Научная статья на тему 'DAVLAT FUQAROLIK XIZMATINI RAQAMLASHTIRISH MASALALARI'

DAVLAT FUQAROLIK XIZMATINI RAQAMLASHTIRISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

22
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
davlat xizmati / raqamlashtirish / axborot texnologiyalari / raqamli transformatsiya / sun‘iy intellekt / yagona portal / raqamli hukumat / kompetensiya / kiberxavfsizlik / public service / digitalization / information technology / digital transformation / artificial intelligence / single portal / digital government / competence / cybersecurity.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Z. F. Hojiyev

Ushbu maqolada davlat xizmatida axborot texnologiyalarining joriy qilinishi, shuningdek fuqarolarga davlat xizmatlarini koʻrsatishni raqamlashtirish masalasi toʻgʻrisida soʻz yuritilgan. Xususan, raqamli texnologiyalar inson hayotining ajralmas qismiga aylangan bir davrda nomzodlarni davlat xizmatiga qabul qilishda inson omilini minimallashtirish, ochiq va shaffoflikning ta‘minlash, «fuqaro – asosiy mijoz» tamoyili asosida davlat xizmatlarini koʻrsatish masalalari tahlil qilingan. Davlat xizmatchisining zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash koʻnikmalarini egallagan boʻlishi, shuningdek, shaxsga oid ma‘lumotlarning konfidensialligini saqlashi va kiberxavfsizlikni ta‘minlash masalalari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ISSUES OF DIGITALIZATION OF PUBLIC CIVIL SERVICE

In this paper, we examine the implementation of information technologies into the public service, as well as the issue of digitalization of the public services delivery to citizens. In particular, we make an attempt to study more issues such as minimizing the human factor during hiring process in the context when digital technologies have become an integral part of human life, ensuring openness and transparency, improving the well-being of citizens‘ lifestyles through the implementation of digital transformation based on a single principle of ―The citizen is the main client‖. We also cover the need for a civil servant to have practical skills in working with modern technologies, and some issues related to maintaining the confidentiality of personal information and ensuring cybersecurity

Текст научной работы на тему «DAVLAT FUQAROLIK XIZMATINI RAQAMLASHTIRISH MASALALARI»

DAVLAT FUQAROLIK XIZMATINI RAQAMLASHTIRISH MASALALARI

Z. F. Hojiyev

Sotsiologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), O'zbekiston Milliy universiteti

mustaqil izlanuvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada davlat xizmatida axborot texnologiyalarining joriy qilinishi, shuningdek fuqarolarga davlat xizmatlarini ko'rsatishni raqamlashtirish masalasi to'g'risida so'z yuritilgan. Xususan, raqamli texnologiyalar inson hayotining ajralmas qismiga aylangan bir davrda nomzodlarni davlat xizmatiga qabul qilishda inson omilini minimallashtirish, ochiq va shaffoflikning ta'minlash, «fuqaro - asosiy mijoz» tamoyili asosida davlat xizmatlarini ko'rsatish masalalari tahlil qilingan. Davlat xizmatchisining zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash ko'nikmalarini egallagan bo'lishi, shuningdek, shaxsga oid ma'lumotlarning konfidensialligini saqlashi va kiberxavfsizlikni ta'minlash masalalari yoritilgan.

Kalit so'zlar: davlat xizmati, raqamlashtirish, axborot texnologiyalari, raqamli transformatsiya, sun'iy intellekt, yagona portal, raqamli hukumat, kompetensiya, kiberxavfsizlik.

ISSUES OF DIGITALIZATION OF PUBLIC CIVIL SERVICE

Z. F. Hojiyev

Doctor of Philosophy in Sociology (PhD), Independent student of the National

University of Uzbekistan

ABSTRACT

In this paper, we examine the implementation of information technologies into the public service, as well as the issue of digitalization of the public services delivery to citizens. In particular, we make an attempt to study more issues such as minimizing the human factor during hiring process in the context when digital technologies have become an integral part of human life, ensuring openness and transparency, improving the well-being of citizens' lifestyles through the implementation of digital transformation based on a single principle of "The citizen is the main client". We also cover the need for a civil servant to have practical skills in working with modern technologies, and some issues related to maintaining the confidentiality of personal information and ensuring cybersecurity.

