Научная статья на тему 'MILLIY UYG‘ONISH DAVRIDA CHOP ETILGAN “IZHOR UL HAQ” JURNALINING YARATILISH SABABLARI, MA’NAVIYAT RIVOJIDAGI O‘RNI'

MILLIY UYG‘ONISH DAVRIDA CHOP ETILGAN “IZHOR UL HAQ” JURNALINING YARATILISH SABABLARI, MA’NAVIYAT RIVOJIDAGI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
59
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Jarida / majalla / maslak / ma’rifatparvarlik / jumhuriyat / matbuot / Journal / magazine / maslak / enlightenment / republic / press

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — To‘Rayeva Muhayyo Qurbon Qizi

Ushbu maqolada milliy uyg‘onish davrida nashr etilgan “Izhorul haq” jurnalining yaratilish sabablari, undagi maqolalar mavzusi, ulardagi mafkuraviy masalalar va ma’naviyat rivojidagi o‘rni haqida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article provides information about the reasons for the creation of the "Izharul Haq" magazine published during the period of national renaissance, the topics of its articles, their ideological issues and their place in the development of spirituality.

Текст научной работы на тему «MILLIY UYG‘ONISH DAVRIDA CHOP ETILGAN “IZHOR UL HAQ” JURNALINING YARATILISH SABABLARI, MA’NAVIYAT RIVOJIDAGI O‘RNI»

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 1, 2022

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

MILLIY UYG'ONISH DAVRIDA CHOP ETILGAN "IZHOR UL HAQ" JURNALINING YARATILISH SABABLARI, MA'NAVIYAT RIVOJIDAGI

O'RNI

To'rayeva Muhayyo Qurbon qizi

Toshkent shahri Olmazor tumani 249-umumiy o'rta ta'lim maktab o'zbek tili fani

o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7129764

Anotatsiya: Ushbu maqoladamilliy uyg'onish davrida nashr etilgan "Izhorulhaq"jurnalining yaratilish sabablari, undagi maqolalar mavzusi, ulardagi mafkuraviy masalalar va ma'naviyat rivojidagi o 'rni haqida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: Jarida, majalla, maslak, ma'rifatparvarlik, jumhuriyat, matbuot

Аннотация: В данной статье представлена информация о причинах создания журнала «Ижарул хак», издававшегося в период национального возрождения, тематике его статей, их идеологической проблематике и их месте в развитии духовности.

Ключевые слова: Журнал, журнал, маслак, просвещение, республика, печать.

Abstract: This article provides information about the reasons for the creation of the "Izharul Haq" magazine published during the period of national renaissance, the topics of its articles, their ideological issues and their place in the development of spirituality.

Key words: Journal, magazine, maslak, enlightenment, republic, press

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin ilgari o'rganish ta'qiqlangan manbalarni tadqiq etish uchun keng imkoniyat paydo bo'ldi. Ularni ilmiy-tadqiqot doirasiga kiritib, olingan natijalarni keng jamoatchilikka taqdim etish adabiyot ilmining, xususan manbashunoslik va matnshunoslikning ustuvor vazifalaridan biridir. Ayni paytda, bu adabiyotimiz tarixida mavjud bo'lib kelayotgan muayyan kemtiklikni to'ldirishi ham shubhasizdir. Zero, adabiy-tarixiy manbalarni o'rganish boy o'tmishimizning bizga noma'lum sahifalarini ochishda, adabiy matn va talqindagi xatolarni tuzatishda muhim ahamiyat kasb etadi.

1-Prezidentimiz I.A.Karimov to'g'ri ta'kidlaganidek, "Beshafqat davr sinovlaridan omon qolgan eng qadimgi toshyozuvlar, bitiklardan tortib, bugun kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan 20 mingdan ortiq qo'lyozma asarlar bizning beqiyos ma'naviy boyligimiz, iftixorimizdir... Ota-bobolarimizning asrlar davomida to'plagan hayotiy tajribalari, diniy-axloqiy, ilmiy qarashlarini o'zida mujassam etgan bu nodir qo'lyozmalarni jiddiy o'rganish davri keldi."

