Научная статья на тему 'TA’LIMNI AXBOROTLASHTIRISH SHAROITIDA BO‘LAJAK MUHANDISPEDAGOGLARNING MEDIAMADANIYATINI RIVOJLANTIRISHNING AMALIY MEXANIZMI'

TA’LIMNI AXBOROTLASHTIRISH SHAROITIDA BO‘LAJAK MUHANDISPEDAGOGLARNING MEDIAMADANIYATINI RIVOJLANTIRISHNING AMALIY MEXANIZMI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
61
40
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
media / mediamadaniyat / mediasavodxonlik / mediakompetentlik / mediata’lim / kognitiv / elektrik media / meditatsiya. / медиа / медиакультура / медиаграмотность / медиакомпетентность / медиаобразование / познавательные / электрические медиа / медитация

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Umarov Azizbek Vaxobovich

Maqolada ta’limni axborotlashtirish sharoitida bo‘lg‘usi muhandis pedagoglarning mediamadaniyatini rivojlantirishning amaliy mexanizmi to‘g‘risida gap boradi. Bugungi kunda muhandis-pedagoglarni mehnat bozori talab va ehtiyojlari doirasida tayyorlash ularda oliy ta’lim muassasasida mediamadaniyatini maqsadli va tizimli rivojlantirish zarurligini yangicha ahamiyat kasb etayotganligi va ilmiy muammoga aylanishi asoslangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ПРАКТИЧЕСКИЙ МЕХАНИЗМ РАЗВИТИЯ МЕДИАКУЛЬТУРЫ БУДУЩИХ ИНЖЕНЕРОВ-ПЕДАГОГОВ В УСЛОВИЯХ ИНФОРМАТИЗАЦИИ ОБРАЗОВАНИЯ

В статье рассказывается о практическом механизме развития медиакультуры будущих инженерных педагогов в условиях информатизации образования. Сегодня подготовка инженеровпедагогов в рамках требований и потребностей рынка труда основана на том, что необходимость целенаправленного и системного развития медиакультуры в высшем учебном заведении приобретает для них новое значение и становится научной проблемой

Текст научной работы на тему «TA’LIMNI AXBOROTLASHTIRISH SHAROITIDA BO‘LAJAK MUHANDISPEDAGOGLARNING MEDIAMADANIYATINI RIVOJLANTIRISHNING AMALIY MEXANIZMI»

Umarov Azizbek Vaxobovich,

Andijon mashinasozlik instituti tayanch doktoranti

TA LIMNIAXBOROTLASHTIRISH SHAROITIDA BO LAJAK MUHANDIS-PEDAGOGLARNING MEDIAMADANIYATINI RIVOJLANTIRISHNING AMALIY MEXANIZMI

UO'K: 378.091.3:004:62 DOI: 10.34920/SO/VOL_2023_ISSUE_7_1

UMAROV A.V. TALIMNI AXBOROTLASHTIRISH SHAROITIDA BOLAJAK MUHANDIS-PEDAGOGLARNING MEDIAMADANIYATINI RIVOJLANTIRISHNING AMALIY MEXANIZMI

Maqolada ta'limni axborotlashtirish sharoitida bo'lg'usi muhandis pedagoglarning mediamadaniyatini rivojlantirishning amaliy mexanizmi to'g'risida gap boradi. Bugungi kunda muhandis-pedagoglarni mehnat bozori talab va ehtiyojlari doirasida tayyorlash ularda oliy ta'lim muassasasida mediamadaniyatini maqsadli va tizimli rivojlantirish zarurligini yangicha ahamiyat kasb etayotganligi va ilmiy muammoga aylanishi asoslangan.

Tayanch so'z va tushunchalar: media, mediamadaniyat, mediasavodxonlik, mediakompetentlik, mediata'lim, kognitiv, elektrik media, meditatsiya.

УМАРОВ А.В. ПРАКТИЧЕСКИЙ МЕХАНИЗМ РАЗВИТИЯ МЕДИАКУЛЬТУРЫ БУДУЩИХ ИНЖЕНЕРОВ-ПЕДАГОГОВ В УСЛОВИЯХ ИНФОРМАТИЗАЦИИ ОБРАЗОВАНИЯ

В статье рассказывается о практическом механизме развития медиакультуры будущих инженерных педагогов в условиях информатизации образования. Сегодня подготовка инженеров-педагогов в рамках требований и потребностей рынка труда основана на том, что необходимость целенаправленного и системного развития медиакультуры в высшем учебном заведении приобретает для них новое значение и становится научной проблемой.

Ключевые слова и понятия: медиа, медиакультура, медиаграмотность, медиакомпетент-ность, медиаобразование, познавательные, электрические медиа, медитация.

UMAROV A.V. PRACTICAL MECHANISM OF DEVELOPMENT OF MEDIA CULTURE OF FUTURE ENGINEERS-TEACHERS IN THE CONDITIONS OF INFORMATIZATION OF EDUCATION

The article will talk about the practical mechanism for the development of mediamadanism of future mukhandis educators in the conditions of informatization of Education. Today, the training of engineering educators within the requirements and needs of the labor market is based on the fact that in them a new importance is attached to the need for the targeted and systematic development of mediamadanism in a higher educational institution and becomes a scientific problem.

Key words and concepts: media, media culture, media literacy, media competence, media education, cognitive, electric media, meditation.

