Научная статья на тему 'Dunyo mafkuraviy manzarasi va uning yoshlarga ta’siri'

Dunyo mafkuraviy manzarasi va uning yoshlarga ta’siri Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
85
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
axborot / dunyo manzarasi / ma’anaviyat / mafkuraviy jarayon / mafkuraviy xurujlar / globallashuv

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Najmiddin Musinov, Doniyor Ergashevich Kabirov

Bugungi zamon voqelikka ochiq ko‘z bilan, real va hushyor qarashni, jahonda va yon atrofimizda mavjud bo‘lgan, tobora kuchayib borayotgan ma’naviy tahdid va xatarlarni to‘g‘ri baholab, ulardan tegishli xulosa va saboqlar chiqarib yashashni talab etmoqda. Aynan maqolada dunyo mafkuaraviy manzarasi, uning insonlarga ayniqsa yoshlarga ta’siri qay darajada ekanligi bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Dunyo mafkuraviy manzarasi va uning yoshlarga ta’siri»

Dunyo mafkuraviy manzarasi va uning yoshlarga ta'siri

Najmiddin Musinov musinovnajmiddin@mail. com Jizzax davlat pedagogika universiteti Doniyor Ergashevich Kabirov O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi

Annotatsiya: Bugungi zamon voqelikka ochiq ko'z bilan, real va hushyor qarashni, jahonda va yon atrofimizda mavjud bo'lgan, tobora kuchayib borayotgan ma'naviy tahdid va xatarlarni to'g'ri baholab, ulardan tegishli xulosa va saboqlar chiqarib yashashni talab etmoqda. Aynan maqolada dunyo mafkuaraviy manzarasi, uning insonlarga ayniqsa yoshlarga ta'siri qay darajada ekanligi bayon etilgan.

Kalit so'zlar: axborot, dunyo manzarasi, ma'anaviyat, mafkuraviy jarayon, mafkuraviy xurujlar, globallashuv

Ideological landscape of the world and its influence on young

people

Najmuddin Musinov musinovnajmiddin@mail. com Jizzakh State Pedagogical University Daniyor Ergashevich Kabirov Academy of Armed Forces of Republic of Uzbekistan

Abstract: Today's time requires an open-minded, realistic and sober look at reality, correctly assessing the growing spiritual threats and dangers that exist in the world and around us, drawing appropriate conclusions and lessons from them. The article describes the ideological landscape of the world and its impact on people, especially young people.

Keywords: information, world view, spirituality, ideological process, ideological attacks, globalization

Hozirgi dаvrdа уоshlаr turli-tumаn mаfkurаlаr tаjоvuzi kuсhауib bоrауоtgаn shаrоitdа уаshаmоqdаlаr. Bеjizgа XXI аsr jаhоn siуоsаtсhilаri, iqtisоdсhilаri, siуоsаtсhilаri, оlimu-mutахаssislаri tоmоnidаn turli хil nоmlаr bilan atalmoqdalar. Ayrimlari XXI asrni "axborot asri" desa, kimdir uni "aql tafakkur", yana boshqasi "yuksak texnologiya"lar, yana kimdir esa "integratsiya asri" deb atashmoqda. Tabiiyki

ushbu fikrlarning barchasida asos bor. Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi va uning yoshlar ruhiyatiga ta'siri ya'ni globallashuv davri muammolariga olim va mutaxassislarning уuzlab ishlari bag'ishlangan bo'lib, mazkur masalalar bugungi kunda o'ta dolzarblik kasb etadi.

Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev bularni ta'kidlagan holda shunday degandi - "Ma'lumki, bugun dunyoda keskin kurash va raqobat hukm surmoqda, manfaatlar to'qnashuvi kuchaymoqda. Globallashuv jarayonlari insoniyat uchun beqiyos yangi imkoniyatlar bilan birga kutilmagan muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Milliy o'zlik va ma'naviy qadriyatlarga qarshi tahdid va xatarlar tobora ortmoqda. Faqat o'zini o'ylash, mehnatga, oilaga yengil qarash, iste'molchilik kayfiyati turli yo'llar bilan odamlar, ayniqsa, yoshlar ongiga ustamonlik bilan singdirilyapti"[1].

