Научная статья на тему '“ELEKTRON HUKUMAT” TIZIMINI KENGAYTIRISH HUKUMATNI IXCHAMLASHTIRISHNING BIR ELEMENTI SIFATIDA'

“ELEKTRON HUKUMAT” TIZIMINI KENGAYTIRISH HUKUMATNI IXCHAMLASHTIRISHNING BIR ELEMENTI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Социальные науки»

CC BY
5
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Elektron hukumat” / davlat boshqaruvini raqamlashtirish / “yagona darcha” / “GovTech Maturity Index” / Davlat xizmatlari agentligi / “Servis davlat” tizimini / Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali. / “e-goverenment” / digitization of Public Administration / “single window” / Gowtech Maturity Index / Public services agency / “service state” system / single interactive public services portal.

Аннотация научной статьи по социальным наукам, автор научной работы — Sobitov Ilxomjon Umidjon O‘g‘li

Mazkur maqolada O`zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvini raqamlashtirish, elektron hukumat tizimining joriy etilganligi hamda natijada erishilgan yutuqlar izchil hamda tizimli tahlil etilgan. Shuningdek, mazkur sohada amalga oshirilgan hamda oshirilayotgan islohotlar amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar asosida bayon etilgan. Tegishli manbalardan olingan statistik ma’lumotlar asosida mavzu tadqiq etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE EXPANSION OF “E-GOVERNMENT” SYSTEM AS A AN ELEMENT OF THE COMPACTIFICATION OF GOVERNMENT

This article provides a consistent and systematic analysis of digitization of public administration in the Republic of Uzbekistan, the introduction of the e-government system and the resulting achievements. Also, the reforms carried out in this area described on the basis of current regulatory legal acts. The subject has been researched based on statistical data from relevant sources.

Текст научной работы на тему «“ELEKTRON HUKUMAT” TIZIMINI KENGAYTIRISH HUKUMATNI IXCHAMLASHTIRISHNING BIR ELEMENTI SIFATIDA»

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

THE EXPANSION OF "E-GOVERNMENT" SYSTEM AS A AN ELEMENT OF THE COMPACTIFICATION OF GOVERNMENT

Sobitov Ilkhomjon

Master's student of Tashkent state university of law Contact: 90 752-08-25 [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.11280323

ARTICLE INFO

ABSTRACT

This article provides a consistent and systematic analysis of digitization of public administration in the Republic of Uzbekistan, the introduction of the e-government system and the resulting achievements. Also, the reforms carried out in this area described on the basis of current regulatory legal acts. The subject has been researched based on statistical data from relevant sources.

Received: 16th May 2024 Accepted: 23th May 2024 Online: 24th May 2024

KEYWORDS "e-goverenmen t", digitization of Public Administration, "single window", Gowtech

Maturity Index, Public services agency, "service state" system, single interactive public services portal.

"ELEKTRON HUKUMAT" TIZIMINI KENGAYTIRISH HUKUMATNI IXCHAMLASHTIRISHNING BIR ELEMENTI SIFATIDA Sobitov Ilxomjon Umidjon o'g'li

Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti. Tel: 90 752-08-25 [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.11280323

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 16th May 2024 Accepted: 23th May 2024 Online: 24th May 2024

KEYWORDS "Elektron hukumat", davlat boshqaruvini

raqamlashtirish, "yagona darcha", "GovTech

Maturity Index", Davlat xizmatlari agentligi,

"Servis davlat" tizimini, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali.

Mazkur maqolada O^zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvini raqamlashtirish, elektron hukumat tizimining joriy etilganligi hamda natijada erishilgan yutuqlar izchil hamda tizimli tahlil etilgan. Shuningdek, mazkur sohada amalga oshirilgan hamda oshirilayotgan islohotlar amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar asosida bayon etilgan. Tegishli manbalardan olingan statistik ma'lumotlar asosida mavzu tadqiq etilgan.

