Научная статья на тему 'ELEKTRON KO‘RINISHDAGI DAVRIY ILMIY NASHRLAR VA ULARNING O‘ZIGA XOSLIKLARI'

ELEKTRON KO‘RINISHDAGI DAVRIY ILMIY NASHRLAR VA ULARNING O‘ZIGA XOSLIKLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
129
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
elektron jurnal / raqamlashtirish / kontent / davriy ilmiy nashr / nashr jarayoni

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Rashid Turgunbaev

Mazkur maqolada ilmiy jurnallar faoliyatiga raqamlashtirish texnologiyalar rivojlanishining ko‘rsatayotgan ta’siri, elektron ko‘rinishdagi davriy ilmiy nashrlarning o‘ziga xos xususiyatlari, raqamlashtirishning akademik nashr jarayoniga ko‘rsatayotgan ta’siri, elektron jurnallarning asosiy afzalliklari tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ELEKTRON KO‘RINISHDAGI DAVRIY ILMIY NASHRLAR VA ULARNING O‘ZIGA XOSLIKLARI»

ELEKTRON KO'RINISHDAGI DAVRIY ILMIY NASHRLAR VA ULARNING O'ZIGA XOSLIKLARI

Rashid Turgunbaev atmdsmi@gmail .com

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Mazkur maqolada ilmiy jurnallar faoliyatiga raqamlashtirish texnologiyalar rivojlanishining ko'rsatayotgan ta'siri, elektron ko'rinishdagi davriy ilmiy nashrlarning o'ziga xos xususiyatlari, raqamlashtirishning akademik nashr jarayoniga ko'rsatayotgan ta'siri, elektron jurnallarning asosiy afzalliklari tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: elektron jurnal, raqamlashtirish, kontent, davriy ilmiy nashr, nashr jarayoni

ELECTRONIC SCIENTIFIC PUBLICATIONS AND THEIR

CHARACTERISTICS

Rashid Turgunbaev atmdsmi@gmail .com

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: This article analyzes the impact of the development of digitization technologies on the activity of scientific journals, the characteristics of periodical scientific publications in electronic form, the impact of digitization on the academic publication process, and the main advantages of electronic journals.

Keywords: electronic journal, digitization, content, periodical scientific publication, publication process

Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi ilmiy aloqa kanali xidoblanadigan ilmiy jurnallarga katta ta'sir o'tkazdi. Ilmiy nashrlarning raqamli transformatsiya jarayoni ilmiy jurnallarning rivojlanishini mantiqiy davomi sifatida ko'riladi. Dastlab, aksariyat nashriyotlar internet tarmog'ini o'z kontentini o'quvchilar o'rtasida ommalashtirish uchun foydalanilgan, odatda bu jarayon jurnalni qog'ozda chop etilganidan so'ng amalga oshirilgan [1]. Aksariyat o'quvchilar ma'lumotni onlayn olishni afzal ko'rishi sababli asta sekin an'anaviy ilmiy jurnallarning adadi kamayib borgan. Ilmiy jurnalning elektron ko'rinishi iqtisodiy xarajatlarni sezilarli kamaytirish imkonini berganligi sababli ko'plab ilmiy jurnallar o'z maxsulotlarini raqamli

ko'rinishda tarqatishga e'tiborini qaratdi [2]. Ayrim nashrlar qog'oz tashuvchisida nashr etishni to'xtatib butunlay elektron ko'rinishga o'tdi.

