Научная статья на тему 'HINDIY TILIDA OMONIM FE’LLAR'

HINDIY TILIDA OMONIM FE’LLAR Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
173
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
omonim / omonim fe’llar / homos / leksikologiya / muannas. / homonym / homonymous verbs / homos / lexicology / muannas.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Saidnazarova, Nodira Otaxon Qizi

Mazkur maqolada hindiy tilidagi omonimlarning turlari haqida umumiy ma’lumot berilib, hindiy tilidagi omonim fe’llar leksik va morfologik jihatdan har tomonlama tahlil qilindi va ular o’rtasida o’xshash va farqli jihatlar yoritildi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

OMONIM VERBS IN HINDI

This article provides an overview of the types of homonyms in Hindi, provides a comprehensive lexical and morphological analysis of homonymous verbs in Hindi, and highlights similarities and differences between them.

Текст научной работы на тему «HINDIY TILIDA OMONIM FE’LLAR»

Scientific Journal Impact Factor

HINDIY TILIDA OMONIM FE'LLAR

Saidnazarova Nodira Otaxon qizi

Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti Filologiya va yillarni o'qitish ta'lim yo'nalishi

[email protected] Ilmiy rahbar: Sodiqova Mavjuda Qobulovna Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada hindiy tilidagi omonimlarning turlari haqida umumiy ma 'lumot berilib, hindiy tilidagi omonim fe'llar leksik va morfologik jihatdan har tomonlama tahlil qilindi va ular o 'rtasida o 'xshash va farqli jihatlar yoritildi. Kalit so'zlar: omonim, omonim fe'llar, homos, leksikologiya, muannas.

В этой статье представлен обзор типов омонимов на хинди, представлен всесторонний лексический и морфологический анализ омонимичных глаголов на хинди, а также выявлены сходства и различия между ними.

Ключевые слова: омоним, омонимичные глаголы, гомос, лексикология, муаннас.

This article provides an overview of the types of homonyms in Hindi, provides a comprehensive lexical and morphological analysis of homonymous verbs in Hindi, and highlights similarities and differences between them.

Keywords: homonym, homonymous verbs, homos, lexicology, muannas.

Tildagi barcha so'zlarning yig'indisiga, so'z jamg'armasiga lug'at boyligi deyiladi. Har bir tilning lug'at boyligidan munosib o'rin tutgan so'zlar doimiy ravishda bir-birlari bilan paradigmatik va sintagmatik munosabatlarda bo'lib turadi. Shunga ko'ra ularni bir necha guruhga bo'lish mumkin.

So'zlar aytilishi, yozilishi va ma'nosi jihatidan turlicha guruhlarga birlashishi qonuniy sanaladi. Shulardan biri omonimiya hodisasidir. Aytilishi va yozilishi jihatidan bir xil, ammo ma'nosiga ko'ra bir-biridan keskin farqlanib turadigan so'zlarga omonimlar deyiladi. Omonim so'zi grekcha, "homos"— bir xil, "onoma" yoki "onyma"— nom so'zlaridan olingan. So'zlardagi shakldoshlik hodisasi

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 2 | ISSUE 1

educational, natural and social sciences O ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

omonimiyadir. Masalan: t^l - I muannas1. asar, ijod, ijodkorlik (ot); T-^l - II

o'timli. ijod qilmoq, yaratmoq (fe'l). ^I^l - I o'.li. tikmoq (fe'l) ; ^l^l - II m.s. ko'krak (ot)

Omonimlardagi ikki jihat uni boshqa shakldoshlik hodisalaridan keskin farqlab turadi: 1) akustik - artikulyatsion tomondan omonim so'zlar bir xil xossaga ega

bo'ladi, ya'ni talaffuzi o'xshash, deyarli bir xil bo'ladi: -^c^l - I o'.siz. (barg)

yozmoq, ochilmoq (fe'l); ^c^^i - II m.r. tarsaki, shapaloq (ot); 2) grafik jihatdan ham ular bir xil tizimga ega, masalan:

- I m.s. til (a'zo) (ot) ; Td^l - II o'.siz. sekin oqmoq, oqmoq, sizib oqmoq

(fe'l)

