Научная статья на тему 'EKOTURIZM MAMLAKATIMIZNI MODERINIZATSIYA QILISH VA AHOLI BANDLIGINI OSHIRISHNING MUHUM OMIL SIFATIDA'

EKOTURIZM MAMLAKATIMIZNI MODERINIZATSIYA QILISH VA AHOLI BANDLIGINI OSHIRISHNING MUHUM OMIL SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ekoturizm / qishloq xo’jalik / ekoturizm maskan / turizm industriyasi / turizm sohasi / tabiat / agroturizm faoliyati / qishloq turizmi / investisiya mexanizmi / iqtisodiy dastaklar / tashkiliy-iqtisodiy mexanizm. / Ecotourism / agriculture / ecotourism destination / tourism industry / tourism sector / nature / agrotourism activity / rural tourism / investment mechanism / economic levers / organizational-economic mechanism.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Suyarov Hazratqul Usmonkulovich, Rustamova Nasiba Arslonovna

Ushbu maqolada ekoturizm sohasidagi rivojlanish va uning turlari, xususiyatlari va jahon mamlakatlaridagi konsepsiyalari va uning yashil iqtisodiyotda tutgan o‘rni haqida batafsil ma’lumot berilgan. Turizm sohasini rivojlantirishda ekoturizm va agroturizmning ahamiyati, qishloq joylarida yashash, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tahlil qilingan. Ekoturizmning asosiy maqsadlari, jihatlari va bu sohada faol ishtirok etuvchilarning turli shakllari ta’riflangan. Shuningdek, ekoturizm sohasining dunyoda keng tarqalgan yuritilishi mexanizmi, turizmni rivojlantirishdagi roli, turli mamlakatlarda ekoturizmning xususiyatlari va rivojlanishi, turizm sohasidagi amaliyot modellari, milliy turizm va ekologik turizmning qo‘shilishi kabi mamlakatlarning turizm sohasidagi rivojlanishlariga bag‘ishlangan ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article provides detailed information about the development of ecotourism and its types, characteristics and concepts in the countries of the world and its role in the green economy. The importance of ecotourism and agrotourism, living in rural areas, agriculture, forestry, and fisheries in the development of the tourism sector is analyzed.

Текст научной работы на тему «EKOTURIZM MAMLAKATIMIZNI MODERINIZATSIYA QILISH VA AHOLI BANDLIGINI OSHIRISHNING MUHUM OMIL SIFATIDA»

EKOTURIZM - MAMLAKATIMIZNI MODERINIZATSIYA QILISH VA AHOLI BANDLIGINI OSHIRISHNING MUHUM OMIL SIFATIDA

Suyarov Hazratqul Usmonkulovich

SamISI assistenti Rustamova Nasiba Arslonovna

SamISI talabasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada ekoturizm sohasidagi rivojlanish va uning turlari, xususiyatlari va jahon mamlakatlaridagi konsepsiyalari va uning yashil iqtisodiyotda tutgan o'rni haqida batafsil ma'lumot berilgan. Turizm sohasini rivojlantirishda ekoturizm va agroturizmning ahamiyati, qishloq joylarida yashash, qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi tahlil qilingan. Ekoturizmning asosiy maqsadlari, jihatlari va bu sohada faol ishtirok etuvchilarning turli shakllari ta'riflangan. Shuningdek, ekoturizm sohasining dunyoda keng tarqalgan yuritilishi mexanizmi, turizmni rivojlantirishdagi roli, turli mamlakatlarda ekoturizmning xususiyatlari va rivojlanishi, turizm sohasidagi amaliyot modellari, milliy turizm va ekologik turizmning qo'shilishi kabi mamlakatlarning turizm sohasidagi rivojlanishlariga bag'ishlangan ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: Ekoturizm, qishloq xo'jalik, ekoturizm maskan, turizm industriyasi, turizm sohasi, tabiat, agroturizm faoliyati, qishloq turizmi, investisiya mexanizmi, iqtisodiy dastaklar, tashkiliy-iqtisodiy mexanizm.