Elektron ilmiy jurnal bu elektron ko'rinishda saytda nashr etiladigan, raqamli kommunikatsiya kanallari orqali tarqatiladigan davriy ilmiy nashr xisoblanadi [3]. Elektron ilmiy jurnallar qog'oz jurnallardan farqli ravishda bir qator o'ziga xos xususiyatlarga ega. Jumladan, elektron jurnallarda gipermatnli havolalardan foydalanish, matnlarga doimiy murojaat qilish, interaktivlik, cheksiz nusxa olish va ulashish imkoniyatlarini mavjudligi. Gipermatnli havolalarning mavjudligi nashrlarda manbaning mavjudligini va uni mosligini darxol tekshirib olish imkoniyatini beradi. Matnlarga doimiy murojaat qilish notijorat jurnallarda bepul ko'rinishda yoki obuna bo'lish orqali amalga oshiriladi. Interaktivlik yordamida kontent iste'molchilari muallif bilan qayta bog'lanishning turli usullaridan foydalanib to'g'ridan to'g'ri bog'lanishi mumkin bo'ladi. Ilmiy davriy nashrning shakli bo'lgan elektron jurnalning xususiyatlarini analizi shuni ko'rsatadiki bunday ko'rinishdagi raqamli nashrlarning tarqalishi ilmiy hamjamiyat ichidagi shaxslararo aloqlarni mustaxkamlashga ko'maklashadi, nashriyotlarga esa nashr jarayonini arzonlashishiga yordam beradi. Jurnalning xayot tsikli uning yangi sonini chiqishi bilan tugamaydi. Metama'lumotlar tufayli saytga va so'ngra ma'lumotlar bazalariga joylangan jurnal kontenti tashkilot, soha yoki davlat chegaralari bilan cheklanmay barcha ilmiy hamjamiyatga ochiq bo'ladi [1].

Akademik jurnallar akademik maqolalarning ommalashishiga xizmat qiluvchi asosiy manba xisoblanadi. Ammo akademik sohaga ta'sir ko'rsatishdagi jurnalning muvofaqiyati asosan uning sifatiga bog'liq bo'ladi. Bu o'z navbatida jurnallar yuqori sifatli maqolalarni jalb qilishga intilishiga olib keladi. Ko'plab ilmiy izlanuvchilar o'zlarining ilmiy izlanishlarini tan olinishini istaydi. Buning uchun ular indekslanadigan, foydalanuvchilar oson murojaat eta oladigan va maqolalar tez chop etiladigan jurnal tanlashi kerak bo'ladi [4]. Mualliflarning bunday extiyojlarini qondirish orqali jurnallar raqamlashgan sohada raqobatbardoshligini oshirishda muxim omil xisoblanadi.

Ko'plab akademik jurnallar foydalanuvchilarga tanlangan maqolalarni yoki jurnalning butun sonini onlayn taqdim etmoqda. Zamonaviy texnologiyalar yordamida mazkur kontent ko'plab insonlar tomonidan istalgan joydan ko'rish imkoniyati yaratilgan [5]. Bu o'z navbatida raqamlashtirishni bilimlarni yaratishning uzviy qismi sifatida ko'rish mumkinligidan dalolat beradi [6]. Raqamlashtirish mazkur kontent iste'molchilarining xatti-xarakatlarini xam o'zgartiradi. Kontent iste'molchilari biror bir maqolani izlashda jurnalning butun sonini ko'rib chiqishi kerak bo'lmaydi [5]. Natijada, o'quvchilar ma'lumotni turli manbalardan, bosma jurnallar, elektron jurnallar va ma'lumotlar bazalaridan oladi [7].

Turli sohalarga tegishli bo'lgan aksariyat akademik jurnallar onlayn ko'rinishga ega [4]. Jurnalning qog'oz ko'rinishi chop etilishidan 3 oy oldin uning elektron ko'rinishi onlayn chop etilmoqda [8]. Akademik jurnallar tomonidan taqdim etilayotgan onlayn kontent miqdori keng farq qilmoqda. Yangi jurnallar barcha kontentini onlayn qilsa, eski jurnallar faqatgina tanlangan eski sonlarini onlayn qilmoqda [4]. Akademik jurnallar o'zining ko'rinish darajasini va impakt faktor ko'rinishidagi iqtibosga asoslangan muvoffaqiyat ko'rsatkichini oshirishga intilmoqda.

Raqamlashtirish katta nashriyotlarga nashir etilgan mahsulotlar ulushini oshirishga yordam berdi. Jumladan, 2013 yilda nash etilgan barcha maqolalarning 50% ortig'i beshta yirik nashriyotlar (Reed-Elsevier, Sage Publications, Springer, Taylor&Francis, Wiley-Blackwell) tomonidan nashr etilgan [9]. Yirik nashriyotlar mazkur bozorning katta qismini nazorat qilsada raqamlashtirish yangi o'yinchilarni mazkur bozorga kirish imkoniyatini berdi.

