Научная статья на тему 'CHIA (Salvia hispanica) O‘SIMLIGINING FOYDALI XUSUSIYATLARI'

CHIA (Salvia hispanica) O‘SIMLIGINING FOYDALI XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

186
33
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Chia / moslashuvchanlik / urug‘lar tarkibi / foydali elementlar / urug‘ univchanligi / adaptability / seed composition / beneficial elements / seed viability

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Gulsevar Farxod Qizi Meliyeva

Ushbu maqolada muhim dorivor o‘simlik ekinlaridan biri Chia (Salvia hispanica) haqida va uning inson organizmi uchun foydali xususiyatlari, oziq-ovqat hamda sanoatda foydalanishi, urug‘lari tarkibida mavjud foydali elementlar, vitaminlar bo’yicha bayon etilgan. Shu bilan bir qatorda Chia o‘simligi urug‘larining laboratoriya sharoitida unuvchanligi o‘rganilib, bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article describes about one of the important medicinal plants of chia crops (Salvia hispanica) and its beneficial properties for the human body, food and industrial use, beneficial elements and vitamins contained in its seeds. In addition, the germination of chia plant seeds in laboratory conditions has been studied and described.

Текст научной работы на тему «CHIA (Salvia hispanica) O‘SIMLIGINING FOYDALI XUSUSIYATLARI»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

CHIA (Salvia hispanica) O'SIMLIGINING FOYDALI XUSUSIYATLARI

Gulsevar Farxod qizi Meliyeva

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali talabasi

Ushbu maqolada muhim dorivor o'simlik ekinlaridan biri Chia - (Salvia hispanica) haqida va uning inson organizmi uchun foydali xususiyatlari, oziq-ovqat hamda sanoatda foydalanishi, urug'lari tarkibida mavjud foydali elementlar, vitaminlar bo'yicha bayon etilgan.

Shu bilan bir qatorda Chia o'simligi urug'larining laboratoriya sharoitida unuvchanligi o'rganilib, bayon etilgan.

Kalit so'zlar: Chia, moslashuvchanlik, urug'lar tarkibi, foydali elementlar, urug' univchanligi

This article describes about one of the important medicinal plants of chia crops (Salvia hispanica) and its beneficial properties for the human body, food and industrial use, beneficial elements and vitamins contained in its seeds.

In addition, the germination of chia plant seeds in laboratory conditions has been studied and described.

Keywords: adaptability, seed composition, beneficial elements, seed viability

Kirish. Dunyo qishloq xo'jaigida Chia (Salvia hispanica) muhim dorivor ekinlaridan biri hisoblanadi. Urug'lar tarkibida inson tanasi ishlab chiqaradigan gormonlarga o'xshash ko'p miqdorda fitoestrogenlar mavjud. Ular qonda yomon xolesterin kontsentratsiyasini kamaytiradi. Shunday qilib, yurak va qon tomirlarining xavfli kasalliklarining oldini olishda ahamiyatli hisoblanadi.

Chia dunyo miqyosida keng tarqalgan noa'nanaviy o'simliklar ichida 1 -o'rinni egallaydi. Chia Yalpizdoshlar oilasiga (Lamiaceae) mansub vatani markaziy va janubiy Meksika hisoblanadi. Chia faqat ekologik toza sharoitda yashaydi: Avstraliya, Ekvador, Gvatemala, Argentina, Boliviya kabi davlatlarda ko'p miqdorda ekiladi. Eng yirik ishlab chiqarish markazi Meksikada joylashgan bo'lib: Yaponiya, AQSh va Evropa davlatlariga chia urug'larini eksport qiladi.

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Chia tropik va subtropik mintaqalarda tabiiy ravishda o'sadi. Chia urug'lari 1 -2 sm chuqurlikda tuproq bilan to'ldirilgan idishga ekiladi. O'sib chiqqan nihollar dala ekin maydoniga ko'chiriladi. O'simliklar orasidagi masofa 50 - 60 sm, ekish chuqurligi 2 - 3 sm bo'lishi kerak, Chia issiqlikni yaxshi ko'radigan o'simlik bo'lgani uchun uni yoz oylarida yetishtiriladi. O'simlikni may - iyun oylarida ekib, harorat 3540 0C darajaga yetguncha issiqlikga bardosh bera oladi, bu o'simlikning pishishi avgust - sentabr oylarida to'g'ri keladi.

