Научная статья на тему 'DISGRAFIYANING O‘RGANILISHI XUSUSIDA'

DISGRAFIYANING O‘RGANILISHI XUSUSIDA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Adolf Kussmaul / “so‘z ko‘rligi” / disleksiya / disgrafiya / disorfografiya / agrafiya.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Abdullajonova Madina

Mazkur maqolada yozma nutq faoliyatining buzilishi, xususan, disgrafiya xususida olib borilgan dastlabki tadqiqotlar, yozma nutq faoliyati buzilishining turli ko‘rinishlari, ularning o‘ziga xos belgilari va bir-biridan farqlash masalasi yuzasidan mulohaza yuritiladi. Muammoning tadqiq etilishi zarur bo‘lgan jihatlari ko‘rsatib o‘tiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DISGRAFIYANING O‘RGANILISHI XUSUSIDA»

DISGRAFIYANING O'RGANILISHI XUSUSIDA

Abdullajonova Madina To'lanboy qizi

ToshDO'TAU tayanch doktoranti

Annotatsiya: Mazkur maqolada yozma nutq faoliyatining buzilishi, xususan, disgrafiya xususida olib borilgan dastlabki tadqiqotlar, yozma nutq faoliyati buzilishining turli ko'rinishlari, ularning o'ziga xos belgilari va bir-biridan farqlash masalasi yuzasidan mulohaza yuritiladi. Muammoning tadqiq etilishi zarur bo'lgan jihatlari ko'rsatib o'tiladi.

Kalit so'zlar: Adolf Kussmaul, "so'z ko'rligi", disleksiya, disgrafiya, disorfografiya, agrafiya.

Psixolingvistika va neyrolingvistika rivojlanishining hozirgi bosqichida o'quvchilarda kuzatiladigan yozma nutq muammolarini o'rganish va ularni bartaraf etish ishlarining mazmunini nihoyatda dolzarb.

O'qish va yozishdagi buzilishlar doirasida olib borilgan dastlabki tadqiqotlar nemis olimi, professor Adolf Kussmaul (1822-1902) nomi bilan bog'lanadi. Olim o'zining davomli kuzatishlari va tadqiqotlariga tayanib, 1877-yilda nashr qilingan nutqning buzilishi haqidagi tibbiyotga oid risolasida o'ndan ziyod nutq buzilishlari haqida batafsil ma'lumot beradi. Adolf Kussmaul "Tibbiyot amaliyoti ensiklopediyasi. Asab tizimi kasalliklari. XIV jild" nomli asarida disleksiyani (bu borada olib borilgan ilk izlanishlarda disleksiya va disgrafiya atamasi bir tushunchani ifodalab keladi) nutqiy faoliyatning mustaqil patologiyasi sifatida ko'rsatgan, olim mazkur buzilishni "so'z ko'rligi" deb ataydi.

XX asrning boshlarida ingliz olimi Jeyms Xinshelvud va amerikalik professor Orton bolalardagi disleksiyani katta ishtiyoq bilan o'rganib, 60-70-yillarda olib borilgan tadqiqotlarga zamin yaratdi.

O'qish va yozishdagi buzilishlarning mexanizmlari, xususiyatlari, tasnifi, ularni aniqlash, bartaraf etish usullari haqidagi zamonaviy ilmiy qarashlar asta-sekin

rivojlanib bordi. Rossiyada o'qish va yozishdagi anomaliyalar haqida ta'limotning rivojlanishi S.S.Mnuxin, R.A.Tkachev, M.E.Xvattseva, R.E.Levina, A.R.Luriya, OA.Tokareva, L.F.Spirova, A.N.Korneva, I.N.Sadovnikova nomlari bilan uzviy bog'liq. Disgrafiya ta'limotining rivojlanish tarixi davomida ushbu murakkab nutq buzilishining tibbiy (S.S.Mnuxin, R.A.Tkachev, A.N.Kornev), psixofiziologik (O.A.Tokareva va boshqalar), psixolingvistik va psixologik-pedagogik (R.E.Levina, R.I.Lalaeva va boshqalar), lingvistik (V.K.Orfinskaya) jihatlarini tadqiq etish orqali muammoga kompleks yondashuv vujudga keldi.

