Научная статья на тему 'DON VA DUKKAKLI DON MAHSULOTLARI YETISHTIRISHNI RIVOJLANTIRISHDA KOOPERATSIYANINING OʻRNI'

DON VA DUKKAKLI DON MAHSULOTLARI YETISHTIRISHNI RIVOJLANTIRISHDA KOOPERATSIYANINING OʻRNI Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kooperatsiya / klaster / bozor iqtisodiyoti / xomashyo / mahsulot / intergratsiya / oziq-ovqat / sanoat / hususiy sektor / bozor subyekti

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Beglayev Uchqun Xurramovich, Sharifova Durdona

Maqolada mamlakatimizda don va dukkakli don mahsulotlari sohasini kengaytirish, takomillashtirish, don va dukkakli don mahsulotlarini yetishtirish rivojlanish dinamikasi. Mamlakatda don va dukkakli don mahsulotlarini yetishtirish sohasida don va dukkakli don mahsulotlari kooperatsiyalarini tashkil etishdagi muammolar, va ularning yechimi hamda kooperatsiyalarni rivojlantirish masalalari yoritildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DON VA DUKKAKLI DON MAHSULOTLARI YETISHTIRISHNI RIVOJLANTIRISHDA KOOPERATSIYANINING OʻRNI»

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

DON VA DUKKAKLI DON MAHSULOTLARI YETISHTIRISHNI RIVOJLANTIRISHDA KOOPERATSIYANINING ORNI

1Beglayev Uchqun Xurramovich, 2Sharifova Durdona

1Toshkent davlat agrar universiteti dotsenti 2Toshkent davlat agrar universiteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11402704

Annotatsiya. Maqolada mamlakatimizda don va dukkakli don mahsulotlari sohasini kengaytirish, takomillashtirish, don va dukkakli don mahsulotlarini yetishtirish rivojlanish dinamikasi. Mamlakatda don va dukkakli don mahsulotlarini yetishtirish sohasida don va dukkakli don mahsulotlari kooperatsiyalarini tashkil etishdagi muammolar, va ularning yechimi hamda kooperatsiyalarni rivojlantirish masalalari yoritildi.

Kalit so'zlar: Kooperatsiya , klaster, bozor iqtisodiyoti , xomashyo , mahsulot , intergratsiya, oziq-ovqat, sanoat ,hususiy sektor, bozor subyekti.

Abstract. In the article, the dynamics of the expansion, improvement of the field of cereals and legumes in our country, the development of the production of cereals and legumes. The problems in the organization of grain and legumes cooperatives in the field of grain and legumes production in the country, and the issues of their solution and the development of cooperatives were covered.

Keywords: Cooperative , cluster,market economy , raw material, product, intergration , food, industry private sector, market entity.

Mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga o'tish jarayonida olib borilayotgan, rejalashtirilayotgan istiqbol rejalarning asosiy qismi, sanoat sohasini kengaytirish va takomillashtirish, bozor subyektlari tarkibida xususiy sektorni miqdorini oshirish, bozor subyektlari tashkil etishda agrosanoat klaster-kooperatsiyalarini xususiy holatda xorij mamlakatlar tajribasidan kelib chiqqan holda tashkil etish asnosida integratsion jarayonlarni takomillashtirish ko'zda tutilgan. Don va dukkakli don mahsulotlarini yetishtirish hamda ishlab chiqarish majmuida kooperatsiyalarni tashkil etishda birqancha maqsadlar ko'zlangan bo'lib, xususiy sektorni shakllashtirish, aholini sifatli mahsulot bilan ta'minlash, bosh ish o'rinlarini yaratish, qo'shilgan qiymat zanjirini shakllantiri sh shular j umlasidandir.