707

April 20, 2024

Keywords: public service, digitalization, information technology, digital transformation, artificial intelligence, single portal, digital government, competence, cybersecurity.

Zamonaviy taraqqiyot sharoitida raqamlashtirish masalasi muhim o'rin egallaydigan global jarayon bo'lib, uni mazkur texnologiyalarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Raqamli texnologiyalar insoniyat hayotining barcha jabhalarini qamrab olgan bo'lib, ular inson hayotining ajralmas qismiga aylanishga ulgurdi. Kelgusida ushbu jarayon doimiy ravishda rivojlanib boradi. Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim vazifalarini amalga oshirish masalasi raqamli texnologiyalarni muvaffaqiyatli joriy etilishi bilan uzviy bog'liq bo'lib qolmoqda. Davlatimiz rahbari Oliy Majlis va xalqimizga yo'llagan murojaatnomasida «Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha harajatlarni kamaytiradi. Shu bilan birga, meni juda qattiq tashvishga soladigan va bezovta qiladigan eng og'ir illat - korrupsiya balosini yo'qotishda ham ular samarali vositadir. Buni barchamiz teran anglab olishimiz darkor. Davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy sohada ham raqamli texnologiyalarni keng joriy etib, natijadorlikni oshirish, bir so'z bilan aytganda, odamlar turmushini keskin yaxshilash mumkin», deb ta'kidlab o'tgan edi [1].

«Raqamlashtirish» tushunchasining mazmun-mohiyatini tahlil qilar ekanmiz, uni axborotni raqamli shaklga aylantirish, kompyuter texnologiyalaridan foydalanish, mahsulotning dastlabki variantini elektron shaklda yaratish bilan bog'liq jarayonni tushunishimiz mumkin. «Raqamlashtirish» jarayoni (ingliz tilida - digitization, ya'ni raqamlashtirish, ba'zan esa digitalization - raqamlashtirilishi ma'nosini bildiradi) haqida gapirganda, birinchi navbatda, ushbu terminga aniqlik kiritish kerak bo'ladi. Keng ma'noda «raqamlashtirish» jarayoni odatda raqamli texnologiyalarni keng qo'llash va assimilyatsiya qilish tashabbusi bilan boshlangan ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishni anglatib, axborotni yaratish, qayta ishlash, almashish va uzatish texnologiyalarining umumlashmasidan tashkil topgan [2].

Nazariy tadqiqotlarda davlat xizmati va boshqaruvini raqamlashtirish masalasi fuqarolarga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, uning moslashuvchan boshqaruv modellarini joriy etish orqali davlat funksiyalarini bajarish samaradorligini oshirish muhim ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatib o'tilgan [3]. So'nggi yillarda kechayotgan jarayonlar davlat xizmatiga raqamlashtirishni keng joriy qilishni taqozo qilmoqda. Ta'kidlash lozimki, raqamli texnologiyalarsiz davlat xizmatini amalga oshirib bo'lmaydi. Albatta, bugungi kunda davlat fuqarolik xizmati rivojlanib va takomillashib borayotgan bir davrda, raqamlashtirish masalasini ushbu sohaga joriy qilish masalasiga oydinlik kiritishni va ayrim jihatlarini aniqlab olishni taqozo qiladi.

April 20, 2024

708

Bugungi kunda davlat boshqaruvi sohasi sanoatlashgan bo'lib, raqamli texnologiyalar tarmog'iga taalluqli bo'lgan sohalar qatoriga kiradi. Murakkab vazifalarni bajarish va yirik hajmdagi ma'lumotlarni saqlash orqali fuqarolarning hayotini engillashtirishga erishiladi. Bunda davlat fuqarolik xizmatining raqamli transformatsiyasi yanada qulay, shaffof va samarali bo'lishiga e'tibor qaratish lozim.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktyabrdagi «O'zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PF-5843-sonli Farmoniga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlarida xodimlarni boshqarishda va inson resurslarini rivojlantirish sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilandi [4].