Tadqiqotimizdan ko'zlangan maqsadi - mamlakatimizda mafkuraviy jarayonlar, g'oyaviy tahdidlar, yoshlar tarbiyasida milliy axloqiy qadriyatlarning o'rnini tahlil qilinib, hozirgi davrda mafkuraviy tahdidlar namoyon bo'lishining o'ziga xos xususiyatlari va ularning oldini olish yo'llarining ilmiy asoslarini tahlil qilish, shuningdek, yoshlar dunyoqarashida g'oyaviy bo'shliqlar paydo bo'lishiga yo'l qo'ymaslik, ularni turli mafkuraviy tahdid va tazyiqlardan, informatsion xurujlardan asrash maqsadini amalga oshirilayotgan ishlarni ochib berish.

Ta'kidlash lozimki, kishilik jamiyati tarixi insonda olijanob fazilatlarning shakllanishi va rivojlanishiga ham ayni paytda g'ayriinsoniylikning xilma-xil ko'rinishlari ildiz otib o'zining mudhish qiyofasini namoyon qilishga ham ko'p guvoh bo'lgan. Afsuski, insoniyatning butun tarixi davomida bunday illatlar unga hamrohlik qilib keldi, turli davrlarda yangi shakl shamoyil, xususiyat kasb etdi. Bugungi kunda ularning eng yovuzlari yer yuzidagi tinchlik va totuvlik, hamkorlik hamda hamjihatlikka va oxir-oqibatda insoniyatning yagona birlik sifatida erkin taraqqiy qilishiga katta xavf tug'dirmoqda.

Ko'pchilik siyosatchi olimlar bularni yuzaga keltirgan omil - globallashuv deb ta'kidlashadi. O'zi globallashuv nima? U qanday paydo bo'lgan? Globallashuv -bu xalqaro mehnat taqsimoti, iqtisodiy va siyosiy munosabatlar tizimi orqali bir-biri bilan bog'langan milliy iqtisodiyotlar majmui sifatida tushuniladigan, jahon iqtisodiyoti tarkibini o'zgartirish jarayonlarining o'ziga xos xususiyatlaridan biridir. Transmilliylashtirish va mintaqaviylashtirish asosida iqtisodiyotning chambarchas bog'liqligi hisoblanadi. Shu asosida yagona jahon tarmog'i, bozor iqtisodiyoti, geoiqtisodiyot va uning infratuzilmalari shakllanmoqda, ko'p asrlar davomida xalqaro munosabatlarning asosiy xarakteri bo'lib kelgan davlat suvereniteti[2] ta'sirining pasayishi sodir bo'lmoqda. Globallashuv jarayoni bu davlat tomonidan shakllantirilgan bozor tizimlari evolyutsiyasining natijasidir[3].

Globallashuvning paydo bo'lish tarixi antik davrlarda paydo bo'lgan (Iskandar Zulqarnayn, Ellinizm) degan fikrlar bor. Ya'ni Rim imperiyasi O'rta Yer dengizi ustidan o'zining gegemonligini tasdiqladi, bu esa turli madaniyatlarning chuqur o'zaro bog'lanishiga va O'rta Yer dengizida mintaqalararo mehnat taqsimotining paydo bo'lishiga olib kelgan.

Bugungi kunda nafaqat inson ongini, balki qalbini egallash mafkuraviy kurashning bosh masalasi hisoblanib, er yuzini turli mintaqa xalqlarining ongi va qalbi, turli g'oyalarni singish maydoniga, mafkuraviy poligonga aylantirilmoqda.

XX asr oxiri - XXI asr boshlariga kelib integratsiya jarayonlari yanada avj oldi, zamonaviy axborot texnologiyalarining bemisl rivoji va yagona jahon axborot maydonining shakllanishi bu jarayonning yangi bosqichga ko'tardi va yanaqa uning qiymatini oshirmoqda. Bugungi kunda esa, aksariyat davlatlarning mafkurasi umuminsoniy qadriyatlar va demokratik tamoyillarga asoslanadi. Ularda inson haq-huquqlari va erkinligi, ijtimoiy, siyosiy, etnik, konfessional totuvlik va bag'rikenglik g'oyalar ustivordir. Shunday bo'lsada, insoniyat istiqbolini belgilashda unversallikka da'vogarlik qilayotgan va transmilliy xarakterga ega g'oyaviy qarashlar dunyoning mafkuraviy manzarasi mazmunini belgilab berishda ustivorlikka intilayotganini ham ta'kidlash zarur.