Milliy uyg'onish davri matbuoti namunalarining bir qanchasi bugungi kungacha o'rganilgan bo'lib, ba'zilari esa hali hanuz noma'lumligicha qolmoqda. Ana shu haqida filologiya fanlar doktori Q.Pardayev shunday deydi: "Oyina", "Sadoi Turkiston", "Sadoi Farg'ona", "Hurriyat" singari mashhur matbuot nashrlarida chop etilgan adabiyot materiallari anchagina o'rganilgan, biroq "Al-Izoh", "Al-Isloh", "Izhor ul-Haq" jurnallari haqida bunday deb bo'lmasligini, ulardagi adabiyot materiallarining adabiy

JOl 1RNA L-RESEA RCHS. COM

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 1, 2022

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

manbashunoslik va matnshunoslik aspektida tadqiq qilinishi, ularning XX asr adabiyotida tutgan o'rni va maqomi belgilanishi dolzarb ilmiy muammolardan biridir"

Jurnalning yaratilishi sabablari haqida 1-sonning muqaddima qismida shunday deyiladi: "Ammo badu, Turkiston musulmonlariga ma'lumdurkim istibdod zamoni kotarilib huriyyat oftobi ochilgandan beri bir yerda bir tariqa g'ayrat egasi bo'lgan musulmonlar jamiyatlar yasab g'animat zamonda ilohdin va diniyalarin istehkomig'a mashg'ul boldilar.

Hirqayu toifa o'z maqsad va maslaklarig a rivoj bermak uchun jarida va majallalar nashr qilib va mushvuqlar tarqatib baqadar toqat harakatda bo'ldilar" Musulmonlarning shu tariqa g'ayratlaridan fuqarolar jamiaytdagi har bir hodisa va voqealarga fatvo so'raydigan "Fuqaho jamiyat"lari paydo bo'la boshladi. Bunday jamiyatlar paydo bolgandan beri unga murojat qiluvchilar ham kopayib boradi. Har birining so'ragan masalalariga javob berilib turadi. Lekin bu masalalarga fatvo berish maxsus bir kishining qo'liga tegib, jamiyatlar orasida ixtiloflar paydo bo'ladi va musulmonlar turli turli firqalarga bolinib ketadi.

Ana shu firqalar orasidagi tortishuvlarga barham bermoq uchun bu jurnal yaratiladi.

"Voqean musulmonlarning saodat qasrlarini xarob qilg'uvchi ixtilof yo'lin da'f qilmoq chorasiga kirishmoq shul zamondin boshlab xilof rishasini kiyib va oning donasiblarin quritmoq uchun jud va jahd qilmoq, bu ish halol, bu ish xarom deyub hirqayu toifag'a o'z haddini bildirmoq va o'zganing haquqiyg'a tajovvuz qilmoqning xaromligini e'lon qilmoq, xususan omma musulmonlarni iftoq va etihodg'a da'vat qilib jumla islom bolalarini maslak va bir maqsadg'a da'vat qilmoq va jumla avlod musulmonni bir itfoq va etihod bayrog'i ostig'a ja'm qilmoq kabi ishlar ushbu xizmatlarni bajo kelturmoq uchun shariat egasi tarafidan ma'mur bo'lgan kishilar jamoalarining ya'ni fuqaho jamiyatlarining vazifa vojiblari bo'lsa kerak.

Ushbu bir necha sabablarg'a binoan jamiyat tarafidan bir necha diyonatparvar ag'niyo karamlarning taxt nazoratlarida (haftalik) bir majalla nashr qilmoqg'a jasorat qilduk.

Maslaki betaraf bolub ahkom shariatni bayon qilmoq va haqiqatdan yuz ogirmaslik sababli "Izhor ul haq" deb ism berdik.

Inshaalloh bu majallada baqadar toqat bashariyat va betassub mazhabiyya har masalada haq va rost yo'lini bayon qilinsa kerak.

Umid qilamizki ahli qalam muftiy olimlarimiz haq va haqiqatni izhor qilmoqg'a qalamlarin darig tutmasdan shar' sharif hukmlarini ochiq suratda bayon qilib yozib tursalar va ahli saxovatlarimiz moddiy yordamda bolinib majallaning kob taralmog'iga va xaloyiq orasig'a kobroq nashr tobmog'iga harakat qilsalar.

Tanqidchilarimiz ushbu majallada harna haq yol asobat qilsalar Olloh taoloning tavfiq va hidoyatidin bilsalar, astog'furulloh agar xató tobsalar bashariyat qusurig'a havola qilib haqig'a istigfor aytmak birla

JOl 1RNA L-RESE A RCHS. COM

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 1, 2022

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

barobar ochiq bayon birla tanbiya buyursalar edi"1. Shu tariqa ushbu jurnal matbuot maydonida paydo bo'ldi.