é

Ws,

Raqamlashtirish bu - hayotning turli sohalariga, jumladan iqtisodiyot, davlat boshqaruvi, ta'limning barcha bosqichlari, madaniyat, tibbiyot, turizm, qishloq xo'jaligi, xizmat ko'rsatish va boshqa jarayonlarga raqamli texnologiyalarni joriy qilishdir. Raqamlashtirish sohasidagi davlat siyosati texnologik taraqqiyotning sifat asoslarini yaratishga, inson va jamiyat hayotining barcha jabhalarida barqaror taraqqiyot uchun shart-sharoit yaratishga qaratilgan. Ayni paytda davlat boshqaruvini raqamli transformatsiyalash jarayoni raqamli texnologiyalarni rivojlantirishning global muammolari ortib borayotgan bir sharoitda ustuvor yo'nalishlardan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, ijtimoiy-iqtisodiy xavflarning kuchayishi sharoitida davlat boshqaruvining raqamli transformatsiyasi alohida ahamiyatga ega.

Aholi farovonligi va mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi davlat boshqaruvi jarayonini raqamlashtirish darajasiga bog'liq. Qayd etish joizki, hozirgi vaqtda davlat boshqaruvini raqamlashtirish sohasida aholining davlat boshqaruvi organlari faoliyatidan qoniqmasligi davlat xizmatchilari uchun majburiy bo'lgan standartlarni ishlab chiqishni talab etadi. Bularning barchasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati sifatini va shunga mos ravishda hayot sifatini ham oshiradi.

Davlat boshqaruvini raqamlashtirish, davlat xizmatlarini ko'rsatishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimini optimallashtirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek davlat boshqaruvi tizimiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish byurokratiya, ortiqcha qog'ozbozlikka chek qo'yadi, fuqarolarga xizmat ko'rsatishda yanada qulayliklar yaratadi va ularni ovoragarchilikdan xalos etadi.

Mamlakatimizda "elektron hukumat" tizimini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Davlat boshqaruvini raqamlashtirish sohasida dastlabki qadamlardan biri 2015-yil 9-dekabrda "Elektron hukumat to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonunining qabul qilinishi bo'ldi. Ushbu hujjatda ilk bor "elektron hukumat", "davlat xizmati", "elektron davlat xizmati" kabi tushunchalarga huquqiy ta'rif berilib, elektron hukumat tizimining normativ-huquqiy asoslari yaratildi. Qonunga ko'ra elektron hukumat deganda davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llash yo'li bilan davlat xizmatlari ko'rsatishga doir faoliyatini, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilishni ta'minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi tushuniladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-sentabrdagi "O'zbekiston Respublikasida ma'muriy islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5185-son Farmoni bilan ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining institutsional va tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish yo'nalishi doirasida ma'muriy tartib-taomillarni optimallashtirish, boshqaruv jarayonini avtomatlashtirish, hududlar va butun mamlakatda yuzaga kelayotgan tahdid va muammolarga o'z vaqtida hamda munosib ta'sir ko'rsatish uchun axborot almashishning samarali tizimini shakllantirish maqsadida barcha darajadagi ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatida "Elektron hukumat" tizimi va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shuningdek "yagona darcha", idoraviy markazlar negizida jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko'rsatish yagona markazlarini tashkil etish zarurligi belgilandi.

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

2017-yildan boshlab O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi (respublika bo'ylab 205 ta davlat xizmatlari markazlari va 115 ta chekka hududlardagi filiallar) faoliyat ko'rsata boshladi, bunga qadar esa davlat xizmatlarini ko'rsatish tizimini rivojlantirish bo'yicha yagona davlat organi tashkil qilinmagan edi. Davlat xizmatlari agentligi tashkil etilgan kundan boshlab jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko'rsatish, ortiqcha ma'muriy tartib-taomillarga barham berish, idoralararo elektron hamkorlikni rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishga kirishdi. Xususan, agar 1991-yildan 2016-yilgacha bo'lgan davrda 16 turdagi davlat xizmatlari faqat tadbirkorlik subyektlari uchun ko'rsatilgan bo'lsa, 2017-yildan 2020-yilgacha davrda yuridik va jismoniy shaxslarning 157 turdagi davlat xizmatlaridan foydalanishlari uchun shart-sharoitlar yaratildi, ya'ni "yagona darcha" tamoyili bo'yicha ko'rsatiladigan davlat xizmatlari turlari 10 barobarga oshirildi, bu esa "yagona darcha" tamoyili asosida ko'rsatilayotgan davlat xizmatlari soni jadal sur'atlar bilan oshib borayotganligini bildiradi.

2017-yil 12-dekabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Aholiga davlat xizmatlari ko'rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni va "O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi qarori qabul qilindi.