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlari yagona portali - ochiq tanlov asosida faoliyat olib boruvchi ushbu elektron tizim «yagona darcha» tamoyili asosida onlayn rejimda faoliyat ko'rsatadi. Portal interaktiv bo'lishi bilan bir qator qulayliklarga ega. Xususan, nomzodlarni davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilishda inson omilini minimallashtiradi, eng saralarni tanlash imkoniyati yaratiladi, vaqt sarfini kamaytiradi, byurokratik to'siqlarni va qog'ozbozlikni kamaytiradi, adolatli, ochiq va shaffoflikning ta'minlanishi natijasida sohada yuzaga kelishi mumkin bo'lgan korrupsion holatlarning oldi olinishiga, etuk, zamonaviy bilim va ko'nikmaga ega bo'lgan kadrlarning davlat fuqarolik xizmati sohasiga jalb etilishi ta'minlanishiga imkon yaratadi. Davlat xizmatiga kirishda ushbu interaktiv portali orqali hujjat topshirgan nomzodlar platforma orqali suhbat jarayonlari onlayn translyatsiya qilib boriladi.

Ta'kidlash lozimki, ushbu tizimlarning joriy etilishi davlat xizmatiga ishga kiruvchilar qulay imkoniyatlarni yaratish bilan bir qatorda, ularning bilim va ko'nikmalariga qo'yilgan talablarni birmuncha oshiradi, ularga mas'uliyat yuklaydi. Bunday sharoitda nomzodlar zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash ko'nikmalarini egallagan bo'lishi, tahliliy fikrlashi, kreativ yondashuvi, samarali qarorlarni qabul qila olishi, ijtimoiy munosabatlarda faol bo'lishi, har qanday sharoitga moslashuvchan, o'zining bilimlarini rivojlantira olishi zarur bo'ladi. «Davlat fuqarolik xizmati yagona elektron axborot-tahlil tizimi» dasturiy-apparat kompleksi orqali interaktiv xizmatlar portali faoliyati yo'lga qo'yildi.

Ushbu portal respublikamizdagi bir qator vazirlik va idoralar tomonidan shakllantirilgan ma'lumotlar bazasiga integratsiya qilingan bo'lib, davlat xizmatchilari tomonidan shaxsiy kabinetini yaratish, faoliyati bilan bog'liq ma'lumotlar bilan ishlashi va qo'shimcha interaktiv xizmatlardan foydalanish imkoniyatini beradi. Shuningdek, davlat xizmatchilarining malakasini oshirish portali

709

April 20, 2024

xodimlaming bilim va ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan o'quv kurslari, videomateriallar va elektron adabiyotlar bilan boyitilgan.

Milliy kadrlar zaxirasini yurituvchi tizim - istiqbolli kadrlarning doimiy yangilanib boriladigan elektron ma'lumotlarni o'zida mujassamlashtirgan bo'lib, xodimlarning salohiyati, ilm darajasi, mehnat faoliyatidagi yutuqlari, malaka oshirish va shaxsiy rivojlanish rejasini bajarish natijalari asosida zaxiraga olingan talabgorlarning reytingi yuritiladi. Bugungi kunda jamoatchilik sodda, tezkor va qulay sharoitda davlat tashkilotlari bilan hamkorlik qilishni afzal ko'rishadi. Raqamli texnologiyalar esa davlat tomonidan zamonaviy, aniq va iqtisodiy jihatdan davlat xizmatlarini ko'rsatishga imkon yaratadi. Samarali raqamli davlat malakali, vakolatli va motivatsiyalashgan davlat xizmatchilaridan boshlanadi. Zamonaviy davlat xizmatchilari axborot xavfsizligi asoslarini bilishi, elektron hukumat, raqamli imzo, elektron hujjat aylanishi va boshqa raqamlashtirilgan sohalarni tushunishi talab qilinadi. Bunday talablar birinchi navbatda mehnat faoliyatini o'tayotgan davlat xizmatchilariga taalluqli hisoblanadi. Shuningdek, davlat xizmatiga qabul qilinayotgan nomzodlarga qo'yiladigan talablarni yanada oshirishni taqozo qiladi. Shu tariqa, kelgusida lavozim pog'onalarida muvaffaqiyatli davom ettirmoqchi bo'lgan har bir davlat xizmatchisidan zarur ko'nikmalarni shakllantirishga xizmat qiluvchi «raqamlashtirish» kompetentsiyalariga ega bo'lishi lozimligi talab qilinadi. Davlat xizmatchilarining menejment sohasidagi faoliyatiga ilg'or texnologiyalarning joriy qilinishi va amaliy qo'llanilishi natijasida ularda shu yo'nalishga oid bilim, ko'nikma va malakalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

