Научная статья на тему 'DOIRA CHOLG‘USIDA SOZGARLIK SAN’ATI AN’ANALARI'

DOIRA CHOLG‘USIDA SOZGARLIK SAN’ATI AN’ANALARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
93
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Musiqiy cholg‘ular / doyra / tut / o‘rik / yong‘oq / ritmik / dinamik / nog‘ora. / Musical instruments / doira / mulberry / plum / walnut / rhythm / dynamics / drum.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — N. Zakirov

Ushbu maqolada doira cholg‘usi, sozgarlik san’ati, doira cholg‘usining yasalish jarayonlari haqida ma’lumotlar keltirib o‘tiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TRADITIONS OF MUSICAL ART ON THE INSTRUMENT DOIRA

This article provides information about the musical instrument “doyra”, the manufacture of the instrument, the process of manufacturing the instrument “doyra”.

Текст научной работы на тему «DOIRA CHOLG‘USIDA SOZGARLIK SAN’ATI AN’ANALARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

DOIRA CHOLG'USIDA SOZGARLIK SAN'ATI AN'ANALARI Zakirov Nodir Baxtiyorovich

Yunus Rajabiy nomidagi O'zMMSI "Maqom cholg'u ijrochiligi " kafedrasi o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7296825

Annotatsiya. Ushbu maqolada doira cholg'usi, sozgarlik san'ati, doira cholg'usining yasalish jarayonlari haqida ma'lumotlar keltirib o'tiladi.

Kalit so'zlar: Musiqiy cholg'ular, doyra, tut, o'rik, yong'oq, ritmik, dinamik, nog'ora.

ТРАДИЦИИ МУЗЫКАЛЬНОГО ИСКУССТВА НА ИНСТРУМЕНТЕ ДОИРА

Аннотация. В данной статье представлена информация о музыкальном инструменте «доира», изготовлении инструмента, процессе изготовления инструмента «доира».

Ключевые слова: Музыкальные инструменты, доира, шелковица, слива, орех, ритм, динамика, барабан.

TRADITIONS OF MUSICAL ART ON THE INSTRUMENT DOIRA

Abstract. This article provides information about the musical instrument "doyra", the manufacture of the instrument, the process of manufacturing the instrument "doyra".

Keywords: Musical instruments, doira, mulberry, plum, walnut, rhythm, dynamics, drum.

KIRISH

Musiqiy cholg'ular insoniyat ma'naviyatini ohanglarda tarannum etuvchi vosita, ya'ni xalq ijodiyoti mahsuli bo'lib, azal - azaldan omma orasida shakllanib, mohir soz ustalari tomonidan yasalib, tobora mukammallashib kelayotgan mo'jizaviy va ifodaviy asboblardir.

"O'zbek madaniy merosi musiqiy cholg'ularga boy va ularning har biri uzoq o'tmish, tarkibiy rivojlanish va texnikaviy takomillashish jarayonidan o'tganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Ijro mezonlariga ko'ra o'zbek xalq cholg'ulari ikki guruhga bo'linadi. Birinchi guruhga barcha an'anaviy xalq cholg'ulari kiradi. Ikkinchi guruhga XX asr madaniy rivoji bilan bog'liq bo'lib takomillashgan, ya'ni qayta ishlangan (rekonstruksiya qilingan) cholg'ular kiradi"1.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Ma'lumki, musiqiy cholg'ular va ular bilan bog'liq namunalar xalq musiqa ijodiyotining ahamiyatga ega bo'lgan tarkibiy qismini tashkil etadi. Hozirgi davrgacha yuzaga kelib, amaliyotda o'z o'rnini egallaganligi va ijrochilik amaliyotida yuqori saviyaga ko'tarilib borayotganligi, umumbashariyat madaniyatida alohida nufuzga ega ekanligi ham bundan dalolat beradi. O'zbek xalq cholg'ularining har birini texnik jihatdan va tarannum darajasiga ko'ra ilg'or cholg'ular darajasiga kiritish mumkin. Ularning aksariyat namunalari boy ijroviy imkoniyatlari hamda mukammal darajada shakllanganligi bilan ajralib turadi. Aynan chog'ular tarannumining rang-barangligi (yakka, qo'sh, ansambl va orkestr), ularning yuqori professionalizm darajasiga erishganligi hamda katta imkoniyatlarga ega ekanligini namoyon etadi. O'zbek musiqashunosligida, oxirgi yuz yillik davomida milliy cholg'ularni o'rganishga bag'ishlangan qator ilmiy amaliy tadqiqotlar olib borilgan. O'tmishning buyuk allomalari risolalaridan tashqari, XX asrda nashr etilgan kitoblar amaliyotda keng qo'llanilmoqda. A.Fitratning «O'zbek klassik musiqasi va uning tarixi» (1924), V.Belyayevning «Muzbikalnbie instrumenta Uzbekistana»

