Научная статья на тему 'QOZOQ VA O’ZBEK TILLARIDAGI OMONIM SO’ZLAR VA ULARNING O’ZARO O’XSHASH VA FARQLI JIHATLARI'

QOZOQ VA O’ZBEK TILLARIDAGI OMONIM SO’ZLAR VA ULARNING O’ZARO O’XSHASH VA FARQLI JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

502
50
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
omonim / til / tilshunoslik / lingvodidaktika / pedagogika / tushuncha / so‘z / predmet / lug‘at. / homonym / language / linguistics / linguodidactics / pedagogy / concept / word / subject / dictionary.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Nodira Eshmanova, Bayyan G’anibayeva

Ushbu maqolada qozoq va o‘zbek tillaridagi omonim so‘zlarning o‘zaro o‘xshash va farqli tomonlari, omonim so‘zlarning lug‘at tarkibidagi o‘rni haqida yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Annotation: This article describes the similarities and differences between homonymous words in Kazakh and Uzbek languages, the role of homonymous words in the dictionary.

Текст научной работы на тему «QOZOQ VA O’ZBEK TILLARIDAGI OMONIM SO’ZLAR VA ULARNING O’ZARO O’XSHASH VA FARQLI JIHATLARI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-848-851

QOZOQ VA O'ZBEK TILLARIDAGI OMONIM SO'ZLAR VA ULARNING O'ZARO O'XSHASH VA FARQLI JIHATLARI

Nodira Eshmanova

Chirchiq davlat pedagogika instituti katta o'qituvchisi

Bayyan G'anibayeva

Chirchiq davlat pedagogika instituti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada qozoq va o'zbek tillaridagi omonim so'zlarning o'zaro o'xshash va farqli tomonlari, omonim so'zlarning lug'at tarkibidagi o'rni haqida yoritilgan.

Kalit so'zlar: omonim, til, tilshunoslik, lingvodidaktika, pedagogika, tushuncha, so'z, predmet, lug'at.

ABSTRACT

Annotation: This article describes the similarities and differences between homonymous words in Kazakh and Uzbek languages, the role of homonymous words in the dictionary.

Keywords: homonym, language, linguistics, linguodidactics, pedagogy, concept, word, subject, dictionary.

KIRISH

Istiqlol natijasi o'laroq, o'zbek tilshunosligi tom ma'nodagi mustaqil fan sifatida shakllandi va tilimizning o'ziga xos ichki qurilishini boshqa tillar qoliplariga solmasdan o'rganish fanning ustuvor vazifasi sifatida qo'yilib, buning natijasi o'laroq tilshunoslikda substansial yo'nalish shakllandi va jahon tilshunosligida e'tirof etildi (Bu haqda «O'zbekiston ovozi» gazetasining 2008- yil 29- yanvar sonida material berilgan). Ammo tan olib aytish kerakki, bugungi kunda o'quv lug'atchiligi amaliyoti ma'lum darajada yo'lga qo'yilayotgan bo'lsa-da, o'quv lug'atlarining lingvistik va pedagogik asoslarini ishlab chiqish, muayyan o'quv lug'atlarini tuzish tamoyillarini belgilash o'zbek tilshunosligi va lingvodidaktikasida dolzarb muammo bo'lib turibdi.

Google Scholar

Academic Research, Uzbekistan

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-848-851

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

So'z tovush orqali idrok qilinishi va ma'no anglatishi bilan birga tushuncha ifodalash xususiyatiga ham ega. Chunki tushuncha narsa va predmet, voqea va hodisani muhim belgisi asosida boshqa barcha narsa va predmet, voqea va hodisadan ajratadigan fikr shakli. U ana shu narsa va hodisa, uning xususiyati orasidagi ma'lum bog'lanishni ongda aks ettiradi. Kishining fikrlashi tushuncha asosida vujudga keladi. Shu ma'noda, so'z - tushunchaning tildagi ifodasi. So'z orqali predmet va hodisa bir-biriga qiyos qilinadi va shu yo'l bilan uning umumiy va xususiy belgisi ajratiladi. Yuqorida biz so'zlarning shakl va ma'no munosabatiga ko'ra turlarga bo'linishini ko'rib o'tdik. Shundan omonim- so'zlarning muhim turlaridan biri desak mubolag'a bo'lmaydi. Biz lug'at tarkibida omonim so'zlarning o'rnining muhimligini ham alohida ta'kidladik. Omonim so'zlar barcha tillarda mavjud. Omonimlar (omo - bir xil va yunoncha oputa — nom, ism) — umumiy ma'no unsurlariga ega bo'lmagan, tasavvuriy bog'lanmagan, lekin bir xil yozilib, bir xil aytiladigan so'zlar; ular or asida semantik aloqa bo'lmaydi.1 Tillardagi omonim so'zlarning o'xshash jihati bilan bir qatorda farqli jihati ham bor. Qozoq tilida ham o'zbek tilida ham omonim so'zlarning qoidasi bir xil ta'riflangan. Omonim talaffuzi va yozilishi bir xil, ammo ma'nosi har xil bo'lgan so'zlardir. Lekin omonim so'zarning turlari o'rtasida o'zaro farqli jihat mavjud. Masalan, o'zbek tilida omonimlar grammatik hususiyatlariga ko'ra leksik, frazeologik va grammatik turlarga bo'lindi. Lekin qozoq tilida frazeologik omonim turi kuzatilmaydi. Mening fikrimcha, bunday hususiyat to'liq va to'liqsiz omonimlarni tushuntirganda aytib o'tiladi. Bu esa omonim mavzusining ixchamlashishiga olib keladi. Qozoq tilida omonimni mahsus o'rgangan olim K.Axanov leksik omonimni 3 turga bo'ladi:

