Научная статья на тему 'DUNYONING HECH KIMGA TEGISHLI BO’LMAGAN HUDUDLARI'

DUNYONING HECH KIMGA TEGISHLI BO’LMAGAN HUDUDLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Hech kimning hududi (Terra nullius) / Meri Berd Land (Antarktida) / Bir Tavil (Shimoliy Sudan Qirolligi) / Liberlend (Tog‘li Siga). / No man's land (Terra nullius) / Mary Bird Land (Antarctica) / Bir Tawil (Kingdom of Northern Sudan) / Liberland (Mountain Siga).

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Amanov A.K., Ko’Palova H.T.

Ushbu maqolada dunyodagi hech kimga tegishli bo‘lmagan hududlar haqida fikr yuritiladi. Kelajakda mazkur hududlar uchun mamlakatlar o‘rtasida kurashlar kechishi mumkinligi va qaysi-ki ma‘noda bu kurashning shakllanib borayotgani yuzasidan mavzu doirasida taklif va tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

AREAS IN THE WORLD THAT DO NOT BELONG TO ANYONE

This article discusses the world's no-man's land. Suggestions and recommendations were made within the topic regarding the possibility of future struggles between countries for these areas and in what sense this struggle is taking shape.

Текст научной работы на тему «DUNYONING HECH KIMGA TEGISHLI BO’LMAGAN HUDUDLARI»

UDK 914-917

Amanov A.K.

Urganch davlat universiteti Geografiya kafedrasi o'qituvchisi Ko'palova H.T.

Urganch davlat universiteti Geografiyayo'nalishi 1 - bosqich talabasi

DUNYONING HECH KIMGA TEGISHLI BO'LMAGAN HUDUDLARI

Annotatsiya. Ushbu maqolada dunyodagi hech kimga tegishli bo 'Imagan hududlar haqida fikr yuritiladi. Kelajakda mazkur hududlar uchun mamlakatlar o'rtasida kurashlar kechishi mumkinligi va qaysi-ki ma'noda bu kurashning shakllanib borayotgani yuzasidan mavzu doirasida taklif va tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: Hech kimning hududi (Terra nullius), Meri Berd Land (Antarktida), Bir Tavil (Shimoliy Sudan Qirolligi), Liberlend (Tog'li Siga).

Amanov A.K. teacher

Department of Geography Urganch State University Kopalova H. T. 1 - stage student Geography direction Urganch State University

AREAS IN THE WORLD THAT DO NOT BELONG TO ANYONE

Abstract. This article discusses the world's no-man's land. Suggestions and recommendations were made within the topic regarding the possibility of future struggles between countries for these areas and in what sense this struggle is taking shape.

Key words: No man's land (Terra nullius), Mary Bird Land (Antarctica), Bir Tawil (Kingdom of Northern Sudan), Liberland (Mountain Siga).

Dunyodagi "Hech kimning hududi" yoki "Terra nullius" deb

yuritiladigan hech qanday davlat suvereniteti ostida bo'lmagan hududlar ham mavjud. "Terra nullius" - lotincha ibora bo'lib, Rim huquqidan asosiga ega hududlarga nisbatan qo'llaniladi va "hech kimning yeri" deb tarjima qilinadi. Ushbu atama xalqaro huquqda, agar hudud biron bir davlat suvereniteti ostida bo'lmasa yoki davlat hududga bo'lgan huquqidan voz kechgan bo'lsa, qo'llaniladi.

Hech kimning bo'lmagan hududlar kamdan-kam uchraydi, hududning "hech kimniki maqomi" tug'ilishi bilanoq, qo'shni davlatlar qoida tariqasida unga o'z da'volarini bilan chiqadilar. Masalan yaqin yillarda Arktikada yangi quruqlik hududlari orollar paydo bo'lishini kutish mumkinligini ham shuni ta'kidlaydi.