A.V.Chayanovning fikriga ko'ra «Kooperatsiyada kapital xo'jayin emas, aksincha u xizmatkor. Kooperatsiya dehqonga nafaqat foyda olishni ta'minlashda yordam berishi lozim, balki uning bilimlarini, malakasini oshirishga ham xizmat ko'rsatishi kerak» ekanligi ta'kidlanadi. Kooperatsiyaning muhim iqtisodiy mohiyati asosini - kooperatsiyaga birlashishdagi erkin subyektlar ixtiyoriyligi, koopersiya munosabatlarini boshqarishdagi demokratiya, kooperatsiya natijasida olinadigan foydani taqsimlashdagi iqtisodiy adolat tamoyili ekanligi ko'rsatib o'tiladi. Bugungi kunda ham A.V.Chayanovning qishloq xo'jaligidagi kooperatsiyasi mohiyatiga bergan ta'rifidagi - kooperatsiyaning qishloq xo'jaligidagi mayda tovar ishlab chiqaruvchilarga o'z mustaqil balansiga ega bo'lgan, mustaqil xo'jalik yurituvchi subyekt sifatidagi maqomini yo'qotmagan holda, birgalikda ko'proq iqtisodiy samara olishni ko'zlab hamkorlik qilish masalasi ekanligi o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q. Iqtisodchi olimlar o'rtasida kooperatsiyaning iqtisodiy mohiyatiga turlicha ta'riflar berilgan. Jumladan, I.N.Buzdalov, «Kooperatsiya turli xo'jalik yurituvchi subyektlarning birgalikdagi faoliyati bo'lib, u o'zida shaxsiy, jamoa va ijtimoiy

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

manfaatlarni birlashtiradi, alohida insonlarning ijodiy mehnatini rag'batlantiradi. Ayni paytda insonning ijtimoiy kafolati bilan birga, sotsial himoyasini ta'min etadi» deb fikr yuritadi.

Qishloq xo'jaligi kooperatsiyasi va agroklaster sohasida normativ-huquqiy baza shakllantirilgan. Bular, xususan, "Kooperatsiya to'g'risida", "Qishloq xo'jaligi koperativi (shirkat xo'jaligi) to'g'risida"dagi qonun va boshqa huquqiy-me'yoriy hujjatlaridir.

Mamlakatimizda don va dukkakli don mahsulotlar kooperatsiyalari - bu ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalarining birlashishi negizidagi istiqbolidir.

Mamlakatimizda don va dukkakli don mahsulotlarini eksporti bo'yicha yetakchi mamlakatlar qatorida kengayib bormoqda. Sohaning yanada rivojlanishi, kengayishida yetakchi mamlakatlarda o'zini oqlagan yangi tizimlar klaster-kooperatsiya tizimilarining rivojlanishiga katta e'tibor qaratilmoqda.

Qishloq xo'jaligi kooperativi iqtisodiyotni boshqarishning tashkiliy-huquqiy shakllaridan biridir. Bu qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilari tomonidan birgalikda ishlab chiqarish yoki boshqa iqtisodiy faoliyat uchun tashkil etilgan, ularning mulkiy ulushlarini birlashtirishga asoslangan tashkilotdir moddiy va boshqa ehtiyojlarni qondirish uchun badallar kooperativ a'zolari. Kooperativning asosiy a'zolarining birgalikdagi faoliyati qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va sotish ularning shaxsiy mehnatiga asoslangan holda olib boriladi. Kooperativlarning boshqa tashkiliy huquqlar, tashkilot hamda subyektlarga nisbatan afzalliklari keng qamrovlidir.

Donli dukkakli ekinlar foydalanish uchun yetishtiriladi oziq-ovqat, yem-xashak va texnik maqsadlar, ularning asosiy qiymati urug'lardagi yuqori protein tarkibiga bog'liq madaniyatdan 20 dan 50% gacha va quruq moddada 18-19% gacha bo'lgan yashil massa.

Respublikamizning qariyb barcha viloyat hududlari tabiiy-iqlim sharoiti don va dukkakli ekinlar yetishtirish mumkin hamda mamlakatimiz hududlari bo'yicha don va dukkakli mahsulotlarni yetishtirish, sotish, qayta ishlash, saqlash borasida aniq bir ixtisoslashuv mavjud.

