Научная статья на тему 'EKOTURIZM IQTISODIY FOYDA KELTIRUVCHI TURIZMNING ENG ISTIQBOLLI TURLARIDAN BIRI SIFATIDA'

EKOTURIZM IQTISODIY FOYDA KELTIRUVCHI TURIZMNING ENG ISTIQBOLLI TURLARIDAN BIRI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
turizm / ekologik turizm / ekoturizm / yashil turizm / yumshoq turizm / tabiat / ekotizim / mintaqa / tabiiy hudud / tabiiy resurlar / ekologiya / muhofaza / turistik resurs / mahalliy aholi. / tourism / ecological tourism / ecotourism / green tourism / soft tourism / nature / ecosystem / region / natural area / natural resources / ecology / protection / tourist resource / local population.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Abdurasulov Sh.E.

Ushbu maqolada “Ekologik turizm” tushunchasi ta’rifining mazmun-mohiyati o‘rganilgan va tadqiqotlar natijasida ilmiy yangilik sifatida “Ekologik turizm” tushunchasiga muallif tomonidan ta’rif keltirib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ECOTOURISM AS ONE OF THE MOST PROMISING TYPES OF ECONOMIC PROFITABLE TOURISM

This article examines the essence of the definition of the concept of “Ecological tourism”, and as a result of the research, the author gives a definition of the concept of “Ecological tourism»as a scientific innovation.

Текст научной работы на тему «EKOTURIZM IQTISODIY FOYDA KELTIRUVCHI TURIZMNING ENG ISTIQBOLLI TURLARIDAN BIRI SIFATIDA»

Abdurasulov Sh.E.

SamlSI "Turizm»kafedrasi assistenti

EKOTURIZM IQTISODIY FOYDA KELTIRUVCHI TURIZMNING ENG ISTIQBOLLI TURLARIDAN BIRI SIFATIDA

Annotatsiya. Ushbu maqolada "Ekologik turizm " tushunchasi ta 'rifining mazmun-mohiyati o 'rganilgan va tadqiqotlar natijasida ilmiy yangilik sifatida "Ekologik turizm " tushunchasiga muallif tomonidan ta 'rif keltirib o 'tilgan.

Kalit so 'zlar: turizm, ekologik turizm, ekoturizm, yashil turizm, yumshoq turizm, tabiat, ekotizim, mintaqa, tabiiy hudud, tabiiy resurlar, ekologiya, muhofaza, turistik resurs, mahalliy aholi.

Abdurasulov Sh.E.

assistant «Tourism»department SamIES

ECOTOURISM AS ONE OF THE MOST PROMISING TYPES OF ECONOMIC PROFITABLE TOURISM

Abstract. This article examines the essence of the definition of the concept of "Ecological tourism ", and as a result of the research, the author gives a definition of the concept of "Ecological tourism »as a scientific innovation.

Key words: tourism, ecological tourism, ecotourism, green tourism, soft tourism, nature, ecosystem, region, natural area, natural resources, ecology, protection, tourist resource, local population.

Yevropa davlatlarida ekoturizmga iqtisodiy soha sifatida qaraladi, chunki chet ellarda jadal suratlar bilan rivojlanib borayotgan ekoturizm iqtisodiy foyda keltiruvchi turizmning eng istiqbolli turlaridan biri hisoblanadi.

Ekspertlarning ta kidlashlariga ko'ra, ekoturistlar kopincha o'rta yoki yuqori sarmoyaga ega bo'lgan, har tomonlama taminlangan sayohatchilardan iborat turi. Sayyoramizda inson oyog'i yetmagan yovvoyi tabiat juda kam qolganligi sababli, odatda bunday hududlarga sayohat qilish cheklangan, hamda ularga sayyohat qilish ham sezilarli darajada qimmat. Shu sababli, ekoturizmdan tushgan daromad turizmdan tushgan daromadlardan bir necha marotaba kopdir. Hozirgi kunda ekoturizm turizm va ekskursiya qilish jahon kengashining (WTTC) va jahon turistik tashkiloti (WTO) ma'lumotlariga ko'ra, jadal suratlar bilan rivojlanib borayotgan turistik industriyalardan biri hisoblanadi. Ekspertlarning takidlashicha, hozirda turizm industriyasida ekoturizm tarmog'iga kiruvchi tabiiy va sarguzasht turizmi tarmog'i jadal suratlar bil an rivojlanib bormoqda. Masalan, Kanada davlatida yovvoyi tabiatga sayohat,

'^KOHOMHKa h ^HyMM №5(120)-2 2024

www.iupr.ru

40

turizmning umumiy hajmi ichki turizmdan tushgan daromadning 25 % ini tashkil etadi. Kanada hukumati, faqatgina ekoturizmdan tushgan soliq hisobidan har yili 1,7 mlrd. AQSH dollarida foyda oladi. Bu esa, hukumat tomonidan yovvoyi tabiatni muhofaza qilish dasturiga ajratilgan mablag'dan (300 mln. dollar) 5 baravar kopdir. Demakki, ekoturizm tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishga katta iqtisodiy hissa qo'shadi, hamda bunday tadbirlarni to'la-to'kis o'tkazishga katta moliyaviy komak beradi.