Omonim turlari yuzasidan qilingan izlanishlarimiz natijasiga ko'ra, omonimlar asosan quyidagi turlarga bo'linishi aniqlandi:

l.Leksik (lug'aviy) omonimlar - so'zlar o'rtasidagi omonimlik leksik (lug'aviy)

omonimlar deyiladi: ^OTTT - I m.s. arra (ot) ; ^OTtT - II charchagan, xorg'in (sifat); ^Í^T

- I m.r. oltin, tilla (ot) ; ^flWr - II o'.li. uxlamoq (fe'l) Ifoda planida so'zning leksema

deb atalishini bilamiz. Omonimiya hodisasining tayanadigan asosiy nuqtasi ham so'zning ifoda plani, tashqi tomoni sanaladi.

MUHOKAMA VA NATI JALAR

Omonimiyada tovush va grafik ifodaning birDbiriga mutanosib kelishi muhim ahamiyatga ega. Yana shunisi muhimki, mazkur omonimlarni qaysi so'z turkumiga oid ekanligiga qarab, ot omonimlar, fe'l omonimlar, sifat omonimlar deb bo'lishimiz mumkin. Shuningdek, hindiy tilida omonimlar bir xil so'z turkumiga

(HH" - oxir (ot); HH" - yurak, qalb (ot) , ikki xil so'z turkumiga ( ^ - ildiz, asos (ot); ^ - jonsiz (sifat) , uch xil so'z turkumiga ( Tí^T - yig'lamoq (fe'l), Tí^T - yig'i

(ot), Tí^T - yig'loqi (sifat) ham oid bo'lishi mumkin. Bir turkum doirasidagi

omonimlik asosan ot va fe'llarda ko'proq uchraydi.

Agar omonimlar ikkita so'z turkumiga mansub bo'lsa, so'zlar formalarda ya'ni qo'shimcha qo'shilganda, ular o'rtasidagi shakldoshlik munosabatlari barham topadi:

T^l - asar (asar yozmoq), t^l - ijod qilmoq;

1 Mazkur atama m.s (muannas), m.r (muzakkar) tarzida berildi. U B.R.Rahmatov, M.Q.Sodiqovaning "Hindiy tili" 1-qism (2018) kitobiga asosan olindi.

830

Scientific Journal Impact Factor

Solishtiring: t^hk' - bu asarlar , f - u ijod qiladi.

Omonimlar va ko'p ma'noli so'zlarni o'zaro farqlash zarur. Ko'p ma'noli so'zlar qancha ma'noga ega bo'lmasin, bu ma'nolar o'zaro bog'langan bo'ladi. Omonimlar boshqa - boshqa so'zlar bo'lgani uchun ularning ma'nolari o'rtasida bog'lanish bo'lmaydi. Ko'p ma'noli so'zlar o'z va ko'chma ma'nolarda qo'llanishidan hosil bo'lsa, omonimlar shakli o'xshash ikkita va undan ortiq so'zlardir.

2. Grammatik omonimlar - qo'shimchalar, so'z birikmalari yoki gaplar o'rtasidagi omonimlik sanaladi. Grammatik omonimlar ikki xil bo'ladi:

a) morfologik omonimlar - qo'shimchalar o'rtasidagi omonimlik. Masalan: - f qo'shimchasi omonim qo'shimcha hisoblanib, u 2 xil so'z turkumini yasashi mumkin. Masalan: ïïfT^ (tog') + f = ïïffT (ïïffT ^tft) - tog'lik (tog'lik odam)

(ishsiz) + f = ^Tl^nTl - ishsizlik kabi so'zlarda - f qo'shimchasi ot

so'z turkumini yasagan bo'lsa, yH (boylik) + f = yHT (boy) , (o'rmon) + f =

H^itf! (yovvoyi) kabi so'zlarda esa -f qo'shimchasi sifat so'z turkumini yasagan.