3

4

Kirish. O'zbekistonda xorijiy ta'lim tajrib-alari asosida ta'limning yagona axborot-ta'lim portallarini shakllantirish, fanlarning yagona axborot-metodik ta'minotini yaratish imko-nini beradigan fan portallarini yaratish, axborot resurslaridan ta'lim jarayonida foydalanish metodikalarini ishlab chiqish, oliy ta'lim muas-sasalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, vositalari bilan jihozlash, tala-balar, o'qituvchilar va tadqiqotchilarning jahon ta'lim resurslari, zamonaviy axborot resurs markazlari ma'lumotlar bazalariga kirish imkoni-yatlarini kengaytirish muhim vazifalardan hiso-blanadi. Shuningdek, oliy ta'lim muassasalarida yaratilayotgan sharoitlardan maqsadli foydalanish, ta'lim sifatini oshirish imkonini beruvchi zamonaviy ish tajribalar, o'qitishning ilg'or yon-dashuvlarini ommalashtirish, o'quv jarayonida axborot texnologiyalarini qo'llashning peda-gogik muammolarini hal etishga yo'naltirilgan tadbirlar, treninglar, ilmiy munozaralar, davriy konferentsiyalarni muntazam tashkil etish ham oldimizda turgan asosiy masala sifatida qaral-moqda. Shundan kelib chiqib, "ta'lim tizimining barcha bosqichlarida qog'oz shaklidagi material-larni raqamlashtirish formatlaridan foydalanishni qo'llab-quvvatlash hamda xuddi shunday yon-dashuvga ko'ra mavjud o'quv jarayonini raqamlashtirish doirasini muttasil kengaytirib borish lozim"1.

Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi jamiyatda bilimlar inflyatsiyasi holati kuzatilmoqda. Bu esa oliy ta'lim muassasalarida o'quv jarayonida, ma'naviy-ma'rifiy faoliyat, mustaqil ta'lim uchun media-ta'lim maydoni kontentini yaratish vazi-fasini qo'yadi. Bu kontentni faol va zamonaviy tendentsiyalarga, shuningdek, talabalar ehti-yojlariga mos keladigan qilib modifikatsiyalash maqsadida ta'limga yo'naltirilgan zamonaviy texnik vositalar va dasturiy ta'minotni tahlil qili-shi zarur.

Maqsad. Manbalarda ta'limni axborotlashti-rishning bosh maqsadi axborotlashgan jamiyat sharoitida ta'lim tizimi qatnashchilarini (peda-gog kadrlar, ta'lim oluvchilar, texnik-muhandis xodimlar, ma'muriy-boshqaruv xodimlari va boshqalar) hayot faoliyatlaridagi maishiy, ijti-moiy va kasbiy sohalariga to'liq va samarali

ishtirok etishlariga tayyorlashdan iborat bo'lib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasidagi ta'lim rivojlanishi muammolarin-ing kompleks hal etilishi kadrlar tarkibini yuqori malakali mutaxassislar bilan to'ldirish, xodim-larning kasb darajasini oshirishni ta'minlashi ta'kidlanadi.

Ta'limni axborotlashtirish sharoitida oliy ta'lim muassasasi o'qituvchisining asosiy vazi-falaridan biri - yangi axborot va media-madaniy texnologiyalar vositalaridan foydalanish shartlari va usullarini aniqlashdan iboratdir. Aniqlangan va tahlil qilingan shart-sharoitlar muqarrar rav-ishda integratsiyalashib, tabiatan har xil bo'lgan talaba shaxsining media kompetentligini rivo-jlantirish jarayonini amalga oshirish uchun oliy o'quv yurtida mediatirlashtirilgan o'quv muhitini tashkil etishga qaratilgan pedagogik holatlarn-ing kompleks birligini tashkil qiladi.

Mavzu bo'yicha boshqa olimlar ilmiy asarlari qisqacha tahlili. Tadqiqotchi olim A.Andreevning mulohazalariga ko'ra, "Axborotlashgan ta'lim muhiti bu pedagogik tizim va uning ta'minoti birligi bo'lib, moliyaviy, iqtisodiy, moddiy-texnik, me'yoriy va marketing boshqa-ruvining qo'yi tizimidir"2.

Talabalarning media madaniyati rivojlangan-ligini aniqlash ko'p bosqichli jarayon hisoblanib, bunda maqsadga yo'naltirilgan tadqiqot metod-laridan foydalaniladi. Tadqiqot ishi doirasida kuzatish metodidan keng foydalanildi. Kuza-tish metodining mohiyati shundaki, tadqiqotchi mutaxassis boshqa shaxsning xatti-harakatlar-ini, xulq-atvorini kuzatadi va xulosa chiqaradi. Ilmiy kuzatishlar jarayonida tadqiqotchi kuzata-digan obyektlarni nihoyatda diqqat bilan aniq o'rganishi, pala-partishliklarga yo'l qo'ymasligi lozim.

Maqolaning ilmiy mohiyati. Ilmiy-texnik taraqqiyot, raqamli texnologiyalarning tezkor rivojlanib borayotgani pedagog shaxsiga yangi talablarni qo'ymoqda. Hozirgi davrda muhandis-pedagoglarda ma'lumotlarni o'zlashtirish va qayta ishlash, ularni kasbiy-pedagogik faoliyatda qo'llash bilan bog'liq ko'nikmalarni rivojlantirish bilan birga, tizimli ravishda media madaniyatini, mustaqil o'z-o'zini shaxsiy va kasbiy rivojlanti-

1 Мирзиёев Ш.М. Янги Узбекистон стратегиялари. - Т.: Узбекистон, 2021. - Б. 190-191.