Inson ongi va qalbi uchun kurash yangi sifatiy xususiyat kasb etgan bir davrda, e'tiqod umumiyligiga asoslanish (masalan, panislomizm), etnik birlikka urg'u berish(masalan, panslavizm, panturkizm) va yagona ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy makonda yashash natijasida yuzaga kelgan bog'liqlikni ro'kach qilish asosida (masalan, pansovetizm) yakka mafkuralar hukmronligini ta'minlash orqali jahon maydonlarini mafkuraviy jihatdan bo'lib olishga urinishlar kuzatilayotganini ta'kidlash zarur[4].

Yosh avlodni turli bizga yot bo'lgan xavfli ta'sirlardan asrashda ularda kuchli immunitet hosil qilish g'oyat muhim ahamiyatga ega. Bolalarimizning hayotga bo'lgan sog'lom munosabati milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida shakllanishi, dunyoda ro'y berayotgan voqea-hodisalarning mohiyati, sabab va oqibatlari haqida mustaqil fikr-mulohazaga ega bo'lishi suv va havoday zarurdir.

Globallashuv bilan yonma-yon, paralel va bir vaqtning o'zida modernizatsiya jarayoni ham kelmoqda, unga ko'plab mamlakatlar va mintaqalar tortilgan bo'lib, ular shu yo'l orqali o'zlaridagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy va texnikaviy qoloqlikdan chiqishga urinmoqdalar. SHuning barobarida modernlashuv jarayonidagi ko'plab sub'ektlar «joriy» xarakterdagi masala va muammolar bilan shu qaror bandlarini, ularning globallashuv haqida o'ylashga vaqtlari ham topilmaydi. Ammo real holatda esa u yoki bu tomodan olib qaralganda ham bu ikki mega an'analar-globallashuv va modernlashuv shu qadar, o'sib ketishganki, ular umumiy jarayon sifatida xarakterlanishadi. Ularni yangi davr izlanishlari deb atash ham mumkin. O'sib

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 4.182 513 [MJ^^^H

borayotgan globallashuv modernlashuv jarayonining klassik modeliga shu qadar ko'p izohlar olib kirmoqdaki, ko'plab mutaxassislar buni transformatsiya yoki qurilma deb ham atamoqdalar. Xuddi shu ma'noda globallashuvni o'z-o'zini yangilashni, "zamonaviylashtirishni" muhim resursi deb qarashi mumkin va kerak.

Inson ongi va qalbi uchun kurash tarixan turli shakllarda insoniyat hayotidan o'rin egallab kelgan. Hozirgi davr mafkuraviy tahdidlarning kuchayib borayotgani, turli oqimlar va kuchlar tomonidan g'arazli maqsadlar yo'lida amalga oshirilayotgan, jamiyat ma'naviy barqarorligiga salbiy ta'sir etadigan mafkuraviy xurujlarning yuzaga kelayotgani bilan xarakterlanadi. Bunday jarayonlar mustaqil taraqqiyot yo'liga chiqqan yangi davlatlarning hayotida ham o'ziga xos tarzda aks etmoqda. Shu bois "... hozirgi murakkab va tahlikali zamonda milliy o'zligimiz, azaliy qadriyatlarimizga yot va begona bo'lgan turli xil xurujlar, yoshlarimizning ongi va qalbini egallashga qaratilgan g'arazli intilishlar tobora kuchayib borayotgani barchamizni yanada hushyor va ogoh bo'lishga da'vat etishi tabiiydir"[5].

Xalqimizning o'ziga xos milliy urf-odat, an'ana va turmush tarzi bor. Bular bebaho milliy qadriyat, ajdodlarimizdan qolgan ma'naviy merosdir.Ularni asrash va kelajak avlodlarga etkazish alohida mas'uliyat talab etadi. Zero, farzandlarimizning o'zligini tanishida milliy qadriyatlarimizning o'rni beqiyosdir. Chunki bugungi kunda milliy qadriyatlarimizga mutlaqo zid g'oyalar bilan yo'g'rilgan, inson ongini zaharlaydigan vositalarni tarqatishga zo'r berib urinayotgan kimsalar, afsuski, yo'q emas. Ayniqsa, yovuzlikni targ'ib qiluvchi kino va videofilmlar, teleradio dasturlar, bosma nashrlar, pornografik mazmundagi asarlar va boshqa mahsulotlar, reklamalarni yoshlar orasiga bilinar-bilinmas holda majburan kiritish yo'liga o'tilgani kuzatilmoqda[6].