Jurnalning maqsad va vazifalari haqida 1-sonda "Maslak va maqsad" nomli maqolada chor hukumati tomonidan muqaddas dinimiz islom ustidan muttasil nazorat etilganligi sababli, amri ma'ruf qilib haqiqati islomiya bilan g'ayri musulmonlarni tanishtirib bo'lmaganligi haqida shunday deyilgan: "Emdi ushbu falokatlar boshimizdan ko'tarilgoniga bir yilg' a yaqinlashib qoldi afsuski hanuz ancha bu xizmatni rasmiy suratda ifo qiladurgon birgina bolsun matbuot korgonimiz yo'q. bu xususida fikr qilib qaragonda kishi ham bolmadi.

Ushbu bir necha noqisliklarimizni kamolig a sa'y-u harakat qilmoq uchun "Izhor ul haq" majallasining nashr qilmoqg'a kirishduk. Majallaning bir necha xizmati turklik va islomiyatg'a xizmat qilmoq va musulmonlarning manfaatini kuzatmakdur. Maqsadimiz shundan iboratdur. Bu maqsadga yetushmoq uchun qancha xatti-harakat tutushimizni inshaalloh taholi majallamizning mundarijalari ko'rsatsa kerak"2 tarzidagi fikrlar qayd etilgan va maqolaning ostiga:

"Yashasun turkistonlik va islomiyat!

Yashasun butun dunyo musulmonlarining itfoqi!" shiori qo'llanilgan.

Jurnalda aholining turmush tarzi, o'sha davrdagi siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy muhit, ochlik va qahatchilik zulmidan aziyat chekayotgan xalqning ahvoli aks ettirilgan maqolalar o'rin olgan.

Jurnalning 1-sonidagi "Dafia tahlika" nomli maqolasida shunday so'zlar bilan boshlanadi: "Yovropa muxorabasi boshlanganiga to'rt yil bo'lgan bo'lsa, yildan yilga bechora xaloyiq xususan Turkiston mamlakatida islom bolalari faqr va zaruratlariga botib turubdurlar.

Ochlik va qahat balosidan bir kun necha ming va balki milyunlab g'arib va g'urabolar kocha bakocha kezib shahardin shaharga yurub "oh non" devob gadolik qilmakdadurlar, ochlik va sovuqdin bir parcha nonga zor bolub bir kun va bir zamon necha ming muslim va muslimalar sabiy va sabiyalar nihoyatda fojea ahvolda bu dunyoga vido qilmakdadurlar."3 Ushbu jumlalar har qanday o'quvchini bee'tibor qoldirmaydi. O'sha davr, aholining turmush tarzi, siyosiy va ijtimoiy muhit haqida to'liq taasavvur hosil qilishda yordam beradi.

Jurnalda, shuningdek, bugungi kundagi islomiy tushunchalarga, amallarga bee'tiborlik kabi masalalar ham yoritilgan. 2-sondagi bir maqolada asri saodat zamonidagi islom diniga uning amallariga, Qur'oni karim oyatlariga qat'iy amal qilinganligi, bugungi kunda esa bular shunchaki og'izdagi gap bo'lib qolayotganligi haqida aytiladi. "Ammo bizim asrimizda kamolg'a yetgan shariat axkomlari ma'lum bo'lganda ba'zi zotlarimizda ham ixlos ila anga amal qilmaklik yo'q, bilmagan nodonlarni qo'yung faqat shariat shariat deb tilig'a olinur, ammo aning ahkomlarin amalg'a qo'ymakg'a ahamiyat berilmas. Agar din

1 Izhorul haq 1-juz Madaniyat shirkati

2 Izhorul haq 1-juz Madaniyat shirkati

3 Izhorul haq 1-juz Madaniyat shirkati

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 1, 2022

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

islomg'a ixlos ila kirishib amal qilingan bo'lsa edi shariat qaytargan g'iybat va shikoyat bo'xtonlarga til ochilmas edi, islom taraqqiy va taoliysig'a qora xalqni bir toifa vatan muhabbatig'a kirishgan zotlarg'a qarshi yugurtub o'rtalariga adovat tuxumin sochilmas edi. Balki qo'ldan kelgan darajada alarni muhabbat va do'stlik yo'lig'a solinur edi"4.

Shuningdek, jurnalda xalqning savodsizligi, ilimsizligi to'g'risida ham to'xtalinib kasal va betoblarning qaratmoq uchun birorta ham o'qigan ilmli tabib yo'qligi natijasida odamlarni nobud bo'layotganligi, vaholanki dunyoga mashhur bo'lgan olimlar, tabiblar bir zamonlar mana shu yurtdan chiqqanligi haqidagi achchiq haqiqatlar yoritilgan.

