Научная статья на тему 'DUNYO MIQYOSIDAGI KONSTITUTSIYALAR TURLARI'

DUNYO MIQYOSIDAGI KONSTITUTSIYALAR TURLARI Текст научной статьи по специальности «Право»

1091
91
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DUNYO MIQYOSIDAGI KONSTITUTSIYALAR TURLARI»

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

DUNYO MIQYOSIDAGI KONSTITUTSIYALAR TURLARI

N. R. Azamjonov -

Farg'ona davlat universiteti Tarix yo'nalishi 4-bosqich talabasi

Xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi bo'lgan Asosiy qonunimiz hech kimga qaram bo'lmasdan, erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon yashashimizning qonuniy kafolati bo'lib kelmoqda[1]. Dunyo miqyosidagi Konstitutsiyalarning tasnifi bosh hujjatning mantiqiy tushunilishiga yordam beradi. Konstitutsiyalarni ularning umumiy xususiyatlari asosida tasniflash, turli toifalarga ajratish ko'p sonli konstitutsiyalar ichida mo'ljal olishni osonlashtiradi, ular orasidagi qonuniyatli aloqalarni aniqlashga, huquqiy tizimdagi ahamiyati va o'rnini belgilashga imkon beradi. Eng muhimi, dunyodagi konstitutsiyalarning ijtimoiy yo'nalishini, mazmuni va mohiyatini anglashga komaklashadi. Tasniflash dunyoviy konstitutsiyaviy qonunchilikning umumiy manzarasini koz oldimizga keltirish imkonini yaratadi. Keng ma'noda olganda, tasniflash bizning konstitutsiyalar haqidagi bilimlarimizni aniqroq shakllantiradi va tizimlashtiradi.

Ikki asrlik konstitutsiyaviy taraqqiyot mobaynida turli mamlakatlarda nihoyatda ko'p konstitutsiyalar qabul qilindi. Ularning ichki kompozitsiyasi, tartibga soladigan masalalari, tashqi belgilarida o'xshashliklar mavjud bo'lsada, barcha konstitutsiyalarni mazmuni, mohiyati, ijtimoiy vazifalariga ko'ra tasniflash ma'lum turlarga ajratish mumkin.

Turli mamlakatlardagi konstitutsiyalarni turli mezonlarga (kriteriyalarga) asoslanib, har xil guruhlarga (turlarga) boyish mumkin.

Birinchidan, Konstitutsiyalarni ularning mohiyatiga ko'ra quyidagi turlarga bo'lish mumkin:

Yuridik Konstitutsiya (formal)-davlatning Asosiy Qonuni.

Ijtimoiy (sotsial) Konstitutsiya (amaliy)-amaldagi real ijtimoiy

munosabatlar.

■ Tirik Konstitutsiya-AQSH Oliy Sudi bu Konstitutsiyani o'zgarayotgan ijtimoiy mezonlariga moslab kelmoqda.

Fiktiv (soxta) Konstitutsiya - SSSRning 1936-yil Konstitutsiyasi. Moddiy Konstitutsiya - konstitutsiyaviy tuzum va inson huquqlarini

tartibga soluvchi qonundir.

Formal Konstitutsiya - Asosiy Qonun bo'lib, alohida tartibda qabul qilinadi va oliy yuridik kuchga ega.

December 1

Tashkent State Transport University Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -

is the Glorification of Human Dignity, the inson qadrini ulug'lash, erkin va

Ikkinchidan, Konstitutsiyalarni shakliga ko'ra quyidagi turlaga boyish mumkin:

■ Yozma konstitutsiyalar.

■ Og'zaki (yozilmagan) konstitutsiyalar - Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya, Butan kabi davlatlar Konstitutsiyalari.

■ Yaxlit konstitutsiyalar-Konstitutsiya matni yaxlit bo'lib, bir vaqtda qabul qilinadi. Masalan, O'zbekiston, Rossiya, Braziliya Konstitutsiyalari yaxlit Konstitutsiyalarga misol bo'la oladi.

