Научная статья на тему 'DUNYONING BAHSLI HUDUDLARI'

DUNYONING BAHSLI HUDUDLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bahsli hudud / bahsli orollar / bahsli tumanlar / davlat suvereniteti / demilitrizatsiya / demarkatsiya. / disputed territory / disputed islands / disputed districts / state sovereignty / demilitarization / demarcation.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Amanov A.K., Ko’Palova H.T.

Ushbu maqolada dunyoning siyosiy jihatdan bahsli bo’lgan hududlari haqida fikr yuritilgan bo’lib, o’z navbatida ularning kelib chiqish sabablari hamda bartaraf qilish yechimlari haqida o’ziga xos mulohazalar berilgan. Mazkur muammolarni o’rganishda siyosiy geografik tahlil, kartografik va qiyosiy baholash usullari, hamda tarixiylik va hududiylik tamoyillaridan foydalanildi. Mavzu doirasida taklif va tavsiyalar berildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DISPUTED TERRITORIES OF THE WORLD

This article examines politically controversial regions of the world and, in turn, provides specific opinions about their causes and solutions. When studying these problems, political-geographical analysis, cartographic and comparative methods of assessment, as well as the principles of historicity and territoriality were used. Suggestions and recommendations were made within the framework of the topic.

Текст научной работы на тему «DUNYONING BAHSLI HUDUDLARI»

UDK 914-917

Amanov A.K.

Urganch davlat universiteti Geografiya kafedrasi o 'qituvchisi

Ko'palova H.T.

Urganch davlat universiteti Geografiyayo'nalishi 1 - bosqich talabasi DUNYONING BAHSLI HUDUDLARI

Annotatsiya. Ushbu maqolada dunyoning siyosiy jihatdan bahsli bo 'lgan hududlari haqida fikr yuritilgan bo 'lib, o 'z navbatida ularning kelib chiqish sabablari hamda bartaraf qilish yechimlari haqida o'ziga xos mulohazalar berilgan. Mazkur muammolarni o'rganishda siyosiy geografik tahlil, kartografik va qiyosiy baholash usullari, hamda tarixiylik va hududiylik tamoyillaridan foydalanildi. Mavzu doirasida taklif va tavsiyalar berildi.

Kalit so'zlar: bahsli hudud, bahsli orollar, bahsli tumanlar, davlat suvereniteti, demilitrizatsiya, demarkatsiya.

Amanov A.K. teacher

Geography Department Urganch State University Kopalova H. T. major 1st stage student Urganch State University Geography

DISPUTED TERRITORIES OF THE WORLD

Abstract. This article examines politically controversial regions of the world and, in turn, provides specific opinions about their causes and solutions. When studying these problems, political-geographical analysis, cartographic and comparative methods of assessment, as well as the principles of historicity and territoriality were used. Suggestions and recommendations were made within the framework of the topic.

Key words: disputed territory, disputed islands, disputed districts, state sovereignty, demilitarization, demarcation.

KIRISH. Dunyodagi yuzlab katta-kichik hududlar turli mamlakatlar o'rtasidagi bahslidir. "Bahsli hudud"-deganda kamida bitta yohud bir nechta davlat tomonidan qayerga tegishligi bahsli bo'lgan hudud tushuniladi. "Bahsli hududlar" doimiy ravishda paydo bo'ladi, chunki dunyo manzarasi o'zgarib bormoqda va davlat chegaralari shunga mos ravishda o'zagarib boraveradi. Darhaqiqat bunday o'zgarishlarnihozirgi zamon siyosiy ayvonida ham ko

'rishimiz mumkin. Xususan, Rossiya-Ukraina, Isroil-Falastin, Xitoy-Tayvan munosabatlarida.

