Научная статья на тему 'DUNYO MUSIQА SАN’АTI RIVOJIDА АYOL XONАNDАLIGINING TАRIXIY ILDIZLАRI'

DUNYO MUSIQА SАN’АTI RIVOJIDА АYOL XONАNDАLIGINING TАRIXIY ILDIZLАRI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
12
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
ijtimoiy-madaniy islohotlar / tarbiyashunoslik / ilohiy uyg’unlik / etika / estetika / ma’naviy olam / musiqiy tarbiya

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Hadicha Mansurjon Qizi Mamadaliyeva, Dildoraxon Abduraxmonovna Mamajonova

Maqolada dunyo musiqasida kechayotgan turfa jarayonlarni atroflicha tahlil qilish, yosh avlodning ma’naviy olamida bo‘lgan ayol xonandaligi asoslarini tarixiy ildizlari tarbiyashunoslik kesimida o’rganiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DUNYO MUSIQА SАN’АTI RIVOJIDА АYOL XONАNDАLIGINING TАRIXIY ILDIZLАRI»

DUNYO MUSIQА SАN'АTI RIVOJIDА АYOL XONАNDАLIGINING

TАRIXIY ILDIZLАRI

Hadicha Mansurjon qizi Mamadaliyeva Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa va san'at instituti

Dildoraxon Abduraxmonovna Mamajonova O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Farg'ona mintaqaviy filiali

Аnnotatsiya: Maqolada dunyo musiqasida kechayotgan turfa jarayonlarni atroflicha tahlil qilish, yosh avlodning ma'naviy olamida bo'lgan ayol xonandaligi asoslarini tarixiy ildizlari tarbiyashunoslik kesimida o'rganiladi.

Kalit so'zlar: ijtimoiy-madaniy islohotlar, tarbiyashunoslik, ilohiy uyg'unlik, etika, estetika, ma'naviy olam, musiqiy tarbiya

HISTORICAL ROOTS OF FEMALE SINGING IN THE DEVELOPMENT OF

WORLD MUSIC ART

Hadicha Mansurjon kizi Mamadaliyeva Uzbek National Institute of Music and Art named after Yunus Rajabi

Dildorakhan Abdurakhmonovna Mamajonova Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: The article provides a detailed analysis of the various processes occurring in world music and studies the historical roots of singers in the spiritual world of the younger generation in the field of education.

Keywords: socio-cultural reforms, educational science, theology, higher education, ethics, aesthetics, spiritual world, musical education

O'zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-madaniy islohotlar jarayoni musiqa san'ati sohasida ham o'z aksini topayotganligi e'tiborlidir.

Bu borada musiqiy meros namunalarida in'ikos etgan azaliy yuksak badiiy qiymatlarni ilg'or ilmiy metodlar asosida teran anglash uchun yuzaga kelgan zarur shart-sharoitlar ayni vaqtda dunyo musiqasida ham kechayotgan turfa jarayonlarni atroflicha tahlil qilish, bu jabhaning ayniqsa, yosh avlodning ma'naviy olamida bo'lgan ayol xonandaligi asoslarini tarbiyashunoslik kesimida o'rganishga imkon yaratadi. Chunki, yangi O'zbekiston bunyodkorlari nafaqat milliy musiqiy merosni balki, jahon ayollari xonandaliging musiqiy tarbiyaviy negizlarini namuna sifatida o'zlashtirishlarini taqozo etmoqda.

Misol uchun Bingenlik Xildegard (1098 - 1179) yoshligidan o'z she'rlariga musiqa bastalab unda musiqani ilohiy uyg'unlikning namoyon bo'lishi, inson qalbining mohiyatini ochib beruvchi deb hisobladi. Uning musiqiy asarlari orasida yorug'lik va zulmat kuchlari o'rtasidagi kurashga bag'ishlangan yagona opera "Samoviy vahiylarning garmonik simfoniyasi" to'plami yuzasidan Platon san'atning etik mas'uliyati maqolasida "Yaxshilik bilan go'zallik g'oyalar sifatida o'zaro bog'langandir. Go'zallik yaxshilikni, yaxshilik esa - go'zallikni ko'rsatadi. San'at axloqdan ajratilishi mumkin emas. Etika bilan estetika ajralmasdir"1 deya bildirgan fikrlarinining tarbiyaviy mohiyati ochib beriladi.