■ Yaxlit bo'lmagan (noyaxlit) konstitutsiyalar - bunday Konstitutsiyalar turli vaqtda qabul qilingan qonunlardan iborat bo'ladi. Masalan, Shvetsiya, Finlandiya, Isroil konstitutsiyalari.

■ Yumshoq konstitutsiyalar - bunday Konstitutsiyalar oddiy qonunlar kabi o'zgartiriladi. Masalan, Buyuk Britaniya Konstitutsiyasiga 350 ga yaqin qonunlar kiradi va oddiy tartibda o'zgartiriladi.

■ Qattiq konstitutsiyalar- alohida murakkab tartibda o'zgartiriladi. Masalan, AQSH, Rossiya, O'zbekiston konstitutsiyalari.

■ Doimiy konstitutsiyalar. Aksariyat konstitutsiyalar doimiydir.

Vaqtinchalik (muvaqqat) konstitutsiyalar-Iroqda 1970-yil, Birlashgan Arab

Amirligida 1971-yildan beri harakatda bo'lgan konstitutsiyalar.

Uchinchidan, Konstitutsiyalarni ularni ijtimoiy mazmuniga qarab ham bir necha turga bo'lish mumkin. Hozirgi kunda dunyoda 300 dan ortiq Konstitutsiya bor (federativ davlatlar subyektlarining Konstitutsiyalari bilan birga). Bu Konstitutsiyalar turli tarixiy davrda qabul qilingan bo'lib, har xil ijtimoiy mazmunga ega.

1. G'arb mamlakatlari Konstitutsiyalari.

2. Rivoj lanayotgan mamlakatlar Konstitutsiyalari.

3. O'tish davri mamlakatlari Konstitutsiyalari.

4. Teokratik davlatlar Konstitutsiyalari [2].

Konstitutsiyalarni yana quyidagi turlarga ham bo'lish mumkin:

1. Demokratik Konstitutsiyalar.

2. Avtoritar Konstitutsiyalar.

3. Totalitar Konstitutsiyalar.

Adabiyotlarda yozma va yozilmagan konstitutsiyalar farqlanadi. Aksariyat ko'pchilik mamlakatlarda belgilangan tartibda qabul qilinadigan yozma konstitutsiyalar amal qiladi. Hozirgi davrda konstitutsiyalarning yozma shaklda qabul qilinishi o'rinli degan fikr qaror topdi. Shu bilan birga, yozma konstitutsiyaga ega bo'lmagan mamlakatlar bor (jumladan, Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya). Ba'zi mamlakatlarda konstitutsiya

December 1

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

deganda bir necha huquqiy aktlar, hatto odatlar (konstitutsiyaviy bitimlar) tushuniladi.

Konstitutsiyalar qabul qilinish tartibiga ko'ra, turli ko'rinishlarga ega bo'ladi. Xususan, yuqoridan taqdim etilgan, ya'ni podsho (monarx) tomonidan xalqqa in'om etilgan konstitutsiyalarga Lixtenshteyn, Nepal, Iordaniya davlatlarining konstitutsiyalari kiradi. O'z vaqtida Buyuk Britaniya Afrikadagi o'z koloniyalariga shunday konstitutsiyalar in'om etgan.

Amal qilish vaqtiga ko'ra, muddati cheklangan va cheklanmagan, ya'ni muvaqqat va doimiy amal qiluvchi konstitutsiyalar bo'ladi. Muvaqqat konstitutsiyalar ma'lum muddatga yoki muayyan vaziyat vujudga kelgunga qadar qabul qilinadi. Masalan, Tailandning 1959-yildagi Konstitutsiyasi to Ta'sis majlis doimiy konstitutsiya loyihasini ishlab chiqqunga qadar amalda bo'ldi. Ko'pchilik konstitutsiyalar doimiy amal qiluvchi qonunlar hisoblanadi. Biroq bu hol ularning abadiyligini kafolatlamaydi. Mamlakatda siyosiy vaziyatning o'zgarishi aksariyat hollarda yangi konstitutsiya qabul qilinishiga olib keladi. Lotin Amerikasi mamlakatlarida harbiy to'ntarishlar oqibatida konstitutsiyalar juda tez-tez o'zgarib turadi. Masalan, XX asr 60-yillarining o'rtalarigacha Boliviyada — 20 ta, Kolumbiyada — 11 ta, Dominikan Respublikasida — 15 ta, Gaitida — 23 ta, Venesuelada — 22 ta konstitutsiya qabul qilindi.

