Научная статья на тему 'DORIVOR QASHQARBEDA (MELLILOTUS OFFICINALIS DESCR) О‘SIMLIGINI YETISHTIRISH AGROTEXNOLOGIYASI.'

DORIVOR QASHQARBEDA (MELLILOTUS OFFICINALIS DESCR) О‘SIMLIGINI YETISHTIRISH AGROTEXNOLOGIYASI. Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
303
39
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Qashqarbeda / dukkakdoshlar / yetishtirish / kumarin / xom ashyo / dorivor va boshqalar.

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Rustam Muydinov Xasan O‘G‘Li, Shokirova Shoxsanam Azamatjon Qizi

Dorivor qashqarbeda о‘simligining preparatlari yumshatuvchi dori sifatida yaralarni davolash uchun qо‘llaniladi. Maqolada dorivor qashqarbeda о‘simligining tibbiyotda ishlatilishi va madaniy holda yetishtirish bо‘yicha olib borilayotgan izlanishlar natijasi keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DORIVOR QASHQARBEDA (MELLILOTUS OFFICINALIS DESCR) О‘SIMLIGINI YETISHTIRISH AGROTEXNOLOGIYASI.»

UO'K 615.19

DORIVOR QASHQARBEDA (MELLILOTUS OFFICINALIS DESCR) O'SIMLIGINI YETISHTIRISH AGROTEXNOLOGIYASI.

*Rustam Muydinov Xasan o'g'li 2Shokirova Shoxsanam Azamatjon qizi

JDorivor o'simliklar kafedrasi assistenti, Toshkent davlat agrar universiteti; Toshkent 2Dorivor o'simliklar yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi 3 - bosqich talabasi, Toshkent davlat agrar

universiteti; Toshkent. 1rustam.muydinov26@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.10082152

Annotatsiya. Dorivor qashqarbeda o'simliginingpreparatlari yumshatuvchi dori sifatida yaralarni davolash uchun qo'llaniladi. Maqolada dorivor qashqarbeda o'simligining tibbiyotda ishlatilishi va madaniy holda yetishtirish bo'yicha olib borilayotgan izlanishlar natijasi keltirilgan.

Kalit so'zlar: Qashqarbeda, dukkakdoshlar, yetishtirish, kumarin, xom ashyo, dorivor va boshqalar.

Аннотация. Препарати лекарственного растения Донник лекарственний применяют для обработки ран в качестве смягчаюшего средства. В стате представлени ресултати исследований по медитсинскому применению и вирашиванию лекарственного растения Донник лекарственний.

Ключевие слова: Донник лекарственний, бобовие, вирашивание, кумарин, сире, лекарственное растение и д.р.

Abstract. Medicinal herbs of yelow sweetclover are used to treat wounds as a emollient. The article pe resents the results of research on the medical use and cultivation of medicinal melilot.

Keywords: Yelow sweet-clover, legumes, cultivation, coumarin, raw material, medicinal end others.

Kirish. Dorivor o'simliklarga va ulardan olinadigan preparatlarga tibbiyotda kelajakda talabni yanada oshirishga asosiy sabablardan biri sintez yo'li bilan olingan har bir kimyoviy dorivor preparatni uzoq vaqt uzluksiz ravishda iste'mol qilish inson va hayvonlar organizmida turli ko'ngilsiz o'zgarishlarga olib kelishidir. Shunga ko'ra oxirgi vaqtlarda butun dunyoda o'simlik dorivor preparatlariga fitopreparatlarga va dorivor o'simliklarga ehtiyoj ko'paymoqda. Bu esa o'z navbatida farmakognoziya fanining ahamiyatini yanada oshishiga olib keladi.

O'zbekiston Rebpublikasi Prezidentining 2018 yil 12 oktabrdagi "O'zbekiston Respublikasida xalq tabobati soxasini tartibga solish chora tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3968 sonli qarori.[1]

O'zbekiston Respulikasi Prezidentining 2020 yil 10 apreldagi "O'zbekiston Respublikasida xalq tabobatini rivojlantirishga doir qo'shimcha chora - tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4668 sonli qaror.

O'zbekiston Respulikasi Prezidentining 2020 yil 10 apreldagi "Yovvoyi xolda o'suvchi dorivor o'simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish chora - tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4670-sonli qarorlari ning qabul qilinishi dorivor o'simliklarni madaniy xolda yetishtirishning davlat siyosati darajasigacha ko'tarilganligini bilishimiz mumkin. Dorivor o'simliklarni ko'paytirish va yetishtirishdan ko'zlangan asosiy maqsad - birinchi navbatda ona tabiatga zarar yetkazmaslik. Ya'ni har yili tabiatdan u yoki bu dorivor o'simlikni uzluksiz yig'ib olinishi,

ularning o'simliklarning umuman yo'qolib ketishiga olib keladi. Zeroki, har bir o'simlik tabiatda o'z o'rni bilan ma'lum axamiyat kasb etadi.[2]

Botanik tavsifi. Dorivor qashqarbeda (sariqbeda) - (Melilotus officinalis Desr.); dukkakdoshlar - Fabaceae oilasiga kiradi.

