Научная статья на тему 'EKOLOGIK ONG VA EKOLOGIK BOSHQARUV YASHIL IQTISODIYOTNING OMILI SIFATIDA'

EKOLOGIK ONG VA EKOLOGIK BOSHQARUV YASHIL IQTISODIYOTNING OMILI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Социальная и экономическая география»

CC BY
3
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ekologik barqarorlik / atrof-muhit muhofazasi / ikkilamchi resurslar / “yashil iqtisodiyot” / ekologik ong / tabiiy resurslar / birlamchi xom ashyo / mehnat resurslari.

Аннотация научной статьи по социальной и экономической географии, автор научной работы — Gapparov Bexzod Nematillayevich

Ekologik barqarorlik va atrof-muhitni boshqarish O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining qurilish sektorini rivojlantirish omili sifatida, barqaror rivojlanishning global muammolari nuqtayi nazaridan dolzarbdir. Tadqiqot O‘zbekistondagi qurilish sanoatiga ekologik ong va atrof-muhitni boshqarish amaliyotining ta’sirini tahlil qilishga qaratilgan. Maqolada atrof-muhitga salbiy ta’sirlarni kamaytirishga yordam beradigan ekologik barqaror texnologiyalar va boshqaruv usullarini joriy etishga yondashuvlar muhokama qilinadi. Muallif aholi o‘rtasida ekologik ta’lim va targ‘ibotni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilishi, tabiiy resurslardan foydalanishga yanada mas’uliyatli munosabatni shakllantirish va ekologik xavflarni boshqarishga xizmat qilishini maqolada alohida ta’kidlaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «EKOLOGIK ONG VA EKOLOGIK BOSHQARUV YASHIL IQTISODIYOTNING OMILI SIFATIDA»

EKOLOGIK ONG VA EKOLOGIK BOSHQARUV YASHIL IQTISODIYOTNING OMILI SIFATIDA Gapparov Bexzod Nematillayevich

Jizzax Politexnika instituti katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11002495

Annotatsiya. Ekologik barqarorlik va atrof-muhitni boshqarish O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining qurilish sektorini rivojlantirish omili sifatida, barqaror rivojlanishning global muammolari nuqtayi nazaridan dolzarbdir. Tadqiqot O'zbekistondagi qurilish sanoatiga ekologik ong va atrof-muhitni boshqarish amaliyotining ta'sirini tahlil qilishga qaratilgan. Maqolada atrof-muhitga salbiy ta'sirlarni kamaytirishga yordam beradigan ekologik barqaror texnologiyalar va boshqaruv usullarini joriy etishga yondashuvlar muhokama qilinadi. Muallif aholi o'rtasida ekologik ta'lim va targ'ibotni rivojlantirishga alohida e 'tibor qaratilishi, tabiiy resurslardan foydalanishga yanada mas'uliyatli munosabatni shakllantirish va ekologik xavflarni boshqarishga xizmat qilishini maqolada alohida ta'kidlaydi.

Kalit so'zlar: ekologik barqarorlik, atrof-muhit muhofazasi, ikkilamchi resurslar, "yashil iqtisodiyot", ekologik ong, tabiiy resurslar, birlamchi xom ashyo, mehnat resurslari.

Аннотация. Экологическая стабильность и природопользование как фактор развития строительного сектора экономики Республики Узбекистан актуальны с точки зрения глобальных проблем устойчивого развития. Целью исследования является анализ влияния экологического сознания и практики управления окружающей средой на строительную отрасль в Узбекистане. В статье рассматриваются подходы к внедрению экологически устойчивых технологий и методов управления, которые помогают снизить негативное воздействие на окружающую среду. В статье автор подчеркивает, что особое внимание следует уделять развитию экологического образования и пропаганды среди населения, формированию более ответственного отношения к использованию природных ресурсов, управлению экологическими рисками.

Ключевые слова: экологическая устойчивость, охрана окружающей среды, вторичные ресурсы, «зеленная экономика», экологическое сознание, природные ресурсы, первичное сырье, трудовые ресурсы.

Annotation. Environmental stability and environmental management as a factor in the development of the construction sector of the economy of the Republic of Uzbekistan are relevant from the point of view of global problems of sustainable development. The purpose of the study is to analyze the impact of environmental consciousness and environmental management practices on the construction industry in Uzbekistan. The article discusses approaches to the implementation of environmentally sustainable technologies and management methods that help reduce negative impacts on the environment. In the article, the author emphasizes that special attention should be paid to the development of environmental education and propaganda among the population, the formation of a more responsible attitude towards the use of natural resources, and environmental risk management.

Keywords: environmental sustainability, environmental protection, secondary resources, "green economy", environmental awareness, natural resources, primary raw materials, labor resources.