Elektron jurnallar barcha kerakli tahrirlash vositalariga ega ixtisoslashtirilgan onlayn platformalarda joylashtiriladi [1]. Raqamli platformalarning xususiyatlaridan qat'iy nazar umumiy tahrirlash jarayoni va elektron jurnalning sonini tayyorlash jarayoni bir xil ko'rinishga ega va quyidagi ketma-ketlikdan iborat:

- jurnal nomi, to'plam va son raqami, bo'limlar ketma-ketligi to'g'risidagi ma'lumotni o'z ichiga oluvchi jurnal sonining dastlabki versiyasini yaratish;

- jurnal sonining maqolalarini ko'rib chiqish va tahrirlash;

- PDF ko'rinishida tahrirlangan maqolalar bilan jurnalning dastlabki sonini to'ldirish;

- elekton nashr uchun metama'lumotlarni tayyorlash;

- jurnal sonini sayta nashr etish.

Nashr etilganidan so'ng jurnal soni keng auditoriya uchun ochiq va tarmoqning turli kanallari orqali tarqatilishi mumkin bo'ladi. Ko'plab ilmiy jurnallar ularning yangi soni saytda nashr etilganidan so'ng jurnal ma'lumotlarini yanada ommalashtirish maqsadida mazkur kontentni turli bazalarda dublikatlaydi.

Raqamlashtirish akademik nashr jarayonining barcha jihatlariga ta'sir ko'rsatdi va nashrlarning ta'sir darajasini o'lchash, ularni izlash va olish yo'llarining asosi xisoblanadi. Bundan tashqari raqamlashtirish ko'plab jurnallarni ommalashtirish imkonini berdi. Raqamlashtirish va raqamli media taqdim etayotgan imkoniyatlar nashr uchun yozish jarayon va amaliyotlarni ham osonlashtirdi ham qo'llab quvvatladi. Xozirda aksariyat jurnallar nashr jarayoni uchun raqamli plarformalardan foydalanmoqda. Bu jarayon maqolani topshirish, taqrizlarni boshqarish, tahrirlarni taqdim etish, muallifga tuzatishlarni yuborish va maqolani chop etishni o'z ichiga oladi. Maqolalar raqamli ko'rinishda tez paydo bo'lmoqda va ularga istalgan joydan va istalgan vaqtda murojaat qilish imkoniyati mavjud. Ba'zi jurnallar maqolalarning annotatsiyasi va to'liq matnini o'quvchilar tomonidan ko'rishlar sonini ham aks etib

bormoqda. Ko'p jurnallar eng ko'p yuklab olingan maqolalar ro'yxatini ham e'lon qilib kelmoqda va nashrning muvoffaqiyati maqolaning yuklab olinishlar soni bilan belgilanmoqda. Raqamlashtirish natijasida bugungi kunda faqatgina elektron ko'rinishdagi jurnallarda maqola chiqarish ehtimoli yuqori bo'lmoqda. Buning afzalliklariga ishning tezroq nash etilishi va kengroq ommalashishi kiradi. Bundan tashqari elektron jurnallarda maqolani o'qishlar sonini aniqlash imkoniyatining mavjudligi va maqolaga iqtiboslik keltirishning osonligidir [1].

Elektron jurnalni nashrga tayyorlash jarayonining so'ngi bosqichi muxim xisoblanib unda raqamli ilmiy nashrning o'ziga xosliklari namoyon bo'ladi. Nashr etish jarayonida jurnalni metama'lumotlar bilan to'ldirilishi va jurnal materiallarini bazalarda joylashtirilishi uni izlash tizimlarida indekslanishini va foydalanuvchilar uchun ko'rinishini ta'minlaydi.