Mazkur muammo neyropsixologiya, neyrofiziologiya, logopediya, psixolingvistika, pedagogika singari sohalar doirasida bir asrdan ko'proq vaqt davomida tadqiq etib kelinganligiga qaramay, hozirga qadar eng murakkab va dolzarb muammolardan biri bo'lib qolmoqda.

Ko'pchilik olimlar disgrafiyani muntazam, tez-tez uchraydigan o'ziga xos xatolar orqali namoyon bo'luvchi yozish jarayonining qisman buzilishi sifatida ta'riflashadi. Disgrafiya nafaqat pedagogik, balki psixologik, sotsial, qolaversa, klinik muammodir. Kasalliklarning xalqaro tasnifiga (ICD-10) ko'ra, tibbiy statistika uni alohida patologiya sifatida ajratmaydi, "maktab ta'limida zaruriy ko'nikmalarning shakllanishidagi o'ziga xos buzilishlar" umumiy nomi ostida birlashtiriladi. Bunday anomaliyalarga disgrafiyadan tashqari disleksiya, dispraksiya, diskalkuliya va boshqa ta'limiy nuqsonlar ham kiradi. Ushbu buzilishlarning o'ziga xos deb ta'riflanishi ularning aqliy zaiflik bilan bog'liq emasligi, o'ziga xos mexanizmga egaligi bilan aloqador.

Logopediya, pedagogika, psixolingvistika va tibbiyotga doir adabiyotlarda "disgrafiya" atamasi yozuv o'zlashtirish, yozma nutq faoliyatidagi jiddiy qiyinchiliklarni ifodalash uchun qo'llaniladi. Amerika, Buyuk Britaniya singari ko'pchilik Yevropa davlatlarida yozuvning buzilishi hozirga qadar disleksiya atamasi bilan yuritiladi, ya'ni mazkur atama yordamida olimlar belgilar faoliyatini, birinchi navbatda o'qish hamda yozuv o'zlashtirishdagi qiyinchiliklarni nomlagan.

Disgrafiya neyrolingvistika sohasida atroflicha tadqiq etilganligiga qaramay, ko'p jihatlari bilan hali tadqiqot obyekti bo'la oladigan nutqiy patologiyadir. Bolalar

yozma nutqining bu holati nisbatan kechroq - XIX asrning oxirlaridan chuqur o'rganila boshlandi. Ayrim ilmiy adabiyotlarda disgrafiya tushunchasini disleksiya, disorfografiya hodisalari bilan tenglashtirish holatlari kuzatilishini yuqorida ta'kidlab o'tdik. Shuningdek, disgrafiya va agrafiya tushunchalariga yondashuvda ham chalkashliklar kuzatiladi: "Orttirilgan disgrafiya miya sohasining ma'lum bir qismi biror hodisa (jumladan, miya shikastlanishi, nevrologik kasallik yoki degenerativ sharoitlar) natijasida buzilganida yuzaga keladi, natijada ilgari olingan ko'nikmalar yo'qoladi" [1, B.46 ].

Bizningcha, yuqorida nomlari qayd etilgan terminlar mohiyatan bir xil emas. Dastavval, disorfografiya va disgrafiya o'rtasidagi asosiy farqli jihatga to'xtalsak:

Rus psixolingvistikasida "disgrafiya" va "disorfografiya" atamalari o'rtasiga ma'lum chegara qo'yilgan. Ularning ikkisi ham patologiya hisoblanib, differensial diagnostika uchun farqlovchi mezon sifatida imlo tamoyili belgilangan. Biroq, bizningcha, disorfografiyani patologiya darajasida baholash o'rinli emas. Albatta, bu borada mazkur tushunchaning mohiyatini anglash muhim ahamiyat kasb etadi. Disorfografiya terminini ma'lum omillar ta'sirida imloviy xatoliklar bilan yozishga nisbatan qo'llash lozim. Aksariyat hollarda orfografiya qoidalarini o'zlashtirmaslik, bee'tiborlik, orfoepik va orfografik tamoyil o'rtasidagi sezilarli farqlanish, lahja va shevalarning o'ziga xos xususiyatlari singari omillar disorfografiyaga sabab bo'lishi mumkin. Umuman olganda, disgrafiya va disorfografiya o'rtasida quyidagi asosiy farqli jihatlar mavjud:

1. Disgrafiyadagi xatolar muntazam takrorlanuvchi va o'ziga xosdir, bu xususiyat uni "fiziologik" (B.G.Ananiyevga shunday nomlaydi) xatolardan farqlashga imkon beradi. Disorfografiya "o'suvchi" xatoliklar orqali namoyon bo'lib, yozuv o'zlashtirish bosqichida bo'lgan bolalarda kuzatilishi tabiiy hisoblanadi. Yozuv malakasi shakllanib borgani sari, xatoliklar soni qisqarib boradi. Disgrafiya esa, yoshga u qadar aloqador emas, va aksincha, ushbu muammo bolada yildan-yilga kuchayib, boshqa faoliyat turlariga jiddiy ta'sir ko'rsatish ehtimoli yuqori.