Jurnalning 2-sonida L. I tomonidan kelgan "Matbuoti Izhorul haq" majallasi nomli maqolada har bir millatning taraqqiy va tamaddunida xizmat qiladigan vosita matbuot ekanligi, ushbu jurnalning ham ana shunnday maqsadlarni amalga oshirish uchun nomiga muvofiq haqni izhor etib, shariat amrlarini xalqqa oson tushuntirib turmoqligi uchun yaratilganligi haqida so'z yuritiladi.

Xalqqa islomiy ilmlar haqida haqqoniy tasavvur berish maqsadida Turkiston ulamolari jamoatchiligi tomonidan tashkil etilgan jurnal din tarixi, diniy asos Qur'oni karim va hadislarga tayanib, o'z davri voqea hodisalarini shariat nuqtayi nazari bilan baholagan. Millatni ma'rifatga, taraqqiyotga da'vat qilgan.

"Izhorul haq" sahifalarida yangi ijtimoiy voqelik sharoitida diniy arkonlar, aqidalar tahlil va talqin etildi, zarur o'rinlarda ularga isloh kiritish yuzasidan takliflar bildirildi. Natijada, mazkur nashrning diniy -ma'rifiy qarashlar rivojida ham muayyan ahamiyatga molik bo'lgani shubhasizdir.

"Izhorul haq" zamon musulmonlarga diniy va dunyoviy xizmat qiladigan, musulmonlarni sunnat tarafiga chaqiradigan nomashru' ishlardan qutqaradigan, masalayi fiqh va e'tiqodi zaruriyatdan xabardor qiladigan majalladur".

Mazkur jurnalda diniy - islomiy hamda dunyoviy mavzularga oid maqolalar nashr etilgan. Jurnal o'z nomi va maqsadidan kelib chiqqan holda diniy - dunyoviy islohotchilik yo'lini tutdi. Jamiyatda ro'y berayotgan bid'at, xurofotlarni tuzatishga katta ahamiyat qaratdi. O'lkada milliy g'oyalarning tarqalishida muhim vazifani bajardi.

"Izhorul haq" jurnali islom dinini xurofotdan tozalashga urinib, Qur'on va hadislardan asosiy dalillar keltiradi. O'sha davr Turkiston turmush tarziga oid ko'plab masalalarga oydinlik kiritish maqsadi turli munozaralarni keltirib chiqargan.

"Izhorul haq" haqiqatan ham XX asr birinchi choragi Turkiston ijtimoiy hayoti tarixini har tomonlama o'rganishda muhim ahamiyatga ega. "Izhorul haq" o'z nomi bilan millat hayotining diniy masalasiga alohida e'tibor qaratishi bilan ahamiyatlidir. Zero, bu davrdagi boshqa matbuot nashrlari singari "Izhorul haq" ham Turkistonning ijtimoiy-ma'naviy hayotidagi yangilanishning o'ziga xos bir ko'rinishi sifatida namoyon bo'ldi va millatning uyg'onishida muhim rol o'ynadi, bu rol dinga oid qotib qolgan qarashlarni aks ettirishda ham yaqqol namoyon bo'ldi.

4 Izhorul haq 2-juz Madaniyat shirkati

JOl R\A L-RESEA RCHS. COM

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 1, 2022

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Jurnalda e'ion qilingan diniy mavzuga bag'ishlangan maqolalarning aksar qismi fiqhiy masalalarga bag'ishlangan. Unda asosan o'sha davrning ilg'or ulamolari o'z fikr - mulohozalari bilan faol qatnashgan. Jurnalda savol-javob rukini tashkil etilgan bo'lib, har-bir viloyatdan kelgan savol tariqasidagi maqolalar jurnal sahifalarida muntazam chop etilgan.

Jurnaldagi bir maqolada "Alloh va uning Rosuli, jumlai mo'minlarni do'st tutgan zotlar Alloh taoloning askariydur. Allohning askariy har vaqt g'olib bo'lur" degan mazmundagi Qur'on oyati keltiriladi. Buning asosiy maqsadi Alloh taoloning haq dinini tanish, unga amal qilish, Payg'ambar hadislariga, sunnatlariga amal qilish orqali, xalq orasidagi nizolarni, gina adovatlarni bartaraf etish, xoh, turk, xoh arab, xoh hind yoxud boshqa millat vakili bo'lsin kalimayi shahodatni keltirib musulmon bo'ldimi uning darajasi Alloh taolo oldida birdir mazmunidagi qarashlarni uqtirish edi.

Dini islomga bo'lgan e'tiborning bir darajada pasayganiga yana bir sabab qilib, Allohga va uning rasuliga, islom diniga bo'lgan muhabbatning yo'qligi deb ko'rsatiladi. "Agarda shavq va muhabbat bo'lmasa edi hech bir yaxshi amal ham vujud libosin kiymas erdi. Shuning uchun Rosululloh sollallohu alayhi vasallam iymonning kamolig'a muhabbatlarin kamolini me'yor qilmishlar.