«O'zbekiston - 2030» strategiyasining qonun ustuvorligini ta'minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish bo'yicha islohotlar doirasida davlat xizmatlarini raqamlashtirishning ko'lamini kengaytirish orqali aholi uchun «Servis davlat» tizimini joriy qilish, fuqaro va davlat o'rtasidagi munosabatlarda byurokratik tartibotlarga barham berish erishiladigan maqsadlarning samaradorlik ko'rsatkichlari qilib belgilangan. Ushbu ustuvor yo'nalish doirasida «Elektron hukumat» tizimining yangi bosqichi - «Raqamli hukumat» tizimiga o'tilib, barcha hujjatlar va munosabatlarning raqamli shaklda bo'lishini ta'minlashga erishish maqsad qilib olingan [5].

Shuningdek, Elektron hukumatni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari sifatida mamlakat miqyosida sifatli va talab yuqori bo'lgan elektron davlat xizmatlarini yanada kengaytirish, bosqichma-bosqich barcha davlat xizmatlarini raqamli shaklga o'tkazish, shu jumladan ko'rsatilayotgan avtomatlashtirilgan xizmatlar ulushini 2022-yilda 60 foizga, 2025-yilda - 70% va 2030-yilda - 90% ga etkazish maqsad qilib olingan. BMTning elektron hukumatlarni taraqqiy ettirish darajasi (E-Government Development Index) bo'yicha reyting ko'rsatkichlari tahlili

April 20, 2024

710

shuni ko'rsatadiki, 2020-yilda O'zbekiston ushbu reytingda 80-o'rinni egallagan bo'lsa, 2022-yilda 18 pog'onaga yuqorilagan va 69-o'rinni egallagan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentyabrdagi «Birlashgan Millatlar Tashkilotining «Elektron hukumat tadqiqoti» hisobotida O'zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PQ-308-sonli qarori bilan tasdiqlangan yo'l xaritasiga muvofiq, 2024-2025-yillarda mamlakatimizdagi davlat idoralarining barcha funksiyalarini xatlovdan o'tkazish orqali ularning funksiyalari ro'yxatini jarayon va xizmatlar toifalari (G2C -hukumat-aholi, G2B - hukumat-biznes, G2G - hukumat-hukumat) kesimida ishlab chiqish, funksiyalar raqamlashganlik holati va darajasini aniqlash, funksiyalarni raqamlashtirish bo'yicha chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish belgilab olingan [6].

Shuningdek, raqamli xizmatlarni Yagona portalda (my.gov.uz) jamlash va ular sonini oshirish orqali aholi va tadbirkorlik subyektlariga ko'rsatilayotgan raqamli xizmatlarni Yagona portalda jamlash va ularning umumiy sonini 2023-yilda - 570 taga, 2024-yilda - 700 taga etkazish maqsad qilib olingan. Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazining 2024-yil 4-yanvardagi ma'lumotlariga ko'ra, 2023-yil davomida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida 205 ta yangi xizmatlar joriy qilinib, jami xizmatlar soni 575 taga etkazilgan [7].