Elektron jurnallarning qog'oz ko'rinishidagi jurnallardan asosiy afzalliklari foydalanishning qulayligi, ma'lumotlarning tez almashinuvi, axborot almashish jarayonlarining kengaytirilishi va uning arzonlashishidan iborat. Elektron jurnallarning afzalliklarini ilmiy ma'lumotlarni ishlab chiquvchilar, jurnal tahririyati va ilmiy ma'lumotlarning iste'molchilari nuqtai nazaridan ko'rib chiqish mumkin. Ilmiy kontentni ishlab chiqaruvchilar nuqtai nazaridan elektron jurnallarga o'tish raqamli arxivlarga murojaat qilishni osonlashishi, ma'lumot almashinuv tezligini oshishi, aloqalarni osonlashishi sababli ilmiy hamjamiyat ichida aloqalarni mustaxkamlashiga olib keladi. Ilmiy jurnallarning raqamlashtirilishi ilmiy hamjamiyatda ma'lumot almashish tezligini oshishiga olib keldi. Bunda maqolani nashr etilishi va unga munosabat bildirilishi orasidagi vaqt oralig'i sezilarli darajada qisqardi, raqamli arxivlar va ijtimoiy tarmoqlar sababli potensial o'quvchilar soni kengaydi. Ilmiy ma'lumotlarning iste'molchilari nuqtai nazaridan elektron jurnallarga o'tishga sababchi bo'lgan asosiy faktorlariga foydalanishning arzonligi, kerakli kontentni izlashning qulayligi va ma'lumot olishning sezilarli darajada tezligidir. Raqamlashtirishning rivojlanib borishi bilan ilmiy matnlarning ulkan massivlarida navigatsiyalash muammosining dolzarbligi oshdi. Mazkur muammoni yechish uchun millionlab maqolalar to'g'risida ma'lumot taqdim etuvchi raqamli agregatorlar yaratildi. Elektron ilmiy jurnalning formati uning kontentini raqamli ilmmetrik ma'lumotlar bazalariga integratsiyalashni osonlashtirdi va jurnal kontentini cheklanmagan sondagi iste'molchilarga ochib berdi. Nashriyotlar nuqtai nazaridan ilmiy jurnallarning elektron ko'rinishiga o'tishi nashr jarayonini arzonlashishi, kontentni arxivlashning yangi imkoniyatlarini va ilmiy izlanishlarni tijoratlashtirishning yangi usullarini paydo bo'lishini anglatadi [1].

Raqamli texnologiyalarni qo'llash akademik jurnallar uchun maqola yozish hamda uni ommalashish va saqlash jarayonlarini tubdan o'zgartirdi. Raqamli texnologiyalar nashrning ta'sir darajasini o'lchash va mualliflar tomonidan ushbu

ma'lumotlardan foydalanishni osonlashtirdi. Elektron jurnallarning paydo bo'lishi ilmiy hamjamiyatning barcha a'zolari faoliyatiga ta'sir ko'rsatdi, ularning nashrlar va iqtiboslar sonini oshishiga olib keldi. Elektron jurnallar ularning qog'oz ko'rinishidagi salaflari kabi ilmiy kommunikatsiyaning eng muhim funksiyalaridan biri ilmiy ma'lumotlarni tarqatish va soha olimlari o'rtasida aloqlarni qo'lab-quvvatlashni davom ettirmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Семёнов, Е. В., Соколов, Д. В., & Гайдин, Б. Н. (2022). ЦИФРОВАЯ ТРАНСФОРМАЦИЯ НАУЧНЫХ КОММУНИКАЦИЙ: НАУЧНЫЙ ЖУРНАЛ В ФОРМАТЕ ЭЛЕКТРОННОГО ИЗДАНИЯ. Управление наукой: теория и практика, 4(2), 210-232.

2. Solomon, D. J. (2013). Digital distribution of academic journals and its impact on scholarly communication: Looking back after 20 years. The Journal of Academic Librarianship, 39(1), 23-28.

3. Klus, M. F., & Dilger, A. (2020). Success factors of academic journals in the digital age. Business Research, 13(3), 1115-1143.

4. Borgman, C. L. (2008). Data, disciplines, and scholarly publishing. Learned publishing, 21(1), 29-38.

5. Lozano, G. A., Lariviere, V., & Gingras, Y (2012). The weakening relationship between the impact factor and papers' citations in the digital age. Journal of the American Society for Information Science and Technology, 63(11), 2140-2145.

6. Ding, W. W., Levin, S. G., Stephan, P. E., & Winkler, A. E. (2010). The impact of information technology on academic scientists' productivity and collaboration patterns. Management Science, 56(9), 1439-1461.

7. Boyce, P., King, D. W., Montgomery, C., & Tenopir, C. (2014). How electronic journals are changing patterns of use. In Serials in the Park (pp. 121-141). Routledge.

8. Das, A., & Das, P. (2006). Delay between online and offline issue of journals: A critical analysis. Library & Information Science Research, 28(3), 453-459.

9. Lariviere, V., Haustein, S., & Mongeon, P. (2015). The oligopoly of academic publishers in the digital era. PloS one, 10(6), e0127502.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.