INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_
UDK: 633.51:631.432.3
EKISH SXEMASI VA MUDDATLARINI SHOLI O'SIMLIGINING QURUQ MASSA TO'PLASHIGA TA'SIRI
1Xurmatoy Jurayeva, 2Gulmira Ergasheva
1AQXAI "O'simlikshunoslik, soya va moyli ekinlar" kafedrasi dotsenti, q.h.f.f.d, 2Sholichilik ITI
laboratoriya mutaxassisi https://doi.org/10.5281/zenodo.13859646 Annotatsiya. Maqolada sholini ko'chat usulida yetishtirishda maqbul ko'chat soni, ekish sxemasi va muddatlarini o'simlikning quruq massa to'plashiga ta'siri xaqida ma'lumotlar keltirilgan. Respublikamizda sholidan yuqori hosil olish, aholining guruch mahsulotiga bo'lgan talabini qondirish va import qilinayotgan miqdorini kamaytirib valyuta tejash maqsadida tuproq-iqlim sharoitlariga chidamli, sifatli don ko'rsatkichlariga ega bo'lgan, yuqori hosil beradigan navlarni joylashtirish, ularni yetishtirishda yuqori samarali resurstejamkor agrotexnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish, o'ta muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Kalit so'zlar: sholi, ko'chat usuli, ekish sxemasi, ekish muddati, rivojlanish fazalar, nav, quruq massa, hosildorlik.
Kirish. Mamlakatimiz qishloq xo'jaligi ko'p tarmoqli hisoblanib, unda ko'plab qishloq xo'jalik ekinlari qatori sholi ekini aholining asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan biri sifatida, uzoq vaqtlardan buyon ekib kelinadi. Guruch oqsil va vitaminlarga boy bo'lib, odamlar sevib iste'mol qiladigan, bayram va to'ylarda dasturxonlarimizning ko'rki hisoblanadi. Dunyo sholi yetishtirish amaliyotida 80-90% ko'chat usulidan foydalaniladi. Tuproq-iqlim sharoitlari va navlarning biologik xususiyatlarini hisobga olgan holda, mahalliy va xorijiy sholi nav, duragaylarini yetishtirish agrotexnikasini takomillashtirish, hosildorligini oshirish, dunyodagi ilg'or texnologiyalarni mahalliylashtirish hamda har bir gektar maydondan samarali foydalanish respublikamiz sholichiligining dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Sholi ko'chatlarini tayyorlashda turli usullar qo'llanib kelinmoqda. Jumladan, umumiy sholi ekiladigan maydonning o'ndan bir qismida sholi ko'chatlarini ochiq dalada tayyorlash, maxsus ko'chatxonalarda intensiv ravishda tayyorlash, sholi yetishtiriladigan asosiy dalalarning o'zida kassetalarda tayyorlash usullaridan keng foydalanib kelinmoqda. [2]
Prezidentimizning "Sholi yetishtirishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorida 2021 yilda jami sholi maydonlarining kamida 20 foizida sholini ko'chatlab ekish, 50 foizida lazer uskunalari yordamida yer tekislash tizimini joriy etish, 30 foizida sholini zamonaviy urug' seyalkalari orqali ekish, 2022 yilda esa bu ko'rsatkichlarni yanada oshirish ko'zda tutilgan. Bugungi kunda mamlakatimizda 100-110 ming gektar maydonda sholi ekilib, o'rtacha hosildorlik gektariga 35-38 senterni, yalpi hosil 395 ming tonnani tashkil etmoqda. Ushbu miqdor mamlakatimizning kun sayin ortib borayotgan aholisining asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan biri bo'lgan guruchga bo'lgan talabini minimal darajada qondira olmoqda, xolos. Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, aholi talabini to'liq ta'minlash uchun har yili 55 ming tonna atrofida guruch mahsuloti import qilinmoqda. [1]
Tadqiqotning maqsadi: Andijon viloyati sharoitida sholining navlarini ko'chat usulida yiliga ikki marotaba yuqori va sifatli hosil yetishtirishda ekish muddatlarini o'simliklarning o'sishi, rivojlanishi, hosildorligi va sifatiga ta'sirini aniqlashdan iborat.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_
Tadqiqotning ob'ekti. Andijon viloyati sharoitida sholiga ixtisoslashtirilgan fermer xo'jaligi dalasining o'tloqi botqoq va sho'r tuproqlari, sholining ertapishar "Arpa sholi", istiqbolli "Billur", o'rtapishar "Iskandar" va "Sadaf' navlari.