"Bahsli hududlar" doimiy ravishda paydo bo'ladi, chunki dunyo manzarasi o'zgarib bormoqda va davlat chegaralari shunga mos ravishda o'zagarib boraveradi[1].

Iqlimning isishi va muzliklarning erishi tufayli Arktikada yangi yaratilgan orollar ustidan o'z protektoratini o'ratadilar. So'nggi o'n yilliklarda Rossiya Arktika suvlarida bir necha o'nlab orollar paydo bo'ldi va ulardan biri 2013-yilda kashf etilgan Yava orolidir [3].

Terra nullius atamasu 18-asrdan 20-asr boshlarigacha bo'lgan Yevropa mustamlakachiligida ahamiyatgali edi, chunki u hech qanday kuchga tegishli bo'lmagan aholisi kam yoki aborigenlar yashaydigan yer deb e'lon qilingan edi. 1788 yilda Britaniyaning Avstraliyaga bosqini natijasida, Yangi Janubiy Uels mustamlakasi tashkil etilganda boshlangan sud jarayonining eng mashhur holati Britaniyaning Avstraliya qit'asiga nisbatan da'volarining haqiqiyligi to'g'risidagi petitsiyasidir. Shu bilan birga, barcha avstraliyalik aborigenlar Britaniyaning subyektlari deb e'lon qilindi va ular Britaniya qonunlariga bo'ysundirldi, hamda mahalliy qonunlar va urf-odatlar haqiqiy emas deb topildi. Bu kontseptsiya Avstraliya qonunchiligida 1992 yilgacha, Avstraliya Oliy sudi "Terra nullius" tushunchasini bekor qilgunga qadar saqlanib qoldi. Aborigenlar o'z qonunlari va urf-odatlari bo'yicha yashash huquqini oldilar va Avstraliyada hozirda ikkita huquqiy tizim an'anaviy (aborigenlar) va Angliya-Avstraliya mavjud.

1-rasm. Avstraliya "Terra nullius " aborigenlar hududi.

Hozirgi vaqtda ushbu kontseptsiyaga faqat to'rtta yer kiradi: 1. Mari Berd Land G'arbiy Antarktidaning bir qismi bo'lib, Janubiy Muz okeanning Tinch okeani sektori sohilida sharqda Ross muzlik to'sig'i va g'arbda Ellsvort Lend (taxminan 103 va 158 daraja g'arbiy uzunlik) oralig'ida joylashgan[3]. Bu yerni nomi 1929 yilda Richard Berdning rafiqasi sharafiga nomlangan va sohillari Shores deb ataladi (Saunders qirg'og'i, Ruppert qirg'og'i, Xobs qirg'og'i, Bakutis qirg'og'i, Valgren qirg'og'i). Ushbu hududida Rossiyaning Russkaya va Amerikaning Berd nomidagi eng mashhur tadqiqot stantsiyalari bor.

2-rasm. Antarktidaning hududiy davolar va Mari Berd Land hududi.

2. Bir Tavil (Birland) - Misr va Sudan o'rtasida 2060 km2 maydonga ega dengizga chiqish imkoni yo'q hudud. Bir Tavil hududi 1899 va 1902 yillarda chizilgan chegaralar o'rtasidagi nomuvofiqlik tufayli yuzaga kelgan[4].

3-rasm Bir Tavil (Birland) hududi Misr va Sudan chegarasi.

Bu kelishuv ko'ra, Biï Tavilni Sudan nazorati ostiga, Halayb uchburchagini esa Misr nazorati ostiga bergan; boshqa chegara kelishuvi esa buni teskarisini qildi. Har bir mamlakat Qizil dengizga tutashgan sharqqa, kattaroq Halayb uchburchagini beradigan chegarani tasdiqlaydi, buning natijasida Bir Tavil har ikki davlat tomonidan talab qilinmaydigan (har biri boshqasiga egalik qiladi) hududga aylandi. Biï Tavilda o'tгoq aholi yo'q, lekin yerdan hududni kezib yurgan badaviylar foydalanadi.