"Bahsli hududlar" turli xil obyektlarni ifodalashi mumkin, jumladan:

- tan olingan, qisman tan olingan yoki tan olinmagan davlatlar

(Gibraltar, Kosovo, Abxaziya, Dnestrbo'yi Respublikasi);

- bahsli - orollar (Folklend orollari - Argentina va Buyuk Britaniya, Hans orollari - Kanada va Daniya, Kurill orollari - Rossiya Federatsiyasi va Yaponiya, Spratly orollari - Xitoy, Vetnam, Tayvan, Fillipin, Malayziya va Bruney davlatlari o'rtasida);

- bahsli munitsipalitetlar - (Olivensa, Ispaniya va Portugaliya o'rtasidagi bahsli munitsipalitet);

- bahsli tumanlar - (Pytalovskiy tumani (Rossiya Federatsiyasi va Estoniya o'rtasidagi) va Tavang tumani, (Xitoy va Hindiston o'rtasidagi) bahsli tumanlari);

- bahsli qishloqlar - (Aibga, Rossiya federatsiyasi va tan olinmagan Abxaziya Respublikasi o'rtasidagi nizoli qishloq) va boshqalar[1].

Yuqoridagi bahsli hududlar o 'zining ahamiyatlilik darajasiga qarab, shuningdek, vaziyat nutqayi nazaridan o 'ziga xos muhimlikni keltirib chiqaradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI: Dunyoda hal qilinmagan hududiy nizolar haqida ko'pgina xorijiy va mahalliy olimlar fikr yuritganlar.

Hududiy nizo - bu muayyan hududga qonuniy egalik qilish bo'yicha davlatlar o'rtasidagi xalqaro nizo. Tomonlar o'rtasidagi chegaralarni belgilash bo'yicha kelishmovchiliklar, shuningdek, bir tomonlama hududiy da'vo hududiy nizo emas.

Hozirda dunyoning 50 ga yaqin davlati qo'shnilari bilan ma'lum hududlarni bahslashmoqda. Amerikalik tadqiqotchi Deniel Pipsning hisob-kitoblariga ko'ra, Afrikada 20 ta, Yevropada 19 ta, Yaqin Sharqda 12 ta, Lotin Amerikasida 8 ta shunday bahslar mavjud [1].

MUNOZARA. Yuqorida ta 'kidlaganimizdek, dunyoda bahsli hududlar juda ko'p quyida ularning ayrimlari bilan tanishib chiqamiz:

1. Isroil Falastin muammosi - G'arbiy sohil va G'azo sektori Isroil-Falastin ziddiyatning qaynoq nuqtalaridir, negaki ISROIL tomonidan ishg'ol qilmagan Falastinning qolgan hududlari sanaladi. Bu kelishmovchiliklar ming yillik tarixga ega va keyingi ikki asrda o'z avjiga chiqqan muammodir. Bir qator qonli to'qnashuvlarga sabab bo'layotgan muammoning yechimi yo'qday tuyilaveradi, negaki, Isroil bosqinini ko 'pchilik G'arb davlatlari, xususan AQSH va Buyuk Britaniyaning qo 'llab quvvatlashidir. 2023 yil 7-oktabridagi G'azo sektorida joylashgan HAMAS tashkilotining Isroilga hujumi oqibatida kelib chiqqan navbatdagi urush natijasida, sionistlarning yangi misli ko'rilmagan agressiyasi tufayli minglab begunoh insonlarning o'limiga sabab bo'ldi.

Muammoning ikkinchi tomoni Quddus shahridir, ushbu shahar amalda Falastin muxtoriyati poytaxtidir. Lekin keyingi yillarda Isroil o'z poytaxtini Tel -Aviv shahridan Quddusga ko'chirishi va uni AQSHning tan olishi yuqorida

ta'kidlaganimizdek muammoni yechimi yo'q tomomnga qarab ketayotganini ko'rsatadi.

ISRAEL

and the

Disputed Territories

Tyre0

A R AR REPUBLIC

0AI Qunayiirah

i LEBANON

0NiriL ^-''undof SYRIA

\

QiryalL fi Shemonaj j

I--- v,/" t V _

-----1948 British Mandate Boundaries cNahariyya jGOLAN ^

----— 1967 Armitaflce demarcation 'Akkoi NORTHERN | ^¡».putc

-- 2005 Ga;a Disengagement Line lrlti< Tiberfai

i Tiberias

—■— international boundary Haifa® v P

/Nazareth j y1^...