Tadqiqot predmeti. Andijon viloyati sharoitida sholining navlarini ko'chat usulida yiliga ikki marotaba yuqori va sifatli hosil yetishtirishda sholi ko'chatlarini yetishtirish uchun maqbul tuproq muhiti va urug' ekish me'yori, turli muddatlardagi foydali harorat yig'indisi, sholi navlarini tuproqdagi ozuqa moddalarni o'zlashtirishi, sholi navlarini rivojlanish fazalari, barg sathi, quruq massasi, fotosintetik maxsuldorligi, biometrik ko'rsatkichlari, don sifati va hosildorligini aniqlash.
Tadqiqotning uslublari. Tadqiqotlarni olib borishda "Dala tajribalarini o'tkazish uslublari", tuproq tarkibidagi oziqa moddalar miqdorini aniqlash " Metodika agroximicheskix, agrofizicheskix i mikrobiologicheskix issledovaniy v polivnbix rayonax", barg sathini hisoblash Vishnu M. Bhan and H.K. Pande (IRRI) uslubida, foydali harorat yig'indisini hisoblash Qunying Luo, Michael Bange va Loretta Clancy uslubida, hosilni yetishtirish uchun sarflangan harajatlar, olingan sof foyda va boshqa iqtisodiy ko'rsatkichlar sholi yetishtirish, sotish bo'yicha 2017-2019 yillarning o'rtacha bahosi bilan V.N.Polojiy uslubida, tajribadan olingan natijalarning statistik tahlili Microsoft Excel dasturi yordamida B.A.Dospexov uslubiga asosan taxlil qilingan. [3]
Tadqiqot natijalari. Andijon viloyati Izboskan tumani Moygir qishlog'i "Nodirbek sholikor" fermer ho'jaligi dalalarida sholidan yiliga ikki marta hosil olish bo'yicha tadqiqotlar o'tkazildi. Tadqiqot ishlari mart oyida boshlandi, ushbu oyining birinchi o'n kunligida isitilgan issiqxonalarda sholining o'rtapishar "Iskandar" navini super elita urug'liklari maxsus kasetalarga ekildi. Bunda bir gektar maydonga 250 ta kaseta hisobida xar bir kasetaga 180 grammdan urug' sarflandi. Sholi ko'chatlarini tayyorlash hamda ularni dalaga ekish quyidagi bosqichlarda amalga oshirildi. Birinchi-urug'larni sho'r suvda saralash. tuzli eritmaga sholi urug'ligi solinib asta sekinlik bilan aralashtirildi. Sholi urug'ligi bir qismi eritma betida qolib, qolgan qismi eritma tubiga cho'kdi. Eritma betiga sizib chiqqan urug'liklar olinib chiqitga chiqarildi. Eritma tubida cho'kkan urug'liklar esa alohida idishga olinib toza suvda 2 marotaba chayib olindi.
Ikkinchi-urug'larni dorilash. 10 l suvga 10 g miqdorida Selest-Top (fungitsid, insektesid, stimulyator) preparatidan solib eritma tayyorlandi va urug'lar 24 soat davomida solib qo'yildi. Uchinchi-urug'larni nishlatish. dorilangan urug'lar toza suvda 2 marotaba chayib olinib toza suvda 2 kun mobaynida ivitib qo'yildi. Ivitish jarayonida har kuni suv almashtirib turildi. 2 kundan so'ng urug'lar suvdan olinib iliq suvda yaxshilab chayildi va bo'z xaltalarga solinib 48 soatga o'rab qo'yildi. Vaqti-vaqti bilan xaltalar ustidan iliq suv sepib turildi. Shu 48 soat xaltada o'rab qo'yish davomida urug'larda 1-1,5 mm uzunlikdagi nishlar paydo bo'ldi.
