Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA MUSIQA PEDAGOGIKASINING ENG QADIMGI DAVRLARDAN XVI ASRGACHA DAVRDAGI RIVOJLANISHI'

O‘ZBEKISTONDA MUSIQA PEDAGOGIKASINING ENG QADIMGI DAVRLARDAN XVI ASRGACHA DAVRDAGI RIVOJLANISHI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
49
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
MUSIQA / MADANIYAT / TARIX / PEDAGOGKIA / ADABIYOT / SAN'AT / ESTETIKA / MUSIQIY TA'LIM / TARBIYA

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Ibragimov B.M.

mazkur maqolada O‘zbekistonda musiqa pedagogikasining eng qadimgi davrlardan XVI asrgacha davrdagi rivojlanishi, shuningdek, mazkur davrlarda eng qadimgi yodgorliklarda tarbiyaga oid fikrlar, Markaziy Osiyoning qadimiy musiqa madaniyati va ta’lim-tarbiyasi xususida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA MUSIQA PEDAGOGIKASINING ENG QADIMGI DAVRLARDAN XVI ASRGACHA DAVRDAGI RIVOJLANISHI»

Ibragimov B.M. magistr

""Musiqiy ta'lim va san'at" ixtisosligi 1 kurs Nizomiy nomidagi Toshkent davlatpedagogika universiteti

O'ZBEKISTONDA MUSIQA PEDAGOGIKASINING ENG QADIMGI

DAVRLARDAN XVI ASRGACHA DAVRDAGI RIVOJLANISHI

Annotatsiya: mazkur maqolada O'zbekistonda musiqapedagogikasining eng qadimgi davrlardan XVI asrgacha davrdagi rivojlanishi, shuningdek, mazkur davrlarda eng qadimgi yodgorliklarda tarbiyaga oidfikrlar, Markaziy Osiyoning qadimiy musiqa madaniyati va ta'lim-tarbiyasi xususida ma'lumotlar berilgan.

Tayanch iboralar: musiqa, madaniyat, tarix, pedagogkia, adabiyot, san'at, estetika, musiqiy ta'lim, tarbiya.

Ma'lumki, uzoq va boy tarixga ega bo'o'lgan Markaziy Osiyo xalqlari o'zining ta'lim-tarbiyaga oid ulkan merosini yaratib, takomillashtirib, insoniyatning yuzlab avlodlarini insonparvarlik, ilmparvarlik, mehr-oqibat, mehnatsevarlik, do'stlik, saxovat kabi umuminsoniy fazilatlari ruhida tarbiyalab kelgan, xalqimiz yaratgan ma'rifiy fikr sarchashmalari qadim-qadimlarga borib taqaladi. O'zbek xalqi tarixan ta'lim-tarbiya sohasida o'ziga xos dorilfunun yaratgan. Hatto hozirgi o'zbek xalqi yashab turgan zaminda zardushtiylik dini keng yoyilgan davrda ham pedagogik mafkura hukm surgan. Bu zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto»ning bizgacha yetib kelgan ayrim sahifalarida o'z ifodasini topgan.

Biroq islomgacha davr tarbiyashunosligi, fan va madaniyati tarixini yoritish imkoni chegaralangan. Chunki, dastlab Iskandar boshchiligidagi yunon-Makedon qo'shinlari, so'ngra Qutayba ibn Muslim rahbarligidagi arab istilochilari olib borgan talonchiliklar, vayronagarchiliklar tufayli o'sha davrga tegishli deyarli barcha asarlar, manbalar yo'qotib yuborilgan. Lekin islom va islomdan keyingi mavjud pedagogik qarashlarni, milliy ta'lim-tarbiyaga oid an'analarni, qadriyatlarni, xalq pedagogikasini ilmiy o'rganish, puxta taxlil qilish va hayotga tadbiq etish bugungi kunning muhim va dolzarb muammosidir.

Istiqlolga erishganimizga qadar biz tarbiya ishlarimizga Yevropa pedagogikasini asos qilib oldik va o'rgandik. Endigi vazifa Sharq pedagogikasi bilan G'arb pedagogikasining eng ilg'or an'analarini o'rganishga e'tiborni qaratishdan iboratdir. Chunki ilmu-fan avval Sharqda taraqqiy etgan. Buyuk olmon olimi Xerler: «Sharq Yevropaning muallimidir» -deganda haq edi.18.

Demak, pedagogika tarixi ijtimoiy fandir. U tarixiy pedagogika xodisalariga davr talabi asosida yondoshadi, tarbiya nazariyasi va amaliyotini turli bosqichlarda

18 N.Narziyeva, Sh.Hayitova "PEDAGOGIKA TARIXI VA G'OYALARI" (O'quv uslubiy qo'llanma). Samarqand-2014. 5-bet.

xilma-xil bo'lganligini ochib beradi, ilg'or qarashlarning taraqqiyot yo'lini ko'rsatib beradi.