Abstract: This article provides detailed information about the development of ecotourism and its types, characteristics and concepts in the countries of the world and its role in the green economy. The importance of ecotourism and agrotourism, living in rural areas, agriculture, forestry, and fisheries in the development of the tourism sector is analyzed.

Keywords: Ecotourism, agriculture, ecotourism destination, tourism industry, tourism sector, nature, agrotourism activity, rural tourism, investment mechanism, economic levers, organizational-economic mechanism.

Mamlakatimizda keyingi yillarda ona-tabiatni asrash, biologik turlarni saqlab qolish borasida bir qator tadbirlar amalga oshirildi. Mahalliy jamoaga muqobil faoliyat sifatida turizm bilan, ya'ni mahalliy flora va faunaga, landshaftga, xalq tarixi va madaniyatiga qiziqqan xorijiy va mahalliy sayyohatchilarni qabul qilish va ularga xizmat ko'rsatish taklif qilinadi.

Bugungi kunda aholining , ayniqsa qishloq xo'jaliklarining turmush tarzini yaxshilash, qishloqlarimiz qiyofasini shahar qiyofasi darajasigacha yetkazish ustida bir qator texnik ishlar olib borilmoqda, qishloqlarimiz infratuzilmasini yangilash, uni yanada zamonaviylashtirish, turmush madaniyatini o'zgartirish borasida salmoqli yutuqlar qo'lga kiritildi. Yangi loyihalar asosida uy joylar qurish, ko'rkam va obod

qishloqlar barpo etishga kiritildiki, bu xildagi o'zgarishlarning hammasi aholi turmush faravonligining yuksalganligida o'z ifodasini topishi tabiiy.

Mamlakatimizda keyingi yillarda ona-tabiatni asrash, biologik turlarni saqlab qolish borasida bir qator tadbirlar amalga oshirildi. Bunda barcha ezgu harakatlarimizning pirovard ya'kuni farzandlarimizning baxtu-saodati, ertangi kamoliga xizmat qiladi. Negaki biz tole'ni, iqbolni farzandlar timsolida ko'rishga odatlangan xalqmiz. Yuqorida sanab o'tilgan ijobiy o'zgarishlarning barchasi mamalakat miqyosida ekoturizm jadal rivojlanishiga bevosita bog'liq.

Ekoturizm - turizimining istiqbolli turlaridan biridir. U insonning tabiat bilan to'g'ridan - to'g'ri muloqotda bo'lishi, uni o'rganishi hamda rivojiga o'z hissasini qo'sha olishini ifodalaydi. Aynan shu narsa hamisha turistlarni o'ziga jalb etib keladi. Turli omillarga ko'ra ifloslantirgan havo, suv va shuningdek shovqin va ijtimoiy qarama-qarshilikdan charchagan inson o'zini tabiat qo'ynida ko'rgisi keladi.

Ekoturizm uch guruxga bo'linadi:

- Qo'riqxona, milliy bog' va hushhavo tog'larga sayohat;

- Yo'qolib borayotgan hayvonot va o'simliklar dunyosini o'rganish;

- Faol dam olish kabi guruhlarga bo'linadi

Tahlil va natijalar. Samarqand viloyatida ekoturizm maskanlari faoliyatini o'rganishlarimiz natijasida aynan ekoturizm sohasi islohotlarga, o'zgarishlarga muhtoj ekanligini aniqladik, Respublikaning boshqa viloyatlariga nisbatan Samarqandda xalqaro va ichki turizm industriyasini rivojlantirish imkoniyatlari juda keng hamda turli-tumandir. Hozirgi kunda Samarqanddagi ko'plab madaniy meros yodgorliklari, me'moriy obidalar YUNESKO ro'yxatiga kiritilgan bo'lib, ular alohida muhofazani talab etadi. Bu inshootlar noyobligi, jozibadorligi, o'zbek ajdodlari milliy mentaliteti va qadriyatlarini o'zida mujassamlashtirganligi bilan sayyohlarni o'ziga jalb qiladi. Bu holatni chet el mutaxassislari, ommaviy-axborot vositalari, sayyohlar e'tirof etmoqdalar.