2. Disgrafik xatolar yozish faoliyatida ishtirok etuvchi oliy psixik funksiyalarning - tovushlarni talaffuzga ko'ra farqlash, fonematik analiz va sintez,

optik-fazoviy funksiyalar, nutqning leksik-grammatik tuzilishini tahlil etish funksiyalarining rivojlanmaganligi bilan bog'liq bo'ladi.

Elementar funksiyalardagi kamchiliklar ham yozuv buzilishiga sabab bo'lishi mumkin. Ammo bu vaziyatda yozish faoliyatidagi kamchiliklarni disgrafiyaning emas, disorfografiyaning belgisi sifatida qabul qilish zarur.

3. Yozuvdagi o'ziga xos xatoliklar sintetik bosqichdagi maktab bolalarida kuzatilganida disgrafik sifatida tavsiflanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda yozish tabiatan va disgrafiklarga o'xshash ko'plab tushunarsiz xatoliklar bilan birga kuzatilishi mumkin. Biroq, maktabgacha yoshdagi bolalarda yozish jarayonini ta'minlaydigan ko'plab aqliy funksiyalar hali ham yetarli darajada shakllanmagan. Shuning uchun bu xatolar tabiiy, "fiziologik"

Umuman olganda, disorfografiya imlo ko'nikmalaгini shakllantirish bilan bog'liq qiyinchiliklarni ifodalaydi. Ya'ni o'quvchi imlo qoidalarini yaxshi o'zlashtiimaydi yoki o'zlashtiгgan bo'lishiga qaramay, amalda qo'llash masalasida oqsaydi, jumla tarkibidagi so'zlami imloviy xatolar bilan yozadi. Disgrafiyada esa bola yozuvida xatolarning namoyon bo'lishi imlo qoidalarni yaxshi o^ganmaganligining natijasi emas, bu "o'ziga xos" xatoliklar bo'lib, uning vujudga kelishini faqat psixolingvistik jihatdan tushuntirib berish mumkin.

Disleksiya va disgrafiya tushunchalari ham bir xil patologiyaga nisbatan qo'llash to'g'ri emas. Seliverstov tomonidan yaratilgan logopedik lug'atda disleksiya doimiy xarakterdagi takroriy xatolarda namoyon bo'ladigan o'qish faoliyatining qisman buzilishi sifatida ta'riflanadi va terminning mazkur izohi, bizningcha ham to'g'ri. Albatta, disgrafiya va disleksiyaning kesishish nuqtalari mavjudligini inkor etib bo'lmaydi: mazkur patologiyalar sof shaklda kam uchraydi. Ko'pincha yozishning buzilishi matnni o'qish, shuningdek, matn mazmunini idrok qilish jarayoniga salbiy ta'siï ko'гsatadi. Yozuvda qo'pol grammatik xatolarga yo'l qo'yadigan bolalarda o'qish jarayonida ham belgilangan me'yoгlaгdan og'ish holati kuzatiladi. Shu boisdan, nutq terapevtlari bunday bolalarga "o'qish va yozish buzilishi" tashxisini qo'yishlari mumkin.

Yozish va o'qish bir-biri bilan uzviy bog'liq bo'lganligi bois, yozishning buzilishi (disgrafiya, agrafiya) ko'p holda o'qish buzilishi (disleksiya, aleksiya) bilan birga keladi.

Agrafiya terminiga kelsak, ushbi atama tovush va harf o'rtasidagi tabiiy aloqadorlikni ta'minlaydigan psixofiziologik jarayonlarning buzilishi, yozma nutq faoliyatini to'liq egallay olmaslik yoki ushbu malakani qisman va ko'pincha, butunlay yo'qotishga nisbatan ishlatiladi. Ko'pincha, bosh miya chap yarimsharining nutqqa javob beruvchi qismlaridagi shikastlanish yozish qobiliyatining yo'qolishiga olib kelishi mumkin.