^Alula 1 V

, viilh ? Si rd !L '

i ■ 7

o +

HAIFA

\

---

National capital District {mehoz) centre City, town

fctedara 0 /' District (mehoz) boundary *r S-i

Main road NeU,nva° ^Ikarm

central*

r }

I

I

-)

f ■

J

V'A

<

0 AI Mafra

°Näbulus is h

Secondary road

Railroad Herziiyya^

Oil pipeline TKLAVLV, j

Tel Aviv-Yafo® 1 WEST BANK( BatYamM-^ I with

0 (\ Aruli ^iltslhitll {

L Ramla^) H, . . _ \

. l j . i ..iCw Jericho0 I Ashdodoi* Aj -

CTJeiusajemg V Madaba

Ashqelon- JERUSALEM TjT k / 4 Q 7 \ s Bethlehem /

Jarash

p

Az Za rqa' Q Amman

MEDITERRANEAN SEA

Gazii

AI Arlsh

GAZA

Khän Yünis0 \

v* \

o>'

/ o

Qiryat ] Gat

V i / , <

/

/JfiJi/

'Hebron J-H i

JORDAN

V

Beersheba

SOUTHERN

f

Ah Karak

AF Qafrär

f

\

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

?

Zefa1 )

1-rasm. Isroil - Falastin muammosi, Jo 'lan tepaliklari va Janubiy Livan bahsli hududlari [5].

Yaqin Sharq mintaqasida Isroil eng tajovuzkor mamlakat sifatida gavdalanadi, sababi u deyarli barcha qo 'shilaribilan harbiy nizolar keltirib chiqargan va hududiy davolarga egadir. Masalan, Suriya va Isroil o'rtasidagi Jo'lan tepaliklari bo'yicha mojaro hal etilmagan.

1967 yilda ular Isroil tomonidan bosib olingan, 1973 yilda esa, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Suriya va Isroil qo'shinlari o'rtasida bufer zona o'rnatdi. 1981 yilda ushbu tepaliklarni Isroil tomoni anneksiya qilingan, lekin yangi maqom xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinmagan.

Isroil yana Livan bilan, uning janubiy hududlari egallab olganligi sababli doimiy qarama-qarshilikda bo 'lib keladi. Shuningdek Misr bilan ham hududiy davolari bor.

2. Ukraina - Jahonning hozirda ikkinchi qonli hududiy nizolarga sabab bo'layotgan mintaqasidir. Mana uch yildirki Rossiya Ukrainaga harbiy harakatlarni davom qildirmoqda. Asosiy davolar, dastlab Qrim yarim oroli, keyinchalik Ukrainaning NATOga a'zoligi kirishiga hayrihohligi bilan jiddiy ziddiyatlarga olib kelgan bo'lsada. Ammo Rossiya tomoni u yerdagi rus millatiga mansub aholining zo'ravonliklarga uchrashishi hamda o'z mustaqilligini e'lon qilgan Donetsk va Lugansk Xalq Respublikalarini amalda himoyachisi sifatida qo'shin kiritmoqda va keyinchalik urushning keyingi sahnasida o'zi egallab olgan Ukraina hududlariga davo qilmoqda. Shu bilan birga Rossiyani bo'g'ziga kirib borayotgan NATOni yo'lini to'sish maqsadida Ukrainaning ushbu tashkilot a'zoligi kirishidan voz kechtirmoqchi.

To'g'ri bu yerda Ukraina ikki katta kuch orasidagi kurash maydoniligicha qolmoqda. Garchi G'arb dunyosi Ukrainani qo'llab quvvatlayotgan bo'lsada, eng ko'p yo'qotishlar uning gavdaniga tushmoqda. Qacholardir, urush tugar, ammo ikki qardosh xalq o 'rtasida adovatni unitish hamda, Ukrainani iqtisodiy tiklanishi uchun ko'p yillar va ko'p pullar kerak bo'ladi.