1-rasm
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS" SEPTEMBER 26-27, 2024
To'rtinchi-tuproq aralashmasini tayyorlash va kassetalarga solish. tuproq va go'ng diametri 2-3 mm bo'lgan elakdan o'tkazildi. Tuproqqa 10% miqdorida go'ng va 10% miqdorida ammofos aralashtirilib har bir kassetaga 2 kg miqdorida solindi va bir tekis qilib yoyildi. Beshinchi-urug'larni ekish. tuproq aralashmasi solingan har bir kassetaga 170 g miqdorida nishlatilgan urug'lik sepildi va sepilgan urug' ustidan 2-3 mm qalinlikda 25% miqdorida qum aralashtirilgan tuproq aralashmasi sepildi va ustidan yomg'irlatib sug'orildi. Oltinchi-parvarishlash. urug'larni qiyg'os unib chiqishini ta'minlash maqsadida ustidan polietilen plenka yopib qo'yildi. 2-3 kundan so'ng plyonka olindi. Ko'chatlar 30 kun davomida 3-4 barg bo'lguncha ko'chatxonada parvarishlandi. Sholi urug'larini issiqxona muhitida unuvchanlik darajasi o'rganib chiqildi.
Bu tajribada tuproq va biogumus nisbatlari variantlar kesimida 1 variant Tuproq (100%), 2 variant Biogumus (100%), 3 variant Tuproq-Biogumus (1;1), 4 variant Tuproq-Biogumus (0,75;0,25), 5 variant Tuproq-Biogumus (0,50;0,50), 6 variant Tuproq-Biogumus (0,25;0,75), 7 variant Tuproq-Biogumus (0,60;0,40) o'rganildi. Tadqiqot davomida har bir variantdagi sholi urug'larini unib chiqish darajasi hamda issiqxona havo harorati ham nazorat qilib borildi. Mart oyining birinchi dekadasida issiqxona muhitida sholi ko'chatini yetishtirishda tuproq muhitini ta'sirini o'rganilganda eng yaxshi variant 7 variant ya'ni tuproq-biogumus (0,60;0,40) bo'lgan variantda sholi urug'lari unuvchanligi 98 % ekanligi aniqlandi. Tajribaning 1 varianti ya'ni tuproq (100%) bo'lgan muhitda esa sholi urug'lari unuvchanligi 65 % ekanligi aniqlandi. Yaxshi tuproq muhitida o'stirilgan baquvvat sholi ko'chatlarini ko'chat ekish mashinasi tomonidan isrof bo'lmasligi ham isbotlandi. [4].
O'simlik qanchalik baquvvat, shoxlanishlari ko'p bo'lsa, yer ostki va ustki quruq massa to'plashi ham yaxshi bo'lib, shuningdek uning hosili ham yuqori bo'ladi deb ta'kidlashadi (2005) DC.Ghosh, BP.Singh [5].
O'simlikning quruq massa yig'ishida, to'plashida ekilgan muddatlarning ahamiyati juda katta. Chunki, o'simliklar yuqori darajada yorug'lik, issiqlik, namlik, ozuqa va suv bilan ta'minlansa vegetativ organlarining rivojlanishi shuncha yuqori bo'ladi. O'simlikning vegetatsiya davri qisqarib borgan sari u o'zidan avlod qoldirish maqsadida shunchalik ko'proq generativ organlarning jadal shakllantirishga xarakat qiladi deb ta'kidlaydilar (2014) MH.Dar, S.Singh, US.Singh, NW.Zaidi, AM.Ismail [6].
