Научная статья на тему 'Eksport hajmini oshirishda sanoat korxonalari faoliyatining holati'

Eksport hajmini oshirishda sanoat korxonalari faoliyatining holati Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
sanoat / industriya / ishlab chiqarish / mehnat qurollari / xom ashyo / iqtisodiy faoliyat / kengaytirilgan takror ishlab chiqarish / sanoat mahsulotlari / sanoat ishlab chiqarish tarkib / industrial o‘sish

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Gulrukh Djumanazarovna Khasanova, Shermurod Dilmuratovich Bekmuratov

Ushbu maqolada eksport hajmini oshirishda sanoat korxonalari faoliyati to‘g‘risida fikr yuritilgan. SHuningdek maqolada Buxoro viloyati sanoat korxonalarining faoliyati tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Eksport hajmini oshirishda sanoat korxonalari faoliyatining holati»

Eksport hajmini oshirishda sanoat korxonalari faoliyatining

holati

Gulrukh Djumanazarovna Khasanova gulrux-xasanova1971@mail.ru Shermurod Dilmuratovich Bekmuratov Buxoro muhandislik-texnologiya instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada eksport hajmini oshirishda sanoat korxonalari faoliyati to'g'risida fikr yuritilgan. SHuningdek maqolada Buxoro viloyati sanoat korxonalarining faoliyati tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: sanoat, industriya, ishlab chiqarish, mehnat qurollari, xom ashyo, iqtisodiy faoliyat, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, sanoat mahsulotlari, sanoat ishlab chiqarish tarkib, industrial o'sish

State of activity of industrial enterprises in increase of export

volume

Gulrukh Djumanazarovna Khasanova gulrux-xasanova1971@mail.ru Shermurod Dilmuratovich Bekmuratov Bukhara Institute of Engineering and Technology

Abstract: This article discusses the activities of industrial enterprises in increasing the volume of exports. The article also analyzes the activities of industrial enterprises of Bukhara region.

Keywords: industry, industry, production, labor tools, raw materials, economic activity, extended reproduction, industrial products, industrial production content, industrial growth

Sanoat deb xom ashyo, material, yoqilg'i, energiya va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yoki aholiga xizmat ko'rsatuvchi korxonalar (zavod, fabrika, kon, shaxta, elektr stansiya, ferma va hk) majmuasiga aytiladi. Sanoat xalq xo'jaligining muhim sohasidir.

Sanoat, industriya - xalq xo'jaligining jamiyat ishlab chikaruvchi kuchlari taraqqiyoti darajasiga hal qiluvchi ta'sir ko'rsatadigan etakchi tarmog'idir. Sanoatning o'zi uchun hamda xalq xo'jaligining boshqa sohalari uchun mehnat qurollari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish, shuningdek, xom ashyo, yoqilg'i

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 4.182 331 | ("OH^^M]

qazib olish, energiya ishlab chiqarish, yog'och tayyorlash, Sanoatda yoki qishloq xo'jaligida olingan mahsulotlarga ishlov berish va ularni qayta ishlash bilan band korxonalar (fabrikalar, zavodlar, elektrostansiyalar, shaxtalar, konlar va boshqalar) majmui. Sanoat kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning asosini tashkil etadi va industrial o'sishni ta'minlaydi.

Bugungi kunda Buxoro viloyatida sanoat korxonalarining faoliyati to'g'risida fikr yuritadigan bo'lsak, 2023 yilningda viloyatda faoliyat ko'rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan hajmi 31 633,9 mlrd.so'mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo'lib, 2022 yilga nisbatan sanoat mahsuloti fizik hajm indeksi 106,1 foizni tashkil etdi (1-diagramma).

1-diagramma

2023 yilda asosiy iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha sanoat ishlab chiqarish tarkibi,

hajmi va fizik hajm indeksi

1-jadval

2023 yilda iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha sanoat mahsulotini ishlab chiqarish

Ko'rsatkichlar mlrd. so'm o'sish sur'ati, foizda

Iqtisodiy faoliyatning alohida turlari bo'yicha sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 31 633,9 106,1

Tog' - kon sanoati va ochiq konlarni ishlash 434,8 107,9

ulardan:

Tog'- kon sanoati bilan bog'liq boshqa faoliyat 163,3 107,2

Tog' - kon sanoati sohasidagi texnik xizmatlar 271,5 108,5

Ishlab chiqaradigan sanoat 29 876,1 106,8

undan:

Oziq- ovqat ichimliklar va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish 4 574,5 108,6