2023-yilda respublika bo'yicha jami donli ekinlar ekilgan maydoni 1 546,3 ming gektarni tashkil etdi. Xo'jalik toifalari bo'yicha tahlil qilinganda, ekilgan don ekinlari umumiy maydonining 74,7 % i fermer xo'jaliklariga, 10,0 % i - dehqon va tomorqa xo'jaliklariga, 15,3 % i - qishloq xo'jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to'g'ri kelganligini ko'rsatmoqda.

Olib borilgan tadqiqotlarning ko'rsatishicha, respublikada don va dukkakli ekinlar yetishtirish miqdorlari 2007-2023 yillarda barcha toifadagi xo'jaliklar bo'yicha o'sgan. Don va dukkakli ekinlar yetishtirish mahsulotlari ekin maydonlari 2007 yildagi 1538,9 ming gektar o'rniga 2023 yilga kelib 1546,3 ming gektarni tashkil qilgan va ushbu yillar davomidagi o'sish 100,4% foizga teng bo'lgan. O'rtacha hosildorlik esa mos ravishda 6771,8 ming tonnadan 8426,6 ming tonnaga ortib, umumiy o'sish 124,4 foizni tashkil qilgan. Natijada yetishtirilgan yalpi hosil miqdori 2007 yildagi 6771,8 ming tonna o'rniga 2023 yilda 8426,6 ming tonnani tashkil qilgan va yalpi o'sish 1,3 martadan ortiqni tashkil qilgan.

Yurtimizda don va dukkakli ekinlar yetishtirish borasidagi tendensiyada Farg'ona, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlari peshqadam bo'lib turibdi. Jumladan, don ekinlarini yetishtirish bo'yicha hududlar o'rtasida yetakchi bo'lgan Farg'ona viloyati umumiy hajmdagi ulushi 11,0% ni tashkil etib, 926,7 ming tonna, Samarqand viloyati umumiy hajmdagi ulushi 10,7% qiymati qariyb 900,3 ming tonna mahsulot yetishtirilgan bo'lsa, Qashqadaryo esa 9,7 % bilan 816,5 ming tonna don ekinlari yetishtirilgan.

2019-2022 - yillar kesimida O'zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog'iston Respublikasida ishlab chiqarilgan don va dukkakli ekin mahsulotlari.

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

Hududlar kesimi Yetishtirilga n ekin turlari Yillar kesimi 2022 yilda 2019 yilga nisbatan, (%)

2019 2020 2021 2022

O'zbekiston Respublikasi Donli ekinlar 7437, 8 7636 7634, 6 7990, 5 106,5

Qoraqalpog'iston Respublikasi 293,4 278 271,1 312,2 104,1

O'zbekiston Respublikasi Dukkakli ekinlar 339,6 401, 6 439,8 469,5 1213,1

Qoraqalpog'iston Respublikasi 6,1 8,1 14,8 25,1 64,9

Yetishtirilgan donning jami hajmi fermer xo'jaliklari ulushi 610,1 ming tonnani tashkil etsa, dehqon va tomorqa xo'jaliklari 14,5 ming tonna, qishloq xo'jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar 27,1 ming tonna, bu qiymatlar ishlab chiqarilgan mahsulotlar xo'jalik toifalari bo'yicha taqsimlanishi, ya'ni ayni qiymatlarga foiz ulushida qaraydigan bo'lsak, fermer xo'jaliklari 93,6 %, ulushni egallasa, dehqon va tomorqa xo'jaliklari 2,2%, qishloq xo'jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar 4,2% qiymatni tashkil etgan. Ammo e'tiborga molik jihat shundaki o'sish suratida esa aynan qishloq xo'jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar peshqadam bo'lib, 112,8% ni tashkil etadi.