3. Tayvan oroli - Xitoy orolini o'z mamlakatini bir qismi deb biladi va ko 'p yillardan beri bu borada yakdil pozitsiyada turubdi. Ammo orolda mustaqil Tayvan davlati mavjud, hamda dunyoning ko'pgina mamlakatlari uni tan oladilar, xususan AQSH, va u Xitoy hukumati orolni harbiy yo'l bilan egallashga urunishlar qiladi degan taxmin qiladi. Natijada, mazkur orolga doimiy ravishda harbiy yordam berib keladi. Bu esa qachonlardir, Xitoy va orol davlat Tayvan o 'rtasida harbiy harakatlar bo'lishiga zamin tayyorlaydi.

Xitoyning Sharqiy va Janubiy Osiyo mintaqalarida hududiy davolari ham mavjud.

Xitoyning Hindiston bilan bahsli hududi bu Arunachal Pradeshdir. Hindistondagi mustamlaka davrining yana bir bahsli merosi. 1951 yilda Tibetni bosib olgan Xitoy Himolay tog'laridagi demarkatsiya chizig'i bo'yicha Angliya-Tibet kelishuvlarining nomuvofiqligi tufayli Hindistonning Arunachal-Pradesh shtatining bir qismiga da'vo qiladi, xususan, Tavang tumanini o'z hududi deb hisoblaydi. Dunyodagi eng ko'p aholi yashaydigan ikki davlat o'rtasidagi bunday tortishuv oldindan aytib bo'lmaydiganligi tufayli xavflidir: 1962 yilda Hindiston va Xitoy o'rtasidagi durang bilan yakunlangan chegara urushi bu asosdagi yagona qurolli to'qnashuv bo'lmasligi mumkin.

2-rasm. Spratli arxipelagi va Parasel orollari bahsli hududlar sifatida [3].

Tinch okeanidagi Spratli arxipelagi Xitoy, Tayvan, Vyetnam, Malayziya va Filippin o'rtasidagi bahs mavzusidir. Arxipelagning bir qismiga 1984 yildan beri Bruney da'vogarlik qilmoqda. Ushbu orollar uchun kurash bir necha bor qurolli to'qnashuvlarga olib keldi. Xususan, 1974 yilda Xitoy va Janubiy Vetnam harbiy-dengiz kuchlari o'rtasida dengiz jangi bo'lib o'tdi.

Janubiy Xitoy dengizidagi Parasel orollari Xitoy va Vyetnam o'rtasidagi bahs mavzusi. Xitoy orollarni 1974-yilda egallab olgan va hozirda Xitoy tomonidan qurilgan havo kuchlari bazasi joylashgan.

Sharqiy Xitoy dengizidagi Senkaku orollari hozirda Yaponiya, Xitoy va Tayvan o'rtasida bahsli, ammo Yaponiya harbiy-dengiz kuchlari tomonidan nazorat qilinadi. Ularning yonida neft zaxiralari topilgan.

4. Kosovo- 2008 yil 17-fevralda 1,5 million kishi bo'lgan etnik albanlar Kosovo va Metoxiya avtonom viloyatidan iborat, Serbiyadan mustaqil bo'lgan Kosovo Respublikasi (poytaxti Prishtina) tashkil topganligini e'lon qildi. Serbiya, va BMTning 193 davlatidan 94 tasi (jumladan, Rossiya) kabi bu mustaqillikni tan olmadi. Kosovo hozirda mahalliy o'zini o'zi boshqarish tizimida. "Barqarorlikni ta'minlash" uchun mintaqada NATOning Kosovo kuchlari (KFOR) kontingenti joylashgan. Vaqti-vaqti bilan Kosovodagi vaziyat yomonlashadi, buning sabablaridan biri avtonom viloyat shimolida yashovchi 100 000 kishilik (asosan nasroniy) serblar huquqlarining poymol etilishidir.