2 Дендева Б. Информационные и коммуникационные технологии в образовании // Монография. - М.: 2013. - С. 318. - https://unesdoc.unesco.Org/ark:/48223/ рТО000210843_^

5

rish kompetensiyasining shakllanganligi dolzarb ahamiyatga ega.

Barcha sohalarda bo'lgani kabi ta'lim soha-sida faoliyat ko'rsatadigan mutaxassislardan ham hayot davomidagi ta'lim (lifelong learning) asosiy talablardan biri bo'lib bormoqda.

Oliy ta'lim muassasalari talabalarning media vositalaridan foydalanishining holati ularning qiziqishi, ehtiyojidan kelib chiqqan holda bel-gilanadi deb aytish, ayni haqiqat. Quyida talabalarning media vositalaridan foydalanishnidagi mavjud holatni keltirish mumkin:

I. E-Learning platformalari. Deyarli barcha oliy ta'lim muassasalari talabalarning E-Learn-ing-Platformalaridan foydalanishi uchun qulay imkoniyatlar taqdim etadi. Bularning ichida eng ommalashganlari qatoriga Moodle yoki Blackboard kabi platformalarni keltirib o'tish mum-kin. Mazkur platformalar orqali talabalar turli o'quv kurslari, forumlarda ishtirok etishi, onlayn rejimda topshiriqlar bajarishi, yuklab olishi, shuningdek turli o'quv materiallaridan foydalanishi mumkin bo'ladi.

II. Onlayn-tadqiqot imkoniyatlari. Talabalar internet tarmog'i orqali o'quv loyihalari, topshiriqlar yoki uy vazifalari uchun ma'lumotlar qidirishadi. Keng ommalashgan onlayn-tadqiqot imkoniyatlari sifatida Google qidiruv xizmati, ilmiy ma'lumotlar bazasi sanalgan JSTOR yoki PubMed kabilarni keltirish mumkin.

III. Ijtimoiy tarmoqlar. Talabalar orasida eng ommalashgan media vositalar sarasiga ijtimoiy tarmoqlar kiradi. Ulardan eng mashhurlari Telegram, Facebook, Whatsapp, Twitter yoki Insta-gram. Bular orqali talabalar o'z o'qish faoliyati yoki shaxsiy qiziqishlari asosida boshqa talabalar bilan aloqa qilishadi.

IV. Elektron kitoblar va jurnallar. Talabalar orasida kutubxonaga bormasdan elektron kitoblar va jurnallardan foydalanish ham qulay, ham intensivlashib bormoqda. Hozirgi kunda eng so'nggi ilmiy tadqiqot natijalari asosan elektron kitoblar va jurnallar ko'rishinishida keng ommaga taqdim etilmoqda.

V. Videokonferensiyalar. Masofaviy ta'limning mazmun va mohiyati ortib borishi natijasida virtual o'quv xonalari vujudga kelmo-qda. Virtual o'quv xonalarida asosan videokon-ferentsiyalar asosida o'quv mashg'ulotlari tash-kil etiladi. Videokonferentsiya onlayn rejimdagi

ma'ruza hamda seminarlarni tashkil etishning asosini tashkil etadi.

VI. Turli mobil ilovalar (App). Talabalarning o'quv faoliyatida qulaylik keltiruvchi bir qator mobil ilovalar mavjud. Jumladan, ularning muhim sanalar, uchrashuvlarini tashkil etishga qaratilgan mobil ilova, mindmap tashkil etish uchun ilova, xorijiy tillarda yangi so'zlarni o'rganish uchun ishlab chiqilgan ilovalarni keltirib o'tish mumkin.

Mediamadaniyatning ajralmas sifatida mediaga qaramlikdan himoya qilish metodlarini bil-ish hisoblanadi. Quyida pedagogik kuzatishlar hamda ilmiy tadqiqotlar asosida shakllantirilgan mediaga qaramlikni bartaraf etuvchi metodlar keltirib o'tilgan.

VII. Vaqt menejmenti. Mediaga qaramlikni samarali usuli sifatida vaqt menejmenti keng imkoniyatlarni taqdim etadi. Bunda talaba kun-lik mediadan foydalanishi uchun vaqt chegara-sini qat'iy belgilaydi va bunga amal qiladi. Buni nazorat qilishda mobil ilova yoki timerdan foydalanish mumkin bo'ladi.

VIII. O'rganish muhiti. Talabalar uchun o'qish va o'rganish muhiti hal qiluvchi ahamiyatga ega. Hozirgi axborotlashgan jamiyatda o'qish va o'rganishdan chalg'ish ortib bormoqda. Chalg'ituvchi omillarni kamaytirish yoki butunlay bartaraf qilish o'rganish samarador-ligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Media vositalar-iga vizual chalg'ishni kamaytirish yoki bartaraf etishda o'rganish joyi va muhitini tashkil etish lozim bo'ladi.

IX. Qat'iy yo'naltirilgan ta'lim. O'rganish jarayonida media vositalariga chalg'imaslik uchun qat'iy maqsad asosida faqat o'rganish faoliyatiga diqqat-e'tiborni qaratish lozim bo'ladi. Misol uchun, agar talaba biror loyiha ustida ishlayotgan bo'lsa, shaxsiy kompyuter-dagi barcha qo'shimcha chalg'ituvchi dastur-larni berkitib qo'yishi, mobil telefonini ko'zga ko'rinmas joyga olib qo'yishi samara beradi.