To'qimachilik, kiyim, teri va unga tegishli mahsulotlari ishlab chiqarish 6 668,8 105,3

Yog'och va po 'kak buyumlar , poxol va to'qish uchun materiallar, qog'oz va qog'oz mahsulotlari, mebel ishlab chiqarish 276,9 101,2

Yozilgan materiallarni nashr qilish va aks ettirish 16,7 125,2

Koks va neftni qayta ishlash mahsulotlari ishlab chiqarish 15 492,5 107,3

Kimyo mahsulotlari, rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarish 620,8 102,7

Asosiy farmatsevtika mahsulotlari va preparatlari ishlab chiqarish 30,3 156,2

Boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish 1 585,4 111,9

Metallurgiya sanoati 72,2 85,0

Mashina va uskunalarni ishlab chiqarish, ta'mirlash va o'rnatish, avtotransport vositalari, treylerlar,yarim pritseplar va boshqa tayyor buyumlarni ishlab chiqarish 526,5 99,4

Boshqa tayyor buyumlar ishlab chiqarish 11,5 40,9

Elektr, gaz, bug' bilan ta'minlash va havoni konditsiyalash 1 135,3 93,4

Suv bilan ta'minlash; kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig'ish va utilizatsiya qilish 187,7 105,8

1-jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, jami sanoat ishlab chiqarish hajmi o'sishining asosiy omili bo'lib, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatida ishlab chiqarish hajmining o'tgan yilning shu davriga nisbatan 106,8 foizga o'sishi bilan birga, tog'-kon sanoati va ochiq konlarda ishlash bo'yicha 107,9 foizni, elektr, gaz, bug' bilan ta'minlash va havoni konditsiyalashning 93,4 foizni va suv bilan ta'minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni utilizatsiya qilish 105,8 foizni tashkil etganligini kuzatish mumkin.

2-diagramma

Iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish (umumiy

hajmga nisbatan foiz hisobida)

2-diagramma ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, iqtisodiy tarmoqlar kesimida o'rganilganda, tog'- kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan 2023 yilda ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 434,8 mlrd.so'mni yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 1,4 foizni tashkil etdi.

Tog'-kon sanoatida ishlab chiqarilgan mahsulotlar turi bo'yicha o'tgan yilning tegishli davriga nisbatan tog'-kon sanoati sohasidagi texnik xizmatlar 0,9 foizga ko'paygan, tog'-kon sanoati bilan bog'liq boshqa faoliyat 0,5 foizga kamaygan.

Buxoro viloyatida sanoat korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hududda ishlab chiqarish hajmi va sifatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

2023 yilda ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 29 876,1 mlrd.so'mni yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 94,4 foizni tashkil etdi.

2-jadval

Ishlab chiqaradigan sanoatda yirik sanoat korxonalari tomonidan natura ko'rinishida

ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish

Ko'rsatkichlar O'lchov birligi 2023 yil 2022 yilga nisbatan foiz

Benzin ming tn. 1 012,2 101,9

Dizel yoqilg'isi ming tn. 185,1 58,3

Mazut ming tn. 55,1 70,6

Kerosin ming tn. 179,4 127,4

Suyultirilgan gaz ming tn. 15,7 102,2

Aroq ming l. 100,0 foiz spirt 4 493,1 66,0

Uzum vinosi yoki uzum turpini distillash natijasida olingan spirt nastoykalari, konyak spirtidan tashqari ming l. 100,0 foiz spirt 10,5 63,8

Uzum vinosi ming l. 213,4 67,1

Yumshoq bug'doy va spelta uni ming tn. 18,5 27,6

Tozalangan o'simlik yog'i tn. 10 194,3 2,5 m.

Paxta tolasi ming tn. 86,9 97,1

Paxta (linti) tn. 8 782 109,7

Paxta chigiti ming tn. 138,0 104,8

Chigitdan olingan kunjara va boshqa qattiq chiqindilar ming tn. 39,5 144,1

Soapstoklar (neytrallash jarayoni mahsuloti) ming tn. 583,3 127,4

Don ekinlarini qayta ishlashdan hosil bo'lgan kepak, chigit va boshqa chiqindilar ming tn. 75,5 110,7

Yirik shoxli qoramollar uchun tayyor ozuqa (ko'p komponentli aralashmalardan tashqari) ming tn. 7,5 22,3

Chakana savdo uchun qadoqlangan paxtadan yigirilgan ip tn. 12 562,3 117,5

2-jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, o'z navbatida ishlab chiqaradigan sanoatda o'tgan yilning mos davriga nisbatan teri va unga tegishli mahsulotlar ishlab chiqarish 157,0 foizni, asosiy farmatsevtika mahsulotlari va preparatlari ishlab chiqarish 156,2 foizni, boshqa transport uskunalari ishlab chiqarish 142,7 foizni, yozilgan materillarni nashr qilish va aks ettirish 125,2 foizni tashkil etgan bo'lsa, kompyuterlar, elektron va optik mahsulotlar ishlab chiqarish 118,4 foizni oshganligini kuzatish mumkin.

Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida yuqori texnologiyali ishlab chiqarish tarmog'ining ulushi 0,1 foizni, o'rta-yuqori texnologiyali 2,2 foizni, o'rta-quyi texnologiyali 59,0 foizni, quyi texnologiyali 38,7 foizni tashkil etdi.

Tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, tayyor mahsulotlar,

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 4.182 334 | (OE^^M]

butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish doirasida tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan 2023 yilning yanvar-dekabr oylarida 4 910,8 mlrd.so'mlik mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarildi.

3-diagramma

2023 yilda ishlab chiqarishning texnologik tarkibi bo'yicha ishlab chiqaradigan

sanoat tarkibi, foizda

3-jadval

Iste'mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi va o'sish sur'atlari (2023 yil)

Ko'rsatkichlar mlrd. so'm o'sish sur'ati, foizda

Iste'mol tovarlarini ishlab chiqarish 6 052,1 105,6

shu jumladan:

oziq-ovqat tovarlari 3 278,5 102,6

nooziq-ovqat tovarlari 2 773,6 106,1

3-jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish 3 278,5 mlrd.so'mga yetkazilib, jami iste'mol tovarlaridagi ulushi 54,2 foiz, jumladan, nooziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 2 773,6 mlrd.so'm, jami iste'mol tovarlaridagi ulushi 45,8 foizni tashkil etdi.

4-jadval

Sanoat mahsulotlari va iste'mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi (2023 yil)

Sanоat 2022 yil nisbatan, foizda Iste 'mol tovarlari, 2022 yil nisbatan,

mahsulotlari, mlrd. mlrd. so'mda foizda

so'mda 1

Buxoro viloyati 31 633,9 106,1 6 052,1 105,6

Buxoro sh. 3 203,4 101,0 1 419,3 87,7

Kogon sh. 1 091,4 101,1 287,1 100,1

tumanlar

Buxoro 900,2 104,0 222,3 109,5

Vobkent 777,8 106,5 439,8 114,3

Jondor 1 009,4 102,0 416,0 97,2

Kogon 1 725,0 104,0 536,7 107,5

Olot 402,1 112,2 116,2 98,0

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Peshko' 733,0 108,1 248,6 131,6

1 Hududlar bo'yicha taqsimlanmagan ma'lumotlarni qo'shgan holda

Romitan 1 562,6 102,0 193,0 118,4

Shofirkon 813,8 105,0 294,1 114,7

Qorako'l 1 196,5 102,6 527,4 119,2

Qorovulbozor 16 165,5 105,3 325,4 144,9

G'ijduvon 2 053,2 105,1 1 026,2 112,2

4-diagramma

Hududlar bo'yicha aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari va iste'mol tovarlari ishlab

chiqarish hajmi, ming.so'mda (2023 yil)

4-diagramma ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, hududlar kesimida aholi jon boshiga o'rtacha sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining yuqori o'sish sur'atlari Olot (2022 yilga nisbatan 110,6 foizga), Peshku (106,3 foizga) va Vobkent tumanlarida (104,7 foizga) kuzatilgan bo'lsada, faqatgina Buxoro (99,1 foizga) shahrida o'sishning past sur'ati kuzatildi.

Hisobot davrida viloyatdagi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan 2 854,3 mlrd. so'mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. O'tgan yilda qo'shma korxonalarning umumiy ishlab chiqarishdagi ulushi 9,2 foizni tashkil etgan bo'lsa, hisobot davrida bu ko'rsatkich 9,0 foizni tashkil etgan holda o'tgan yilning mos davriga nisbatan 0,2 bandga kamaygan.

5-diagramma

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar mahsulotlarining sanoatning umumiy

hajmidagi ulushi, foiz

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Xolmirzayev, U. B., & Ergashev, I. (2024). SANOAT KORXONALARIDA INNOVATSION FAOLIYATNI BOSHQARISH TIZIMI. Theoretical aspects in the formation of pedagogical sciences, 3(5), 109-115.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.