Chia urug'lari sog'lom turmush tarzi tarafdorlari tomonidan "superfood" sifatida iste'mol qilinadi. Ushbu mahsulot tarkibi tanani ko'plab oziq moddalar bilan ta'minlaydi, ortiqcha vaznni kamaytirishga yordam beradi va ba'zi organ tizimlarining normal ishlashiga imkon beradi, suv va mineral tuzlar balansining normal ko'rsatkichlariga olib keladi, yurak mushaklarini ortiqcha yuklanishdan himoya qiladi, gormonal muvozanatni normallashtiradi, ichak va boshqa ovqat hazm qilish organlarining faoliyatini yaxshilaydi, anemiya rivojlanishining oldini oladi.

Chia urug'ining kaloriya tarkibi Chia urug'ining energiya qiymati 100 g mahsulot uchun 486 kkal. Bu juda katta ko'rsatkich, bu shuni ko'rsatadiki, bu mahsulotni oz miqdorda bo'lsa ham tanaga energiya berishi mumkin. Bu kaloriya qiymati mahsulotda ko'p miqdorda o'simlik yog'i borligini ko'rsatadi. Biroq, bunday yuqori kaloriya qiymatiga qaramay, chia urug'lari uiste'mol qilishda me'yor darajasida foydalanish organizmga foyda keltirishi mumkin.

Foydalanilgan materiallar va usullar.

Tajribalar Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali, O'simlikshunoslik va meva-sabzavotchilik kafedrasi huzurida tashkil etilgan laboratoriyada amalga oshirildi. Chia o'simligi urug'larning unuvchanligini dala sharoitida o'rganishdan oldin ularni unib chiqish quvvati va unuvchanligini laboratoriya sharoitida o'rganildi. Bunda chia urug'lari laboratoriya sharoitida, termostatda, har bir Petri idishlarda 100 donadan filtr qog'ozda ekilgan urug'larning unib chiqish quvvati va unuvchanligi GOST 12037. talabi bo'yicha 4 qaytariqda aniqlandi.

Laboratoriya sharoitida GOST 12038-84 talabi bo'yicha chia urug'lari ekilgandan so'ng unib chiqish quvvati 3 kunda va laboratoriya unuvchanligi 7 kunda aniqlandi.

Olingan natijalar va ularning tahlili.

Dala ekinlarini o'sishi, rivojlanishi va hosildorligini o'rganishda urug'larni unuvchanligini, ayniqsa laboratoriya

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

unuvchanligini aniqlash katta ahamiyatga ega. Olingan ma'lumotlarga ko'ra chia urug'larining unib chiqish quvvati bo'lib o'rtacha 84,7 % ni, urug'larning laboratoriya unuvchanlagi 98,4 % ni tashkil etdi (1-jadval).

Laboratoriya sharoitida olib borilgan tahlillar asosida Chia urug'larini unib chiqish quvvati va laboratoriya unuvchanligi yuqori bo'lishi dala tajribalari olib borish yuqori samara berishi mumkinligi ko'rsatadi.

1-jadval

Laboratoriya sharoitida chia urug'lari unuvchanlik ko'rsatkichlari

№ Qaytariqlar Unib chiqish quvvati, % Laboratoriya unuvchanligi, %

1 I 85,4 98,3

2 II 83,7 97,9

3 III 85,2 99,1

4 IV 84,3 98,2

O 'rtacha 84,7 98,4

Xulosalar

Adabiyotlar tahlili hamda ushbu ekinning qimmatli foydali hususiyatlari, biologiyasi hamda Samarqand viloyati tuproq iqlim sharoitlarida o'stirish imkoni mavjudligini ko'rsatadi. Laboratoriya sharoitida chia urug'larining unib chiqish quvvati 84,7 % ni, urug'larning unuvchanlagi 98,4 % ni ko'rsatishini hisobga olib, mavsum davomida ushbu ekinning o'sish va rivojlanishi, biometrik o'lchov ishlarini olib borish hamda optimal ekish muddati hamda me'yorlari bo'yicha dala tajribalarini o'tqazish bo'yicha rejalar tasdiqlandi

REFERENCES

1.Байкова Е.В. Закономерности морфологической эволюции шалфеев (Salvia, Lamiaceae ) //Автореф. дисс. док. биол. наук.- Москва, 2005. -36 с.

2. Сафаров, К.С. Сафаров// ЧИА УСИМЛИГИНИНГ (ИСПАН МАВРАГИ -SALVIA HISPANICA L. ) БИОЭКОЛОГИК ХУСУСИЯТЛАРИГА УСТИРИШ ШАРОИТЛАРИНИНГ ТАЪСИРИ4. Абдурахманова М., Сафаров К.С.-ИСПАН МАВРАГИ - ЧИЯ (SALVIA HISPANICA L.) -ИСТЩБОЛЛИ ШИФОБАХШ УСИМЛИКНИНГ ИНТРОДУКЦИЯСИГА ОИД МАЪЛУМОТЛАР//

May 12-13

663

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.