1 Бегматов С, Матёкубов М. Узбек анъанавий чолгулари.- Тошкент.: 2008.

(1933), F.Karomatovning «Uzbekskaya instrumentalnaya muzbika» (1972) T.S.Vizgoning «Muzbikalnbie instrumentbi Sredney Azii» (1980) kabi kitoblari maxsus cholg'ushunoslikka bag'ishlangan. Bundan tashqari, bir qator ilmiy maqolalar, bir cholg'uning tarixi va ijrochiligiga asoslangan o'quv adabiyotlari nashr etilib, cholg'ushunoslikdagi ilmiy-tadqiqot va shu bilan birga ularni o'rganish va rivojida munosib o'rin egallab kelayotganligini qayd yetib o'tish lozimdir.

TADQIQOT NATIJALARI

Doyra - aniq tovush balandligiga ega bo'lmagan va o'zbek xalq cholg'ulari ichida eng keng tarqalgan zarbli cholg'ulardan biridir. Doyraning gardishi (buk, tut, o'rik, yong'oq, tok daraxtlari) yog'ochlaridan aylana shaklida tayyorlanadi va bir tomoniga yosh molning terisi qoplanadi. Doyra ritmik va dinamik usul imkoniyatlariga juda boy cholg'u bo'lib, unda ikkala qo'lning barcha barmoqlari va shapaloq bilan ijro qilinadi. Doyra ayrim qadimiy tasvirdagilarga nisbatan ba'zi o'zgarishlarga uchragan. Masalan, hozirgi doyra gardishida kichkina lappaklar o'rnatiladigan teshiklar yo'q. Uning o'rniga gardishning ichki tomonidan osiladigan madan halqachalar, ya'ni «shing'iroq»lar mavjud. Doyra - o'zbek va tojiklarda «doyra», «chirmanda», «childirma», «dap», eron va misrliklarda «daff», ozarbayjonlarda «def», «doyre», «gaval», turkmanlarda «deprek», ayrim SHarq mamlakatlarida «dabu» nomlari bilan keng tarqalgan.

Doyrada usul tizimi qadimdan shakllangan bo'lib, ustozlar tomonidan «bum», «bak», «bakko» yoki «bakka», Xorazmda «gum», «taq», «taqqa» atamalari bilan yuritilgan. Bunda «bum» nisbatan past tovush bo'lib, to'rtta barmoqni birgalikda doyra o'rtasiga urish natijasida chiqariladi. «Bak» esa doyra gardishiga yaqin joyiga to'rtinchi barmoq bilan urib ijro etiladi. Qadimgi manbalarda yuqoridagidek «bum», «bak», «bakko», «bakka», yoki «Xorazm tanbur chizig'i»da «gum», «taq», «taqqa» atamalari bilan yuritilgan. XIX asrning o'rtalarida doyra usullari bir chiziqli («bum» chiziqning pastida, «bak» chiziqning ustida) notaga tushirila boshlagan.