Bir qator konstitutsiyalar matnida ularning abadiyligi, o'zgarmasligi haqidagi qoida mustahkamlab qo'yilganini uchratish mumkin. Masalan, Meksikaning 1917-yilgi Konstitutsiyasida «o'zgarmas» (136-modda) deb yozilgan. Gretsiyaning 1975-yildagi Konstitutsiyasida unga rioya etish greklarning vatanparvarligi bilan ta'minlanishi belgilangan. Ular Konstitutsiyaning bekor qilinishiga barcha vositalar bilan qarshilik ko'rsatishga haqli ekanliklari yozilgan (120-modda. 4-qism).

Konstitutsiyalarni mazmuni va tabiatiga ko'ra ham tasniflash mumkin. Siyosiy rejimni rasmiylashtirishga qarab konstitutsiyalar demokratik va avtoritar bo'lishi mumkin. Avtoritar konstitutsiyalar ichida yana totalitar konstitutsiyalar bo'lishi e'tirof etiladi.

Demokratik konstitutsiyalar fuqarolarning muayyan huquq va erkinliklarini kafolatlaydi, siyosiy partiyalarning erkin shakllanishi va faoliyat ko'rsatishiga yo'l qo'yadi, hokimiyat idoralari ta'sis etilishining saylov tartibini o'rnatadi va hokazo.

Avtoritar konstitutsiyalar siyosiy partiyalar faoliyatini cheklaydi yoki taqiqlaydi, ba'zan yakka partiyaning hukmronligini o'rnatadi. Nomiga e'lon qilingan konstitutsiyalar fuqarolar huquq va erkinliklarini jiddiy

December 1

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

cheklash yo'lini tutadi. Avtoritar (totalitar) konstitutsiyalar haddan ziyod mafkuralashganligi bilan ajralib turadi.

Boshqaruv shaklini mustahkamlash hamda davlat boshlig'i lavozimini egallash tartibiga ko'ra, monarxiya va respublika konstitutsiyalari bo'lishi mumkin; siyosiy hududiy tuzilishni belgilashiga qarab — federativ va unitar konstitutsiyalar farqlanadi. Federativ davlatlarda federal konstitutsiya va federatsiya subyektining konstitutsiyasi mavjud bo'ladi.

O'zgartirilish tartibi (usuli)ga ko'ra, "yumshoq" va "qattiq" konstitutsiyalar bo'ladi.

"Yumshoq" konstitutsiyalar oddiy qonunlar uchun belgilangan tartib asosida o'zgartiriladi yoki to'ldiriladi. "Qattiq" konstitutsiyalar alohida o'rnatilgan tartibga muvofiq (qo'shimchalar taqdim etilgandan so'ng ma'lum vaqt o'tgach yoki malakali ovoz berish — deputatlarning 2/3 qismi ovozi bilan, federatsiya subyektlarining hammasi ratifikatsiya qilgan taqdirda va hokazo) o'zgarishi mumkin. Masalan, AQSH Konstitutsiyasiga ikki yuz yildan ortiq amal qilishi mobaynida atigi 27 ta tuzatish kiritilgan. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini ham "qattiq" konstitutsiyalar qatoriga kiritish lozim. Jumladan bugunga qadar bizning konstitutsiyamizga konstitutsiyaviy qonunlar asosida 11 marotaba o'zgartirish kiritilganligini qayd etish o'rinli.

