DO'ST VA DO'STLIK MAVZUSIGA OID BO'LGAN INGLIZ VA O'ZBEK MAQOLLARINING O'ZARO O'XSHASH VA FARQLI JIHATLARI.
Saidniyozova Shamsiya
Urganch Davlat universiteti, Lingvistika:ingliz tili yo'nalishi 2-kurs magistranti.
Ilmiy rahbar: Nasiba Sobirova https://doi.org/10.5281/zenodo.11159021
Annotatsiya: Maqola ingliz va o'zbek tillaridagi maqollarning leksik-semantik xususiyatlarini o'rganish va maqollarni tarjima qilish, do'st va do'stlik mavzusidagi maqollaning o'xshash va farqli jihatlarini tahlil qilishga va muqobil variantlarini keltirishga qaratilgan.
Kalit so'zlar: xalq maqollari, paremiologiya, folklor, semantika, do'st va do'stlik, ekvivalent
SIMILAR AND DIFFERENT ASPECTS OF ENGLISH AND UZBEK PROVERBS ABOUT FRIENDSHIP AND FRIENDSHIP.
Abstract: The article is aimed at studying the lexical-semantic features of English and Uzbek proverbs and translating proverbs, analyzing the similar and different aspects of the article on the topic of friend and friendship, and presenting alternative options.
Keywords: folk proverbs, paremiology, folklore, semantics, friend and friendship, equivalent
ПОХОЖИЕ И РАЗНЫЕ АСПЕКТЫ АНГЛИЙСКИХ И УЗБЕКСКИХ ПОСЛОВИЦ О ДРУЖБЕ И ДРУЖБЕ.
Аннотация: Статья направлена на изучение лексико-семантических особенностей английских и узбекских пословиц и перевод пословиц, анализ сходных и разных аспектов статьи на тему друга и дружбы, а также представление альтернативных вариантов.
Ключевые слова: народные пословицы, паремиология, фольклор, семантика, друг и дружба, эквивалент.
KIRISH
Maqollar har bir millatning hayotiy tajribasi, xulolasini ifodalovchi hikmatli fikrlar majmuasi hisoblanadi. Maqollar xalqning qisqa, hammaga ma'lum bo'lgan jumlasi bo'lib, unda hikmat, haqiqat, axloq va an'anaviy qarashlar majoziy, o'zgarmas va esda qoladigan shaklda bo'ladi va avloddan avlodga o'tgan holda saqlanadi. 1Qiyosiy tilshunoslikda bugungi kunda maqollarni o'rganish , ularni ikki tilda qiyoslab tahlil qilish, o'xshash va farqli jihatlarini o'rganish qizg'in tus olmoqda. Maqollani har taraflama tahlil qilib o'rganish paremiologiyaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Maqollarning universalligi paremiologiyaning asosiy jihati bo'lib, tarixi yoki etnik kelib chiqishidan qat'i nazar, u maqollardagi hatto bir biriga aloqasi bo'lmagan tillarning ham o'xshash va farqli jihatlarini umumlashtiradi. Shuni ta'kidlash kerakki, o'xshashliklar shakl jihatdan, ham ma'no jihatdan ham yoki turki xil tildagi maqollarning umumiy vzaifalarida ham topilishi mumkin.
ASOSIY QISM
Ba'zi o'zbek maqollari ingliz maqollari bilan bir biriga juda o'xshash yoki aksincha. Misol uchun: First think, then speak, bu maqolning o'zbek tilidagi muqobil varianti Avval o'yla-keyin
1 W.Mieder Proverbs:A Handbook p.3
so'yla. Chunki bu maqol ikki tilda ham aynan bir xil mano anglatadi va uning grammatik tixzimi ham ikki til sistemalarida bir birga yaqin. Biroq bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilish jarayonida aynan bir xil bo'lgan maqollarni topish qiyin. Bu holda tariflar yoki ikkinchi adekvat variant qollaniladi. Ingliz maqollariga mos ozbek maqollarini topish juda qiyin ish yoki aksinchasini qilish, shuning uchun tariflardan foydalanish yoki yaqin tarjima qilish maqollarning asliyatini buzmaydi aksincha uni boyitadi. 2Ingliz va o'zbek maqollarin mavzu jihatdan bir biriga o'xshash jihatlari talaygina, misol uchun ikkala tilda ham vatanparvarlikni, do'stlikni, mehntsevarlikni, qahramonlik va mardlikni ulug'lovchi maqollarni juda ko'plab uchratishimiz mumkin. Misol uchun: East or West, Home is best-O'zbek tilida esa-O'z uyimning xushligi, Oyoq Qo'limning bo'shligi. Ushbu maqolni so'zma so'z tarjima qiladigan bo'lsak, Sharqmi, G'arbmi-o'z uying afzal deb tarjima qilinadi va o'zbek tilidagi maqol bilan bir xil mazmundagi, ya'ni Vatanni har qanday vaziyatda sevish, unga hech narsa teng kelmasligi ifodalangan. ''Do'stlik''tushunchasi inson hayotida juda muhim va qadrli bo'lgan mavhum tuhuncha va bu tushuncha boshqa ijtimoiy tushunchalar: ''oila'', ''salomatlik'', ''boylik'', ''mehnatsevarlik'' kabi inson hayotida muhim o'rin olgan. Maqollarni so'zma-so'z tarjima qilish butun bir ma'noni to'liq ifodalash uchun yetarli bo'lmaydi. Bu maqolninh ma'nosini xato tushunishga olib kelishi mumkin. Shuning uchun biz Ingliz tilidagi do'st va do'stlik mavzusidagi maqollarning o'zbek tilidagi ekvivalentlarini topshishga harakat qilamiz va ularni mazmun jihatdan tahlil qilamiz.