Insonga faqat atrof-voqelik, odob-axloq qoidalari haqida bilim berishning o'zi uning ma'naviy-axloqiy tarbiyasi uchun yetarli bo'lmaydi albatta. Unda iroda qudrati, mas'uliyat tuyg'usini shakllantirish, ko'nglida atrof-tabiatga, mehnatga, kasbga, ilmga, o'zga insonlarga mehr uyg'otish, dilida ulug' maqsadlar tug'ilishiga erishish lozim. Masalan, tan olib aytish kerakki, Vatan yoki Adolat tuyg'usi haqida kitoblarda yozilganlarni o'qib chiqqan odam darhol Vatanning qadriga yetadigan, yoki adolatga xiyonat qilmaydigan bo'lib qoladi, deb tasavvur qilish o'ta soddalik bo'ladi. Har bir inson Vatan, Millat, Adolat timsoli tushunchalarining o'z ruhidagi poydo ma'naviy qadriyatlarga aylanishi uchun o'zgalar ibratida sinashi, bu yo'lda riyozat chekishi, ularga nisbatan ko'nglida mehr uyg'onishi zarur. Bunga turli yo'llar, turli vositalar bilan, birinchi navbatda yosh avlod tarbiyasiga samimiy (chin ko'ngildan) va izchil yondoshuv, tinimsiz izlanishlar bilan erishiladi [7]. Bu ham ayni haqiqatdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish" masalalari bo'yicha videoselektor yig'ilishi. 2019-yil 19-yanvar.

2. Коренюшкина Светлана Ильинична, Соловьев Кирилл Анатольевич. Суверенитет в эпоху глобализации: теория и практика // Общество. Среда. Развитие (Terra Humana). — 2015. — Andoza:Бсокр.

3. Novikova I. V. Globalizatsiya, gosudarstvo i rinok: retrospektiva i perspektiva vzaimodeystviya. - Mn.: Академия управления при Президенте Республики Беларусь, 2009.

4. "Dunyoning mafkuraviy manzarasi" mavzusida ma'naviyat tadbiri bo'lib o'tdi - Tashkent University of Information Technologies named after Muhammad al-Khwarizmi (tuit.uz).

5. Karimov I.A. O'zbekiston Konstitutsiyasi - biz uchun demokratik taraqqiyot yo'lida va fuqarolik jamiyatini barpo etishda mustahkam poydevordir. - Toshkent: O'zbekiston , 2009. - B. 29.

6. Boboev F. Milliy istiqlol mafkurasi va taraqqiyot. -Toshkent: Yangi asr avlodi, 2001. -B. 88.

7. Levitin L. O'zbekiston tarixiy burilish pallasida. -Toshkent: O'zbekiston, 2001. -B. 96.

8. Khakimovich A. A., Ulugbek V. Peculiarities of Formation of Exemplary Skills in Young People in the Conditions of Globalization //Eurasian Journal of Humanities and Social Sciences. - 2022. - Т. 15. - С. 17-21.

9. Eshqulov Q. et al. NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLARINING MEXANIZMLARI //Журнал истории и общества. - 2023. - №. 5.

10. Bahodir o'g V. U. et al. O 'ZBEKISTONDA NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLAR VA ULARNING MADANIY SOHADAGI FAOLIYATI YO 'NALISHLARI //TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI. - 2022. - С. 282-285.

11. Musinov N. AXBOROT URUSHIGA QARSHI KURASHNING ZARURATI VA AHAMIYATI //Innovative Development in Educational Activities. -2024. - Т. 3. - №. 4. - С. 94-98.

12. Bahodir o'g'li U. et al. AXBOROT OQIMI JADALLASHUVINING YOSHLAR MA'NAVIY-AXLOQIY QIYOFASIGA TA'SIRI VA MUAMMOLAR //Innovative Development in Educational Activities. - 2024. - Т. 3. - №. 2. - С. 141146.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.