1. Leksik (to'liq) omonimlar, To'liq leksik omonimlar barcha grammatik shakllarda tovush va imlo jihatidan mos keladigan so'zlarga shunday deyiladi: hujayra (qush) - hujayra (asabiy), do'kon (dastgoh) - do'kon (kichik chakana savdo maydoni) va hokazo.

2. To'liq bo'lmagan leksik ohanglar - bu so'zlarning bir qismiga tegishli bo'lgan, ammo barcha grammatik shakllarda bir-biriga to'g'ri kelmaydigan so'zlar ya'ni birdan ortiq omonimning yo aytilishi, yo yozilish jihatdan teng kelishi: xushmuomalalik (metrik musiqiy birlik) - xushmuomalalik (o'zini munosib tutish qobiliyatini yaratib, mutanosiblik hissi) - omonimik qatorning ikkinchi a'zosi ko'plik shakliga ega emas; qazish (fe'ldan . qazish - erga yotish, uxlab qolish: xazina qazib

1 M. Hamroyev. — Ona tili" Toshkent 2007. 34-b Google Scholar

Academic Research, Uzbekistan

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 j ISSUE 1 j 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-848-851

oling ) - qazish (fe'ldan. ko'mmoq, qazish - masalan, tomchilab biror joyga kiring: dorini burunga ko'mib qo'ying). Leksik- grammatik (to'liq bo'lmagan) omonimlarni 1) ot + fe'ldan tuzilagan leksik- grammatik omonimlar; а) Ыг asosdan yasalgan leksik-gгammatik ( ot+ fe'l) omonimlar; b) haг asosdan yasalgan leksik- grammatik omonimlar (ot + fe'l) omonimlar; 2) sifat + fe'ldan yasalgan leksik- grammatik omonimlar deb bo'ladi.

3. Bir neshta omonim so'zlaг biгgina omonimlik qatorga joylashsa ulaг aгalash omonimlarni tashkil etadi. Bunday ko'p komponentli omonimlik qator leksik omonimlami ham o'z ichiga oladi.

Bu ikki tur (leksik (to'liq) omonimlar, leksik- grammatik (to'liq bo'lmagan) omonimlar) o'zbek tilidagi leksik omonim turlariga mos keladi. Uchunchi tuгini (aralash omonimlar) o'zbek tilida uchratmaysiz.

Qozoq tili va o'zbek tilidagi omonim so'zlarning yana farqli jihatini quyidagida ko'гishimiz mumkin. O'zbek tilida omofon, omogгaf) omofoгmalaг leksik omonimga yondosh hodisa sifatida tariflanadi. Qozoq tilida esa bulami to'liq bo'lmagan omonimning ta'гkibiga kiritamiz. O'zbek va qozoq tilidagi omonimlarni tahlil qilar ekanmiz turkiy tillar gramatikasining bir- biriga o'xshash jihati bilan biгga, faгqli jihati ham bor ekanligini guvohi bo'lamiz. Ikki tilda ham omonimni o'гgatish dolzarb mavzulaгdan biгi bo'lib kelmoqda. Omonim tilimizni yanada boyitadigan va qiziqarli qiladigan hodisalardan biridir. Yosh avlodga omonim so'zlami o'гgatish oгqali ulaming lug'at boyligi oгtadi. Omonim so'zlar badiiy matnda qo'llaniladi, o'quvchilaг uchun matn voqealarini yanada jozibaliгoq va tushunarli yetkazish uchun asos bo'ladi. Omonim tilimizni yanada boyitadigan va qiziqarli qiladigan hodisalardan biгidiг. Ushbu so'zlar bilan tanishish, o'zingizning nutqingizda xatolardan qochishga va biгovning so'zlarini yaxshiгoq tushunishga yoгdam beгadi. Turli xil ma'noda va biг xil tovushli so'zlami biгlashtiгib, ma'гuzachi istalgan effektga- kontras yoki kulgiga erishadi.