X. Bir vaqtda ko'p vazifalarni bajarish-dan saqlanish (Multitasking). Bu talabalarning o'zlashtirish samaradorligiga ta'sir qilib, bosim ostida o'rganish hisini uyg'otadi. Shaxsiy kompyuterda ishlaganda ham bir qator fayllarni yoki dasturlardan foydalanmasdan, faqat kerakli va zarur fayl va dasturlar bilan ishlash tavsiya etiladi. Shunda barcha vazifalarni navbatma-navbat bajarilishiga erishiladi.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 7 (128)

6

ТАЪЛИМНИНГ АХБОРОТ - РЕСУРС ТАРКИБИ / ИНФОРМАЦИОННО - РЕСУРСНАЯ СОСТАВЛЯЮЩАЯ ОБРАЗОВАНИЯ

XI. Chalg'ituvchi omillardan saqlanish. Talaba ma'lum bir mediamanba orqali chalg'ishini bilsa, imkon qadar ma'lum bir o'rganish vaqtida qat'iy foydalanmaslikka odatlanishi zarur bo'ladi va bu o'z navbatida mashq orqali qoida, shaxsiy tamoyil sifatida rivojlanib boradi.

XII. Tanaffuslar. O'rganish jarayonida doimiy tanaffuslar zarur bo'lib, bu vaqtda yaxshi dam olish, bu orqali samaradorlikka erishish lozim bo'ladi.

XIII. Meditatsiya. Meditatsiya ruhiyatni tinchlantirish va kontsentratsiyani yaxshilanishi uchun yaxshi samarali vosita hisoblanadi. Medi-atsiya nafas olish, konsentratsiya qilish orqali ruhiyatni markazlashtirish mashqlari hisoblanadi.

Futurologik jihatdan mediamadaniyatning kelgusi rivojlanish tendentsiyalarini baholash murakkab jarayon hisoblanadi. O'z navbatida bu bir qator omillar: texnologik taraqqiyot, jamiyat-dagi o'zgarishlar va iqtisodiy taraqqiyot bilan uzviy bog'liq. Shunday bo'lsada mavjud rivojlanish tendentsiyalari va rivojlanish yo'nalishlaridan quyidagi ssenariyni tasavvur qilish mumkin bo'ladi:

- mobil internet tarmog'i va ijtimoiy media mazmun mohiyati ortib boradi va axborot-lar va muloqot almashinuvining ustuvor man-basi bo'lib qoladi. Ayniqsa, videomateriallarga bo'lgan talab ortib boradi. Bunda yuqori sifat va interfaollik ustuvorlikka ega bo'ladi;

- sun'iy intellekt va media bo'yicha o'z tajribasi asosida shakllangan tavsiyalarga talab ortadi. Foydalanuvchilarning shaxsiy qiziqishlari va maqsadlari ixtisoslashib boradi;

- virtual borliq texnologiyalari media vosi-talariga integratsiya bo'lib boradi. Foydalanu-vchilar immersiv (chuqurroq) hamda interaktiv (faolroq) virtual borliq texnologiyalaridan foydalanadi va o'z shaxsiy va kasbiy faoliyatida keng qo'llaydi;

- blockchain-texnologiyalar va kriptovaly-utalar media sohasidagi biznes modellari va daromad oqimlarini yaratish orqali kontentni ishlab chiqarish, tarqatish va monetizatsiya qil-ish usulini o'zgartirishga turtki beradi.

Ishonchli, sifat jihatdan yuqori axborot man-balariga bo'lgan ehtiyoj ortib boradi. Foy-dalanuvchilar ma'lumotlarning haqiqiyligi va manbalarni tahlil qilish yuzasidan professional bilimga ega bo'ladilar. Bu hozirda mavjud an'anaviy mediavositalar: televideniye va bosma

medianing formati o'zgarishiga olib keladi. Yuqorida keltirilgan futurologik tahlil texnologi-yalarning rivojlanish tendentsiyasiga uzviy rav-ishda amalga oshiriladi.

Oliy ta'lim muassasalarida bo'lajak muhandis-pedagoglarda mediamadaniyatni rivojlantirishda quyidagi bosqichlar amalga oshirilishi lozim:

1. Aniq maqsadlarni belgilash. Muhandis-pedagoglarni tayyorlashda o'quv jarayoniga medialarni tatbiq etishdan avval, aniq va tushu-narli maqsadni belgilashi lozim bo'ladi. Medi-ani o'quv jarayoniga tatbiq etish orqali qan-day natijaga erishishini belgilay oladi. Bu pro-fessor-o'qituvchidan belgilangan maqsaddan og'masligini ta'minlaydi hamda o'quv jarayoni samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

2. Faol ta'limni qo'llab-quvvatlash. Medi-alar o'quv jarayonini samaradorligiga xiz-mat qiladi va talabalarning faol ta'lim olishini qo'llab-quvvatlaydi. Dars jarayonida videomate-rialni tatbiq etish orqali talabalarning muzokara hamda mushohada qilishi uchun motivatsiyasini oshiradi hamda talabalarning xotirasida qolish-iga erishiladi.

3. Differentsiatsiyalash. Medialarning afzallik tomonlari o'quv jarayonida differentsiatsiyalash imkonini berishdir. Bir sinfda turli o'zlashtirish darajasiga ega ta'lim oluvchilarga turli materiallar taqdim etish differentsiatsi-yalashgan ta'limning asosiy shartlaridan biri-dir. Muhandis-pedagoglar media vositalar yor-damida ta'lim oluvchilarning ehtiyojlari, qiziq-ishlariga mos keluvchi o'quv jarayonini taqdim etadi.

