Научная статья на тему 'DORIVOR MAVRAKNING MORFOFIZIOLOGIKKO’RSATKICHLARI'

DORIVOR MAVRAKNING MORFOFIZIOLOGIKKO’RSATKICHLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
dorivor mavrak / o‘sish / rivojlanish / urug‘ soni / unuvchanlik / ekologik omillar. / medicinal salvia officinalis / growth / development / number of seeds / fertility / ecological factors.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Qodirova D.N.

surxondaryo viloyati tuproq-iqlim sharoitida dorivor mavrakning bioekologik va morfofiziologik xususiyatlari o‘rganildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MORPHOPHYSIOLOGICAL INDICATORS OF DRIVOR MAVRAK

In this article shows that growth of curative mawrak(salvia) in accordance with climate condition of termiz that they are fully adopted to local condition.

Текст научной работы на тему «DORIVOR MAVRAKNING MORFOFIZIOLOGIKKO’RSATKICHLARI»

Qodirova D.N.

TerDUBoshlang'ich ta'lim kafedrasi mudiri, dotsent, b.f.n. DORIVOR MAVRAKNING MORFOFIZIOLOGIKKO'RSATKICHLARI

Annotatsiya: surxondaryo viloyati tuproq-iqlim sharoitida dorivor mavrakning bioekologik va morfofiziologik xususiyatlari o 'rganildi.

Tayanch so'zlar: dorivor mavrak, o'sish, rivojlanish, urug' soni, unuvchanlik, ekologik omillar.

Kadirova D.N. associate professor Head of the Primary Education Department

TerDU

MORPHOPHYSIOLOGICAL INDICATORS OF DRIVOR MAVRAK

Abstract.In this article shows that growth of curative mawrak(salvia) in accordance with climate condition of termiz that they are fully adopted to local condition.

Key words:medicinal salvia officinalis, growth, development, number of seeds, fertility, ecological factors.

Dorivor mavrakning o'sish xususiyatlari. Nixolning o'sib rivojlanishi jarayoni natijasida unda yosh novdalar o'sib chiqadi va ular xam o'z navbatida shoxlay boshlaydi, bunday betuxtov shoxlanish natijasida o'simlikning shox-shabbasi xosil bo'ladi. Novda uch qismdan iborat bo'lib, barg birikkan joy novda bo'g'imi, ikkita bo'g'im oralig'i, novda bo'g'imidagi barg va poya orasidagi xosil bo'ladigan burchak, barg qo'ltig'i deb ataladi. [1].

Tadqiqotlarda Dorivor mavrakning urug' unuvchanligini o'rganish ikki sharoitda olib borildi: 1. Xona sharoitida urug' unuvchanligi. 2. Dala sharoitida urug' unuvchanligi.

Xona sharoiti muxitida Petri likopchasida namlangan qog'oz ustiga 20 donadan mavrak urug'lari ekildi. Tadqiqotlar 3 xil muddatda fevral, mart va aprel oylarida o'tkazildi (1.1-jadval).

1,1-jadval

Dorivor mavrak urug'larining unuvchaligi % (fevral, xona sharoiti)

№ Kuzatilgan kunlar

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10

unib chiqqan 3 7 11 16 20 11 9 6 4 1

urug'lar, %

Fevral oyida xona sharoitida urug'lar 5 kunda unib chiqishni boshladi. Urug'lar unib chiqishni boshlagan kunda 2%, maksimal darajada unib chiqish esa 10 kunda (89%) xamda 15 kundan so'ng urug'ar unib chiqishi kamaydi (1%). Shunday qilib xona sharoitida jami 89 % urug'lar unib chiqdi. Urug'ning unib chiqish energiyasi 15,7% ni tashkil etdi.