Mamlakatimizda "Yashil iqtisodiyot sari" ildam harakat qilgan holda chiqindisiz texnologiyani joriy qilishni ta'minlashga qaratilgan ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalarda keng ko'lamli taraqqiyot sari yuksalishlar, strategiyalar amalga oshirilmoqda.Bunga iqtisodiy asos sifatida iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish tufayli ko'p ukladli iqtisodiyot shakllandi va faoliyat ko'rsatmoqda. Xo'jalik yurituvchi subyektlar bozor talablari asosida ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalarni keng joriy qilmoqdalar, mavjud ishlab chiqarish fondlari texnik modernizatsiya asosida faoliyat ko'rsatmoqda. Shunga mutanosib ravishda, ishlab chiqarish tuzilmasi ham diversifikatsiya qilinmoqda. Ushbu toifadagi xo'jalik yurituvchi subyektlar ishlab chiqarish hajmini oshirish, iste'mol bozorlarini tovar va mahsulotlar bilan to'ldirish, aholining bandligini ta'minlash bilan birga, xo'jaliklar daromadining asosiy obyektiga aylanib bormoqda.

Ammo ta'kidlash joizki, ushbu xo'jalik yurituvchi subyektlarning mahalliylashtirish dasturi doirasidagi yashil iqtisodiyot sari faoliyatlari ancha sust ahvolda, bu esa o'z navbatida, mahsulot tannarxini oshirib, oqibatda ularning samaradorlik ko'rsatkichlarini past darajada qoldirmoqda.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida ular tabiat bilan o'zaro muloqotda bo'ladi, natijada atrof-muhit va jamiyatga o'zining ta'sirini o'tkazadi. Shularni inobatga olgan holda ro'y berib turadigan hodisa bo'lgan taqchillikning oldini olish maqsadida asosiy vazifalardan biri tabiiy resurslardan, shuningdek, ikkilamchi resurslardan oqilona foydalanish, bu sohadagi ishlar ko'lamini yanada kengaytirish, ular salohiyati imkoniyatlarini to'liq izga soluvchi mexanizmlar, yo'nalishlar va usullarni qidirib topish hamda amaliyotda qo'llay olish kun tartibiga qo'yilishi lozim bo'lgan masalalardan biridir.

Ana shunday yo'llardan biri - tabiat va inson, tabiat va jamiyat nuqtayi - nazaridan, ekologik ong, qarashlar orqali yashil iqtisodiyot sari yo'naltirilgan ekologik madaniyatni shakllantirishdir.

Xo'jalik amaliyotida avvalom bor, asosiy subyekt bo'lib inson ishtirok etadi, inson ijtimoiy tizimda asosiy bo'g'in, boshqaruv obyekti va subyektidir. Inson o'z faoliyati bilan tabiatga, jamiyatga va atrof-muhitga ta'sir etsa, u boshqaruv subyektiga aylanadi. Inson o'zini-o'zi, fikrini, xulqini, ishlari va harakatlarini ham boshqaradi. Shu boisdan ham, ongli ravishda amalga oshirilgan faoliyat orqasidan inson madaniyati yuzaga keladi.

Inson o'zi qachonki qilayotgan ishidan samara ololsa, uni qanoatlantirsagina yuqori madaniyatli nuqtaga yetadi, unda ijobiy tafakkur paydo bo'ladi.

Insonlarda tabiatga, jamiyatga va atrof-muhitga nisbatan ij obiy tafakkurning shakllanishida quyidagilar birlamchi hisoblanadi [1]:

- xo'jalik yuritishning tabiat bilan muloqotsiz bo'lmasligi va shu boisdan ham betakror tabiatga munosabatning shakllanishi;

- tabiiy resurslarning tabiat tizimidagi tutgan o'rni, manbalari, xo'jalikda foydalanish xususiyatlariga ko'ra cheklanganligi;

- resurslar cheklanganligi sababli ulardan oqilona foydalanib, mamlakatning betakror tabiatini kelajak avlodlarimiz bo'lgan farzandlarimizga asl holda qoldirish.

Yuqorida qayd etilgan birlamchi hisoblangan zaruratning insonlar tafakkuridan ijobiy o'rin olishida, avvalom bor, oilaning, shuningdek, ta'lim muassasalari, fuqarolar o'zini-o'zi boshqarish idoralarining keng ishtiroki zarur bo'ladi.

Atrof-muhit muhofazasi bo'yicha keyingi bosqich yo'nalish bu - inson xo'jalik faoliyatida, ayniqsa, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda potensial xom ashyo hisoblangan chiqitlar, ya'ni ikkilamchi resurslarning to'planishi va ulardan foydalanish samaradorligidadir.

