonch va tashvishlari, ziddiyatlarga boy hayoti, davr, san'at

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-580-584

haqidagi fikr-mulohazalari, sevgi-muhabbatlari, ma'naviy va ijtimoiy qarashlari ta'sirchan va go'zal tilda ifoda etilgani bilan ham o'quvchini maftun etadi. Bunday maktublar hikmatlar chashmasi hamda ibrat manbai vazifasini o'taydi. Ularning ishqiy maktublarini o'qiganda insoniyat, mohiyatan, ming yillardan buyon deyarli o'zarmaganligini his qilamiz. Ehtiros, rashk, umid, sadoqat haqidagi tushunchalar asrlar davomida o'zgarmay, hamon o'sha-o'sha, tabarruk va sharafli ekanidan hayratga tushamiz. Bunday maktublarni yozish uchun odamda adabiy iste'dod bo'lishi shart emas, balki ichki dunyosi boy, samimiy va ko'ngli toza har qanday inson yoza olishi mumkinligini his qilasiz.

Masalan, Napoleon Bonapart - harbiy odam, umri jangu jadallarda o'tgan, Motsart - bastakor, Salvador Dali - rassom, Kaxovskiy, Trubetskoy, Volkonskiylar turli soha egalari - adabiyotchi, shoir yoki ijodkor emas, aslo - lekin ularning maktublarini o'qigan odam ruhan huzur qiladi, to'lqinlanadi, beixtiyor o'yga toladi.

Demak, inson hayotida, qolaversa, badiiy asarlar qahramonlarining hayotida ham maktubning roli men o'ylagandan ko'ra salmoqliroq va bisyor ekan.

Publitsistikaning o'ziga xos janri - xatdir. Xat so'zi arabcha bo'lib biror odamdan ikkinchi odamga yozma shaklda yo'llangan matn, ma'lum ma'lumotlarni o'z ichiga olgan yozuvdir. Bu so'z xuddi yuqoridan ma'noni bildiruvchi maktub, noma deb ham yuritiladi. Xat insoniyatning ilk ixtirolaridan biri bo'lib, yozuv paydo bo'lgandan so'ng odamlararo aloqaning asosiy turi bo'lib xizmat qilgan va qilib kelmoqda. Xat aloqa vositasi sifatida pochta orqali, hamda telegraf, faks, internet singari elektron aloqalar orqali jo'natiladi va qabul qilib olinadi. Bunday xatlarni shaxsiy xatlar deyiladi. Jamiyat uchun u yoki bu darajada qiziqish uyg'otadigan, ahamiyatga ega bo'lgan xatlar esa ijtimoiy ahamiyatli xatlar sifatida qadrlanadi. Bunday xatlar yozma adabiyot, matbuot orqali ko'pchilikka - ommaga yetkaziladi. Jamiyatning u yoki bu sohadagi fakt, voqea va hodisalarni aks ettirgan, jamoatchilik fikriga biron-bir yangilik beruvchi, fikr uyg'otuvchi bunday xatlar shuningdek publitsistika bilan, matbuot bilan ham bog'liqdir. YA'ni, biror shaxs matbuot vositasida o'z xati orqali hayotdagi biron-bir fakt, voqea, hodisa haqida xabar beradi, ularga nisbatan o'z fikr-mulohazalarini bildiradi yoki biron-bir masala yuzasidan yordam so'raydi, shikoyat qiladi va hokazo. Binobarin xat shaxsni jamiyat bilan va o'z navbatida jamiyatni shaxs bilan bog'lovchi muhim vositadir.