5. Kashmir - Hindiston yarim orolining shimoli-g'arbiy qismidagi bahsli mintaqa. Hindiston va Pokiston o'rtasidagi hududiy nizoning asosiy sababchisi Kashmir ko'plab mintaqalardan iborat, ammo Jammu va Kashmir, bu shtatdagi eng gavjum ikkita mintaqasidir, bahsli hududning boshqa mintaqalar Ladax, Gilgit, Baltistan va Skardu ham bor.

3-rasm. Kashmirdagi bahsli hududlar [2].

Jammu - Kashmirning atrofidagi ziddiyat 1947 yilda Britaniya Hindistoni bo'linganidan keyin paydo bo'lgan. Bo'linish diniy tamoyillar asosida bo'lib o'tdi: aholisi asosan hindular bo'lgan viloyatlar Hindistonga, asosan musulmonlar yashaydigan viloyatlar Pokistonga bo'lindi. Biroq, aksariyat musulmonlardan iborat knyazlik Jammu va Kashmir shtati Hindiston suvereniteti ostiga o'tdi. Natijada bu holat Pokistonga ma'qul bo'lmadi va ikki davlat o'rtasida 1947-1966 yillar oralig'da uchta urush kelib chiqdi, hamda Kashmir hududi uch davlatg a quyidagicha bo'lindi: Hindistonga- 60%, Pokistonga 30%, Xitoyga 10%.

Shu kungacha Pokiston va Hindiston muntazam ravishda bir-birini sulhni buzishda ayblab keladi. Ikkala tomon ham Kashmirning butun hududiga bo'lgan da'volaridan voz kechmoqchi emas. Har ikki davlat ham yadro quroliga ega ekanligi alohida tashvish uyg'otadi. Xatto kam hududlarga davo bilan chiqayotgan Xitoy ham bunday qurolga ega.

Hindiston va Pokiston, shuningdek, Hind daryosi (Wular Barrage) ustidan suv almashish muammolariga ega.

6. Kuril orollari- 1945 yilda Ikkinchi jahon urushidagi mag'lubiyatdan so'ng Yaponiya so'zsiz taslim bo'lish to'g'risidagi aktni imzoladi. Kuril zanjiridagi orollar (Kunashir, Iturup, Shikotan, Xabomay) sobiq SSSR tarkibiga berildi. Olti yil o'tgach, Yaponiya San-Fransisko tinchlik shartnomasini imzoladi, unda u

"Kuril orollariga bo'lgan barcha huquqlar, huquqlar va da'volardan" voz kechdi. Ammo hujjatda yaponlar qaysi davlat foydasiga hududlardan voz kechayotgani ko'rsatilmagan.

1956 yilda Moskva va Tokio qo'shma deklaratsiyani imzoladilar, unga ko'ra Sho'rolar hukumati Shikotan va Xabomay orollarini Yaponiyaga berishga rozi bo'ldi. Bu faqat tinchlik shartnomasi tuzilgandan keyin sodir bo'lishi kerak edi. Bunday shartnoma hech qachon rasmiy ravishda tuzilmagan. Kuril orollariga egalik qilish borasidagi bahs haligacha tugamagan.

7. Kipr oroli - 1974 yildagi jangovar harakatlar orolni ikkita de-fakto avtonom hududga bo'ldi: xalqaro tan olingan Kipr hukumati tomonidan nazorat qilinadigan Kipr yunon hududi (orolning quruqlik maydonining 59%) va turk-kipr hududi (orolning 37%). BMTning bufer zonasi bilan ajratilgan (orolning 4%); orolning Kipr yunon qismida Buyuk Britaniyaning ikkita suveren bazasi mavjud. Turkiya va Gretsiya ham Egey dengizida murakkab dengiz, havo va hududiy bahslarga ega.