Venetsiyalik bastakor Barbara Strozzi (1619-1677) o'z musiqasini erkak taxallusidan foydalanish o'rniga o'z nomi bilan nashr etgan birinchi ayol bo'lib, uning ariyalari, kantatalari va muqaddas musiqalari tarkibida ijtimoiy taraqqiyotning ilk bosqichlarida insonning mifologik va diniy dunyoqarashlari bilan bog'liq axloqiy-estetik tarbiyani targ'ib etdi.

(1744 - 1812)da ayollarga qo'yilgan cheklovlar tufayli Marianna Martines hech qachon musiqiy lavozimga ega bo'lmagan bo'lsa-da, uning musiqasi ko'plab zamondoshlari ruhiyatida nafosat tuyg'usini shakllanishida asosiy omil bo'lib xizmat qildi.

Fanni Mendelson (1805 - 1847) 500 ga yaqin musiqa asarlari vositasida zamondoshlarining ongiga, mentalitetiga ta'sir ko'rsatuvchi omil sifatida har bir xalqning takrorlanmas o'tmishi, ijtimoiy-siyosiy, tarixiy kechmishlariga sodiqlik, ijtimoiy - siyosiy qadriyatlarga hurmat tuyg'ularini tarkib topishiga ko'maklashdi.

Ko'p yillar davomida Klara Vik Shumann (1819 - 1896) bolaligidan pianino chalish va yozishda ajoyib qobiliyatlarni namoyon etdi. U vunderkind shaxs sifatida G'arbona oilaviy tarbiya muhitida shakllanib, o'z asarlarida G'arb jalqlari udumlari, an'analari asosida farzandlar hamda keng xalq ommasini madaniy hayotga da'vat etdi.

Pejachevich (1885-1923) o'smirlik chog'idayoq sotsializm g'oyalari bilan yonib, o'z asarlaida sotsializm xususiy mulkni ijtimoiy (umumiy) mulkka aylantirish orqali erkinlik va tenglik, baxt va farovonlikka erishish mumkinligini tarannum etib, shu yo'l bilan qurilgan ijtimoiy tuzumni ideal jamiyat degan siyosiy-ijtimoiy g'oyalarni ilgari surdi. Brams, Shuman va Straussdan ilhomlangan va nemis romantiklariga samimiy sevgi izhorini baralla kuyladi.

Sovet va rus bastakori, yuzdan ortiq simfonik asarlar, solistlar, xor va orkestr uchun kompozitsiyalar, teatr, kino va multfilmlar uchun cholg'u asboblari ansambllari muallifi Sofiya Gubaydulina (1931 y. t.)ning musiqasi filigri texnikasi,

1. Gunnar Skirbekk. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus tailim vazirligi tomonidan oliy o'quv yurtlari uchun uquv qo'llanma sifatida tavsiya qilingan. "SHARQ" Nashriyot-Matbaa Aktsiyadorlik kompaniyasi bosh taxririyati Toshkent - 2002.109-112 b.

intuitivlik va qat'iy hisob-kitoblarning sehrli uyg'unligi, hissiy tembr rangi bilan ajralib tinglovchiga tabiat go'zalligidan saboq beradi.

Dunyodagi mashxur tarixiy asarlar orasida N.A.Kun qalamiga mansub "Qadimgi Yunoniston afsona va rivoyatlari" antik davrning afsonaviy qahramonlari, xususan, Danay-hukmdorii hayotida ro'y bergan voqealar bayon etiladi.