Tadqiqotlardan ma'lum bo'ldiki, mart oyining birinchi dekadasida (5.03) da 30x10x4 sxemada ko'chat qilib ekilgan birinchi variant "Iskandar" navida tuplash fazasida poyasining bo'yi 21,6 sm ildizining uzunligi 6,1 smni tashkil etdi. Shu muddatda ekilgan ikkinchi variant ya'ni "Sadaf" navida esa poyasining bo'yi 22,7 sm va ildizining uzunligi 7,0 sm bo'lib, poyasining quruq massasi 1,5 g/o'simlikni va ildiz qismining quruq massasi 1,4 g/o'simlikni tashkil qildi. Mart oyining birinchi dekadasida (5.03) da 30x10x4 sxemada ko'chat qilib ekilgan uchinchi
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_
variant "Arpa sholi" navida tuplash fazasida poyasining bo'yi 22,1 sm ildizining uzunligi 6,8 smni tashkil etdi. Shu muddatda ekilgan to'rtinchi variant ya'ni "Billur" navida esa poyasining bo'yi 20,8 sm va ildizining uzunligi 6,7 sm bo'lib, poyasining quruq massasi 1,3 g/o'simlikni va ildiz qismining quruq massasi 1,2 g/o'simlikni tashkil qildi.
Mart oyining birinchi dekadasida (5.03) da 30x10x4 sxemada ko'chat qilib ekilgan sholi ko'chatlarining yoshi 20 kunlik bo'lgan beshinchi variant "Iskandar" navida tuplash fazasida poyasining bo'yi 24,6 sm ildizining uzunligi 7,1 smni tashkil etdi. Shu muddatda ekilgan oltinchi variant ya'ni "Sadaf" navida esa poyasining bo'yi 24,7 sm va ildizining uzunligi 6,1 sm bo'lib, poyasining quruq massasi 2,1 g/o'simlikni va ildiz qismining quruq massasi 1,4 g/o'simlikni tashkil qildi.
Tajribaning birinchi dekadasida (5.03) da 30x10x4 sxemada ko'chat qilib ekilgan sholi ko'chatlarining yoshi 20 kunlik bo'lgan yettinchi variant "Arpa sholi" navida tuplash fazasida poyasining bo'yi 21,8 sm ildizining uzunligi 6,7 smni tashkil etdi. Sakkizinchi variant ya'ni, "Billur" navida esa poyasining bo'yi 24,6 sm va ildizining uzunligi 7,1 sm bo'lib, poyasining quruq massasi 2,1 g/o'simlikni va ildiz qismining quruq massasi 1,4 g/o'simlikni tashkil qildi.
Tajribaning birinchi dekadasida (5.03) da 30x10x4 sxemada ko'chat qilib ekilgan sholi ko'chatlarining yoshi 25 kunlik bo'lgan to'qqizinchi variant "Iskandar" navida tuplash fazasida poyasining bo'yi 24,2 sm ildizining uzunligi 6,1 smni tashkil etdi. Tajribaning to'qqizinchi variant ya'ni, "Sadaf' navida esa poyasining bo'yi 23,4 sm va ildizining uzunligi 6,4 sm bo'lib, poyasining quruq massasi 2,6va 2,2 g/o'simlikni va ildiz qismining quruq massasi 1,0 va 1,1 g/o'simlikni tashkil qilganligi kuzatildi.
Tajribaning birinchi dekadasida (5.03) da 30x10x4 sxemada ko'chat qilib ekilgan sholi ko'chatlarining yoshi 25 kunlik bo'lgan o'n birinchi variant "Arpa sholi" navida tuplash fazasida poyasining bo'yi 24,8 sm ildizining uzunligi 7,1 smni tashkil etdi. Tajribaning o'n ikkinchi variant ya'ni, "Billur" navida esa poyasining bo'yi 24,3 sm va ildizining uzunligi 6,8 sm bo'lib, poyasining quruq massasi 2,9 va 2,6 g/o'simlikni va ildiz qismining quruq massasi 1,4 va 1,2 g/o'simlikni tashkil qilganligi kuzatildi.