Ikki yillik, bo'yi 50-100 sm ga (ba'zan 2 m ga) yetadigan o't o'simlik. Ildizi sershox, o'q ildiz. Poyasi bitta yoki bir nechta, qirrali bo'lib, yuqori qismi shoxlangan. Bargi uch plastinkali murakkab barg, poyada bandi bilan ketma-ket o'rnashgan. Gullari mayda, sariq, shingilga to'plangan. Gulkosachasi yarmisigacha uchburchak lansetsimon shakldagi 5 bo'lakka qirqilgan.

Iyun-sentabr oylarida gullaydi, urug'i esa avgust oyidan boshlab yetiladi. [4,6]

Geografik tarqalishi. Yo'l yoqalarida, o'tloqlarda, ekinzorlarda o'sadi. Asosan Ukraina, Belorus, Moldova, Boltiq bo'yi davlatlar, Rossiyaning Yevropa qismida, G'arbiy Sibirda, Kavkazda va O'rta Osiyoda uchraydi.

Mahsulot tayyorlash. o'simlik gullaganda yer ustki qismi o'rib olinadi va soya yerda quritiladi. Qurigandan so'ng yanchib, barg va gullar ajratib olinadi, poyasi tashlab yuboriladi.

Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida 0,4-0,9% gacha kumarin, dikumarin (dikumarol), melilotin, melilotozid glikozidi, kumar va melilot kislotalar hamda 0,01% efir moyi bo'ladi.

Kumarin va qisman melilotin hidi mahsulotga xos yoqimli hidni beradi.

Ishlatilishi. Tibbiyotda yaralarni yumshatuvchi va ta'sirlovchi dori sifatida (yiringni so'rib olishda) qo'llaniladi. Dorivor qashqarbeda dikumarol qonni ivitmaydigan ta'sirga ega, u kumaringa nisbatan 1000-5000 marta kuchli ta'sir qiladi. O'simlik tarkibidagi kumarinlar markaziy asab tizimiga ta'sir etish xususiyatiga ega bo'lganligi uchun bolalarda tirishish kasalliklarida va uyqusizlikka qarshi vosita sifatida ishlatiladi. Xalq tabobatida nafas olish tizim kasalliklarida yutalga qarshi va yumshatuvchi, og'riq qoldiruvchi va tinchlantiruvchi sifatida ishlatiladi.

Dorivor qashqarbedani o'simligini yetishtirish texnologiyasi. O'zbekistonda tarqalgan barcha, tuproqlarda o'saveradi. O'simlik qurg'oqchilikka, sovuqqa va sho'rlanishga juda chidamli. Qashqarbeda dukkakli o'simliklar oilasiga mansub bo'lganligi uchun tuproqni biologik azot bilan boyitadi. Sho'rlangan tuproqlarga ekilganda sizot suvlarini pasaytiradi va sho'rlanish darajasini kamaytiradi. U asal beruvchi o'simlik ham hisoblanadi.

Urug'ning nav sifati deganda yeng avvalo, uning nav tozaligi yoki ifloslanish darajasi va tipikligi tushinilad. Navdor, toza (sof) urug'largina navning barcha belgi va xususiyatlarini, shu jumladan yuqori maxsuldorliginixam to'liq nasldan naslga o'tkazadi va yuqori hosil olishni ta'minlaydi. [5]

Urug'lar nav sifati bo'yicha nav tozalik darajasiga qarab uch kategoriya (toifa)ga, yani 1,2 va 3- toifaga ajratiladi. Ekinlarning nav tozaligi aprobatsiya o'tkazish yo'li bilan belgilanadi.

Qashqarbeda ikki yillik o'simlik bo'lib, bo'yi 75-200 sm ga yetadi. Qashqarbeda oziq-ovqatda va farmakologiyada dorivor o'simlik sifatida foydalaniladi. Uning guli va mevasidan xushbo'y kumarin moddasi olinadi. O'simlikni ekish uchun yerlarni kuzda 25-28 sm chuqurlikda shudgor qilinadi va 50-60 kg superfosfat o'g'iti bilan oziqlantiriladi.

1-Jadval. Dorivor qashqarbeda o'siligini ekish muddati va me'yori

Muddati 1000 dona urug' og'irligi, gr Toza Urug'larni Ekish meyori kg/ga Ekish chuqurligi sm

Pishib yetilish Terib olish urug' chiqishi, % ekishga tayyorlash usullari

Mevadan Kuz 12-

VII-IX IX 1.02-1.5 80-95 yong'oqchar ajratiladi 18kg/ga Baxor 7-8kg/ga 2-3

Qashqarbedani kuzda yoki erta bahorda urug'idan ko'paytiriladi. Uni har xil o'simliklardan bo'shagan yerlarda ekish mumkin. Davlat andozalariga sifati bo'yicha to'g'ri keladigan urug'lar ekiladi. Yerlarni boronalab, mola bilan tekislab urug'i erta bahorda don ekadigan mashinada ekiladi, gektariga 20-25 kg urug' sarflanadi. Ekish chuqurligi 2-3 sm dan oshmasligi kerak. Ko'pincha qashqarbeda qoplovchi ekinlar bilan qo'shib ekiladi. Uning o'suv davri 85-140 kun davom etadi.