Mazkur Farmonda davlat xizmatlarining sifati, tezkorligi, ochiq-oshkoraligi va foydalanish imkonini oshirish bo'yicha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar belgilab berildi. Shuningdek, mazkur sohada davlat siyosatini amalga oshiruvchi alohida davlat organi — O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va uning hududiy bo'linmalari tashkil etildi. Natijada, amalga oshirilayotgan islohotlar uyg'unligi va samaradorligi ta'minlanib, davlat xizmatlarini sifatli amalga oshirish uchun vakolatli organlar javobgarligi va mas'uliyati oshirildi.1

1991-yildan 2016-yilgacha bo'lgan davr bilan taqqoslaganda, mazkur davrda davlat xizmatlaridan foydalanish uchun zarur bo'lgan hujjatlar soni 167 tani tashkil etgan bo'lsa, 2017-yildan 2020-yilgacha bo'lgan davrda ular ikki marta kamaytirildi va ularning soni 79 tani tashkil etdi. Foydalanuvchilarning davlat xizmatlaridan qoniqishiga ta'sir ko'rsatadigan muhim omillardan biri bu xizmatni ko'rsatishga ketadigan vaqt hisoblanadi. 2017-yildan 2020-yilgacha bo'lgan davrni oldingi davr bilan taqqoslaganda, davlat xizmatlarini ko'rsatish muddatlari 45 foizga qisqartirilganini ko'rishimiz mumkin.

Shu bilan birga, ayni paytda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 279 turdagi elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan (shundan 70 tasi avtomatik rejimda, 209 tasi esa yarim avtomatik rejimda). 2021-yilning birinchi yarmida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 2,3 milliondan ortiq davlat xizmatlari ko'rsatilib, foydalanuvchilarning 18 milliard so'mdan ortiq mablag'lari iqtisod qilishga erishildi.

Mamlakatimiz elektron hukumatining asosiy tizimi - Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) ishga tushirilgach, ushbu sohada, shuningdek, davlat boshqaruvida yangi texnologiyalarni joriy etish va raqamlashtirishda salmoqli yutuqlarga erishildi. Ushbu ishlar samarasi sifatida, davlat xizmatlarini elektron tizimlar orqali ko'rsatish miqdori va sifati yildan

1 Davlat boshqaruvi. Darslik. //Mas'ul muharrirlar: Adham Bekmurodov, Djexo Li, Chjonxun Che. — Toshkent: "Akademiya", 2021. 269-b

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

yilga oshib bormoqda. 2017-yilning 1-iyul holatiga ko'ra , 693 ta davlat xizmatidan 119 tasi (17 foizi) Davlat xizmatlari markazlari orqali ko'rsatildi. 2020-yilga kelib, Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko'rsatilayotgan davlat xizmatlari turi 13 taga ko'payib, ularning soni 143 taga yetdi. Natijada, 2022-yilning yanvar oyi holatiga ko'ra, davlat xizmatlarining 56 foizi my.gov.uz orqali taqdim etilgan bo'lsa, mazkur elektron hukumat platformasida davlat xizmatlari soni 307 ga yetdi hamda elektron davlat xizmatlaridan 1,3 milliondan ortiq fuqaro foydalangan.

Mamlakatning jahon miqyosida obro'sini yuksaltirish, mavqeini mustahkamlash va shaffoflikni ta'minlashda xalqaro reytinglarning o'rni muhim. 2022-yilgi xalqaro reytinglarda O'zbekistonning raqamlashtirish bo'yicha o'rni sezilarli yuqoriladi. Xususan, Jahon bankining "GovTech Enablers" indeksiga muvofiq, raqamli ko'nikmalar va davlat xizmatlaridagi innovatsiyalar bo'yicha mamlakatimiz 2020-yilga nisbatan 65 pog'ona yuqoriladi. "GovTech Maturity Index" natijalariga ko'ra, hukumat va davlat xizmatlari sektori bo'yicha esa 37 pog'ona yuqorilab, 198 mamlakat ichida raqamli transformatsiya sohasida yetakchi mamlakatlarning "A" guruhiga kirdi. Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan har 2 yilda bir marta o'tkaziladigan Elektron hukumat reytingining (E-Government Survey) joriy yilgi natijasida O'zbekiston bir yo'la 18 pog'ona yuqorilab, "yuqori/juda yuqori rivojlanuvchi" mamlakatlar qatoriga kirdi. "Oxford Insights" tomonidan o'tkazilgan "Hukumatning sun'iy intellektga tayyorlik indeksi" ("Government Artificial Intelligence Readiness Index") tahlilida 2022-yil mamlakatimiz 160 ta davlat ichida 14 pog'ona yuqoriladi.2

Ma'lumki, 2022-yilning 28-yanvar kuni qabul qilingan "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi" - inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish; mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish; milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o'sish sur'atlarini ta'minlash; adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish; ma'naviy taraqqiyotni ta'minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish; milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish; mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish kabi 7 ta ustuvor yo'nalishlar doirasida keyingi besh yilda erishish kerak bo'lgan yuzta strategik maqsadlarni o'z ichiga oladi.