Masalan, Avstraliyaning "Skyscanner" axborot portali ekspertlari "Instagram" ijtimoiy tarmog'idan foydalanuvchilar uchun sayyoramizning eng go'zal joylari reytingini bergan. Yer yuzidagi 15 ta eng ajoyib shahar kiritilgan ro'yxatning oltinchi pog'onasida o'zining tarixiy durdonalari, qadimiy obidalari, ulug' allomalari va mutafakkirlari bilan dunyoga tanilgan - Samarqand shahri o'rin olgan. Bunday misollarni juda ko'plab keltirish mumkin.

Samarqand viloyatda turizm sohasini yanada rivojlantirish maqsadida 2020 yil davomida umumiy qiymati 306,6 milliard so'mlik 74 ta investitsion loyiha amalga oshirilgan bo'lib jumladan, 17 ta mehmonxona, 29 ta oilaviy mehmon uyi, 3 ta xostel, "turizm qishlog'i", "turizm ko'chasi", 9 ta ekoturizm maskani tashkil etildi. Bu loyihalardan Urgut tumanida Qoratepa-Omonqo'ton tog' turizmi klasteri tashkil etish rejasi asosida tashkil etilgan « Tersak turizm qishlogi» bugun o'z samarasini berayabdi desak adashmaymiz. lekin ichki turizm bo'yicha maskur hudud mavsumiyligicha qolmoqda, chunki bahor faslida u yerdagi ko'klamzor tabiiy lanshaftlarining go'zalligi har yili chet el sayyohlarini befarq qoldirmayabdi. Bu soha mavsumiy bo'lsa ham, aniq

reja asosida, uddaburanlik bilan olib borilsa, mavsumni cho'zish, daгomadni esa yil mobaynida bir xil olish mumkin.

Voxaning o'ziga xos so'lim va betako tabiati, shuningdek qishloq xalqining ko'hna tarixi, madaniyati kimlami maftun etmaydi, deysiz. Bizning fikrimizcha vohaning atrafi baland tog' bo'lganligi uchun yuqoгiga ko'tariluvchi mexanizmlaг, aгqon yo'li o'matish qishki sport ixlosmandlari uchun eng ommabop, qulay va tezkor transport tizimi hisoblanib ular yomon ob-havo sharoitida ham yopiq ko'rinishda taklif qilish baland tog' bag'гida yovvoyi tabiatni kuzatish imkoniyati mavjudligi hududda dunyo sayyohlarini ko'pгoq jalb etish imkoniyatlari mavjud.

Xulosa shuki, ushbu hududlarda istiqomat qiluvchi aholining turmush tarzi turizm hisobiga yaxshilanadi. Eng muhimi turistlar ushbu hududda joylashgan aholi turar joylaridan foydalanadi, aholi tayyorlagan milliy taomlardan bahramand bo'ladilaг, ulaming tuгli ot-ulovlaгidan foydalanib tabiat qo'yniga sayohat qilib dam oladilar. Bulaming baгchasi ma'lum bir sarmoyalar evaziga aholi tomonidan tuгistlaгga xizmat ko^satiladi.

Aholining iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishiga ekoturizm juda katta poydevor bo'la oladi deb hisoblaymiz. Ekoturizmning yuqoridagi qulayliklari, aholining aynan qishloq xo'jaliklarining iqtisodiy ahvolini yaxshilanishiga qaгatilganligi, mamlakatimizni moderinizatsiya qilishda va aholining ish bilan bandligini ta'minlashda juda katta o'rin egallaganligi uning eng muhim tomonlaridan biridir.

Bu ishlarni amalga oshirishda eng avvalo turistik mahsulot arzon, barcha mavsumlaгga xos bo'lmasligi, iste'moli cheklanmasligi keгak. Ammo ekosistemalaг haqida gap ketganda buning iloji yo'q va bunday bo'lmasligi lozim. Biraq, xavfsizlik, saqlangan flora va faunaning mavjudligi, alohida qo'riqlanadigan hududlaгda tuгistlaгning o'zlarini tutish qoidalaгining qatiyligi muhim omillardan hisoblanadi.