S.V.Ivanenko bolalarning fizologik yoshi, yozuv o'zlashtirish bosqichi, anomaliyaning og'irlik darajasi va o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda yozuv buzilishlarining quyidagi 4 turini ajratib ko'rsatadi:

1. Yozuv o'zlashtirishdagi qiyinchiliklar. Ma'lum bir alifbo tizimidagi harflarnining shaklini o'zlashtirishdagi, tovushni harfga, bosma grafemani yozma grafemaga aylantirishda qiyinchiliklar. Yozuv o'zlashtirishdagi qiyinchiliklarni aniqlash boshlang'ich ta'limning birinchi yili birinchi choragidan boshlab amalga oshiriladi.

2. Yozish jarayoni shakllanishining buzilishi. Yozma va bosma harflarni almashtirish, harflarni bo'g'inlarga birlashtirish, bo'g'inlar yordamida so'z hosil qilishdagi qiyinchiliklar orqali namoyon bo'ladi. Yozish jarayoni shakllanishining buzilishini aniqlash boshlang'ich ta'limning birinchi yili ikkinch yarmi va ikkinchi yilidan boshlab amalga oshiriladi.

3. Disgrafiya. Bir xil yoki turli xatolarning muntazam ravishda takrorlanishi orqali namoyon bo'ladi. Disgrafiyani aniqlash boshlang'ich ta'limning ikkinchi yili ikkinchi yarmidan boshlab amalga oshiriladi.

4. Disorfografiya. Orfografik qoidalarni qo'pol ravishda buzish, imlo qoidalarini amalda qo'llay olmaslik, yozma matnda ko'p miqdorda imlo xatolarga yo'l qo'yish. Disorfografiyani aniqlash boshlang'ich ta'limning uchinchi yilidan boshlab amalga oshiriladi.

Psixolingvistika va logopediya sohasida disgrafiya tushunchasini izohlashda xilma-xillik kuzatiladi. Xalqaro Disleksiya Assotsiatsiyasi (2009) disgrafiyani quyidagicha ta'riflaydi: "Disgrafiya bu o'quvchilaming yozuv malakasini oson egallashi hamda o'z fikrlarini ifodalashda yozma tildan to'g'ri foydalana olishiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi o'ziga xos buzilish" (1-bet).

Rus logopedi R.I.Lalayeva mazkur termini quyidagicha izohlaydi: disgrafiya -yozish jarayonida ishtirok etadigan yuqori psixik funksiyalarning yetarli darajada shakllanmaganligidan kelib chiquvchi, muntazam takrorlanuvchi xatolar orqali namoyon bo'ladigan yozuv faoliyatining qisman buzilishi [2, B.15 ].

I.N.Sadovnikovaning fikricha, disgrafiya boshlang'ich sinf o'quvchilarida kuzatiladigan yozuv o'zlashtirishdagi qiyinchiliklar bo'lib, uning asosiy belgisi doimiy hamda o'ziga xos xatolarning mavjudligidir. Bunday xatolarning yuzaga kelishini aqliy rivojlanishning ortda qolishi, yoki ko'rish va eshitishga aloqador jiddiy muammolar bilan ham, o'quvchilarning ta'lim olishga nisbatan dangasaligi bilan ham bog'lab bo'lmaydi [3, B.6 ].

A.N.Kornevning mulohazalari ham yuqoridagi fikrlarga o'xshash: "Disgrafiya -intellekt va og'zaki nutqning yetarli rivojlanish darajasiga ega, ko'rish va eshitish qobiliyati normada bo'lgan bolalardagi yozuv ko'nikmalarini to'liq o'zlashtira olmaslik" A.L.Sirotyuk disgrafiyaning miya yarim korteksining disfunksiyasi natijasida yozish qobiliyatining qiman buzilishi ekanligini ko'rsatadi.

Disgrafiya terminiga Seliverstova tomonida yaratilgan logopedik lug'atda quyidagicha izoh keltiriladi:

Disgrafiya [ to'lash - + gr. grapho yozish, tasvirlash] - doimiy va takroriy xatolar kuzatiladigan yozish jarayonining qisman buzilishi: harflarning buzilishi va almashtirilishi, so'zning tovush-bo'g'in tuzilishining hamda alohida so'zlarning gap va matn tarkibida buzilishi, shuningdek, yozuvdagi agrammatizmlar [ 4, B.400 ].