2- jadval. Dorivor qashqarbeda o'simligini urug' unuvchanligini ekish muddatiga bog'liqligi

Ekish muddati Ekish vaqti, (oy) Urug' ekilgan sana Unib chiqish, %

mart 1.03.21 y 0

Baxor 15. 03.21y 70

aprel 01. 04.21y 0

15. 04.21y 65

oktabr 01.10.20y 0

15.10.20y 75

Kuz noyabr 01.11.20y 0

noyabr 15.11.20y 65

mart 20.03.2021y 85

Bahorda ekilgan o'simlik 5-6 kunda unib chiqadi. Shonalash davrida tez o'sib, sutkalik o'sishi 3-5 sm ga to'g'ri keladi. Erta bahorda o'sishi boshlanadi. Gullash davri 14-15 kun davom etadi. Mevasi yetilganda to'kiladi. Qashqarbedaga mineral azot ko'p ishlatilmaydi, chunki o'zi azot to'playdi. Shuning uchun ko'proq fosforli va kaliyli o'g'itlar talab qilinadi. Dastlabki rivojlanish davrida uning fosforga extieji katta. Bu davrda fosfor yetarli bo'lsa, keyingi davrlarda ham u yaxshi rivojlanadi. Kaliyning ta'siri fosforga nisbatan kam bo'ladi. Shu bois birgalikda qo'llanilsa yaxshi natija beradi. Qashqarbeda ekilgan tuproqlarning turi, unumdorligi, mexanik tarkibiga qarab vegetatsiya davomida 90-110 kg fosfor va 50-60 kg kaliy qo'llash tavsiya etiladi. Bu o'g'itlar organik o'g'itlarga qo'shib eki bir qismi ekishdan oldin va birinchi o'rimdan keyin berilsa uning rivojlanishi tezlashadi va hosildorligi yuqori bo'ladi. Tuproq tarkibida azot yetarli bo'lmasa, uning unumdorligi past bo'lsa, ekishdan oldin 40-50 kg azotli o'g'it solish tavsiya qilinadi. Qashqarbedani o'sishi va rivojlanishida mikro o'g'itlardan (molibden, bor va marganets) ham foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Mikroo'g'itlar boshqa mineral o'g'itlarga va uruqqa aralashtirilib solinadi. Qashqarbedani o'g'itlash sug'orishdan oldin amalga oshirilishi lozim.

Mahsulot tayyorlash. O'simlikni pichan uchun shonalash gullash davrida o'riladi. Urug'ini ikkinchi o'rishdan oldin yig'iladi. Dukkagi 30% yetilganda yig'ishga kirishiladi. Ularni don o'radigan kombaynlarda yanchib tozalab olish mumkin. Barg va gullar ajratib olinadi, poyasi tashlab yuboriladi. Urug'i 15% namligi bo'lganda yaxshi saqlanadi, bir o'rimdan gektaridan 1012 sentner urug' tayerlanadi. Qashqarbedani vegetatsiya davri davomida 5-6 marta sug'orish tavsiya etiladi.[6]

Xulosa va tavsiyalar. Qashqarbeda dorivor o'simliklar dehqonchiligida ahamiyati katta.

Qashqarbeda dorivor istiqbolli va qimmatli dorivor o'simlik hisoblanib, Respublikamizning

barcha tog' va tog'oldi hududlariga mexanik tarkibi yengil bo'lgan tuproqlarda yetishtirish

mumkin. O'simlikning suvga bo'lgan ehtiyoji yaxshi bo'lganligi uchun oqova suvlar yaqin

bo'lgan xududlarni tanlash maqsadga muvofiqdir.

REFERENCES

1. O'zbekiston Rebpublikasi Prezidentining 2018 yil 12 oktabrdagi "O'zbekiston Respublikasida xalq tabobati soxasini tartibga solish chora tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3968 sonli qarori.

2. O'zbekiston Respulikasi Prezidentining 2020 yil 10 apreldagi "O'zbekiston Respublikasida xalq tabobatini rivojlantirishga doir qo'shimcha chora - tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4668 sonli qarori.

3. O'zbekiston Respulikasi Prezidentining 2020 yil 10 apreldagi "Yovvoyi xolda o'suvchi dorivor o'simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish chora -tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4670-sonli qarori.

4. O'.Axmedov, A.Ergashev, A.Abzalov Dorivor o'simliklar va ularni yetishtirish texnologiyasi. Toshkent 2018.

5. O'zbekiston florasi 5 tom 45-49 b.

6. X.Xolmatov, O'.Ahmedov "Farmakognoziya" Toshkent 1997.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.