3. Tog'li Siga (Liberland) - bu Serbiya va Xorvatiya o'rtasidagi etti kvadrat metrlik odam yashamaydigan hudud (ikkala davlat ham unga da'vo qilishdan voz kechadi)[4].

4-rasm Tog'li Siga(Liberland) hududi Xorvatiya va Serbiya chegarasi.

4. G'arbiy Sahroi Kabir - Afrikaning shimoli-g'arbiy qismidagi hudud. Maydoni 266 ming km2. Hudud ikki qismdan iborat: Sagiyet al-Hamra (82 ming km2) va Rio-de-Oro (184 ming km2) dan iborat.

5-rasm G'arbiy Sahroi Kabir. Marokash va G'arbiy Sahroi Kabir chegarasi.

Qadimda bu yerda barbar qabilalari yashagan va 7-asrda hududni arablar egallagan. 9-11-asrlarda Gana imperiyasi, 11-12-asrlarda Al-Moraviylar davlati tarkibida bo'lgan. Yevropaliklar 15-asr oxirlarida kelib o'rnasha boshlaganlar, 1887-yilda Ispaniya Rio de-Oroni va 1904 va 1912-yillarda Sagiyet al-Hamrani ham o'z mulkiga qo'shib oldi. 1959-yilda esa Ispaniyaning "dengiz orti provinsiyasi" deb, 1976-yil o'z mustamlakasini Marokash va Mavritaniya ixtiyoriga o'tkazishini e'lon qildi, hamda qo'shinlari olib chiqib ketdi.

1976-yil 27-fevralda POLISARIO fronti Sahroi Kabir Arab Demokratik Respublikasi tuzilganligini e'lon qildi va konstitutsiyasi qabul qilindi. 1979-

yilda Mavritaniya hududiy da'vosidan voz kechdi, Marokash esa Mavritaniya nazorati ostidagi hududni ham egallab oldi.

1991-yilda BMTning Xavfsizlik kengashi G'arbiy Sahroi Kabir referendum o'tkazish bo'yicha BMT Missiyasi tuzish to'g'risida qaror qabul qildi, ammo tomonlarning kelishmovchiligi tufayli referendum o'tkazish ortga surildi. 1996-yilda Marokash bilan POLISARIO o'rtasida o'zaro aloqalarning yangilanishi munosabati bilan BMT Missiya mandatini cho'zishga qaror qildi [2].

XULOSA. Hech kimga tegishli bo 'lmagan yer uchun qachonlardir kurashhlar shakllanadi, balki bahsli hududlar aylanib qolar.

Eng tinch bahs Antarktida hududlari bo'lib, ung Avstraliya, Fransiya, Norvegiya, Yangi Zelandiya, Argentina, Chili va Buyuk Britaniya, so'nggi uch davlat esa har biridan muzlik qit'asining bir qator hududlari bo'yicha bahslashmoqda. Yillar o'tib bu kurashda AQSH va Rossiya Federatsiyasini, keyinchalik Xitoy, Yaponiya, Hindiston, JAR, Braziliya, Janubiy Koreya kabi davlatlariningdavolari ortadi.

Shu sababdan Terra nullius hududlari quyidagilarni amalga oshirishi

lozim:

-G'arbiy Sahroi Kabir mustaqilligini jahon hamjamiyati ta'minlab berish; -Bir Tavil ustidan nazoratni Sudan olishiga erishish; -Liberlandni Xorvatiya va Serbiyaga teng taqsimlash.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1. Amanov A.K. Ko'palova H.T. Dunyoning bahsli hududlari. Экономика и социум. 6-121-2024.

2. https: //uz.wikipedia.org/wiki/G'arbiy_Sahroi_Kabir.

3. https: //ru.wikipedia.org/wiki/Земля_Мэри_Бэрд.

4. https://vm.ru/world/1013378-fenomene-nichejnyh-zemel-kakie-territorii-schitayutsya-samymi-spornymi-v-mire.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.