Xat publitsistikaning alohida janridir, unda ham axboriy, ham tahliliy, ham badiiy-publitsistik xususiyatlarni ko'rish mumkin. Masalan, kishilar tomonidan matbuotga yo'llangan ayrim xatlarda hayotdagi biron-bir fakt, voqea hodisa haqida

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-580-584

xabar qilinishi, shu haqda fikr yuritilishi mumkin. Bu - publitsistikaning axborot janriga to'g'ri keladi. Ayrim xatlarda esa korrespondensiya xususiyati bo'lib, ularda bir necha fakt, voqea hodisa haqida so'z boradi, fikr yuritilgan bo'ladi. Matbuotga yo'llaniladigan aksariyat xatlar maqola tarzida bo'lib, ularda hayotdan olingan biror bir mavzu, tugallangan fikr o'z ifodasini topadi. Boshqa bir xatlarda esa ijtimoiy jihatdan katta ahamiyatga ega bo'lgan masalalar ko'tarilib, ko'pchilikning muhokamasiga tashlanadi. Muharririyatga kelgan kundalik xatlar mazkur janrning eng oddiy ko'rinishi bo'lib, ularda shu kunning dolzarb masalalari aks etadi. Kishilar muharririyatlarga yo'llaydigan xatlarida o'zlarini qiziqtirgan u yoki bu fakt, hodisa haqida xabar beradilar yoki biron-bir masala yuzasidan fikr bildiradilar, hayotda uchraydigan ayrim kamchilik, nohaqlik ko'rinishlaridan shikoyat qiladilar va hokazo. Muharririyatlarga keladigan kundalik xatlarning mavzu doirasi juda keng bo'lib, ularda shu kungi hayotning muhim tomonlari o'z aksini topadi. Bunday xatlar odatda ikki xil - ijobiy yoki tanqidiy tusda bo'ladi. Ijobiy xatlarda hayotdagi fakt, voqea, hodisalar ma'qullanib, qo'llab-quvvatlansa, tanqidiy xatlarda hayotda uchraydigan kamchiliklar va boshqa illatlarga tanqidiy munosabat bildiriladi, fosh etiladi. Bunday xatlarning aksariyatini shikoyat xatlari tashkil etadi.

Xatning ijtimoiy jihatdan salmoqli, muhim ko'rinishi - "Ochiq xat", "Murojaatnoma"lardir. Ochiq xat hayotdagi biron-bir muhim ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy-ma'naviy masala, muammo haqida biror shaxs, yoki bir guruh kishilarning fikri, qarashlari asosida yozilgan publitsistik materialdir. Bunday xatda shu kun, ayni zamon uchun juda muhim biror masala, muammo ko'tarib chiqiladi va ko'pchilikka yetkazish orqali jamoatchilik hukmiga havola qilinadi. Bunday xatlar o'tkir publitsistik ruhga, jonli ta'sir kuchiga ega bo'lishi lozim. Ochiq xatda ijtimoiy ahamiyatlilik alohida o'rin tutadi, u shu xususiyati bilan oddiy xatdan farq qiladi.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Ochiq xatning o'ziga xos ko'rinishi "Murojatnoma" shaklida bo'ladi. Bunday xatlar rasmiy xarakterda ham bo'lishi mumkin. Masalan, davlat rahbarining ma'lum bir anjuman qatnashchilariga yoki mehnatda katta yutuqlarga erishgan viloyat, tuman yoki biror korxona jamoasiga yo'llagan maktubi, tabrigi, yoki biror anjuman qatnashchilarining davlat rahbariga yo'llagan maktublarini olish mumkin. Bunday tabrik va murojaatnomalarda ham muhim ijtimoiy masalalar o'z ifodasini topadi. Ayrim ochiq xatlarda u yoki bu mavzudagi ijtimoiy masalalar, muallifning ko'pchilikka aytmoqchi bo'lgan fikri ham ifodalanishi mumkin.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-580-584