(1) Friend eat a bushel of salt with him, Before you choose a. ( Do'st safarda bilinar, Og'a-ini — kulfatda) (Do'st tanlashdan oldin u bilan bir botmon tuz yegin. )
Ingliz maqolida (1) agar do'stingning senga sodiq, chin do'stligini sinamoqchi, bilmoqchi bo'lsang, u bilan do'stlashishdan oldin bir botmon tuz ye deyilgan-ya'ni agar u do'st shuni yeyshga rozi bo'lsagina haqiqiy do'st bo'la olishi ilgari surilgan. Xuddi shunday o'zbek maqolida esa-do'stning chini yomon, og'ir kuningda bilinshi aytilgan. Semantik jihatdan tahlil qiladigan bo'lsak, o'zbek maqolida qofiyadoshlik yuzaga kelgan ingliz maqolida esa aksincha.
(2)Friend in court is better than a penny in purse, A. (Boylik boylik emas,
Birlik boylik. ) Saroydagi do'st cho'ntakdagi penni [tiyin]dan afzal. BU maqollarning asosiy ma'nosi (2) do'stlik puldan va boylikdan ko'proq qadrli ekanligini ifodalaydi. ''Penni'' so'zining berilishi shuni isbotlaydiki bu ingliz millatiga xos bo'lgan maqol. Ingliz madaniyati do'stlikni pul birligi bilan solishtiradi va aytadiki do'stlar ''penni''dan afzaldir va ayni vaqtda o'zbek maqolida do'stlik haqiqiy boylikka tenglashtiriladi3.
(3)A man is known by the company he keeps-Do'sting kimligini ayt, sening kimligingni aytaman. (Kishi do'stlashgan odamlari bilan ma'lumdir. )Bu maqollarda insonning xususiyatlari uning kim bilan do'st ekanligidan anglashilishi mumkinligi aytilgan. Bu ikkala maqol ham bir xildek tuyulishi mumkin ammo ularni pragmatic jihatdan tahlil qiladigan bo'lsak, ular turlicha. Ingliz maqoli asosan rasmiy va badiiy uslubda qo'llangan, o'zbek maqoli esa og'zaki nutq mahsulidir.
(4) Friendship is not to be bought at a fair - Do'stlik oltinga sotilmas, Mehmon — pulga (Do'stlikni bozordan sotib olib bo'lmaydi). Ushbu maqolda (4) ingliz tilida do'stlikning bozorda sotilmasligi, u buyum emasligi, bahoga tenglashtirilmasligi ta'kidlangan bo'lsa, o'zbek
2 Nazarova Gulbahor Pirmanovna NATIONAL AND CULTURAL PROVERBS IN ENGLISH AND UZBEK LANGUAGES AND THEIR UNIVERSAL FEATURES
3 Umarova M.B. Semantic and linguocultural feautures of English and uzbek proverbs with concept of friendship.
ma'daniyatida do'stlik oltinga ham alishilmasligi aytilyapti, ya'ni ikkala millat hayotida ham do'stlik bebaho tushuncha sifatida qaralyapti.
(5) A friend in need is a friend indeed- Qiyinchilikdagi do'st — asl do'st (Jonga kuygan jondan do'st, Jonga kuymas qanday do'st. 4 Ingliz tilida bu maqol 1 ta gap shaklida, ichki qofiya shakllangan holda berilgan bo'lsa, o'zbek tilida bu ritorik so'roq gap sifatida, she'riy tarzda ifodalanyapti, ammo shaklan bir xil bo'lmagani bulan, mazmunan ikkala maqolda ham bir xil ma'no ifodalanyapti, ya'ni haqiqiy do'stlargina qiyinchilik paytida yoningda bo'ladi.
(6) Speak well of your friend, of your enemy say nothing- Do'stingga do'st bo'l, Dushmaningga — ziyrak (Do'sting haqida yaxshi gapir, dushmaning haqida — hech narsa. ). Quyidagi ikkala maqolda ham maqol komponentlar soni teng, undagi ko'zda tutilayotgan ma'no ham bir biriga juda yaqin.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, bunday misollardan bir qanchasini keltirishimiz mumkin. Ammo, o'zbek tilida maqollarning juda boy jamlanmasi mavjud. O'zbek tilida do'stlik mavzusiga oid 400 dan ortiq maqollar bor, ingliz tilida esa bular 100 dan oshiq emas. U. K. Yusupov bunday katta farqning sababini tushuntiradi. , ya'ni o'zbek xalqi do'stlik tushunchasiga juda katta e'tibor qaratadi, qaysiki inson hayotidagi eng muhim rishtalardan biri bo'lgan. 5
Yuqorida ta'kidlaganimizdek, ingliz tilida ekvivalenti yo'q bo'lgan o'zbek maqollarni so'zma so'z tarjima qilishga to'gri keladi, ammo bu tarjima hamisha ham to'laqonli mazmun va maqolda ilgari surilgan fikrni yetkazib bera olmaydi.
FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:
1. W. Mieder Proverbs:A Handbook p. 3
2. Nazarova Gulbahor Pirmanovna. National and cultural proverbs in English and Uzbek languages and their universal feutures.
3. Umarova M. B. Semantic and linguocultural feautures of English and uzbek proverbs with concept of friendship
4. Ahmedova U. K. Ingliz va o'zbek maqollarining lingvokulturologik va semantik xususiyatlari
5. Yusupov U. K. Contrastic Linguistics of the English and Uzbek languages
4Ahmedova U.K. Ingliz va o'zbek maqollarining lingvokulturologik va semantik xususiyatlari
5 Yusupov U.K. Contrastic Linguistics of the English and Uzbek languages.