Xususan, 9-strategik maqsad — "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarining ulushini 100 foizga yetkazish hamda byurokratiyani bartaraf etish doirasida quyidagi vazifalar belgilandi:

S Davlat xizmatlarini mobil ilovalar orqali ko'rsatishni kengaytirish;

S Davlat xizmatlarini ko'rsatishda shaxsni identifikatsiya qilishning Mobile ID tizimini joriy qilish;

S "Elektron hukumat" tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali davlat organlari hamda xususiy tijorat tashkilotlari o'rtasida ma'lumot almashinuvini yo'lga qo'yish asosida byurokratik jarayonlarni qisqartirish;

2 Manba: www.egov.uz

é

UIF = 8.1 | SJIF = 7.899

www.in-academy.uz

S Shaxsga doir ma'lumotlarning himoyasini ta'minlaydigan ruxsat berish hamda xabardor qilish tizimini joriy etish;

S Fuqarolarga muddatli, muayyan faktni tasdiqlovchi hujjatlarni berish va almashtirishni hamda kompozit davlat xizmatlarini ularning murojaatini kutmasdan turib taklif etish amaliyotini yo'lga qo'yish;

S Keksa va nogironligi bo'lgan shaxslarga davlat xizmatlari ko'rsatishni soddalashtirish, ularga qulayliklar yaratish;

S "Raqamli idora" loyihasi doirasida davlat organlarida ish yurituvini raqamlashtirish orqali ma'muriy tartib-taomillarni optimallashtirish va boshqaruv jarayonini avtomatlashtirish;

S "Fuqarolarning raqamli pasporti" loyihasini joriy qilish hisobiga aholidan muayyan faktlarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish amaliyotini bekor qilish;

S Xorijdagi O'zbekiston fuqarolariga davlat xizmatlarini ko'rsatish amaliyotini kengaytirish; S Davlat xizmatlarini raqamlashtirish va ularning 20 foizini xususiy sektorga o'tkazish.3

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158-son Farmoni4 bilan tasdiqlangan "O'zbekiston - 2030" strategiyasida davlat xizmatlarini raqamlashtirishning ko'lamini kengaytirish orqali aholi uchun "Servis davlat" tizimini joriy qilish, fuqaro va davlat o'rtasidagi munosabatlarda byurokratik tartibotlarga barham berish maqsadida tegishli vazifalar mustahkamlandi. Elektron shaklda ko'rsatiladigan davlat xizmatlari ulushini 100 foizgacha; faqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko'rsatiladigan xizmatlar ulushini 50 foizgacha; kompozit va proaktiv tarzda ko'rsatiladigan davlat xizmatlari ulushini kamida 40 taga oshirish; kamida 300 ta davlat xizmatlarini xususiy sektorga o'tkazish; litsenziyalash va ruxsat berish hujjatlarini kamida 20 foizga qisqartirish hamda 50 foizini soddalashtirish va boshqalar shular jumlasidandir.

References:

1. Davlat boshqaruvi. Darslik. //Mas'ul muharrirlar: Adham Bekmurodov, Djexo Li, Chjonxun Che. — Toshkent: "Akademiya", 2021. 269-b

2. O'zbeksiton Respublikasining "Elektron hukumat to'g'risida"gi qonuni https://lex.uz/acts/-2833860

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022-yildagi PF-60-son "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" Farmoni https://lex.uz/uz/docs/-5841063

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son Farmoni "O'zbekiston - 2030 strategiyasi" to'g'risida https://lex.uz/ru/docs/-6600413#-6605156

5. Lex.uz

6. egov.uz

7. strategy.uz.

3O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.01.2022-yildagi PF-60-son "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"

4 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son Farmoni "O'zbekiston - 2030 strategiyasi" to'g'risida

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.