Introduksiya qilingan o'simliklarning qiymatini yog'ochining sifati, manzaralilik darajasi, sanitar-gigienik, biologik xususiyatlari bilan birga issiq va sovuqqa bardoshliligi ham belgilaydi. Shu sababli turli iqlim sharoitlarida o'simliklarning ekologik omilarga munosabati keng tadqiq qilingan. Ilmiy manbalarda keltirilishicha, o'simliklarning sovuqqa bardoshi turning genetik belgilari bilan mustahkamlangan xususiyatidir. O'simikning sovuqqa yoki issiqqa bardoshi odatda ekstremal sharoitda aniqroq namoyon bo'ladi. Qator tadqiqotlar o'simliklarning sovuq yoki issiqqa bardoshi uning yoshiga xam bog'lik ekanligini ko'rsatadi. Sovuqqa bardoshlilik o'simliklarning geografík kelib chiqishi bilan bog'liq. Shuningdek, tabiiy areali keng bo'lgan o'simliklar xam ekologik omillarga tez moslashuvchan va chidamli bo'ladi. Termiz sharoitida tez-tez takrorlanib turadigan qishki iliqliq va bahordagi kechki sovuq o'simliklarni iqlimlashtirishda jiddiy to'siq bo'ladi.

Sug'oriladigan dala sharoitida xam urug'larning unib chiqish ko'rsatkichlari nisbatan xona sharoitidagi natijalarga mos keldi. Tegishli muddatlarda sug'orilgan tuproqqa ekilgan urug'larning unuvchanligi ko'rsatkichi mos tarzda 45%, 39% va 35 % ni tashkil etdi. Dala sharoitida urug' unuvchanligining xona sharoitiga nisbatan pastligini tuproq-iqlimning ta'siri bilan izohlan mumkin. Ta'kidlanganidek, sutka mobaynida havo va tuproq harorati keskin o'zgarib turadi. Kunduzi o'rtacha havo harorati 30-350C bo'lsa, kechki paytlarda 12-180C ga etadi. Bu esa urug'ning unib chiqishi uchun zarur haroratni o'z vaqtida to'plashiga xamda murtakning unishiga noqo'laylik to'g'diradi.

Dorivor mavrak ildizining o'sishi har 5 kunda tekshirilib borildi. Urug' unib chiqqandan 5 kundan so'ng asosiy ildiz uzunligi 1,5 sm va diametri 0,2 sm, urug'palla esa 0,3 sm va 0,2 sm, gipokotil ham 0,3 sm va 0,2 sm, hamda 0,2 sm va 0,2 sm ni tashkil etdi. Ildiz tizimining jadal o'sa boshlashi urug' unib chiqqandan so'ng 20 kundan keyin aniqlandi.

Dorivor mavrak fenologiyasi.Dala sharoitida urug'larning unishi ikki hil muddatda o'rganildi: kuzda (20.10.2018) va baxorda (25.03.2019). Bu tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, har ikki variantda ham urug'lar undi, ammo kuzda ekilganda urug'larning unib chiqish foizi bahorda ekilgan variantdagidan ko'proq bo'ldi (mos ravishda 45-55 % va 25-35 %). Har xil yoshdagi va har xil sharoitdagi o'simliklarda gullar sonining har xilligi kuzatildi Fenologik kuzatishlar nafaqat turli fazalarning o'tish muddatlarini belgilashda, balki o'simliklarning chidamliligi, mahsuldorigi, manzaraliligi, shuningdek, ulardagi hayotiy jarayonlarning maromini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Turli geografik joylardan kelib chiqqan turlar vegetatsiya davrini ma'lum ketma ketlikda

boshlaydi, bu esa baxorning qanday kelishidan. Qat'iy nazar saqlanib qoladi. Xaroratning asosiy omil bo'lgani xolda mazkur jarayon o'simlikning tabiiy arealida mustaxkamlangan genotipik xususiyatlar tomonidan boshqarib boriladi. O'simlikning mavsumiy rivojlanish maromi tashqi muxit ta'sirida turning tarixiy taraqqiyotini aks ettiradi. Xar yilgi meteorologik omillar (issiqlik, yog'ingarchilik, atmosferaning nisbiy namigi va boshqalar) o'simlikning mavsumiy rivojlanishiga o'z ta'sirini ko'rsatib turadi. Introduksiya sharoitida o'simlikning tabiiy arealidagi sharoitiga mos kelganda, ularning yaxshi iqlimlashganligi qayd qilingan. Turli o'simliklar baxorgi vegetatsiyani turli paytda boshlaydi. Ko'plab ilmiy manbalarda u yoki bu turga mansub o'simliklar mavsumiy rivojlanish davrini foydali xarorat yig'indisi ma'lum darajaga etdi.