4. Doimiy qayta aloqa (feedback). Medial-ardan ta'lim oluvchilar bilan doimiy qayta aloqa qilish uchun ham keng foydalanish mumkin bo'ladi. Bu orqali o'quv jarayoni samarasi ortib boradi. Muhandis-pedagoglar maxsus onlayn platformalar orqali o'quvchilarning sinov ish-lariga munosabat bildirish imkoniyatidan ham foydalanish mumkin. Bu orqali ta'lim oluvchilar o'zlashtirishini yaxshilash imkoniyatiga ega bo'ladi.

5. Hamkorlikni qo'llab-quvvatlash. Medi-alardan ta'lim oluvchilarning hamkorlikda o'rganishini qo'llab-quvvatlash uchun ham foy-dalanish mumkin. Muhandis-pedagoglar onlayn muzokara qilish uchun turli forumlardan foydalanish mumkin. Shuningdek, muhandis-ped-agog ma'lum bir topshiriqni hamkorlikda baja-

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 7 (128)

ТАЪЛИМНИНГ АХБОРОТ - РЕСУРС ТАРКИБИ / ИНФОРМАЦИОННО - РЕСУРСНАЯ СОСТАВЛЯЮЩАЯ ОБРАЗОВАНИЯ

7

rish uchun onlayn taqdim qilishi va bu orqali o'quvchilarning hamkorlikda o'qishi uchun moti-vatsiyasini oshiradi.

Mediamadaniyatni rivojlantirishga

yo'naltirilgan metodlar medianing madaniy fenomen sifatida insonlarda shakllanishiga xiz-mat qiladi. Metodlar mediamadaniyatning jami-yat hayotiga ta'sirini oshiradi.

Tadqiqotda qo'llanilgan usullar. Mediamadaniyatni rivojlantirishga qaratilgan metodlar quyidagilardan iborat:

1. Medianing mazmunini tahlil qilish. Bu metod orqali televideniye, filmlar, ko'rsatuvlar yoki gazetadagi maqolalar tizimli ravishda tahlil qilinadi. Bundan maqsad tahlil asosida jami-yat hayotida dolzarblik kasb etadigan mavzular, an'analar, muammolar va rivojlanish yo'nalishlari identifikatsiya qilinadi.

2. Tanqidiy nutq tahlili. Mazkur metod media mazmuniga singdirilgan g'oyalar va turli guruhlarning qiziqishini mediada qo'llanilgan bayon qilish tili va mazmunini tanqidiy tahlil qil-ishni tavsif etadi.

3. Etnografiya. Bu talabalar media man-balarni qabul qilish, anglash va mohiyatini tush-unishini o'rganuvchi metod. Bunda suhbat, kuza-tish va boshqa kvalitativ metodlar qo'llaniladi.

4. Tarixiy tahlil. Bu metod medialarni artefakt sifatida qarab, ma'lum bir vaqtdagi jami-yat talablari va madaniy qadriyatlarni taqqoslab o'rganadi.

5. Tarmoqlararo bog'liqlik. Bu metod orqali medialararo bog'liqlik, taqdim etishdagi ustu-vorliklar o'rganiladi.

Bo'lajak muhandis-pedagoglar kattalar ta'limi, kasbiy ta'lim yoki maktab ta'limida faoli-yat ko'rsatishi nuqtai nazaridan barcha sohalarda o'quv jarayonida medialardan samarali foydalan-ish, tatbiq etish va jamiyatda bo'layotgan voqe-likni medialarda yoritilishiga o'z munosabatini bildirish zarurati bor.

Mediakompetentsiya mediamadaniyatni muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun asos bo'ladi. Bu asosan texnika sohasidagi yangiliklar (Know-how)dan xabardor bo'lish, medialarni tanqidiy baholay olish, o'qitish va o'rganish jarayoniga integratsiya qila olishini qamrab oladi.

Maqolada keltirilgan ilmiy natijalar, xulosa va takliflarning asoslanganligi. Tadqiqot ishi doira-sida bo'lg'usi muhandis-pedagoglarning media-madaniyatini rivojlantirishga doir bir qator kom-

pleks topshiriqlar ishlab chiqildi va tajriba-sinov obyektlariga tatbiq etildi. Bu topshiriqlar tala-balarning amaliy ko'nikmalarga ega bo'lishi, tanqidiy va tizimli fikrlashi va mediamadaniyati riv-ojlanishiga xizmat qiladi. Quyida keltirilgan topshiriqlar shuningdek, o'quv jarayonini real vazi-yatlarga bog'liqligini hamda talabalarda refleksiv ko'nikmalarni rivojlantiradi:

1. Mediatahlil. Quyida keltirilgan tahliliy maqolani tanqidiy baholang. Maqola manbasini ishonchliligini tekshiring. Maqolada ma'lum bir positsiyani himoya qilish yoki manipulyatsiya usulini baholang.

2. Mediamahsulot. Muhandislik sohasiga doir mediamahsulot shakllantiring. Mediamah-sulot sifatida blog, video yoki podcast tayyor-lashingiz mumkin. Mediamahsulot uchun sama-rali, o'z g'oyalaringizni aniq va to'liq namoyish etib bera oladigan media elementlar tanlang.