O'z o'rnida davlat xizmatini raqamlashtirish orqali boshqa muhim muammo, ya'ni ushbu sohada axborot xavfsizligini ta'minlash dolzarb bo'lib qoladi. Shu sababli, bugungi kunda zamonaviy axborot texnologiyalarini foydali ekanligini jamoatchilik yaxshi anglasa-da, uni davlat xizmatiga joriy qilinishi murakkab kechmoqda. Kiberxavfsizlik va shaxsga oid ma'lumotlarning konfidensialligini saqlash, davlat xizmatchilariga oid shaxsiy ma'lumotlarning xakerlar tomonidan salbiy maqsadlarda foydalanilishi, ularni qo'llagan holda xodimlarga ta'sir ko'rsatishga yo'l qo'ymaslik zarur hisoblanadi.

Shuning uchun davlat xizmatida raqamlashtirishda quyidagilarni e'tiborga olish lozim bo'ladi. Jumladan:

inklyuziv ahamiyat kasb etishi - davlat xizmatlarini ko'rsatish har bir shaxsga tushunarli va qulay bo'lishiga;

xavfsiz va ishonchli bo'lishi - raqamlashtirishni joriy qilishda shaxsiy ma'lumotlarning himoyalashni kafolatlashga;

funksional moslashuvchan bo'lishi - ma'lumotlarni aniq va to'g'ri bo'lishini ta'minlash orqali davlat va jamoatchilik o'rtasidagi aloqalarni yanada engillashtirishga xizmat qilishi zarur [8].

Yuqoridagilarni umumlashtirgan holda aytish mumkinki, bugungi kunda zamonaviy axborot texnologiyalarining hayotning barcha jabhalariga, shu jumladan

April 20, 2024

711

davlat xizmatiga joriy qilinishi zarurligini barchamiz ongli ravishda tan olib turibmiz. Raqamlashtirish jarayoni turmush tarzining eng tubiga kirib kelganligini e'tiborga olgan holda, uning kelgusida yanada rivojlanib borishi tabiiy holga aylanib boradi. Bu esa, davlat tashkilotlari va idoralariga mas'uliyatini oshirishi bilan birga, ular faoliyatini butunlay boshqacha tarzda va zamonaviy metodlar asosida olib borishiga imkoniyat yaratadi. Natijada texnik ko'rinishdagi eskirgan ish uslubining qisqarishi natijasida, davlat xizmatchilarining intellektual faoliyat bilan band bo'lishlari ta'minlanadi. Albatta, davlat xizmatiga zamonaviy axborot texnologiyalari joriy qilinishi orqali raqamlashtirish jarayonining muvaffaqiyatli ta'minlanishi natijasida mamlakat rivojiga va iqtisodiy jihatdan yuksalishi drayveri bo'lib xizmat qiladi.

REFERENCES:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M. Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi, 2020-yil 24-yanvar // https://president.uz/uz/lists/view/3324

2. Тузиков A.B. и др. Цифровая трaнсформaция. Основные понятия и терминология: сб.статей. Нац. акад. наук Беларуси, Объед. ин-т проблем информатики. - Минск: Беларуская навука, 2020. - С. 173.

3. Добролюбова Е.И., Старостина А.Н. Оценка цифровизaции взаимодействия государства и граждан. Научный журнал Статистика и экономика. Т. 18. № 2. 2021. // DOI: http://dx.doi.org/10.21686/2500-3925-2021-2-45-56

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktyabrdagi «O'zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PF-5843-sonli Farmoni // https://lex.uz/docs/4549998

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158-son Farmoni // https://lex.uz/ru/docs/6600413

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentyabrdagi «Birlashgan Millatlar Tashkilotining «Elektron hukumat tadqiqoti» hisobotida O'zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PQ-308-sonli qarori // https://lex.uz/uz/docs/6612612

7. https://e-gov.uz/uz/news/2024-jilning-ilk-kunlarida-biz-sizlarga-mamnuniyat-bilan-mygovuz-orkhali-jidhp-krsatilayotgan-hizmatlar-soni-570-tadan-oshganini-maulum-khilamiz-1193

8. Digitalization of the civil service.12.03.2021 y. // https://www.dp.lu/digitalization-of-the-civil-service/?lang=en

712

April 2G, 2G24

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.