"Izhor ul-haq" jurnalidagi turli o'sha davrdagi ixtiloflarga oid maqolalar, musulmonlar orasidagi o'zaro kelishmovchiliklarning yoritib berilganligi hamda ularga qarshi dalillar keltirilganligi ularning bugungi diniy ekstremizm g'oyalari avj olib borayotgan bir davrda ularga qarshi muhim manba bo'lib xizmat qiladi. Matbuot nashrlari orqali, ayniqsa, mushtariylar tomonidan berilgan savol javoblar orqali o'lkada XX asr boshlarida faoliyat yuritgan diniy tashkilotlarning faoliyati haqida ma'lumotga ega bo'lish mumkin. Jurnallardagi sahifalaridagi munozaralar, savol-javoblardan ko'rinib turibdiki, jurnallar tahririyatlar mazhab masalasiga alohida e'tibor bilan qaragan. Har bir shar'iy masalada islom dinining hanafiy mazhabiga doir fatvo kitoblaridan javob berilishi tarafdori bo'lgan. Bu bilan barcha maqolalar hanafiylik mazhabida degan xulosa kelishimiz noo'rin. Chunki turli boshqa mazhab manbalariga xam suyanish holatlari uchraydi. Bunday holatda darxol munozara uyushtirilib, tanqidiy maqolalar chop etilgan. Bu esa, jurnallarning hurfikr nashrlar bo'lganligini ko'rsatadi. Jurnallarda kelgan maqolalar orqali o'sha davrda keng ommalshib borayotgan Bahoiylik harakati va ularning Turkistondagi faoliyatlari haqida ma'lumotlar olish mumkin. Xulosa ornida yana shuni aytib otish joizki, hozirgacha Ozbek matbuoti tarixiga oid bir qancha kitoblar, manografiyalar va tadqiqotlar yaratilgan. Biroq, ularning aksariyati shoro mafkurasi asosida dunyoga kelgan ammo, "Izhorul haq" kabi diniy-marifiy jurnallar hanuzgacha o'z ilmiy bahosini topmagan. Shu nuqtayi nazardan Turkiston milliy matbuoti tarixini yoritishda tadqiqotchilar tomonidan tarixiy-qiyosiy usullardan foydalanilgan holda, haqqoniylik, xolislik prinsplariga amal qilinsa maqsadga muofiq bolar edi. Bizningcha, mazkur masala kelgusida bir qancha ishlar amalga oshiriladi.

FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RO'YXATI

I. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari:

1. Karimov I. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. -T. : Ma'naviyat, 2008. - 128 b.

2. Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T.2. - T.: O'zbekiston, 1996. -380 b.

3. Каримов И. А. Тарихий хотирасиз келажак йук. - Т.: Шарк, 1999. - Б. 7.4

4. ^осимов Б., Юсупов Ш. , Долимов У., ва бошкалар. Миллий уйгониш даври узбек

адабиёти дарслиги, Т.: Маънавият, 2004.-Б 209.

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 1, 2022

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

5. Сирожиддинов Ш., Умарова С. Узбек матншунослиги кирралари. - Тошкент: Akademnashr, 2015.

6. Х,абибуллаев А. Адабий манбашунослик ва матншунослик. ^искача курс. - Тошкент: ТДШИ, 2000. -4.13. Х,акимов М. Шарк манбашунослиги лугати. - Тошкент: Davr press, 2013.

7. Шамсиев П. Узбек матншунослигига оид тадкикотлар. - Тошкент: Фан, 1986. - 164

б.

8. Валихужаев Б. Узбек адабиётшунослиги тарихи. - Тошкент: Узбекистон, 1993. - 191

б.

9. Миллий уйгониш. Т.: Университет, 1993, 110-бет.

10. Izhorul haq 1-juz "Madaniyat" shirkati Toshkent, 1918.

11. Izhorul haq 2-juz "Madaniyat" shirkati Toshkent, 1918.

12. Izhorul haq 3-juz "Madaniyat" shirkati Toshkent, 1918.

13. Izhorul haq 4-juz "Madaniyat" shirkati Toshkent, 1918.

14. Izhorul haq 6-juz "Madaniyat" shirkati Toshkent, 1918.

15. Izhorul haq 9-juz "Madaniyat" shirkati Toshkent, 1918..

16.www.ziyouz.com.

17. www.ziyonet.uz. 18. www.adabiyot.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.