Musiqa pedagogika tarixi fani quyidagi fanlar, ya'ni, pedagogika, psixologiya, madaniyat tarixi, o'zbek cholg'uchilik sanat tarixi (umuman o'zbek musiqa tarixi), O'zbekiston tarixi, jahon xalqlari tarixi, falsafa, etnografiya, arxeologiya, ahloqshunoslik va boshqa bir qator fanlar bilan uzviy aloqadadir.

Biz o'zbek musiqa pedagogikasini o'rganish va tahlil qilishda: qadimgi yozuvlar, bitiklar, qo'lyozma yodgorliklari, sharq mutafakkirlarining ilmiy -ma'naviy me'rosi, xalq og'zaki ijodi, muqaddas kitoblar, pandnomalarga oid asarlariga asoslanamiz.

Eng qadimgi yodgorliklarda tarbiyaga oid fikrlar

Hozirgi o'zbek xalqining ajdodlari bundan bir necha ming yillar oldin yashagan bo'lib, ular yuksak va o'ziga xos madaniyatni vujudga keltirishda juda katta va mashaqqatli yo'lni bosib o'tgan. Dastlabki tosh qurollaridan tirikchilik uchun foydalanish, ancha takomillashgan mehnat qurollarini yasash, urug'chilik davriga kelib, xo'jalik hayoti va madaniy taraqqiyotda erishilgan yutuqlarni o'z ichiga olgan davrgacha bo'lgan tariximiz ota-bobolarimizning boy qadimiy madaniyatga ega bo'lganligidan dalolat beradi.

Eng qadimgi tarbiya haqidagi yodgorliklar bizgacha bevosita yetib kelmagan. Turkiy va forsiyzabon xalqlarning hayot kechirish san'ati, donolik majmuasi sifatida yuzaga kelib, borliqqa amaliy munosabatda bo'lishning namunasi tarzida e'tirof etilgan ma'naviy madaniyat yodgorliklari qadimgi grek tarixchisi Gerodotning "Tarix", Strabonning "Geografiya" hamda Mahmud Qoshg'ariyning "Devonu lug'atit-turk" kabi asarlari, shuningdek, O'rxun-Yenisey bitiklari kabi adabiy-tarixiy manbalarda saqlangan va ular orqali bizgacha yetib kelgan. Ushbu yodgorliklar mohiyatini o'rganish insonning shakllanishida moddiy va ma'naviy madaniyat qay darajada katta rol o'ynaganligidan dalolat beradi. Xususan, tarbiya insonning aqliy va axloqiy jihatdan tarkib topa borishiga ta'sir etgan bo'lsa, insonning shakllana borishi ham o'z navbatida kishilik jamiyatining qaror topa borishiga yordam bergan. Xullas, tafakkur yurita olish qobiliyatiga ega bo'lgan inson kamolotining ta'minlanish jarayoni hamda jamiyatning ijtimoiy taraqqiyoti o'zaro uzviy aloqada shakllangan. Mazkur tarixiy jarayon mohiyatini bilish bizga inson tafakkurining juda uzoq davr va murakkab sharoitlarda shakllana borganligidan dalolat beradi.

Ma'lumki, kishilik jamiyatining vujudga kelishi jarayonida inson ham biologik jihatdan, ham ijtimoiy jihatdan takomillashib borgan. Dastlabki diniy e'tiqodlar, eng oddiy ixtirolarning takomillashib borishi kabi holatlar inson ongining ham shakllanib borishiga turtki bo'ldi. Bu jarayon minglab yillarni o'z ichiga olgan bo'lib, ana shu davrda inson ongi shakllanishining asosi sifatida qabul qilingan xulq-odob qoidalari, ijtimoiy talablar yuzaga kelgan. Ushbu talablar muayyan davrda yaratilgan yodgorliklarining asosiy mazmuni va mohiyatini tashkil etadi.

Eng qadimgi madaniy boyliklarimizni o'rganishda quyidagi uch guruhga ajratilgan manbalarga tayanamiz:

• Arxeologik qazilmalar natijasida topilgan ko'rgazmali ashyolar.

• Xalq og'zaki ijodi materiallari hamda yozma manbalar.

• Buyuk adiblar, allomalarning ijodiy merosi.