Xatning matbuotda va yozma adabiyotda keng o'rin oluvchi muhim ko'rinishlaridan biri adabiy-badiiy xatlar, yoki epistolyar publitsistikadir. Epistolyar so'zi lotincha epistola - xat, yuborilgan ma'lumot degan ma'noni bildiradi. Bu janr adabiy-badiiy yoki publitsistik asarning xat, maktub tarzida ifoda etilishidir. Ya'ni, mashhur yozuvchilar, adiblar, munaqqidlar o'zlarining muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan fikr-tuyg'ulari, mulohaza va fikrlarini xat shaklida yozib ommaga yetkazganlar. Jahon adabiyoti va ijtimoiy fikri tarixida bunday asarlar ko'plab yaratilgan. Xat janrida yoziladigan matbuot asarlari o'z ichki xususiyatlari, tuzilishi, shakliy jixatlari bilan xilma-xildir. Muharririyatlarga yuboriladigan oddiy xatlarda kundalik hayotda uchraydigan faktlar, voqea va hodisalar haqidagi shaxsiy fikr va mulohazalar, maqsadlar aks etganligidan oddiyroq uslubda yoziladi. Muharririyatlarda bunday xatlardan foydalanishda mualliflarning fikr va maqsadlarini, yo'nalishini saqlab qolgan holda uslubiy jihatdan tahrir etilishi mumkin.Epistolyar yoki yozuvchi publitsistikasiga esa badiiy-publitsistik asarga qo'yiladigan yuksak ijodiy-ifodaviy talablar qo'yiladi. Bunday asarlar ham ijtimoiy-g'oyaviy jihatdan, ham badiiy-tasviriy jihatdan yuqori darajada bo'lishi lozim. Bunda xat muallifining dunyoqarashi, badiiy mahorati asosiy rol o'ynaydi.Xat janri ommaviy axborot vositalarining deyarli barcha ko'rinishlaridan keng o'rin olib keladi.Umuman olganda xat janri publitsistikaning keng ko'lamli va serqirra janrlaridan biri bo'lib, insonning ijtimoiy olamni idrok etishida katta xizmat qiladi. Mustaqil O'zbekistonning ko'p sonli ommaviy axborot vositalarida mazkur janr o'zining munosib ifodasini topib kelmoqda. Bundan ko'rinadiki, xatlar va maktublar orasiga muayyan bir farq mavjud.Ya'ni yuqorida ta'kidlaganimizdek, xatlar informatsiya (ma'lumot) tashishga xizmat qiladi va bu orqali muloqotni ta'minlaydi. Maktublar esa, ma'lumot tashishga xizmat qilish va muloqotni taminlash bilan birgalikda badiiy-estetik ta'sir kuchiga ega bo'lib, badiiy adabiyotning yuksalishiga ham xizmat qiladi.

XULOSA

Demak, maktub bir ma'noda xatning qayta ishlangan, sayqallangan, badiiylashgan shakli bo'lib, badiiy sayqalning yuksalishi natijasida mumtoz adabiyotda noma janri paydo bo'lgan. Dastlab paydo bo'laganda nomalar she'riy usulda keyinchalik nasriy usulda ham yaratilgan, fors adabiyotida noma janriga asos solib, uni rivojlantirganlar. O'zbek mumtoz adabiyotida noma janrining paydo bo'lishi Xorazmiy nomi bilan bog'liq.) Bizning tadqiqot obektimiz noma janri

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-580-584

namunalari emas, balki yangi o'zbek adabiyoti davrida yaratilgan asarlardagi maktublar tadqiqi sanaladi. Bu masalaga to'xtalishimizga sabab maktub genezisi masalasidir.

REFERENCES

1. Sh.Axmedova. Maktublar va adabiy tanqid. Toshkent. 2005 yil

2. Hurshid Davron kutubxonasi. L. A. Seneka. Lucius uchun axloqiy maktublar

3. O'rinboyev A. Jomiydan maktublar. Toshkent, 1994 yil

4.X. Xomidiy, Sh.Abdullaeva, S.Ibroximova. «O'qituvchi» Toshkent, 1967 yil

5. Ibrohim G'ofurov. "MUNSHAOT" - XAT

6. Marxabo Qo'chqorova, "Maktublar - qalb ko'zgusi", "Jahon adabiyoti" jurnali, 2009 yil, 11 -son.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.