"Xudolar Egiptga ellik o'gil, Danayga esa go'zallikda tengi yo'q ellikta qiz ato etgan edilar. Danay qizlari o'z tarovatlari bilan Egiptning o'g'illarini rom qilib qo'yishadi, shunda yigitlar bu latifa qizlarga uylanishni ixtiyor qiladilar, ammo ularning taklifi Danay tomonidan ham, uning qizlari tomonidan ham rad etiladi. Shunda Egiptzodalar katta qo'shin to'plab, Danay saltanatiga qarshi urush ochadilar. Danay bu urushda mag'lubiyatga uchraydi. U ma'buda Afina-Palladaning madadi bilan dunyoda birinchi ellik eshkakli kemani quradi va shu kemada o'z qizlari bilan mudom betinim va poyoni yo'q ummonda uzoq-uzoqlarga suzib ketadi.

Biroq, Danay qizlari bilan Egiptzodalarning nikoh to'yi dabdaba bilan o'tadi. Lekin yigitlar bu nikoh boshlariga qanday ofat keltirishidan g'ofil edilar. Mana, dabdabali to'y bazmi nihoyasiga etib, tumtaroq qo'shikdar va musiqa sadolari tinadi: nikoh tuyida yoqilgan mash'alalar o'chadi, butun Argosni tun pardasi burkab oladi. Mast uyquga ketgan shahar sukunat og'ushida. Shunda birdan bu sukunatni jon talvasasidagi ayanchli faryod buzadi, ana, yana bir faryod, yana, yana... Zero, Danay qizlari bu zulmat qo'ynida eng mudhish jinoyatga qo'l urgan edilar. Ular erlarining pinakka ketishini poylashgan va Danay bergan xanjarlar bilan o'z yostiqdoshlarining joniga qasd qilgan edilar. Egiptzodalar shu yo'sinda halok bo'lishadi. Shaxzodalardan faqat bittasi - o'ktam yigit Linkey jon saqlab qoladi. Danayning navnihol qizi o'z mahbubiga rahmi kelib, uning ko'ksiga xanjar sanchishga qo'li bormaydi. Shu bois, qiz uni uyg'otib, imi-jimida qasrdan chiqarib yuboradi"2

Xulosa sifatida aytish mumkinki, bo'lg'usi musiqa o'qituvchilari kasbiy faoliyatida:

- dunyo musiqa san'ati rivojida ayol xonandaligining tarixiy ildizlari G'arb va Evropa mamlakatlarining ijtimoiy-ma'naviy hayotida insonning mifologik va diniy dunyoqarashlari bilan bog'liq axloqiy^stetik tarbiyani targ'ib etish;

- zamondoshlari ruhiyatida nafosat tuyg'usini shakllanishida asosiy omil bo'lib xizmat qilish;

- g'arb jalqlari udumlari, an'analari asosida farzandlar hamda keng xalq ommasini madaniy hayotga da'vat etish layoqatlari shakllanadi.

2 N.A. Kyn "Qadimgi Yunoniston afsona Ba riBoyatlari". ISBN 978-9943-28-008-3 © « 0 'ZBEKIST0N» NMiy, 2013 riTTTÜ^^H] 127 ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasining Qonuni "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamida imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida" (Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021 y., 03/21/683/0375-son).

2. O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senatining qarori "2030 yilga qadar O''zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini tasdiqlash haqida". Toshkent 2021 y.

3. Gunnar Skirbekk. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan oliy o'quv yurtlari uchun uquv qo'llanma sifatida tavsiya qilingan. «SHARQ» Nashriyot-Matbaa Aktsiyadorlik kompaniyasi bosh taxririyati Toshkent - 2002.109-112 b. «Qadimgi Yunoniston afsona va rivoyatlari». ISBN 9789943-28-008-3 © « O'ZBEKISTON» NMIU, 2013

5. Muxitdinova F. Yangilanayotgan O'zbekistonda gender tenglikning huquqiy asoslari. T:. TDYU. 2020.

6. Freyzer X. O'zbekiston gender tenglikni ta'minlash bo'yicha muhim qadamlarni qo'ymoqda. Toshkent. 2020.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.