Mamlakat o'zining taraqqiyot strategiyasi yo'lida o'zining tabiiy boyliklariga tayanar ekan, tabiiy resurslardan kompleks foydalanish muhim ahamiyatga egadir. Mamlakatning ikkilamchi resurslari tuzilmasida paxta sanoatining, to'qimachilikning, shu jumladan, maishiy chiqitlarning salmog'i kattadir. Masalan, bir tonna paxta chiqitlaridan ikki yuz xildan ortiq buyumlar ishlab chiqarish mumkin [2]. Bundan tashqari mineral xom ashyo hisoblangan rudadan olingan po'lat, temirga nisbatan metall lomlarini qayta ishlash 70 % ga arzonga tushadi va bunda har bir tonna po'lat hisobiga 1,5 tonna ruda, 0,2 tonna koks moddasi tejaladi, 60 % kam energiya sarflanadi, havoning ifloslanishi 15 % ga, suvning ifloslanishi esa 60 % ga kamayadi. Materiallardan ikkilamchi foydalanish mamlakat taraqqiyotining kompleks muammolarini yechishga xizmat qiladi, xususan:

-tabiiy boyliklar o'zlashtirilmagan holatda, asl holicha kelajak avlod vakillariga meros bo'lib qoladi;

- birlamchi xom ashyo iste'moli kamayadi;

-yer,suv va atmosferaning ifloslanishi kamayib, atrof-muhit muhofazalanadi, ekologik barqarorlik vujudga keladi [3];

-mehnat rusurslarining mehnat shakli o'zgarib, mehnat unumdorligi o'sadi, samaradorlik ta'minlanadi;

-mamlakat xalqaro mehnat taqsimotida o'z mavqeiga ega bo'ladi.

Ikkilamchi resurslar to'planishining monitoringini olib borish va uni qayta ishlash maqsadida sanoat hududlarida mazkur yo'nalishga xizmat qiluvchi bir nechta kichik biznes subyektlarini tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. Ularning vazifalariga quyidagilarni kiritish zarur:

-ikkilamchi resurslar shakllanishi va to'planishining uzoq muddatli bashoratini tarmoqlar va hududlar bo'yicha ishlab chiqish, hamda muntazam monitoringini olib borish [4];

-ikkilamchi resurslarni maxsus belgilangan joylarga to'plash maqsadida guruhlar tashkil qilish va unga aholining faol qismini jalb qilish;

-ikkilamchi resurslardan oqilona foydalanishning iqtisodiy rag'batlantirish mexanizmini ishlab chiqish va amaliyotda qo'llash;

-ikkilamchi resurslarning mamlakat tashqarisiga chiqib ketishining oldini olish. Mazkur jarayonni yo'lga qo'yishda albatta davlat, nodavlat tashkilotlarining, bozor infratuzilmasining hamda jamoat tuzilmalarining beqiyos ko'magi lozim bo'ladi.

Bundan tashqari, mamlakatning boy tabiiy resurslar salohiyati sanalgan biologik, rekreatsiya resurslaridan oqilona foydalanish bo'yicha ham bir qator iqtisodiy rag'batlantirish mexanizmlarini qo'llab, ekologik barqarorlikni ta'minlash va shuningdek, turizm, sport va sog'lomlashtirish sohalari orqali mamlakatni dunyoga keng tanitish mumkin [5].

Yuqorida bayon etilganlarni umumlashtirgan holda, shuni aytish mumkinki, bugungi kunda mamlakat tabiiy resurslar salohiyatidan oqilona foydalanish, uni avaylab asrash, uni kelajak avlodlarimiz bo'lgan farzandlarimizga asl holicha yetkazish orqali tabiat musaffoligini saqlash, mamlakatda amalga oshirilayotgan taraqqiyot sari harakatlar strategiaysining tarkibiy qismi hisoblanadi. Zero, buni aynan ushbu maqsadda tashkil qilingan O'zbekiston ekologik harakatining faoliyatida va uning o'z oldidagi dasturiy vazifalarida ham ko'rish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Aйнакyлов M. A., Xyдойбердиев Б. Б. Хозяйственные кластеры и их основные направления // Общество. - 2G2G. - №. l. - с. 32-3б.

2. Abdukhamidovich A. M., Tairovich A. A. Development of Household Activities in Jizakh Region and Its Institutional Fundamentals //JournalNX. - С. 6G2-6G6.

3. Abdukhamidovich A. M., Abduvaliyevich X. A. Tourist Activity and Its Institutional Fundamentals in Jizak Region // JournalNX. - С. 597-6G1.

4. Abdukhamidovich A. M., Ikromovich A. B. The Concepts of Homeworking, Cooperation and Cluster and Their Interaction // JournalNX. - С. 594-59б.

5. Abdukhamidovich A. M., Tursunboyevich K. Y. Institutional Fundamentals of Economic Management Cluster // JournalNX. - С. 591-593.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.