Научная статья на тему 'ENG QADIMGI YOZMA MANBALARDA TA’LIM-TARBIYA MASALALARI'

ENG QADIMGI YOZMA MANBALARDA TA’LIM-TARBIYA MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Kamolova Gulchiroy

Turkiy xalqlarning yozma ma’rifiy yodgorliklari o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, pedagogika tarixi, xususan, yosh avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Bular «O‘rxun-Enasoy yodgorliklari», «Irq yozuvlari» («Ta’birnoma») kabi manbalar bo‘lib, ulardan yangi davr kishisini tarbiyalashda foydalanish muhim vazifalardan sanaladi. Eng qadimgi turkiy tilda yaratilgan va turk-runiy yozuvida bitilgan O‘rxun-Enasoy bitiklarini «toshlarga bitilgan kitoblar», toshbitiklari deb ham ataydilar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ENG QADIMGI YOZMA MANBALARDA TA’LIM-TARBIYA MASALALARI»

ENG QADIMGI YOZMA MANBALARDA TA'LIM-TARBIYA

MASALALARI

Kamolova Gulchiroy

Toshkent tibbiyot akademiyasi O'zbek tili va chet tillar kafedrasi o'qituvchisi

guli28021997@mail.ru

Turkiy xalqlarning yozma ma'rifiy yodgorliklari o'ziga xos xususiyatga ega bo'lib, pedagogika tarixi, xususan, yosh avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Bular «O'rxun-Enasoy yodgorliklari», «Irq yozuvlari» («Ta'birnoma») kabi manbalar bo'lib, ulardan yangi davr kishisini tarbiyalashda foydalanish muhim vazifalardan sanaladi. Eng qadimgi turkiy tilda yaratilgan va turk-runiy yozuvida bitilgan O'rxun-Enasoy bitiklarini «toshlarga bitilgan kitoblar», toshbitiklari deb ham ataydilar. Buning sababi ko'pgina yodgorliklarning qabr toshlariga o'yib yozilganidadir. Ularning eng yiriklari «To'nyuquq» hamda «Kul Tegin» yodgorliklaridir. O'rxun-Enasoy yodgorliklari dastlab Yenisey havzasida, so'ngra Mo'g'ulistonning O'rxun daryosi bo'yida topilgan. O'ziga xos xat (yozuv)da bitilgan bu bitiklar eramizning VI-VIII asrlarda yozib qoldirilgan. O'rxun-Enasoy yodgorliklari dastlab, O'rxun, Selenga va To'li daryolari atrofidan Shimoliy Mo'g'ulistonda toshga bitilgan obidalar shaklida topilgan. Ushbu yozuvlarni 1893-yilda birinchi bo'lib daniyalik olim Vilgelm Tomson o'qigan. V.Tomsondan so'ng olimlar N.M.Yadrinsev, V.V.Radlovlar mazkur manbalarni izlab topib, o'qishga muvaffaq bo'ldilar.

VI asr o'rtalarida Oltoy va Janubiy Sibirda yashagan turkiy qabilalarni birlashtirgan yangi davlat vujudga keldi. Bu davlat tarixga Turk xoqonligi nomi bilan kirgan. Eramizning 745 yiliga kelib esa Turk xoqonligi barham topgan. Turk xoqonligi davrlarda turkiy run (ko'k turk) xati keng qo'llanilgan. Turklarning bu yozuvi biri ikkinchisiga tutashib ketadigan 38-40 harflardan iborat edi. U tosh va yog'ochlarga o'yib yozishga nihoyatda qulay edi. Qadimgi ko'kturk bitiklari (Kultegin va Bilga xoqon bitiklari) Oltoy va Sharqiy Turkistondan tashqari,

Yettisuv, Farg'ona va Zarafshon vodiylaridan topilib, o'rganilgan. Ular qabrtoshlar, sopol va metall buyumlar, yog'och hamda tanga pullarga bitilgan.

Turkiy xalqlarning yozma ma'rifiy yodgorliklari o'ziga xos xususiyatga ega bo'lib, pedagogika tarixi, xususan, yosh avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Bular "O'rxun-Enisey yodgorliklari", "Irq yozuvlari" ("Ta'birnoma") kabi manbalar bo'lib, ulardan yangi davr kishisini tarbiyalashda foydalanish muhim vazifalardan sanaladi.