Xulosa va takliflar. Rivojlanib borayotgan mamlakatlarning turizm industriyasi asosan tabiiy yoki ekologik turizm hisobiga amalga oshirilmoqda. Ekspertlarning ma'lumotlaгiga qaraganda ekotuгizm sayyohlik bozoгining 10-20 % qamrab olgan, o'sish suг'ati esa umumiy tuгizm industгiyasining o'sish sufatidan 2-3 marotaba oshib ketgan. Qo'riqlanadigan tabiiy hududlaráagi ekologik maгshгutlaгni tuzishda va amalga oshiгishdan oldin turistik tas^ilot^ shu hududlaming ma'muгiyati, O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat Qo'mitasi bilan kelishishi hamda "O'zbekturizm" Milliy Kompaniyasi yoki O'zstandart Agentligidan sertifikat olishi lozim.

Ekologik so'qmoqla^ odatda, milliy tabiiy bog'laг (pa^a^ va davlat buyurtmaxonalari bufer, rekreatsion hududlarda tashkil qilinadi. Alohida hollardagina bu so'qmoqlaг qo'гiqxonalaг oгqali o'tishi mumkin (lekin bunda atrof muhitga iloji boricha zaгaг yetmasligi, gurnh maxsus gid alohida qo'гiqlanadigan hudud mutaxassisi yetakchiligida yurishi lozim).

Turmarshrutni tuzishdagi rasmiyatchilik qoidalari tashkilotchilardan umumiy tabiiy xususiyatlaráan tashqaгi alohida qiziqarii obyektlaг (g'oгlaг, qoyalaг, iгmoqlaг, ko'lla^, floгa (doгivoг va noyob оЧкг, zahaгli o'simliklaг, lishayniklar olami) va fauna (Qizil kitobga kiritilgan hayvonla^ hashoгatlaг) to'g'гisidagi ma'lumotlami ham

to'plashni talab qiladi. Shuni aytish kerakki, ekologik yo'lni tanlashda faqat landshaftning tipigina emas, balki bo'lajak rekreatsion ekologik yo'nalishda tashrif buyurishi mumkin bo'lgan turistlar sig'imini ham hisobga olish lozim. Marshrut shunday rejalashtirilishi kerakki, o'simlik va hayvonot dunyosining noyob turlari, ayniqsa, davlat muhofazasidagi turlari yashaydigan joylarni chetlab o'tilishi zarur.

Marshrutlarni ishlab chiqishda turoperatorlar tomonidan quyidagilarga alohida e'tibor qaratilishi lozimdir; yo'llarda, dam olish manzillarida va ovqatlanish shaxobchalarida, albatta, axborot ko'rsatkichlari qo'yilgan bo'lishi lozim. Har bir marshrutning o'z raqami, rangi yoki rasmi bo'lishi maqsadga muvofiq. Shunda turistlar daftarcha yordamida o'zlarining turgan joylarini xatosiz aniqlay olishadi. Daftarchalarda diqqatga sazovor joylargacha bo'lgan masofani va ularga yetib borish uchun qancha vaqt sarflanishi aniq ko'rsatilishi kerak.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, O'zbekistonda turizm bozorini rivojlantirishda ekologik turizm imkoniyatlaridan keng foydalanish maqsadga muvofiq.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.

1. Sayfiddinov Sh.S., Nurfayzieva M.Z., Xalimova F.N. TURIZM o'quv qo'llanma // T.:"Iqtisodiyot" 2019

2. Islomova R.A. Tuxliev I.S. va boshqalar. O'zbekistonda turizm xizmat bozorini rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari. Monografiya. // T.:"Iqtisodiyot" nashriyoti, 2012. -304 bet.

3. Islomova R.A. Ekologik turizmning xususiyatlari va uning ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi ahamiyati. // «SERVIS» jurnali. Samarqand, 2012.№1 98-105b.(08.00.00;№20)

4. Tuxliev N., Abdullaeva T. Ekologicheskiy turizm: suщnost, tendensii i strotegiya razvitiya. T.: «O'zbekiston milliy ensiklopediyasi». 2006.- S. 272-284.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.