BMT va JTT tashkilotlarining malumotlari bo'yicha, oxirgi 20 yil ichida endi rivojlanib borayotgan mamlakatlarda ekoturistlar soni ko'payib va undan olinadigan daromadlar yildan-yilga o'sib bormoqda. Masalan, har yili ekoturizmdan Keniya - 1,4 mlrd. Nepal - 1,5 mlrd. AQSH dollarida daromad oladilar. qayd qilish lozimki, ushbu mamlakatlarning ekoturizmdan olgan daromadi davlat ichki yalpi mahsulotining 70-80 % iga teng. Keltirilgan malumotlardan quyidagi xulosalar kelib chiqadi:

1.Respublikamizda ekoturizmni rivojlantirishning iqtisodiy isbotlari ishlab chiqilmagan. Bu vaziyatning asosiy sababi - ekoturistlarning tashrifí haqida va qaysi ekoturizm resursiga tashrif qilganligi haqida statistik axborotlar jamlanmagan. Ikkinchidan, hozirgacha respublikamizning tabiiy hududlari bo'yicha qaysi ekologik turizm resurslaridan foydalanish ro'yxati ham tuzilmagan.

2. Ekoturizmni rivojlantirish bo'yicha «O'zbekistonda ekologik turizmni rivojlantirish Kontseptsiyasi»qabul qilingan. Ushbu «Kontseptsiya»ning 1.4. bandida - ekoturizmning ijtimoiy-iqtisodiy masalalari echimini topishi lozim bo'lgan dolzarb masalalar sifatida qayd qilingan. Ular quyidagilar:

• Ekoturizm ob'ektlarida aholini ish bilan taminlash, ijtimoiy muhofaza qilish muammolarini hal qilish;

• Ekoturizm qadamjoylarida kichik va o'rta biznesni rivojlantirish orqali qo' shimcha ish o'rinlarini yaratish, turistik infratuzilmalarni hosil qilish;

• Ekoturizmning jahon talablariga javob beraoladigan moddiy-texnik, axborot - tahliliy bazasini yaratish xizmat ko'rsatish va servis sohasini rivojlantirish;

• Ekoturizm maskanlarini elektr energiyasi va issiq suv bilan taminlash masqadida ekologik toza, qayta tiklanuvchi muqobil energiya qurilmalari yordamida foydalanishni keng yo'lga qo'yish.

Ekоturizmning fаqаt fоydа kеltirаdigаn sоhа dеb hisоblаsh mumkin emаs. Bu fаоliyat turi аgаr mаqsаdgа muvоfíq dоirаdа аmаlgа оshirilmаsа, uning qоidаlаri vа tаlаbаlаrigа riоya qilinmаsа tаbiаtgа jiddiy sаlbiy tа'sirqilishi vа nоxush оqibаtlаrgа оlib kеlishi tаbiiy. Uning sаlbiy оqibаt vа nаtijаlаri nimаlаrdаn ibоrаt bo'lishi mumkin. Eng аvvаlо, o'simliklаr nobud bo'lаdi, o'simliklаr pаyxоn qilinаdi, yer o'pirilаdi vа zichlаshib kеtаdi, ^yvontar bеzоvtаlаnаdi, qochishgа tushаdi, bolа ochishgа xаlаqit berilаdi, ov nаtijаsidа yo'q qilinаdi, ovqаtlаnish tаrzi o'zgаrаdi, tur^ri buziladi, suvdа yashаydigаn hаyvonlаrning hаyot tаrzi o'zgаrаdi, suv o'simliklаrigа ziyon yetаdi, oziq moddаlаrning

мЭкономнка h ^uyM" №5(120)-2 2024

www.iupr.ru

41

yemirilishi va yo'qolishiga olib keladi Demak, ekoturizm doimo davlat, jamoat tashkilotlari nazoratida bo'lishi, unga doir qonunchilikka zid bo'lmagan holatda amal qilishi lozim.