Dorivor mavrakni shifobaxsh xususiyatlari.Yangi mevalaridan olingan suvini me'da va o'n ikki barmoq ichak yara kasalligida, gipoatsid gastritlar, spastik kollitlarda buyuriladi, yuqori nafas yo'llari kasalliklarida asalga aralashtirib beriladi. Qandli diabet, revmatizm, podagra, limfa bezlari sili, sistit, buyrak-tosh kasalligi, shamollash kasalliklarida, shuningdek siydik haydovchi vosita tariqasida qoraqat barglarini damlab, choy o'rnida ichish buyuriladi. Dorivor mavrakni kurtaklari bilan mevalarini musallasga solib damlab ichilsa, surgi bo'ladi. Shakar sepib yeyilsa odam ko'ngli ochilib, ruhi tetiklashadi. [2,3]

Dorivor mavrakning barglaridan tayyorlangan damlama siydik haydovchi hamda buyrakdagi toshlarni tushiradi. Tibbiyotda qora qoraqat mevasi va bargiday eczema, bo'g'im og'riqlari, furunkul yaralar, buyrak - tosh kasali, sistit, shamollash kasalliklarini davolashda ishlatiladi. C vitamin yetishmaganda, singa, kamqonlik enterontolitda muntazam iste'mol qilinadi gipertonik kasali bilan kasllangan bemorlarga har kuni 200- 250 g qora Dorivor mavrakning yangi uzilgan mevasini iste'mol qilish anemiya kamqonlik kassalida muntazam ravishda mevasini, sharbatini iste'mol qilish tavsiya etiladi. Qandli diabet bilan kasallangan bemorlarga quyidagicha iste'mol qilish tavsiya etiladi: 1 oshqoshiq (20 g) soyada quritilgan qora qoraqat barglarini 1 stakan qoynoq suvga solib 1520 minut tindiriladi va ovqatdan oldin kuniga 3-4 marta iste'mol qilinadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Amonova G. R., Rashidov N. E. Useful Properties of Medicinal Chamomile (Matricaria Recutita) //European journal of innovation in nonformal education. -2024. - Т. 4. - №. 4. - С. 130-132.

2. Baxriddinovna R. U., Musurmonovich F. S. Soybean-as a source of valuable food //Texas Journal of Multidisciplinary Studies. - 2022. - Т. 6. - С. 165-166.

3. Байкова Е.В., Королюк Е.А., Ткачев А.В. Компонентный состав эфирных масел некоторых видов рода Salvia L., выращенных в условиях Новосибирска (Россия) // Химия растительного сырья, 2002. № 1.С. 3742.

4. Baxriddinovna R. U., Musurmonovich F. S. Maktabda tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, san'at va matematika fanlarini uyg 'unlikda o 'qitishning afzalliklari //nazariy va amaliy fanlardagi ustuvor islohotlar va

zamonaviy ta'limning innovatsion yo'nalishlari. - 2024. - T. 1. - №. 4. - C. 259263.

5. Musurmonovich F. S., Baxriddinovna R. U. Oqsil taqchilligini ta'minlashda soya o 'simligining o 'mi //Nazariy va amaliy fanlardagi ustuvor islohotlar va zamonaviy ta'limning innovatsion yo'nalishlari. - 2024. - T. 1. - №. 4. - C. 254258.

6. Normuminovna Q. D., Musurmonovich F. S. Bioecological Properties of Salvia Officinalis L //Texas Journal of Multidisciplinary Studies. - 2022. - T. 6. - C. 249-252.

7. Musurmonovich F. S. Bug'doy navlarining gullash fazasida suv almashinuv xususiyatlari //Nazariy va amaliy fanlardagi ustuvor islohotlar va zamonaviy ta'limning innovatsion yo'nalishlari. - 2024. - T. 1. - №. 5. - C. 578-583.

8. Musurmonovich F. S. Dorivor mavrakning bioekologiyasining o'ziga xos xusussiyatlari //Nazariy va amaliy fanlardagi ustuvor islohotlar va zamonaviy ta'limning innovatsion yo'nalishlari. - 2024. - T. 1. - №. 5. - C. 571-577.

9. Fozilov S. The effect of drought on the water regime in the leaves of soybean varieties //Science and innovation in the education system. - 2023. - T. 2. - №.

9. - C. 25-28.

10. Fozilov S. Effect of stress factors on some physiological parameters of soybean plant //Science and innovation in the education system. - 2023. - T. 2. -№. 7. - C. 722-74.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.