Mustaqillik yillarida san'at, madaniyat, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz yana tiklandi. Shu o'rinda aytish joizki, musiqa madaniyatining poydevori soz va sozgarlik tarixi, uning rivoji yo'lida ham bir qancha ishlar amalga oshirildi. Sozgarlik tarixi eramizdan oldingi asrlarga borib taqaladi. Arxeologik qazishmalar paytida topilgan qadimiy musiqa cholg'ulari, toshlarga o'yib ishlangan musiqa cholg'ulari va cholg'uchilarning suratlari qayta tiklanayotgani o'zligimizni anglash, milliy cholg'ular tarixini o'rganishimiz uchun asos bo'lib xizmat qilmoqda.

Turon zamin sozgarlari yasagan cholg'ularning mamlakat sarhadlaridan oshib, Mashriq va Mag'rib o'lkalari bo'ylab tarqalishi bevosita o'sha davr Turon zamin musiqasi va sozgarligining taraqqiyot darajasi naqadar baland bo'lganini ko'rsatadi. Turkiston xalqlari musiqasining kamoloti va sozgarligining taraqqiyoti VIII - IX asrlardayoq musiqa san'atiga oid ilmiy nazariy bilim - "musiqa ilmi" ning ro'yobga kelishiga omil bo'ldi. Turkiston musiqasining

nazariy va sozgarlikning amaliy yetukligi o'zbek milliy musiqa san'atining mo'jizasi bo'lmish maqomlarning yaratilishi va asrlar osha bizning davrimizga to'la-to'kis yetib kelishiga zamin

Doira cholg'usining yasalish jarayoni, gardish egish Doira gardishi 380 — 420 mm, diametrda zang, akatsiya, klyon, tut, qayrog'och, buk yog'ochlaridan egiladi. Gardish egish jarayonini uch xil uslubi mavjud.

Birinchisi «eski» uslub bo'lib, unda yog'och butun holatda, suvda ivitilib bukiladi va nisbatan murakkab hisoblanadi.

Ikkinchi uslubda yog'och bo'ylamasiga qarab kesib olinadi va yumoloq shakldagi qalin metall moslamaga kiydiriladi va bukiladi. Ushbu egish uslubi bir nechta yog'och «tasma»larning bir-biriga yopishtirib bukilishi natijasida amalga oshiriladi.

Uchinchi uslub uchun yumaloq shaklda doira aylanasi hajmida taglik yasaladi. Yasaladigan gardish taglik aylanasi bo'ylab, qisqa uzunlikdagi, yarim oy shakldagi yog'och bo'laklaridan, g'isht tergandek bir-biriga jipslab yopishtirib chiqiladi.

Har uch uslubda egilgan gardishlarga maxsus yo'nuvchi dastgoh yordamida ishlov beriladi. Yo'nib tekislangan gardishning ustki tomonidan aylanasi bo'ylab zulfin oyoqchalari yotadigan ariqcha ochiladi. Ushbu oyoqchalar gardishiga o'rnatiladigan metall halqalarni o'rab turuvchi vosita vazifasini bajaradi.

Gardishni bir-biriga ulangan choklarini yopib turish uchun yupqa mis, latun plastinkalardan bilakuzuk va uzuk shaklidagi qoplamalar ishlanadi hamda mix bilan gardishiga ko'ndalang qilib qoqiladi. So'ng zulfinlarga metalldan ishlangan yumoloq shakldagi halqachalar osib chiqiladi. Halqachalar tokarlik stanogida, yumshoq metalldan donalab kesiladi. Uni boshqa uslubi ham mavjud. Bunda halqa ishlanadigan metall bo'lagiga prujina shaklida o'rab chiqiladi va temir arrada ko'ndalangiga arralanadi. MUHOKAMA Teri oshlash va qoplash

An'anaviy uslubda oshlashda yangi so'yilgan mol terisi o'sha hayvon go'ngiga ma'lum vaqt davomida ko'mib qo'yiladi. Jun teridan ajralish holatiga kelgach terining juni o'tkir, qirrali to'rtburchak shakldagi qattiq yog'och yordamida qirib tashlanadi. Terining ichki tomoni ham shu zaylda tozalab chiqiladi. Tozalangan teri maxsus moslamaga tortilib, chet atrofi mixlanadi. Bu terini bujmayib qolmasligidan saqlaydi. Qurigan teri kerakli andaza konturi bo'ylab, etikdo'z pichog'ida kesib olinadi. Kesib olingan teri bo'lagi sovuq suvga solinib, yaxshilab ivitiladi. Ushbu jarayon tuga- gandan keyin teri qoplanadigan cholg'uning kosaxonasi hoshiyasi bo'ylab duradgorlik yelimi surtilib chiqiladi.