1963 yil dekabr oyida Kipr yunonlar va turklar o'rtasidagi munosabatlarning keskinlashishi, Kiprning ichki ishlariga tashqi aralashuv tufayli, Vakillar palatasining grek va turk a'zolarining birgalikdagi faoliyati to'xtatildi. Kipr turklari Vakillar palatasi, Vazirlar kengashi va Kiprning boshqa davlat organlari ishida qatnashmaydi. 1965 yil mart oyida yunon jamiyati palatasi tugatildi. Kipr turklari 1967 yil dekabrida "vaqtinchalik turk ma'muriyatini" tuzdilar. Respublika vitse-prezidenti boshchiligidagi "Turkiya muvaqqat ma'muriyati" Ijroiya kengashi Kiprning turk mintaqalarida ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshirdi. 1975-yil 13-fevralda turk jamiyati rahbariyati bir tomonlama tartibda orolning shimoliy qismida "Kipr turk federativ davlati" deb nomlangan davlatni e'lon qildi. Rauf Denktosh "Kipr Turk Federativ Davlati"ning "birinchi prezidenti" etib saylandi. 1975 yil iyun oyida turk jamiyati ushbu "davlat" konstitutsiyasini tasdiqladi. 1983-yil 15-noyabrda "Kipr Turk Federativ Davlati" qonun chiqaruvchi assambleyasi bir tomonlama ravishda "Shimoliy Kipr Turk Respublikasi" deb atalmishni e'lon qildi. "Shimoliy Kipr Turk Respublikasi" hali ham faqat Turkiya tomonidan tan olingan.

1996 yil dekabr oyida Egey dengizidagi Imia (yunoncha nomi) yoki Kardak (turkcha) jinslari Gretsiya va Turkiya o'rtasidagi ziddiyatga sabab bo'ldi. Mojaro xalqaro hamjamiyat tomonidan to'xtatildi, biroq har ikki davlat o'z da'volaridan voz kechmadi.

8. Folklend orollari- ushbu orollar Atlantika okeanining janubi-g'arbiy qismida joylashgan bo'lib, muhim strategik nuqta hisoblanadi. Orollarga egalik qiluvchi mamlakat Janubiy Atlantikadagi harakatni nazorat qila oladi. Hozirda orollar Buyuk Britaniya tarkibiga kiradi. Argentina Janubiy Atlantikadagi Folklend orollariga (Malvin orollariga) da'vo qiladi. Argentina va Buyuk Britaniya o'rtasidagi orollarga egalik qilish bo'yicha kelishmovchiliklar 19-asr boshlarida (1833 yilda boshlangan), orollarda birinchi ingliz ko'chmanchilari paydo bo'lgan paytda boshlangan.

1982 yilda orollar uchun ikki davlat o'rtasida urush bo'lib o'tdi. Dastlab Argentina armiyasi harbiy operatsiyada galabaga erishdi, buning natijasida Folklendlarni egallashga muvaffaq bo'ldi. Biroq, bu muvaffaqiyat uzoq davom etmadi va keyinchalik janglarda qo'li baland kelgan inglizlar orollar ustidan nazoratni tikladilar.

Argentina hali ham Folklend orollariga egalik huquqiga bahslashmoqda. 2022-yil aprel oyida mamlakat tashqi ishlar vazirligi Britaniyaning Folklenddagi mashqlarini qoralagan edi.

Argentina shuningdek, Buyuk Britaniya tomonidan boshqariladigan Janubiy Jorjiya va Janubiy Sandvich orollariga da'vo qiladi.

9. Gibraltar - Britaniyaning chet eldagi hududi, Pireney yarim orolining janubida joylashgan. Uning maydoni atigi 6,5 kvadrat kilometrni tashkil etadi. Shu bilan birga, Gibraltar Atlantika okeani va O'rta dengizini bog'lovchi shu nomdagi bo'g'izni nazorat qilish imkonini beruvchi strategik mavqega ega. Ispaniya 18-asr boshlarida Britaniya qo'shinlari tomonidan bosib olingan Gibraltar ustidan Britaniya suverenitetini haligacha tan olmaydi.

O'z navbatida Ispaniya Marokash sohillarida va undan tashqarida beshta suverenitet joyini (plazas de soberania) nazorat qiladi. Marokash esa bunga doimiy qarshi, nega-ki, Afrika materigidagi Seuta va Melilla qirg'oq anklavlari, hamda Penon de Alhucemas, Penon de Velez de la Gomera va Chafarina orollarini o'zining bir qismi deb biladi.