Omonim va ularning turlaridan kalambur yasaladi. Kalambur- fransuz tilining calembour ("talafuzi biг xil ma'nosi har xil so'zlaгga asoslangan so'z o'yini" deganni bildiradi) so'zidan yasalgan termin. Ular badiiy adabiyotda, asosan poeziyada

л

qo'llaniladi.

Kalambur o'zbek tilidagi tajnis san'atiga tog'ri keladi. Tajnis (jinos)- she'r baytida ma'no jihatidan har xil, ammo shakli bir xil yoki shaklan bir-biriga yaqin ikki so'zni keltirib, ular vositasida muayyan fikr, lavha yoki timsolni ta'sirchan ifodalash

2 K.Axanov "Til bilimi asoslari" A.,2010, 64-b Google Scholar

Academic Research, Uzbekistan

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-848-851

san'ati. Tajnis so'zi arab tilidan olingan bo'lib- o'xshash, shaklan o'xshash, hamjins, xamshakl degan ma'no anglatadi. Tajnisda omonimlar nozik so'z o'yinlarini ishlatishga imkon beradi. Tuyuq janrida keng qo'llaniladi. Omonim mumtoz adabiyotda tajnis san'ati va tuyuq janrini yaratishda, askiya payrovlarida esa so'z o'yini va qochiriqsifatida ishlatiladi. So'z ustalari, ayniqsa, shoirlar (Xorazmiy, Lutfiy, Navoiy, Bobur, So'fi Olloyor, Habibiy va boshqalar) poetik ta'sirchanlikni oshirishda omonimdan mahorat bilan foydalanganlar. Xorazmiyning: Buyung sarvu sanubartek, beling-qil, Vafo qilgan kishilarga vafo qil bayti yoki Alisher Navoiyning: Olmani sundi nigorim — ol, —dedi, Olma birla bu ko'ngilni ol, — dedi, So'rdim ersa olmasining rangini, Ne so'rarsan? — olma rangi ol, dedi tuyug'i buning yorqin isbotidir. Dastlabki baytda qil so'zi ikki ma'noda (qilga o'xshash ingichka; qilmoq fe'lning o'zagi) ishlatilgan bo'lsa, tuyukda ol so'zi uch ma'noda ishlatilgan (buyruq fe'li; ko'ngil ovlamoq; qizil rang , ol rang).

Tilda har - bir hodisaning o'z o'rni bor. Unda to'g'ri va o'rinli foydalanilsagina uning jozibasini oshirish, rang - barangligini ko'rsatib berish mumkin. Omonimlar ham she'riyatda qo'llanganda so'z o'yinlarini hosil qilishda, tasvirni betakror ranglarda jilovlantirishga xizmat qiladi.

XULOSA

Umuman olganda omonim, sinonim, antonim so'zlar matnni shakllantiruvchi vositalar sanaladi. Darslarda bu sozlar ustida lug'at shaklida foydalanish esa ta'lim jarayonining uzviyligi hamda ona tili va o'qish darslarining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Chunki o'quvchilar ona tili darslarida sinonim, omonim, antonim, tarixiy va arxaik so'zlar haqida qisqacha ma'lumot oladilar. Bu ma'lumotlar o'quvchilarni ona tilining naqadar boyligi va jozibadorligini anglashga, nutq ravonligiga ham xizmat qiladi. O'quvchilarning fikrlash doirasi kengayadi, so'zlari aniq va ixcham ko'rinishga keladi.

Ta'kidlash joizki, yoshlarni grammatika bo'limlari bilan tanishtirish kelgusida o'quvchilarning ona tili fanini mukammal o'zlashtirishini ta'minlaydi. O'quvchilarning o'z fikrini aniq va ifodali yetkaza olishini ta'minlash fanning katta yutig'idir.

REFERENCES

1. M. Hamroyev. "Ona tili" Toshkent 2007. 34-b.

2. K.Axanov "Til bilimi asoslari" A.,2010, 64-b.

3. M.To'raboyev "Hozirgi o'zbek tili" o'quv majmua. Namangan 2018. 89-b. Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 851 www.ares.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.