3. Ma'lumotlar xavfsizligi va shaxsiy hudud. Ijtimoiy tarmoqlarni ma'lumotlar xavfsizligi va shaxsiy hudud nuqtai nazaridan tadqiq qiling. Shaxsiy ma'lumotlaringizni himoya qilish va onlayn ravishda shaxsiy hududingiz xavfsi-zligini ta'minlashga doir ro'yxat ishlab chiqing.

4. Ishonchli va soxta xabarlar. Munozaraga sabab bo'lgan yoki soxta xabar deb topilgan xabarlardan birini tanlang. Xabarning soxta xabar deb topilishiga sababni asoslang. Soxta xabarning asosiy belgilarini aniqlang. Xabarni o'z mutaxassisligingizdan kelib chiqqan holda tanlang.

5. Mediaetika. Kichik guruhda media bilan bog'liq etikaga doir muzokara o'tkazing. Mavzu sifatida shaxsning roziligisiz rasmlaridan foy-dalanish, kibermobbing yoki medianing jami-yatga, insonlarga ta'siri xususida bahslashing. Mediadan mas'uliyatli foydalanishning asosiy qoidalari va xulq-atvor me'yorlarini ishlab chiq-ing.

6. Mediatanqid. Mutaxassisligingizga doir teleko'rsatuvni tanlang. Ko'rsatuvdagi asosiy g'oyani aniqlang. Ko'rsatuvdagi stereotiplar yoki noto'g'ri qarashlarni aniqlang. Aniqlangan fikr-lardan kelib chiqqan holda sizning nazaringizda ko'rsatuvni takomillashtirish yuzasidan fikrin-gizni bayon qiling.

7. Ommaviy axborot vositalarini tartibga solish. O'z mamlakatingizda yoki xalqaro miqyo-sda ommaviy axborot vositalarini tartibga solu-vchilarning roli va ahamiyatini ko'rib chiqing.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 7 (128)

8

ТАЪЛИМНИНГ АХБОРОТ - РЕСУРС ТАРКИБИ / ИНФОРМАЦИОННО - РЕСУРСНАЯ СОСТАВЛЯЮЩАЯ ОБРАЗОВАНИЯ

Ommaviy axborot vositalarini tartibga solishning turli modellarini tadqiq qiling va turli yondashu-vlarning ijobiy va salbiy tomonlarini muhokama qiling.

Shuningdek, muhandis-pedagogning media-madaniyati ularning kasbiy-pedagogik faoliyat-ining qaysi ta'lim muassasasida va qanday peda-gogik yondashuv asosida o'quv mashg'ulotlari tashkil etilishiga bog'liq. Pedagogik kont-septsiya sifatida faoliyatga yo'naltirilgan ta'lim, muammoli ta'lim yoki hamkorlikdagi ta'limni keltirib o'tish mumkin. Mazkur yondashuv-lar asosida tashkil etiladigan o'quv jarayonida medialarning ahamiyati va didaktik imkoniyati turlicha.

Talabalarda mediamadaniyat media soha-sidagi rivojlanish tendentsiyalari hamda jami-yatda mediaga bo'lgan ijtimoiy munosabatlar negizida birgalikda rivojlanib boradi.

Quyida media sohasidagi rivojlanish tendentsiyalari va ijtimoiy munosabatlardagi o'zgarishlar keltirib o'tilgan:

1) Insonlarning yangiliklarni "iste'mol" qilishidagi o'zgarishlar. O'tmishda yangiliklar asosan kundalik gazetalar va kechki televideniye orqali "iste'mol" qilingan. Internet va ijtimoiy tarmoqlarning rivojlanishi bilan yangiliklar man-balari juda kengaydi va odamlar yangiliklardan turli yo'llar bilan foydalana olmoqdalar. Bu esa yangiliklarning manbalarini ishonchliligini tek-shirishni taqozo etadi;

2) Ommaviy axborot vositalarining yangi shakllarining rivojlanishi. Texnologik taraqqi-yot ijtimoiy media, podkastlar, Netflix va Spotify kabi platformalar kabi ommaviy axborot vosi-talarining yangi shakllarining paydo bo'lishiga olib keldi. Bular bizning "media iste'molchi"lik madaniyatimizni o'zgartirdi va ular bilan ish-lashda yangi ko'nikma va malakalarni talab qiladi;

3) Madaniyat va jamiyatdagi o'zgarishlar.

OAV madaniyat va jamiyatga ko'p jihatdan ta'sir qiladi. Ular g'oyalar, qadriyatlar va me'yorlarning tarqalishiga hissa qo'shadi, shuningdek, ijtimoiy harakatlarni boshlash yoki siyosiy munozaralarni boshlashga yordam beradi;

4) Internet tarmog'ining kashf etilishi. Internet tarmog'ining kashf etilishi bilan media-manbalarning formati o'zgarib ketdi. Shuningdek muloqot turlari va imkoniyatlarini ortishiga turtki bo'ldi. Natijada turli jamiyatlarda media-

madaniyatning rivojlanishi uchun katta ta'sir ko'rsatdi. Internet tarmog'i yangi ijtimoiy medi-alarni, platformalarni hamda ilovalarni (App) shakllanishiga turtki bo'ldi va bu insonlarning bir-biri bilan muloqot qilishi, integratsiya bo'lishi hamda muloqot qilishiga zamin yaratdi;