10. Essekibo havzasi - Venesuela va Gayana o'rtasidagi 2015-yil yozida axborot agentliklarida paydo bo'lgan ziddiyat o'z ildizlarini 19-asrda, Buyuk Britaniya Lotin Amerikasida o'z o'rniga ega bo'lishga uringan paytdan boshlanadi. Qit'aning yangi tashkil topgan mustaqil davlatlarining kuchsizligidan foydalangan inglizlar 1831 yilda o'zlarining yangi mustamlakasi foydasiga Venesuelaning o'sha paytdagi chekka hududining bir qismini qo'shib oldilar.

Rasmiy ravishda, Venesuela va Britaniya o'rtasidagi Essekibo havzasi bo'yicha kelishmovchilik 1899 yilda xalqaro sud Britaniyaning ushbu hududlarga egaligini tan olganida hal qilindi. Gayana mustaqillikka erishgandan so'ng, Venesuela rahbariyati yana o'z foydasiga yechim topishga urinib, nafaqat diplomatik, balki harbiy usullarni ham qo'lladi - xususan, 1960-yillarning oxirida mahalliy aholining markaziy hukumatga qarshi qo'zg'olonini qo'llab-quvvatladi, lekin muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Keyinchalik, mavzu yarim unutilgan bo'lib chiqdi: neft narxining ko'tarilishidan keyin Venesuela ichki siyosat bilan juda band edi (o'sha paytda Chavismo, antiamerikanizm, Eron, Belarus va Rossiya bilan munosabatlarni o'rnatish va boshqa siyosiy og'ishlar.

Venesuelaning hukmron elitasi, agar ular muammoni eski hududiy mojaro orqali hal qilishga urinmaganlarida, Lotin Amerikasi mamlakatining hukmron elitasi bo'lmas edi - 2015-yil o'rtalarida prezident Maduro Essekiboga egalik masalasini yana bir bor ko'tarish niyatida ekanligini e'lon qildi.

Keyingi ko'rinishlar, 2023 yil oxirida Venesuelaning mazkur hududni o 'zining 24-shtati deb e'lon qilishi bilan bog'liq bo'ldi.

11. Sudan va Janubiy Sudan chegarasi - 2011 yilda Janubiy Sudan mustaqilligi e'lon qilinganidan keyin u bilan bir vaqtlar birlashgan mamlakatning shimoliy qismi o'rtasidagi yakuniy chegara masalasi haligacha hal etilmagan. Bu ko'p jihatdan ikkala tomonning shafqatsiz qarama-qarshiligi bilan izohlanadi, ammo neft konlari ham muhim rol o'ynaydi, ularning janubdagi kontsentratsiyasi bir vaqtlar sobiq Britaniya mustamlakasi qulashi uchun tetiklardan biriga aylandi.

Hozirgi vaqtda Sudanning ikki qismi o'rtasidagi chegarada joylashgan bir qator viloyatlar va shaharlarga egalik qilish masalasi hal etilmagan - xususan, bular Abyei, Kafia Kingi, Xeglig va Jau shaharlari, Megenis tog'lari va Al Arab daryosining janubiy qirg'og'i. De-fakto, ular Sudan tomonidan boshqariladi, ammo uning qonuniyligi Janubiy Sudan tomonidan 1956 yilda Britaniyadan mustaqillikka erishgan paytda ushbu hududlar janubning ma'muriy chegaralariga kiritilganligi sababli bahsli.

4-rasm. Sudan va Janubiy Sudan bahsli hududlar [4].

Har ikki tomon ham kuchli dalil sifatida harbiylashtirilgan tuzilmalardan foydalanishdan tortinmayapti, biroq ayni damda Shimol bu borada ancha muvaffaqiyat qozondi - u qo'llab-quvvatlayotgan "militsiya" janubliklarni amalda quvib chiqardi.