1. Отамуратов, С. (2022). ЯНГИЛАНАЁТГАН УЗБЕКИСТОНДА ТИББИЁТ ОЛИЙШ^ЛАРИ ТАЛАБА ЁШЛАРИДА МИЛЛИЙ ГУРУР ВА ИФТЩОРНИ ШАКЛЛАНТИРИШ ОМИЛЛАРИ. Academic research in educational sciences, (Conference), 156-160.

2. Отамуротов, С. (2006). Глобаллашув жараёнининг миллий маънавиятга таъсири/Глобаллашув жараёнида жамиятни демократлаштиришнинг сиёсий, фалсафий-хукукий масалалари мавзуидаги Республика илмий-назарий анжуман. Тошкент: Фалсафаваууцуц.

3. Отамуратов, С. (2004). Национальное самосознание-критерий духовной ценности. Национальная идеология и духовные ценности.

4. Otamuratov, S. (2008). Globalization and nation (political and philosophical analysis). T.:" New Generation, 39.

5. Rasulev, K. G., & Atamuradov, S. (1986). Internationalizatsiia Natsional'nykh Kultur. Tashkent:

REFERENCES

Uzbekistan.

December 1

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

6. Otamurodov, S., & Husanov, S. (2001). Fundamentals of spirituality.

7. Отамуратов, С. С. (2000). Национальное самосознание социально активной части молодежи и его функционирование в условиях независимости Узбекистана (социологический анализ).

8. Отамуратов, С. С. (2000). Национальное самосознание социально активной части молодежи и его функционирование в условиях независимости Узбекистана (социологический анализ).

9. Отамуротов, С., Мамашокиров, С., & Холбеков, А. (2001). Марказий Осиё: гоявий жараёнлар ва мафкуравий тахдидлар. Т.:«Янги аср авлоди.

10. Отамуратов, С. (2015). ЕШЛАР СИЕСИИ МАДАНИЯТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ОМИЛЛАРИ.

11. Otamuratov, S., & Sultonov, A. (2020). Democratic paradoxes of civil processes and necessary of new national idea in Uzbekistan. International Journal of Advanced Science and Technology, 29(5), 1521-1526.

12. Otamurodov, S. (2004). O 'zbekning "men" i yohud o 'zlikni anglash mashaqqati. Fidokor, Toshkent, (35), 656.

13. Atamuratov, S. (1992). Nacional'naya kul'tura i nacional'noe samosoznanie v processe obnovleniya obshchestva. Social'no-filosofskiy aspekt. Avtoreferat dissertacii. Tashkent.

14. Отамуратов, С. (2005). Миллий ривожланиш фалсафаси. Т.: Академия.

15. Otamurodov, S. (2018). Globalization: responsibility to protect the nation.

16. Отамуротов, С. (2003). Узбекистонда маънавий-рухий тикланиш. Т.: Янги аср авлоди, 263.

17. ИКРОМОВ, Ф., & ПИРМУХАМЕДОВ, У. (2023). ЭФФЕКТИВНЫЕ СРЕДСТВА И МЕТОДЫ ТРЕНИРОВКИ ДЛЯ РАЗВИТИЯ УСТОЙЧИВОСТИ БАЛАНСА ГРЕБЦОВ БАЙДАРОЧНИКОВ НА НАЧАЛЬНОМ ЭТАПЕ ПОДГОТОВКИ. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 76(2), 57-61.

18. Ikramov, B. F. (2023). EFFECTIVE METHODS AND MEANS FOR DEVELOPING BALANCE IN PRESCHOOL CHILDREN. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 16(2), 54-56.

19. ИКРОМОВ, Ф., АЗИМОВ, З., & ПИРМУХАМЕДОВ, У. (2023). ЭФФЕКТИВНОСТЬ КАЧЕСТВЕННОГО ОСВОЕНИЯ ЭЛЕМЕНТОВ ТЕХНИКИ ГРЕБЛИ У ГРЕБЦОВ БАЙДАРОЧНИКОВ 10-11 ЛЕТ. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 16(2), 39-44.

December 1

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.