5) Ijtimoiy media platformalar. Facebook, Twitter, Instagram va Snapchat kabi ijtimoiy medialar insonlararo muloqotning tur va shaklini o'zgartirib yubordi. Ular ma'lumotlarni, xabar-larni va fikrlarni tarqatish, uzatish uchun keng imkoniyatlar yaratib berdi;

6) O'yin-madaniyati. O'yin-madaniyati ham keyingi yillarda keng ommalashdi unda dunyo bo'ylab millionlab insonlarning sevimli mashg'ulotiga aylanib ulgurdi. Video o'yinlar faqatgina bo'sh vaqt o'tkazish mashg'uloti emas, balki san'at orqali tasvirlash va ma'lumot berish manbasi hisoblanadi;

7) Streaming platformalari. Netflix, Amazon Prime va Hulu kabi striming platformalari odam-larning filmlar va teleko'rsatuvlarni iste'mol qil-ish uslubini o'zgartirdi. Ular, shuningdek, yangi seriallar va film janrlarining rivojlanishiga imkon berdi va shu bilan media madaniyatiga sezilarli ta'sir ko'rsatdi;

8) Podkastlar. Podkastlar so'nggi yillarda paydo bo'lgan nisbatan yangi vositadir. Bu har bir foydalanuvchi uchun yakka tartibda faoli-yat ko'rsatishi, loyiha shakllantirish imkoniyatini beradi.

Talabalarning o'quv faoliyatida media vosi-talaridan foydalanishining ko'plab afzalliklari hamda salbiy jihatlari mavjud. Me'yordan ortiq ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish yoki onlayn resurslarga chalg'ish ta'limning muvaffaqiyat-siz bo'lishiga olib keluvchi omillardan biri hiso-blanadi. Aksincha maqsadli mobil ilovalar yoki media texnologiylar talabalarning qiziqishlarini ortishiga hamda o'quv faoliyatini intensivlashti-radi. Mediamadaniyat o'z ichiga innovatsion media vositalardan oqilona va maqsadli foy-dalana olishni qamrab oladi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Media vositalar sifatida turli mediata'lim platformalari, ijtimoiy media platformalari, medi-aresurslar hamda virtual ta'lim texnologiyalari keltirib o'tish mumkin. Pedagogik amaliyotda mediata'lim platformalari keng qo'llanilib kelin-moqda. Tadqiqot ishi doirasida talabalarning mediamadaniyatini rivojlantirishda mediata'lim platformalari hamda ijtimoiy media platformlar-

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 7 (128)

9

ining nazariy uzviyligi tahlil qilindi. Shuningdek, pedagogik kuzatish hamda suhbat metodi yor-damida talabalarning mediata'lim platformalari hamda ijtimoiy media platformalardan foydalan-ish mezonlari aniqlashtirildi:

• media ta'lim platformalaridan foydalan-ish holati (Moodle, Blackboard, onlayn tadqiqot imkoniyatlari, Google , JSTOR);

• ijtimoiy media platformalaridan foy-dalanish holati (Telegram, Facebook, Whatsapp, Twitter, Instagram);

• mediaresurslardan foydalanish holati (elektron kitoblar, elektron jurnallar);

• virtual ta'lim texnologiyalaridan foydalanish holati (virtual onlayn kurslar, videokon-ferentsiyalar).

Natijalar va amaliy misollar. Izlanishlar davomida bo'lajak muhandis-pedagoglarda mediamadaniyatni rivojlantirishning shaxsiy-ergonomik jihatlari aniqlashtirildi. Aniqlashti-rish jarayoni pedagogik kuzatuv, manbalar tahlili hamda suhbat metodlari asosida amalga oshirildi:

- mediadan foydalanishda vaqt menej-menti tamoyillariga rioya qilinishi (chegaralan-gan va belgilangan vaqtda mediadan foydalan-ish va identifikatsiya qilib borish);

- mediadan foydalanishni nazorat qilishda maxsus mobil ilovalardan (masalan Timer) foy-dalanish;

- mediadan foydalanishda o'rganish muhiti (xonaning yorug'ligi tinchligi, joylashuvi)ga rioya qilinishi;

- talabalarda media vositasida o'rganishning "qat'iy yo'naltirilgan, maqsadli ta'lim" deb hisoblanish;

- medialar vositasida o'rganishda bir vaqtda bir qancha kognitiv faoliyatni bajarilishi (Multitasking).

Ma'lumki, bo'lajak muhandis-pedagoglarning mediamadaniyatini rivojlantirishning kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashning tarkibiy qismi hisoblanadi. Tadqiqot ishi doirasida media madaniyatni rivojlantirishning kasbiy-pedagogik tayyorlashga doir jihatlari o'quv-me'yoriy hujjat-lar tahlili, komporavistik tahlil, pedagogik kuzatish hamda suhbat metodlari asosida quyidagi ko'rsatkichlar aniqlandi:

• bo'lajak muhandis-pedagog sifatida ta'lim oluvchilarning mediakompetentsiya-

sini rivojlantirish uchun yetarlik tayyorgarlik ko'rilganlik darajasi;

• media vositalarni o'quv jarayonida "o'quv vositasi" sifatida qo'llay olishlik;

• zamonaviy mediamanbalarning didaktik imkoniyatlarini kasbiy faoliyatga mustaqil tatbiq eta olish darajasi;

• ta'lim oluvchilarda mediamadaniyatni rivojlantirishning kasbiy-pedagogik faoliyatining tarkibiy qismi sifatida tushunishligi holati.