12. Shimoliy Irlandiya: 12-asrda Angliyaning Irlandiya ishlariga birinchi aralashuvi Strongbow nomi bilan tanilgan Pembrok grafi 1170-yilda Leynsterdagi mahalliy nizoga aralashganida kuzatildi. 16-asrda dastlab Genrix VIII, keyin esa Yelizaveta I Irlandiyaga qiziqish ortib bordi va mustamlakachilik kuchayib, asr oxirida bir nechta qo'zg'olonlarni keltirib chiqardi. Birinchi Shimoliy Irlandiya parlamenti 1921 yilda ochildi va Irlandiya (orolning janubiy qismlarini tashkil etuvchi) 1949 yilda to'liq respublikaga aylanadi. Britaniya hukumati Stormontdagi Shimoliy Irlandiya parlamentiga yangi konstitutsiyaviy kafolatlar beradi, ammo Irlandiya Respublikasi bilan ziddiyat kuchaydi. 1999 yil Pasxa bayramida Olster ittifoqchilari va Ozod Irlandiya armiyachilari IRA "yaxshi juma" bitimini imzoladilar va noyabr oyida ular konstitutsiyaviy kelishuvga erishdilar. Biroq, Shimoliy Irlandiya Buyuk Britaniyaning bir qismi bo'lib qolmoqda.

"Unionistlar va millatchilar Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirollikning bir qismi ekanligini tan olishadi. Buyuk Britaniyadagi barcha to'rtta davlat (Angliya, Shimoliy Irlandiya, Shotlandiya va Uels) o'z bayroqlari, ramzlari va hatto o'z shakllariga ega. Shimoliy Irlandiya, albatta, Angliyaning bir qismi emas, u Buyuk Britaniyaning bir qismidir.

XULOSA. Bahsli hududlar muammosi doimiy ravishda o'zgaruvchan, qisqa yoki uzoq yillar davomida hal qilinadigan, yohud o'z yechimiga ega yoki ega bo'lmaydigan ko 'rinishlarda bo'ladi.

Masalan, qisqa davrda hal qilinadigan bahsli hududlar muammolari bir qaraganda o'z yechimini topganday tuyulishi mumkin, ammo yillar o'tib bu muammolar qayta alangalanishi, hamda yangidan-yangi kelishmovchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

Maqolani tayyorlash davomida xulosa sifatida shunday takliflarni bildirib o'tmoqchimiz:

- BMTning har tomonlama nufuzini oshirish hamda o'zaro urushlarda zudlik bilan o't ochishni to'xtatish (bunga erish orqali begunoh insonlar o'limini oldi olinadi);

- xususan, birinchidan Isroilni G'azo sektoriga va Janubiy Livan hududlariga harbiy yurushlarini oldini olish, hamda Falastin aholisiga gumanitar yordam berishni tez fursatlarda amalga oshirish;

- ikkinchidan Rossiya-Ukraina urushiga barham berish, bu jahon iqtisodiy yohud siyosiy inqiroziga olib kelishi mumkin. Bu yerda Ukrainaning hududiy suvereniteti va Rossiyani NATOning sharqqa kengayishini oldini olish borasidagi fikrlarni ko'rib chiqish;

- bahsli hudud masalalarini xalqaro arbitaj sudi orqali tinch yo'l bilan hal

qilish;

Insoniyat ayni damda o'zaro hududiy nizolarga emas, ko'proq global iqlim isishiga e'tibor qartmog'i lozim deya fikrimizni yakunlaymiz.

Foydalanilga adabiyotlar:

1. https://birdinflight.com/ru/infografica/spomye-territorii.htm

2. https://www.eiir.eu/international-law/intemational-law-cases/kashmir-a-disputed-territory/

3. https://www. forbes.com/sites/outofasia/2017/08/22/making-sense-of-the-south-china-sea-dispute/

4. https://www.polgeonow.com/2012/05/feature-sudan-south-sudan-border_26.html

5. https: //commons. wikimedia. org/wiki/File : Israel_and_the_Disputed_Territorie s_map

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.