Turizmning global axloq kodeksida ta'kidlanishicha, "turistik infrastruktura ob'ektlari va turistik faoliyat turlarini shunday rejalashtirish kerakki, ekosistemalar va biologik turli-tumanlikni tashkil qiluvchi tabiiy merosni himoya qilish ta'minlansin hamda yo'qolib ketish xavfi bo'lgan fauna va flora turlari muhofaza qilinsin; turistik jarayonlarning ishtirokchilari va ayniqsa, professional xodimlar o'zlarining faoliyatlariga qo'yiladigan ayrim cheklashlar va me'yorlarga ko'nikishlari lozim. Bu gaplar asosan tabiatdagi milliy parklar, qo'riqxonalar va alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar faoliyat turlariga tegishlidir".

Ekoturizmning maqsadlaridan biri noyob faunani asrab-avaylash, kelgusi avlod uchun saqlashdan iborat. Yo'qolib borayotgan hayvon turlari, qushlar, reptiliyalar, baliqlar, o'simliklar va hatto, hashoratlarga bo'lgan talab, tabiiyki, taklifning shakllanishiga olib keldi. Iqtisodiyotning yangi xufyona sohasi paydo bo'ldi. Nafaqat an'anaviy soha, masalan, Afrika uchun karkidon shoxi, fil suyagi, sherlarning tishlari, balki "Qizil kitob"ga kiritilgan to'tiqushlar, lochinlar, gekkonlar, ilonlar, tropik baliqlar, shuningdek, o'rgimchaklar, qo'ng'izlar, chayonlar ham kantrabanda ob'ektlari bo'lib qoldi. Bularning hammasiga Yevropalik kolleksionerlarda ham, ba'zi Osiyo mamlakatlarining do'kondorlarida ham talab kuchaydi.

Ekzotik tovarlarning narxi qora bozorda ancha yuqori: Angola pitoni 65 ming AQSh dollari, kamyob Afrika qo'ng'izi "kolofong»15 ming dollarva hokazo. O'rgimchaklar va tropik baliqlarning noyob turlari ham qimmat baholanadi. Tabiiyki, bunday maqsaddagi sayohat hech bir mamlakatda ma'qullanmaydi va "turizm»ning bunday sohasi jinoiy qonunchilik bilan ta'qib qilinadi.

Shunday qilib, tabiat turizmi va ekologik turizm noyob va yo'qolib borayotgan turlarni muhofaza qilish bilan uzviy bog'liq. Chunki ularning ko'pchiligi ekzotik hisoblanadi va ekoturizm ob'ektlariga aylanadi. Bu gap faqat hayvon va o'simliklargagina emas, balki umuman ekosistemalar va tabiiy komplekslarga ham taalluqli. Boshqa tomondan, noto'g'ri rejalashtirish tufayli turistik "yuk"ning oshib ketishi, yovvoytabiat "sovg'alari"ning o'ziga xosligi va qimmatbaholigi ba'zi turlarning yo'qolishi va tabiat omillarining buzilishiga sabab bo'lmoqda. Hududlarning noyob turlari va ekosistemalarini mahalliy jamoalar uchunhayotiy resurs deb qarash mumkin, shuning uchun ularni mmuhofaza qilish mahalliy madaniyatni himoya qilish bilan uzviy bog'liq.

Foydalangan adabiyotlar ro'yxati:

1. Tuxliyev I.S., Abduhamidov S.A. Turizm: nazariya va amaliyot. Darslik, Toshkent, 2021. -354 b.

2. Raximov Z.O., Abdurasulov SH.E. Turistik destinatsiyalarni loyihalashtirish. Darslik, Samarqand, 2023.

мЭкономнка h соцнумм №5(120)-2 2024

www.iupr.ru

42

3. Haitboyev R. va boshqalar. Mintaqaviy turizm. O'quv qo'llanma. -S.:2019,335 b.

4. Xaitbayev R. va boshqalar. Turizm marshrutlarini ishlab chiqish texnologiyasi. O'quv qo'llanma. - S.: 2016, 175 b.

5. Hayitboyev R., Ekologik turizm. O'quv qo'llanma. -T.: "Fan va texnologiyalar" nashriyot - matbaa uyi, 2021. -375 b.

6. Hayitboyev R., Amriddinova R. Turizmning maxsus turlari. Uslubiy qo'llanma. - S.:, "Tong»MCHJ, 2009. -45 b.

7. Hayitboyev R. O'zbekistonning cho'llarida turizmnit tashkil qilish va rivojlantirishning strategik yo'nalishlari. Monografiya, Samarqand, SamISI, 2022. -180 b.

'^KOHOMHKa h соцнумм №5(120)-2 2024

www.iupr.ru

43

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.