- HT qo'shimchasi ham shunday:

fà^ (do'st) + HT = fà (do'stlik) so'zida - HT ot yashovchi qo'shimcha, ^T +

HT = ^THT so'zida - HT fe'lning notugal sifatdoshini yasovchi qo'shimcha sanaladi.

b) sintaktik omonimlar - so'z birikmalari yoki gaplar o'rtasidagi omonimlardir: TTH fflf f ? (bu gapda TTH ega vazifasida kelgan)

TTH, f ? ( bu gapda esa TTH undalma vazifasida ishlatilgan ). Ushbu

gaplarda ma'noni faqat ohangdan farqlab olish mumkin.

3. Frazeologik omonimlar - iboralar, ya'ni ko'chma ma'noli , ta'sirchanlikka ega bo'lgan birikmalar o'rtasidagi omonimlikdir:

TfHT - I sog' bo'lmoq, sog'lig'i yaxshi bo'lmoq; II muvaffaqiyatga

erishmoq, foyda ko'rmoq;

^ŒH ^THT - I tanlamoq, qabul qilmoq; II Gapdan qolmaslik;

^yT 3y ^t fT^HT - I Yolg'ondan maqtanmoq; II U yoq bu yoqdan gaplashmoq (bitta mavzuda gaplashmaslik)

Scientific Journal Impact Factor

Hiid^K ^t^i - I qabul qilmoq; II yoqtirmoq; III ishga olmoq

Omonim fe'llar yuzasidan olib borilgan izlanishlarimiz natijasida, hindiy tilida omonim fe'llarning omonim ma'nolari bir xil so'z turkumi doirasida yoki har xil so'z turkumi doirasida bo'lishi kuzatildi. Omonim fe'llarning bir ma'nosi fe'l so'z turkumiga va ikkinchi ma'nosi esa ot yoki sifat so'z turkumiga mansub misollar ko'pchilikni tashkil qildi. Bunda bir ma'nosi otga mansub fe'llar ko'proq, sifat ga mansublari nisbatan kamchilik ekanligi aniqlandi. Masalan:

yc^l - I o'.siz. sodir bo'lmoq, ro'y bermoq, amalga oshirmoq; bo'lib o'tmoq;

joyida bo'lmoq - fe'l so'z turkumiga mansub ; II o'.siz. qisqarmoq, kamaymoq, pasaytirmoq, pasaymoq (narx) - fe'l so 'z turkumiga mansub III m.s. voqea, hodisa,

holat - ot so 'z turkumiga mansub Masalan: HHI^icI H^HT ^Tt ^T^" ycdl

t I - Kelishmovchiliklar sababli ko'pincha yomon ishlar sodir bo'ladi. ftttl HTl yCt ^t I - O'tgan yili oyliklar ancha qisqargan edi. ^F y^T £ ^TT dTt fc^T I - Bu voqea ularga yomon ta'sir qildi.

O

dMl - I m.r. ta'na, malomat; tanbeh, gina - ot so 'z turkumiga mansub; II o'.li. eritmoq - fe'l so 'z turkumiga mansub; Masalan:

H^t dldid4i % fl^" dMT H^dl I" I - U har doim xatolari uchun

ta'na eshitadi.

l|TT ^t dl^T dTf-dTt # sWIdl I" I - Temirchi temirni eritib turli xil narsalar yasaydi.

^TdMT - I mast; mastday, mastlardek - sifat so 'z turkumiga mansub; II o'.siz.

mast bo'lmoq - fe 'l so 'z turkumiga mansub Masalan: ^TT H ^T I - U

sevgidan mast edi.

^TdTOT ^T ^T fl^T ^TI - U ko'p ichib yuborgani sababli,

o

mast bo'lgandi.

Omonim fe'llarni morfologik tahlil qilish jarayonida yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, ayrim omonim fe'llarning omonimlik ma'nolaridan biri boshqa so'z turkumiga ham mansub bo'lib, bu omonim fe'llarning bir-biridan farqlanishi, shakllari, gaplarda qo'llanilishi va gapdagi vazifalari ham turlicha ekan.