Markaziy Osiyoning qadimiy musiqa madaniyati

O'rta Osiyo xalqlari hayotida tarixiy chegaralanish bosqichi taxminan bizning eramizgacha bo'lgan birinchi ming yillikdan boshlanadi. Bular o'troq dehqonlar (sug'diylar, baqtriyaliklar, xorazmiylar) hamda ko'chmanchi (saklar, massagetlar va boshqa) qabilalar edi. Ular haqidagi ma'lumotlar Avyestoda ham uchraydi. Xalq poetik va musiqa san'atining boshlanishi o'sha davrlarga borib taqaladi. Xalq poetik va musiqa san'ati dastlab sinkretik holatda bo'lgani to'g'risida "Avesto" kitobi va boshqa qadimgi yozma yodgorliklardan turmushi, ularning urf-odatlari, to'y-tomoshalarining elementlaridan guvohlik beradi. "Avesto"ning o'zi aslida ijro vositasida og'zaki tarqalib, faqat kyeyinchalik kitob shakliga keltirilgan arkonlar majmuasidir. Uning oyatlari va ayniqsa, madhiyalar qismini tashkil etuvchi - xatlar (bunda so'z oxiridagi "t" harfi juda yumshoq talaffuz etilib, so'nggi davrlarda "goh" shakliga aylanganligi ham ehtimoldan xoli emas: - yakgoh, dugoh, syegoh va h.k.) maxsus kuy tizimini tashkil etuvchi ohanglarda yoqimli ovoz bilan tarannum etilgan, dyeb topilmoqda. "Avesto"da "sruna" dyeb ataluvchi "sirli eshitish" tushunchasi bo'lgan ekan. Tinglash, quloq orqali vujudga ozuqa olishni zardushtiylar muqaddas tuyg'u hisoblaganlar. Dini islomda esa eshituvchilik (some') hissi Allohning sifatlaridan biri.

Qizig'i shundaki, zardushtiylar faqat unli tovushlar go'zalligidan emas, balki olov hovri (kuyi), hattoki jimlikni eshitib lazzatlanishga odatlangan ekanlar. Musiqa badiiyat, san'at sifatida tom ma'noda ijro etish va uni eshitishdan boshlanadi. Sozanda kuyning yaratuvchisi bo'lsa, eshituvchi uning qabul qiluvchisidir. Xalqimizda "Sozandaga chinakam baho beruvchi, uning ustozi va talabgori - eshituvchi" dyegan gap bor. Bunda tushunib eshituvchi -xos shinavanda ko'zda tutiladi, albatta. Ularning hammasi qo'shimcha dalil sifatida ko'zlayotgan fikrimizning isbotiga xizmat etishi mumkin.

Mumtoz musiqamizning "zamzama", "tarona" (eski shakli "taronik" -—taronacha, "buxorcha", "farg'onacha"ga o'xshagan uslub tushunchasi), "suvora"

("asp ros") kabi iboralarining ildizlari ham "Avesto" davrining urf-odatlariga borib taqaladi Zikr etilgan eski musiqiy belgilar, keyingi davrlar mafkurasiga binoan yangicha ma'no va mazmunlar bilan to'ldirilgan, albatta, qanday bo'lmasin bu ramzlar zamonlar osha bizgacha moziydan yetib kelgan sadolarga aloqador so'zlardir. Buni arxyeologiya, etnografiya va boshqa fanlar bergan ma'lumotlar ham tasdiqlaydi. Sinfsiz jamiyat sharoitida O'rta Osiyoda musiqa asboblarining asosi, ya'ni, urib chalinadigan, puflab chalinadigan va torli sozlar turlari vujudga kelgan edi19.

19 O'zbek musiqasi tarixi. Tuzuvchilar: T.E.Solomonova, T.B.qofurbekov. Toshkent: O'qituvchi, 1981. - 131 b.

Urug'chilik jamiyatining yemirilishi va sinfiy jamiyatga o'tish, Baqtriya, Sug'diyona va Xorazmda davlatlarning paydo bo'lishi, ahmoniylarning harbiy-ma'muriy jihatdan birlashuvlari, Alyeksandr Makyedonskiy davlati, Gryek-baqtriya podsholigining vujudga kyelishi eramizdan oldingi VII asrdan to eramizning IV asrgacha bo'lgan juda katta tarixiy davrni o'z ichiga oladi. Bu davr epik xaraktyerli mifologik qahramonlik ustun bo'lgan qadimgi og'zaki musiqali poetik ijodning yuzaga kelishi bilan mashhurdir. Qahramonlik afsonalari, epik qo'shiqlar O'rta Osiyo xalqlarining o'z mustaqilliklari uchun olib borgan mardonavor kurashlarining bo'yoqdor tasvirlari bilan to'la. O'z xalqining ozodligi yo'lida jonini qurbon qilgan cho'pon Shiroqning mislsiz jasorati, vatanga bo'lgan muhabbati to'g'risida hikoya qiluvchi Sak afsonalaridan parchalar bizning kunlarimizgacha saqlanib kelgan.

Foydalangan adabiyotlar:

1. Istoriya uzbekskoy sovetskoy muziki. Vip.1. - Tashkent: izd.im. G.Gulyama, 1972. - 210 s.

2. O'zbek musiqa tarixi. Bahrom Madrimov

3. To'raev F.J. Buxoro muqanniylari. - Toshkent: Fan, 2009. - 323 b.

4. Yunusov R.Yu. O'zbek xalq musiqa ijodi. 2-qism. (o'quv-uslubiy qo'llanma) T.: Ziyo chashma, 2000. - 56 b.

5. O'zbek musiqasi tarixi. Tuzuvchilar: T.E.Solomonova, T.B.qofurbekov. Toshkent: O'qituvchi, 1981. - 131 b.

6. Komiljon HASHIMOV, Sanobar NISHONOVA. PEDAGOGIKA TARIXI

Internet saytlar

7. muhaz.org

8. natlib.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.