Agar jadval ma'lumotlariga e'tibor berilsa, bir xil muddatda ya'ni mart oyining birinchi dekadasida sholi urug'lari maxsus kasetalarga ekilib parvarish qilingan hamda 20 kunlik sholi ko'chatlari 15, 25 kunlik sholi ko'chatlariga nisbatan asosiy dalaga ko'chat qilib ekilgan "Iskandar"navlari o'rtasida tuplash davrida o'simlik poyasining bo'yi 0,4-3,0 sm ga baland bo'lgan, poyasining quruq massa to'plashi 1,0 g/o'simlikka ko'p bo'lganligi kuzatilgan.
Bir xil muddatda ya'ni mart oyining birinchi dekadasida sholi urug'lari maxsus kasetalarga ekilib parvarish qilingan hamda 20 kunlik sholi ko'chatlari 15, 25 kunlik sholi ko'chatlariga nisbatan asosiy dalaga ko'chat qilib ekilgan "Sadaf'navlari o'rtasida tuplash davrida o'simlik poyasining bo'yi 0,8-1,5 sm ga baland bo'lgan, poyasining quruq massa to'plashi 0,4-1,6 g/o'simlikka ko'p bo'lganligi kuzatilgan.
Xulosa. Tadqiqot natijalariga e'tibor bersak, bir xil muddatda ya'ni mart oyining birinchi dekadasida sholi urug'lari maxsus kasetalarga ekilib parvarish qilingan hamda 20 kunlik sholi ko'chatlari 15, 25 kunlik sholi ko'chatlariga nisbatan asosiy dalaga ko'chat qilib ekilgan "Arpa sholi"navlari o'rtasida tuplash davrida o'simlik poyasining bo'yi 1,0-3,0 sm ga baland bo'lgan, poyasining quruq massa to'plashi 0,2-1,6 g/o'simlikka ko'p bo'lganligi kuzatilgan.
Bir xil muddatda ya'ni mart oyining birinchi dekadasida sholi urug'lari maxsus kasetalarga ekilib parvarish qilingan hamda 20 kunlik sholi ko'chatlari 15, 25 kunlik sholi ko'chatlariga nisbatan asosiy dalaga ko'chat qilib ekilgan "Billur"navlari o'rtasida esa tuplash davrida o'simlik
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS" SEPTEMBER 2б-27, 2024
poyasining bo'yi 0,3-4,2 sm ga baland bo'lgan, poyasining quruq massa to'plashi 0,5-0,8
g/o'simlikka ko'p bo'lganligi kuzatilgan.
Tadqiqot natijalaridan ko'rinib turibdiki, mart oyining birinchi dekadasida sholi urug'lari
maxsus kasetalarga ekilib parvarish qilingan hamda 20 kunlik sholi ko'chatlari asosiy dalaga
ko'chirib o'tkazilganda eng yaxshi samara berishi kuzatildi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 fevraldagi PQ-4973-sonli "Sholi yetishtirishni yanada rivojlantirish chora tadbirlari to'g'risida" gi qarori.
2. M.A.Ergashev, R.Tillaev, M.Sattarov "100 kitob to'plami" Agrobank 2021 y. 7-10 betlar
3. H.R.Jurayeva. "Ko'chat usulida sholi yetishtirish omillarini takomillashtirishning hosildorlikka ta'siri" mavzusidagi dissertatsiya. 2020. B. 5-6.
4. M.A.Ergashev, X.Juraeva, Sh.Abduraimov, N.Komilova " Sholi ko'chatlarini yetishtirishda tuproq muhitining ta'siri" Agrokimyo himoya va o'simliklar karantini jurnali №1. 2024. 102-104-betlar.
5. Ghosh DC, Singh BP. Crop growth 604radesh604o for wetland rice management. Environ and Ecol. 2005;16(2): R.446-449. [Google Scholar]
6. Dar MH, Singh S, Singh US, Zaidi NW, Ismail AM (2014) Stress tolerant rice varieties-making headway in India. SATSA Mukhaptra Annual Technical Issue 18: R.1-4.