Scientific Journal Impact Factor

Hindiy tilida omonim fe'llarni grammatik tahlil qilish jarayonida esa fe'llar o'timli, o'timsizligi bo'yicha o'rganildi va shu narsa ma'lum bo'ldiki, omonim fe'llarni fe'llik ma'nosiga ko'ra quyidagi 3 turga ajratish mumkin:

1. Ikkala omonimlik ma'nosi ham o'timli fe'llar.

2. Ikkala omonimlik ma'nosi ham o'timsiz fe'llar.

3. Aralash ya'ni bir ma'nosi o'timli, boshqasi o'timsiz bo'lgan fe'llar. Endi ushbu natija bo'yicha, ayrim misollarni ko'rib chiqamiz :

1. Ikkala omonimlik ma'nosi ham o'timli fe'llar:

3HTTHT - I o'.li. yechmoq; bo'shatmoq, tushirmoq; II o'.li. o'tkazib qo'ymoq (narigi qirg'oqqa) Masalan:

H ^HTH % fàïï" ^ïïH 3HTTl - Bola cho'milish uchun kiyimlarini

yechdi.

3ÏÏ H HTÏÏ ÏÏ ïïïïTT ïïtfT H^ % ^^tTT 3HKT l - U qayiqdagi

barcha yo'lovchilarni ( sayohatchilarni ) dengiz sohilining narigi tomoniga o'tkazib qo'ydi.

^THHT - I o'.li. chizmoq; II o'.li. o'ylamoq, fikr yuritmoq; esga olmoq, eslamoq. Masalan:

3^1'H ^ïïHT ÏÏ^ÏÏ ïïfÏÏ^y Î^^ ^t ÏÏM ^THTl - U o'zining eng mashhur rasmini ikki yil davomida chizgan.

fïï ÏÏÏÏT3T % ÏÏÏÏTyiH % ^ft ÏÏ ÏÏfH ^THT l- Ona bu muammoning

o

yechimlari to'g'risida uzoq vaqt o'yladi.

ïïônHT - I o'.li. hurmat qozonmoq, hurmatga sazovor bo'lmoq. II o'.li. davolamoq (jarohatni); Masalan:

ÙÏÏ^ H ^ïïH ^Ïïë^" ÏÏ tffa" ^T ïïHRT ^Tl - Premchand

<\ o

o'zining bebaho ijodi bilan xalq orasida hurmat qozongan.

STÎTH ÏÏ RlÎVïï*! H ^Tïït HfT-^fè^f ÏÏ ÏÏHT3T ^Tl - Qadimda

tabiblar giyohlar bilan ko'plab jarohatlarni davolashgan.

2. Ikkala omonimlik ma'nosi ham o'timsiz fe'llar :

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

3^%HT - I o'.siz. qaramoq, kuzatmoq; II o'.siz. sakramoq. Masalan: TTÏÏ

^t^t l - Ram uzoq vaqt odamlarni kuzatdi.

o

Scientific Journal Impact Factor

5fäTT % qt& % fö^ 5fäTT £ 3^%T I - Shyam devor ortini ko'rish uchun devordan sakradi.

- I o'.siz. yopishmoq; II o'.siz. o'lmoq, vafot etmoq. Masalan:

Tfii Ü %T ^Tr^T %T Ul^un 5r31T qT y^T ^T I - Bugun

Ramesh kechagi imtixon haqidagi e'lon devorga yopishganini ko'rdi.

fq^l ^HM % %RU| 5PWI ^T fiUffi" ^I - O'tgan yili Covid sababli butun dunyoda ko'plab odamlar vafot etishdi.

ü%üi - I o'.siz. to'ymoq, to'yib yemoq; II o'.siz. hayron qolmoq, hayratlanmoq; hayratda qolmoq. Masalan:

^düT ^IüT ^1%T ^T^i 3%TI - Shuncha ovqatni yeb nihoyat Suresh

O

to'ydi.

%iTr^T % % ^T I - Hunarmandning mahoratini

ko'rib, barcha tomoshabinlar hayratda qolishgan edi.

3. Aralash ya'ni bir ma'nosi o'timli, boshqasi o'timsiz bo'lgan fe'llar :

%filül - I o'.siz. ishlamoq; II o'.li pasaytirmoq, kamaytirmoq. Masalan :

fq^ fifrÜ fi 5lTlr %T% ^HlTt W^t %HWl - Shyam o'tgan oyda dallollik qilib, minglab rupiylar ishladi.