O'zbekiston sanoat ishlab chiqarishida yengil va oziq-ovqat sanoatining ham ulushi katta . Ayniqsa mamlakat sanoat tarmoqlari orasida qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi va agrosanoat majmuyiga xizmat ko'rsatuvchi tarmoqlar tarixan yetakchi mavqega ega. Bular : paxta tozalash, pillani qayta ishlash, shoyi (atlas) to'qish, vino materiallari konserva mahsulotlari, o'simlik yo'Ii va boshqa sanoat turlaridir. Jumladan, yoqilg'i va elektr-energetika sanoati birlikda yoqilg'i energetika majmuini, mashinasozlik sanoat tarmoqlari mashinasozlik majmuini, qora va rangli metallurgiya majmuyini, yengil va oziq-ovqat sanoatlari aholi keng istemol qiladigan mollar ishlab chiqarish majmuini tashkil etadi. Umuma don mahsulotlari nafaqat mamlakatimiz hududida balki, butun dunyo mamlakatlarining asosiy ozuqa zanjiri hisoblanadi. Mamlakatimizda eng ko'p salmoqda yetishtiriluvchi don va dukkakli mahsulotlarni saqlash, qayta ishlash, sotish, qo'shimcha qiymat zanjirini tashkil etish kabi ko'plab vazifalarni o'zida mujasam etgan agrosanoat klaster-kooperatsiyalarini tashkil etish, safini kengaytirish, takomillashtirish negizida jahon bozorini egallash, jahon standartlariga javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqarish, aholini asosiy qismini sanoat sektorida band etish, import hajmini qisqartirib, eksportyor davlatlar ro'yxatidan o'rin olish kabi maqsadlar yotadi. 2024 yilning 16-aprel sanasida mamlakatimiz Prezidentining Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risidagi qarorida ham shu masalalarda ko'plab maqsad va vazifalar oldinga qo'yilgandi.

- raqamli innovatsion texnologiyalarga asoslangan "Agrosanoat" ko'p tarmoqli agrologistika majmualarini har tomonlama qulay joylarda tashkil etish. Ushbu majmuada barcha sharoitlar yaratilgan bo'lib, ya'ni mahsulot sotish, saqlash, qayta ishlash, qadoqlash, eksportgacha bo'lgan barcha jarayonlar tizimini yaratish, biolaboratoriya xizmati, standartlashtirish.

- don va dukkakli mahsulotlarni qayta ishlangan mahsulotlarning sifati va xavfsizligiga qo'yiladigan talablarni tartibga soluvchi huquqiy me'yoriy-texnik hujjatlarni ishlab chiqish

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

- yuqori malakali agronom biologlarni don va dukkakli mahsulotlarning to agrosanoat majmualarigacha yetib kelguniga qadar nazoratga oluvchi guruhlarni shakillantirish asnosida, jahon standartlariga javob beradigan hom-ashyonni olish.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning hozirgi bosqichida ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish, don va dukkakli mahsulotlarni uzoq muddat barqaror rivojlanishini ta'minlab, tarmoq samaradorligini oshirish orqali oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan talabni qondirish, uning xavfsizligini ta'minlash, eksport geografiyasini kengaytirish hamda xalqimizning turmush sharoitini oshirish imkonini beradi.

REFERENCES

1. S.S.Ravshanov, J.D.Mirzayev "Don va don mahsulotlari ekspertizasi" Darslik "O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi" nashriyot matbaa birlashmasi Toshkent - 2020 - 170-bet.

2. Чаянов.А.В. Основние идеи и форми организатсии селскохозяйственной кооператсии. - Москва. -1927. - 357 c.

3. Буздалов.И.Н. Возрождение кооператсии. - М.: Экономика.-1990. -81 c.

4. Н. В. Ермалинская, Е. А. Кожевников Кооперация в агропромышленном комплексе Гомель 2016.192-с

5. Sh.Yakubova, J.Qosimov "Meva-sabzavotchilik sohasini rivojlantirisda kooperatsiya tizimini tashkil etishning iqtisodiy asosi" "Iqtisodiyot va turizm xalqaro ilmiy va innovatsion" jurnali No5(7)2022.

6. В. Г. Таранухо, С. С. Камасин, А. А. Пугач, А. Ф. Таранова Зерновые бобовые культуры . - Горки : БГСХА, 2014. - 56 с.

7. https://stat.uz/uz/

8. https://www.lex.uz/uz/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.