bo'ldi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Nog'ora cholg'usiga qalin, oshlangan mol terisi tortiladi. Teri qoplanishdan oldin qasqon og'ziga nisbatan enliroq qilib kesib olinadi va aylanasi bo'ylab teshib chiqiladi. Aynan shu terining o'zidan qosqon tagligini teri bilan ulab turuvchi uzun tasmachalar kesib olinadi. Tasmachalar teri teshikchalaridan o'tkazilib, qayd qilinganidek nog'ora ostiga o'rnatilgan yumoloq metall taglikka biriktiriladi. Tasmachalar birining ustiga biri tushgan holda tortilishi natijasida qasqon atrofi bo'ylab mustahkam katak shaklini hosil qiladi.

Teri tezda qurib qolmasligi uchun qosqonga teri tortish, asosan, suvli idishda bajariladi va terilar o'z me'yoriga kelgunga qadar salqin joyda saqlanadi.

Doiraga qoplanadigan teri bo'lagi ham nog'oraga o'xshab gardishdan enliroq qilib kesib olinadi. Qirqib olingan teri sovuq suvga solinib, yaxshilab ivitiladi. Terini gardishga yopishtirish uchun uning sirti bo'ylab, aylanasiga quyuq qilib shirach yoki kazein yelimlari surtiladi. Ayni chog'da qoplashga tayyorlangan teri bo'lagi sirtqi tarafi bilan dastgoh ustiga yoyiladi. Gardish esa teri ustiga joy- lashtiriladi va ombir yordamida tortilib, gardishning sirtqi tomoniga tarang qilib, aylanasi bo'ylab mixlab chiqiladi. Teri burishib qolmasligi uchun jilvirda mixlar tagidan ham tarang qilib tortib chiqiladi. Teri va yelimlar qurigandan keyin mixlar sug'urilib, jilvirlar yechiladi. Ortiqcha teri bo'laklari, mixlar o'rni pichoq izlari jilvir yordamida yengil harakatlar bilan tekislab chiqiladi. XULOSA

Darhaqiqat, o'zbek musiqasida ko'p asrlik madaniy taraqqiyot jarayonida o'ziga xos tuzilish va jarangdorlikka ega bo'lgan doira, dutor, tanbur, rubob, g'ijjak, chang singari an'anaviy sozlar amaliyotda bo'lgan. Dunyo endigina maftunkor ohanglarni kashf eta boshlaganida Turon zaminda anchagina yutuqlar qo'lga kiritilganining o'ziyoq musiqiy merosimizning tarixi uzoq moziyga borib taqalishini anglash mumkin. Ko'rib chiqqanimiz birgina doira cholg'usida sozgarlik san'ati ham katta ahamiyat kasb etib, cholg'uning mukammal ovoz xususiyatiga erishishida muhim rol o'ynaydi.

REFERENCES

1. Zufarov T. Soz va sozgarlik tarixi. - Toshkent.: 2014;

2. Rasultoyev J, Melixo'jayev O., O'zbek cholg'ularini yasash va ta'mirlash. - Toshkent.: 2007;

3. Samadov R. Zarblar xazinasi: o'quv-metodik qo'llanma. Musiqa, - Toshkent: 2012;

4. Samadov R. An'anaviy doira ijrochiligi: kasb-hunar kollejlari uchun o'quv- qo'llanma. Bilim mashriyoti, - Toshkent: 2004;

5. Sayfitdinov T. Doira ijrochiligi san'ati. Oq'uv qo'llanma. «FAYLASUFLAR». - Toshkent: 2020.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.