Tadqiqot ishi doirasida bo'lajak muhandis-pedagoglarning media madaniyatini rivojlan-tirishdagi ilgor zamonaviy mediatexnologiya-lar o'rganildi. Mazkur mediatexnologiyalarning oliy ta'lim muassasalaridagi holati pedagogik kuzatish va suhbat metodi orqali aniqlashtirildi. OTMda o'quv jarayoniga mediatexnologiyalar yetarli integratsiyalashganligi holati quyidagi mezonlar orqali aniqlashtirildi:

- mediatexnologiyalar talabalarning faol ta'lim olishi uchun texnik va tashkiliy jihatdan yetarli tatbiq etilganligi;

- OTMda talabalarning mediamanbalar va texnologiyalardan foydalanishda differentsiyal ta'lim olishi uchun imkoniyat mavjudligi;

- OTMda mediamanbalar, texnologiyalardan foydalanish va takomillashtirishga doir muntazam fikrlar almashinuvi amaliyotga tatbiq etilganligi;

- OTMda mediatexnologiyalar vosita-sida hamkorlikda ta'lim olish imkoniyatlari mavjudligi;

- OTMda muhandis-pedagoglarni media-kompetentsiyani rivojlanganligini "ekspert" darajada rivojlanishi uchun yetarlik pedagogik shart-sharoitlarning mavjudligi.

Bo'lajak muhandis-pedagoglarda mediamadaniyatni rivojlantirishning kasbiy kompeten-tsiya hamda kasbiy identitlik bilan bog'liqlik jihatlari ko'p. Tadqiqot ishi doirasidagi peda-gogik kuzatish hamda suhbat metodi orqali bu jihatlarni quyidagicha tavsiflash mumkin:

• talabalar o'zlarining mediamadani-yat nuqtai nazaridan boshqalarga o'rnak qilib ko'rsata olishligi;

• medianing imkoniyatlari va uning salbiy jihatlari bo'yicha turli muloqot va muzokaralarda ishtirok etishi yoki bu xususidagi ilmiy maqolalar bilan tanishganlik holati;

• mediakompetentlikni rivojlantirishga yo'naltirilgan kurslar (onlayn)da ishtirok etishi;

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 7 (128)

10

• mediamadaniyatni rivojlantirishga qara-tilgan ijtimoiy loyihalarda ishtirok etishi;

• mediamadaniyatni maqsadli rivojlantirish bo'yicha refleksiv qobiliyat shakllanganligi.

Pedagogik kuzatish hamda suhbat metodi vositasida talabalarda mediamadaniyatni rivo-jlantirishda sub'yektiv jihatlar sifatida quyidagi-larni keltirib o'tish o'rinli:

- medianing, mediamanbalarning maz-munini hamda manbalarini tahlil qila olishlilik;

- medialarni hamda ularning manbalarini tanqidiy baholay olishlilik;

- medialarni etnografik tahlil qila olishlilik (kelib chiqishi, xususiyatlari);

- medialarni tarixiy yondashuv asosida mazmuni va manbasini tahlil qilish;

- medialarni boshqa medialar bilan bog'liqligini tahlil qilish.

Xulosa tariqasida ta'kidlash joizki, bo'lajak muhandis-pedagoglarning mediamadaniyatini rivojlantirishda talaba shaxsiga individual yondashuv, subyektiv jihatlarini tahlil qilish ham zarur. Bu esa oliy ta'lim muassasasida tashkil etil-gan faoliyatlarning samaradorligini ta'minlashga xizmat qiladi. Aynan oliy ta'lim muassasasida faoliyat ko'rsatadigan tyutorlar faoliyati mazmu-niga bu jihatlarni e'tiborga olishi umumiy sama-radorlikni ta'minlaydi.

Adabiyotlar:

1. Мирзиёев Ш.М. Янги Узбекистон стратегиялари. - Т.: Узбекистон, 2021. - Б. 190191.

2. Дендева Б. Информационные и коммуникационные технологии в образовании // Монография. - М.: 2013. - С. 318. - https://unesdoc.unesco.Org/ark:/48223/pf0000210843_

3. Андреев А.А., Рубин Ю.Б., Титарев Л.Г. Кафедра в системе открытого образования. Материалы конференции "Образование в информационную эпоху" - М.: МЭСИ, 2001. - С. 90-100.

4. https://www.valamis.com/hub/lifelong-learning

5. Sangeeta K., Shailendra S. A Critical Analysis of Privacy and Security on Social Media / 2015 Fifth International Conference on Communication Systems and Network Technologies. Gwalior, India. Volume: 978-1-4799-1797-6/15. - P. 602-608. D0I:10.1109/CSNT.2015.21.

6. Hoffmann B. Medienpädagogik. Eine Einführung in Theorie und Praxis. - Verlag Ferdinand Schöningh, Paderborn, 2003. - 473 p.

7. Metz B., Pfeiffer J., Staiger M., Wichert A. Lesen, Schreiben und Kommunizieren im Internet. Theorie und Praxis teilvirtueller Hochschullehre. - Herbolzheim: Centaurus_Verlag, 2004. - Pp.19-42.

8. Муминов А.Г. "Узбекистонда таълим тизими: х,олати ва истикболлари", Журнал: Academic research in educational sciences, 2022, №3, 34-37 бетлар.

9. Иванова Л.А. Формирование медиакоммуникативной образованности школьников - подростков средствами видео /на материале уроков французского языка: Дисс.... канд. пед. наук. - Иркутск, 1999. - 204 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.