Disgrafiya tushunchasiga turlicha yondashuvlarni umumlashtirgan holda, mazkur termini quyidagicha ta'riflash mumkin: disgrafiya yozma nutq faoliyatida ishtirok etadigan yuqori aqliy funksiyalarning buzilishi natijasida kelib chiqadigan, o'ziga xos, takrorlanuvchi xatolar orqali namoyon bo'luvchi yozish jarayonining

qisman buzilishidir. Unda muntazam ravishda takrorlanadigan xatolar kuzatiladi: harflarni almashtirish, so'z tarkibiga keraksiz harflarni kiritish va aksincha - harf, bo'g'in, hattoki butun boshli so'zlami qoldirib ketish, o'qib bo'lmas darajada tushunarsiz shaklda yozish va hokazolar.

Disgrafiyaga chalingan insonlar yozish qobiliyatini rivojlantirish uchun zarur bo'lgan miya sohalari o'rtasidagi aloqalarni o'mata olmaydilar. Bu esa orfografik kodlash (harflar va so'zlami xotirada saqlash), orfografik sikl (orfografik kodlash va grafomotor chiqish orasidagi umumiy bog'liqlik) va grafomotor chiqish (yozishning mexanik mahorati)iga ta'sú" qilishi mumkin. Ba'zi hollarda motor disgrafiya miyadagi motor korteksi ma'lum qismining travmasi natijasidir.

Yozuv malakasini muvaffaqiyatli o'zlashtirish nutqning barcha muhim jihatlarini: tovush talaffuzi, fonematik idrok va fonematik tahlil, nutqning leksik-grammatik tomonining shakllanish darajasi bilan uzviy bog'liq. Shu boisdan disgrafiyaning rivojlanishi alaliya, dislaliya, dizartriya, rinolaliya, afaziya singari og'zaki nutq muammolarini keltirib chiqaradigan bir qator omillarga asoslanishi mumkin.

Odatda, disgrafiya boshlang'ich sinfda, bola yozuvning dastlabki ko'nikmalarini o'zlashtirib bo'lganidan so'ng aniqlanadi. Disgrafiyaning o'ziga xos belgisi belgisi bola yozuvida "tushunaraz" xatolarning tez-tez takrorlanishidir. Patologiya, ko'pincha, keyinchalik yozma nutq faoliyatiga bo'lgan talabning ortishi bilan o'zini yaqqolroq namoyon qiladi. Yuqori sinfga o'tgach disgrafiya alomatlari mavjud o'quvchilami osonlik bilan ajratib olish mumkin bo'ladi.

T.Axutina yozma nutq faoliyatini oliy psixik funksiyalarning sistemali tuzilishiga asosan murakkab funksional tizim sifatida baholaydi. Ayrim tadqiqotchilarning qarashlarga asosan, yosh o'quvchilaгga nisbatan buzilish haqida emas, balki yozuv o'zlashtirishdagi qiyinchiliklar haqida gapirish mantiqan to'g'riraq, sababi bu davrda bolalar yozuv ko'nikmalaгini endigina o'zlashtiгa boshlagan bo'ladilaг [3, B.6 ]. Biz mazkur qarashni qo'llab-quvvatlaymiz, shu bilan bir qatorda, yozuv buzilishi terminini keng ma'noda qo'llashni tavsiya etamiz.

Disgrafiya muammosi o'ta murakkab hamda ko'p qirrali xarakterga ega bo'lganligi bois, butun miya sohalari va psixik faoliyat barcha shakllarining o'zaro uzviy bog'liqligini hisobga olgan holda tizimli ravishda tadqiq etilishi zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Peter J.Chung, Dilip R. Patel, Iman Nizami. Disorder of written expression and dysgraphia: definition, diagnosis, and management. Transl Pediatr 2020;9 (Suppl 1): - P. 46-54.

2. Лалаева Р.И., Бенедиктова Л.В. Нарушение чтения и письма у младших школьников. Диагностика и коррекция. — Ростов н/Д: Феникс, СПб: Союз, 2004. — 224 с.

3. Садовникова И.Н. Нарушения письменной речи и их преодоление у младших школьников. Владос: 1997. - 256 c.

4. Селиверстова В.И. Понятийно-терминологический словарь логопеда. - М.: ВЛАДОС, 1997. - 400 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.