Eng qadimgi turkiy tilda yaratilgan va turk-rumiy yozuvida bitilgan O'rxun-Enisey bitiklarini "toshlarga bitilgan kitoblar", toshbitiklari deb ham ataydilar. Buning sababi ko'pgina yodgorliklarning qabr toshlariga o'yib yozilganidadir. Ularning eng yiriklari "To'nyuquq" hamda "Kul Tegin" yodgorliklaridir. O'rxun-Enisey yodgorliklari dastlab Yenisey havzasida, so'ngra Mo'g'ilistonning O'rxun daryosi bo'yida topilgan. O'rxun-Enisey yodgorliklarinining topilishi va o'rganilishi XVIII asrdan boshlanadi. Rus xizmatchisi Remezov bu haqda dastlabki xabarni beradi. Shved zobidi Iogann Stallanberg, olim Messershmidt yodgorliklarni yevropa ilmi ahliga ilk marta taqdim qilganlar.O'rxun-Enisey yodgorliklari S.E.Malov hamda I.V.Steblevalar tomonidan rus tiliga tarjima qilindi. O'zbekistonda Oybek, O.SHarafuddinov, N.Mallaev, Aziz Qayumov va N.Rahmonovlar O'rxun-Enisey bitiklari ustida tadqiqot ishlarini olib bordilar va ushbu manbaning ta'lim va tarbiya ishlarini yo'lga qo'yishdagi ahamiyatini yoritib berdilar.

O'ziga xos xat (yozuv)da bitilgan bu bitiklar eramizning VI-VIII asrlarda yozib qoldirilgan. O'rxun-Enasoy yodgorliklari dastlab, O'rxun, Selenga va To'li daryolari atrofidan SHimoliy Mo'g'ulistonda toshga bitilgan obidalar shaklida topildi. ushbu yozuvlarni 1893 yilda birinchi bo'lib daniyalik olim Vilgelm Tomson o'qigan. V.Tomsondan so'ng olimlar - N.M.Yadrinsev, V.V.Radlovlar mazkur manbalarni izlab topib, o'qishga muvaffaq bo'ldilar.

Eng qadimgi davrlarda ta'lim-tarbiyaga oid qimmatli ma'lumotlarni biz xalq og'zaki ijodi namunalari afsonalar, qahramonlik eposlari, qo'shiqlar, maqol va iboralarda ham ko'ramiz. Xalqimiz o'z tarixiy - ijtimoiy taraqqiyoti mobaynida boy og'zaki ijodiy meros qoldirgan. Xalq folklorida ta'lim-tarbiyaga oid ilg'or pedagogik

fikrlar ilgari surilgan. Har tomonlama yetuk axloqli shaxsni shakllantirishning hamma tarkibiy qismlari, ya'ni aqliy tarbiya, axloqiy tarbiya va nafosat tarbiyasiga xos bo'lgan hamda tarbiya ishida qo'llash mumkin bo'lgan pedagogik ma'lumotlar o'zbek folklorining barcha jihatlarida o'z ifodasini topgan. Jumladan, alla dastlabki hayot darsligi, ma'naviy boyliklarning bitmas - tuganmas hazinasidir. Ibtidoiy tuzum kishilarining orzu-istaklari, o'y-fikrlari, maqsad va intilishlarini yoritishga xizmat qilgan afsonalarning ko'pchiligi bizga eng qadimgi yodgorliklar -«Avesto», Firdavsiyning «Shohnoma» asarlari orqali ma'lumdir. Jasurlik, kuchlilik va mardlik - qadimiy kishilarda tarkib topishi zarur bo'lgan eng muhim fazilatlar sanalgan. Tarixiy shaxslarning hayoti va qahramonliklari borasida ma'lumotlar beruvchi rivoyatlar fikrimizning yorqin dalilidir. Ularda muayyan shaxs faoliyati, donishmandligi, qahramonliklari, tarixiy shaxs ega bo'lgan axloqiy fazilatlar: nazokat, kamtarlik, aql-idrok, o'zgalarga muhabbat, yorga vafo, sadoqat, baxt, odillik, odamiylik, oliyhimmatlilik va mehnatsevarlik kabilar ulug'langan. M.Qoshg'ariyning «Devonu lug'otit turk» asarida esa ilm olishning qadri, bilimli, donishmand kishilarni hurmat qilish, mehmondo'stlik xush xulqlik mardlik va jasurlikni targ'ib etuvchi, o'z manfaatini ko'zlagan molparast, baxil, ochko'z, do'stiga va xalqiga xiyonat kabi salbiy tomonlarni qoralaydigan she'rlar ko'p uchraydi. Bunday she'rlar turkiy xalqlar qadim-qadimlardan boshlab, inson shaxsini shakllantirishda ta'lim-tarbiyaga katta e'tibor berganligini ko'rsatadi.

Adabiyotlar:

1. Pedagogika nazariyasi va tarixi. 1-qism. [Matn] /darslik/ Gulchehra Izbullayeva. - Buxoro: "Sadriddin Salim Buxoriy" Durdona, 2022.

2. Умарова, М.Х. Теория и истории педагогики [Текст]: учебное пособие для направления бакалавриата область образования 5110900 - Педагогика и психология/М. Умарова. Министерством высшего и среднего специального образования Республики Узбекистан. - Т.: ИПТД имени Чулпана. 2018. - 372 с

3.https://namdu.uz/media/Books/pdf/2024/05/31/NamDU-ARM-2912 Pedagogika_nazariyasi_va_tarixi.pdf

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.