Ü fq^ä" fiflÜ ^THTT fi %l<Hd! tfTI - Hukumat o'tgan oy

bozorda narxlarni ancha pasaytirgan edi.

%%ÜT - I o'.siz. sayramoq, kuylamoq (qush), chirillamoq, kukulamoq; II o'.li. yurgizmoq (soat). Masalan:

TÜT % % ^tö fi qtfT tfT 35FH" %%I - Malikaning qayg'usi sababli bog'dagi qushlar ham g'amgin sayrashardi.

UÜ^ld Ü U"Ü %T fiT^fid %T ^T 3F Ü 3H" fol %%TI - Soatsoz soatni ta'mirladi va uni qayta yurgizdi.

ööiüi - I o'.li. urmoq, do'pposlamoq; II o'.siz. qah - qah urib kulmoq, xoxolamoq, kulmoq. Masalan:

^Tü Ü % |Tr dT^ öömi I - Suran o'g'rini juda yomon urdi.

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 2 | ISSUE 1

educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

И1С.Ф й^ФЧ Б^Г ôôl^ I - Spektaklni ko'rib hamma tomoshabinlar qah-qah otib kulishdi.

XULOSA

Tadqiqot natijasida, omonimlar aytilishi va yozilishi jihatidan bir xil, ammo ma'nosiga ko'ra bir - biridan keskin farqlanib turadigan so'zlar bo'lib, ularning quyidagicha turlari mavjudligi aniqlandi :

1. Leksik (lug'aviy) omonimlar - so'zlar o'rtasidagi omonimlik.

2. Grammatik omonimlar esa qo'shimchalardagi shakldoshlik sanaladi.

3. Frazeologik omonimlar - iboralar, ya'ni ko'chma ma'noli , ta'sirchanlikka ega bo'lgan birikmalar o'rtasidagi omonimlikdir.

Hindiy tilida omonim fe'llarni esa ifodalanishi va tahlili yuzasidan quyidagicha tasniflash mumkin:

1. Omonim fe'llarni morfologik tahlil qilar ekanmiz, ularni bir ma'nosi fe'l bo'lgan va ikkinchi ma'nosi fe'ldan boshqa so'z turkumi bo'lgan omonim fe'llarga ajratish mumkin.

2. Hindiy tilida omonim fe'llarni grammatik tahlil qilish jarayonida esa fe'llar o'timli, o'timsizligi bo'yicha o'rganilganda, shu narsa ma'lum bo'ldiki, omonim fe'llarni quyidagi 3 turga ajratish mumkin:

1) ikkala omonimlik ma'nosi ham o'timli fe'llar.

2) ikkala omonimlik ma'nosi ham o'timsiz fe'llar.

3) aralash ya'ni bir ma'nosi o'timli, boshqasi o'timsiz bo'lgan fe'llar.

Demak, har bir omonim fe'llarning bir-biridan farqlanishi, o'ziga xos xususiyatlari va shakllari, gaplarda qo'llanilishi hamda gapdagi vazifalari ham turlichadir.

REFERENCES

1. Rahmatov B.R., Sodiqova M.Q.,.Nurmatov S.S, Sulemanova M.M. Hindiy tili 1-qism.Toshkent. 2018

2. Abdurahmonov G'. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Toshkent. O'zbekiston. 2010. 110-118 bet.

3. Гуру К. Грамматика хинди. Част II. Пер. С хинди Г.А. и Р.И.Баранниковых. Под ред. И с предисл. Проф. Б.А.Ларина. -М.: Изд-во иностранной лит-ры, 1962.

4. Дымщиц З.М. Грамматика языка хинди. Т II. -М.: Наука, 1986.

Scientific Journal Impact Factor

5. ^T ° tfldMW fàïïltT. f^T ^Тщ! [Dictionary of hindi idioms] fèëtfT

О

1991. Ч 20-40.

6. Бескровный В.М. «Хинди - русский словарь». Москва, 1959. Internet saytlari :

1. https : //rekhtadictionary.com

2. https://www.sbistudy.com/homonyms-in-hindi/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.